Texnologik rivojlanishdagi farqlar Modeli - Vernon, shuningdek, yuqori daromadli va mehnatni tejaydigan mahsulotlar dastlab boy davlatlarda ishlab chiqarilishi ehtimoli katta ekanligini ta'kidlaydi, chunki ularda:
- (1) buni amalga oshirish uchun imkoniyatlar katta,
- (2) ushbu yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, mahsulotni o'zgartirishda iste'molchilarning fikr-mulohazalaridan foydalanish uchun bunday bozorlarga yaqinlikni talab qiladi va
- (3) xizmat ko'rsatishga ehtiyoj bor.
- Texnologik rivojlanishdagi farqlar modeli vaqt kechikishini taqlid jarayoniga bog`lasa, mahsulot hayotiy tsikli modeli standartlashtirish jarayoniniga bog`laydi.
- Ushbu modellarga ko'ra, iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda yangi va yanada ilg'or texnologiyalarni o'zida mujassam etgan nostandart mahsulotlarni eksport qilish va eski yoki unchalik rivojlanmagan texnologiyalarni talab etadigan mahsulotlarni import qilishi takidlaydi.
- Qisqacha aytganda, mahsulot hayotiy tsikli modeli yangi mahsulotlar va yangi ishlab chiqarish jarayonlari uchun dinamik qiyosiy ustunlikni tushuntirishga harakat qilsa, asosiy H-O modeli statik qiyosiy ustunlikni tushuntirib beradi.
- Mahsulot tsikli modelining klassik namunasi Ikkinchi Jahon Urushidan beri AQSh va Yaponiya radio ishlab chiqaruvchilarining tajribasi olish mumkin.
- Transport xarajatlari to`g`risidagi faraz/shartni bekor qilish -
- eksport-import qilinayotgan mahsulotlar naxriga ta`sir qilish orqali bevosita xalqaro savdoga ta`sir qiladi, hamda bilvosita mahsulot ishlab chiqarish sanoatining xalqaro joylashuviga ham ta`sir qiladi.
- Transport xarajatlari: transport va logistika xarajatlarini o`z ichiga oladi.
- Mahsulotlar xalqaro savdoda ayriboshlanadi faqatgina savdodan oldingi mahalliy narxlardagi farqlar transport xarajatlaridan yuqori bo`lganda.
- Shu dababdan ko`pgina mahsulotlar xalqaro ayriboshlanmaydigan mahsulotlar hisoblanadi.
- sement, soch olish xizmatlari (ushbu mahsulotlarning transport xarajatlari ularning savdodan oldingi mahalliy narxlar orasidagi farqdan yuqori)
- Logistika xizmatining rivojlanishi (muzlatgichli yuk tashuv, kontainerlashtirilgan kargo) ko`pgina xalqaro ayriboshlanmaydigan mahsulotlar xalqarolashishiga olib keldi. Meva, sabzavot, va boshqalar bunga misol.
Do'stlaringiz bilan baham: |