System.Exception xossasi
|
Tavsifi (Izohi)
|
Data
|
Faqat o’qish uchun bo’lgan bu xossa “kalit-qiymat” (IDictionary ni realizatsiya qiliuvchi ob’yekt taqdim etgan) juftliklari kollektsiyasini olishga imkon beradi, u dasturchi tomonidan aniqlanadiga istisno haqida qo’shimcha ma’lumotni taqdim etadi. Kelishuvga ko’ra, kollektsiyaning dastlabki qiymati bo’m-bo’sh.
|
HelpLink
|
Bu xossa xatolikning to’liq tafsiloti bo’lgan ma’lumotnoma-faylga yoki web-saytga murojaat qilish uchun URLni olish yoki o’rnatishga imkon beradi
|
InnerException
|
Bu faqat o’qish uchun xossa joriy istisnoning paydo bo’lishiga sababchi bo’lgan avvalgi istisnolar haqida axborot olish imkonini beradi. Avvalgi istisnolarni yozish ularni eng oxirgi tug’ilgan istisno konstruktoriga uzatish orqali amalga oshiriladi.
|
Message
|
Bu faqat o’qish uchun xossa berilgan xatolikning matn shaklidagi tavsifini (izohini) qaytaradi. Xatolik haqidagi xabarning o’zi esa konstruktor parametri sifatida o’rnatiladi
|
Source
|
Bu xossa istisnoni keltirib chiqargan ob’yekt yoki jamlanma nomini olish yoki o’rnatish imkonini beradi
|
StackTrace
|
Bu faqat o’qish uchun xossa tarkibi istisno ro’y berishiga olib kelgan chaqiruvlar ketma-ketligini aniqlovchi satrdan iborat. Bu xossa sozlash (otladka) paytida yoki xatolarning tashqi jurnalida xatolik haqidagi ma’lumotni saqlash uchun juda foydali ekanligini tushunish qiyin emas.
|
TargetSite
|
Bu faqat o’qish uchun xossa MethodBase ob'yektini istisno paydo bo’lishiga olib kelgan metod haqidagi ko’plab tafsilotlar bilan qaytaradi.
(ToString ()ni chaqirish bu metodni ismi bo’yicha aniqlaydi)
|