Interfeys toifalari tushunchasi Interfeys toifalarni abstract bazaviy sinflar bilan taqqoslash Maxsus interfeyslarni kiritish


Nuqta va FNuqta toifalarini ishlashini namoyish etish


Download 0.77 Mb.
bet18/50
Sana26.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1129439
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
MAVZULAR UMUMIY

Nuqta va FNuqta toifalarini ishlashini namoyish etish
Bu umumlashgan turlarning ishlashini Main() funktsiyasini quyidagicha yozib tekshirib ko’rishimiz mumkin:
static void Main(string[] args){
Console.WriteLine("Tekislikdagi nuqta bilan ishlash\n");
Nuqta N1 = new Nuqta(15.63, 30.045);
Console.WriteLine("Oldin: {0}", N1.ToString());
N1.Almashtir();
Console.WriteLine("Keyin: {0}", N1.ToString());
N1.KoorBoshi();
Console.WriteLine("Koordinata boshi: {0}\n", N1.ToString());

Console.WriteLine("Fazodagi nuqtalar bilan ishlash\n");


FNuqta N2 = new FNuqta('a', 'x', 'w');
Console.WriteLine("Oldin: {0}", N2.ToString());
N2.Almashtir();
Console.WriteLine("Keyin: {0}", N2.ToString());
N2.KoorBoshi();
Console.WriteLine("Koordinata boshi: {0}\n", N2.ToString());

FNuqta N3 = new FNuqta(15, 37, 53);


Console.WriteLine("Oldin: {0}", N3.ToString());
N3.Almashtir();
Console.WriteLine("Keyin: {0}", N3.ToString());
N3.KoorBoshi();
Console.WriteLine("Koordinata boshi: {0}", N3.ToString()); }


Bu dastur kompyuter ekraniga ushbu natijalarni chiqaradi:
Tekislikdagi nuqta bilan ishlash
Oldin: [15,63, 30,045]
Keyin: [30,045, 15,63]
Koordinata boshi: [0, 0]
Fazodagi nuqtalar bilan ishlash
Oldin: [a, x, w]
Keyin: [x, a, w]
Koordinata boshi: [ , , ]
Oldin: [15, 37, 53]
Keyin: [37, 15, 53]
Koordinata boshi: [0, 0, 0]

Ma’ruza 05 (31)
Mavzu: Istisnolarni qayta ishlash

Reja:

  1. Istisnolar. Istisnolar turlari

  2. Istisnolarni yuzaga keltirish

  3. Istisnolarni ilib olish

  4. finally bloki

Istisnolar. Istisnolar turlari
Bizning o’zimizni sevishimiz, o’zimizga goho ortiqcha bino qo’yishimiz, xullas, takabburligimiz nima deb pichirlashidan qat’iy nazar, ideal (mukammal) dasturchilar mavjud emas. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish – murakkab ishdir, shu murakkablik bois hatto eng yaxshi programmalar ham turli muammolar bilan taqdim etiladi. Ba’zi holatlarda muammo “yomon yozilgan” kod (masalan, massivning chegaralardan chiqib ketishi) tufayli vujudga kelsa, boshqa hollarda foydalanuvchi tomonidan no’to’g’ri ma’lumotlarni kiritish (deylik, telefon nomeri kiritiladigan joyga qandaydir boshqa bir toifadagi qiymatni berish) oqibatida paydo bo’ladi. Muammoning sabablari nima bo’lsa ham, oxir oqibatda dastur kutilgan tarzda ishlamaydi. Istisnolarga tizimli ishlov berishni muhokama qilishdan oldin, nuqsonlarni tavsiflashda ishlatiladigan uchta keng tarqalgan atamani ko’rib chiqaylik.

  • Defektlar – bu dasturchi o’zi yo’l qoygan xatoliklardir. Masalan, siz boshqarib bo’lmaydigan C++ da dastur tuzmoqdasiz deb faraz qilaylik. Agar siz dinamik tarzda ajratilgan xotirani bo’shatib qo’yishni unutgan bo’lsangiz, vaqt o’tishi bilan xotira tamom bo’ladi va siz defekt olasiz.


  • Download 0.77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling