International Essay Contest for Young People 2011 Award Winning Essays


Download 256.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.07.2020
Hajmi256.15 Kb.
#125210
Bog'liq
Translates from English into Uzbek




Translates from English into Uzbek 

by Murod Bekmanov 

 

“International Essay Contest for Young People 2011 Award Winning Essays” 

kitobidan tarjimalar 



 

 

Bolalar kategoriyasi, 1-o’rin. 



Plant for Planet (Kurrazi zamin uchun ek) 

Aurora Sarker 

(Age 14, Bangladesh) 

Holy Cross Girl’s High School, Dhaka 

 

Bu  yorug’  kuz  kuni  edi.  Bir  gala  qushlar  chug’urlashardi.  Quyosh  oltin  aylanadek 



qizdirardi.  Lekin  na  ovoz  na  manzara  menga  ta’sir  qilardi.  Men  bolaligimning  eng  yaqin 

hamrohining shavqatsiz boltaning har bir zarbidan qulayotgan manzarasini kuzatgancha derazam 

oldida ma’nisiz qarash bilan turardim. 

Uyim  yonida  “Krishnachura”  daraxti  bor  edi.  Men  har  yili  o’satoygan  bu  daraxtni  ko’rib 

o’sdim.  U  mening  yotog’imdan  ko’rinib  turardi.  Shunday  qilib  tongda  uyg’oniyotganimda  eng 

birinchi narsa daraxtni ko’rish edi. Qachonki men uxlashga yotganimda uning hamma yog’i qop-

qorong’u  bo’lardi.  Shunda  ham  men  uni  ko’rish  uchun  derazamdan  hech  bo’lmasa  bir  marta 

qarab  qoyardim.  Men  unga  hatto  zimiston  qorong’ulikdayam  tikilib  qarashni  sevardim,  chunki 

men uning shu yerda ekanligini bilardim. 

Men uning baland shoxlari yerni o’payotganini ko’rdim. Ko’z o’ngimda u yuzi bilan yerga 

yiqildi.  Daraxt  xuddi  boshqa  birovlarga  tegishlidek,  men  soqov  tomoshabindek  edim.  Abadiy 

boshliqning  yaratilishi,  daraxt  bir  soat  ichida  chopib  tashlandi.  Bu  faqat  o’sha  joydagi 

boshliqqina  emas,  yer  yuzidan  bir  hayotning  yo’q  bo’lishi  edi.  Singlim  o’z  belanchagida 

tinchgina uxlayotgan xonamga qaradim. Xuddi uningdek daraxtning ham o’z hayoti bor edi, tirik 

mavjudot sifatida u bir soat oldingina ham bor edi. Nimadir bo’lib gangib qoldim, avvalo bir fikr 

miyamga  keldi.  Kuchli  og’riq  his  qildim,  faqatgina  menga  qattiq  zarba  bo’lgan  Krishnachura 

uchun emas. Men inson mavjudotining diqqatsiz tabiati haqidagi o’yga cho’mgandim. Katta bir 

fikr  miyamda  paydo  bo’ldi.  Agar  biz  diqqatimizni  bugun  yeyishga  qaratsak  va  erta  haqida 

o’ylamasak,  bu  bizning  intihomizning  boshlanishi  bo’lmaydimi?  Biroz  foyda  olishimiz  uchun 

atrof-muhitdan foydalanishimiz to’g’ri. Biroq, bu xudbin  holatlarning bajarilishi  bir kuni  butun 

sayyorani yo’q bo’lishga yetaklaydi. Yaratilishi uchun million yillar ketgan sayyoramiz shunday 

yakunga loyiqmi? 

Bu  fikrlar  sezilarli  darajada  fikrlash  doiramni  o’zgartirdi.  Avvallari  men  muammolar 

haqida o’qishga va o’ylashga o’rganib qolganimda, bu muammolarning paydo bo’lishida mening 

qo’lim yo’q va shuningdek, buning uchun biron narsa qilishga menda yetarlicha salohiyat yo’q, 

deya  o’zimni  faqat  yupatardim.  Lekin  o’sha  hodisadan  keyin  men  o’zgacha  o’ylay  boshladim, 

chunki  men  birinchi  marta  muammoni  his  qildim.  Men  mayda  qadamlar  tashlashni,  kichik 

narsalar qilishni boshladim. Men o’zimni ona yerning qizidek his qildim, nima qilib bo’lsa ham 

onamni asrash mening burjim edi. Men o’z ishlarimni bog’imiz va tomimizga kichik daraxtlar va 

o’simliklar  ekish  bilan  boshladim.  Do’stlarimga  tug’ilgan  kun  sovg’asi  sifatida  video  o’yinlar 

o’rniga  o’simliklar  berishni  boshladim.  Men  fikrlarimni  atrofimdagi  har  bir  odam  bilan 

o’rtoqlashdim.  Men  ularga  biron  bir  o’simlikni  tarbiyalash  va  uni  o’stirish  zavqi  abadiy 

xursandchilik  ekanligini  aytdim.  Asta-sekin  ular  ham  ayni  o’ylashni  va  his  qilishni  boshlashdi. 

Biz qila olishimiz mumkin bo’lgan barcha kichik ishlarning hammasini qildik. Biz chizmachilik 

darsi  o’qituvchimiz  ko’magida  maktabimizda  qo’shma  sinf  san’at  musobaqasini  uyushtirdik. 

Musobaqa mavzusi “Sizning orzuingizdagi bog” edi. 



Barchamiz  birga  ishlaganimiz  tufayli  o’sha  kichik  qadamlar  atrofimizdagi  muhit  uchun 

ahamiyatli o’zgarishlarni keltirdi. Kundan kunga mahallamiz bolalari va boshqa sinfdoshlarimiz 

bizni ko’rib ilhomlanishadigan bo’lishdi. Biz tez-tez kengashib turdik va atrof-muhit uchun nima 

qila olishimiz haqida munozara qildik. Tishimizni yuvish davomida jo’mrakni ochmaslikka qaror 

qildik.  Oramizdagilardan  biri  faqat  lazzatlanish  uchun  juda  ko’p  chiqindi  ovqatlarni  yeyishga 

o’rganib  qolgandi.  U  aytdi,  buni  boshqa  qilishni  istamas  ekan.  Hammamiz  maktabga  maktab 

avtobusi yoki boshqa jamoat transportida bora boshladik. Foydalanmayotgan paytimizda chiroq, 

ventilator, kompyuter kabilarni o’chirib qo’yish orqali elektr energiyasini tejashga harakat qildik. 

Men  bazi  shavqatsiz  odamlar  qo’lida  bir  do’stimni  yo’qotdim,  lekin  men  o’sha  o’g’riqni 

va’daga o’zgartirdim. Qila olishim mumkin bo’lgan har qanday yo’l bilan sayyoramni asrashga 

ahd qildim. Avvalroq mening  yoqtirgan rangim moviy edi, lekin endi u yashil. Men qushlar va 

hayvonlar  erkin  yashaydigan,  ifloslanishlardan  holi  yam-yashil  sayyorani  orzu  qilaman.  Yashil 

o’simliklar butun dunyo bo’ylab!, — men o’zimga shunday deyman: “Kurrazi zamin uchun ek!” 

(“International Essay Contest for Young  

People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) 

Tarjima vaqti: 24/08 2014 14:31 

 

Yoshlar kategoriyasi, 1-o’rin. 



Pride in Profession (Kasb faxri) 

Dan Erwin C. Bagaparo 

(Age 20, The Philippines) 

University of Santo Tomas, Malabon 

 

Filippinda  hamshiralik  talabasi  bo’lish  juda  qiyin.  Siz  o’qishni  tugatgach,  cheklangan  ish 



o’rinlari uchun raqobatdagi boshqa minglab hamshiralarning biri bo’lishingiz haqidagi o’y bilan 

hisoblashishga  majbursiz.  Ko’pchilik  hamshiralikni  bitkazuvchi  talabalar  oqibatda  qisman  yoki 

butunlay ishsiz bo’lishadi. Afsuski, bu noqo’llab-quvvatlovlarga sabab bo’ldi. Har safar odamlar 

mening kursimni so’rashadi va men Hamshiralik deyman, ular boshlarini chayqashadi. 

Ko’pchilik  allaqachon  kasbim  borasida  ustimdan  kulishni  boshlashgan.  Bir  safar, 

do’stlarimning  kinoya  qilib  aytayotgan  gaplarni  eshitdim,  “Sen  4  yil  tayyorlanasan,  va  nima? 

Tagingga  suv  quymasang  bo’ldi  ishqilib?”  Menga  aytilgan  bu  qarshiliklarni  inobatga  olishga 

majburman.  Men  o’zimni  arzimas  odam  sifatida  ko’rdim.  Men  maktabga  ilhomlantirilmagan 

holda  keldim  va  maktab  ishlarida  zo’r  berib  harakat  qilish  jonimga  tegmadi.  “Nihoyat,  sen 

haqiqiy hamshiralik talabasisan,” dedi ular menga. 

To  men  eng  noodatiy  joyda  ilhom  kashf  qilgan  uchinchi  yilimdagi  yozgacha  bunday 

emasdi.  O’tgan  aprelda,  do’stlarimdan  birozi  meni  dissertatsiyalariga  yordam  berishga  taklif 

qildi.  Do’stlarimning  o’qishi  keksalarning  yolg’izliklari  haqida  edi.  Ular  qariyalar  uyida 

yashayotgan  odamlarga  so’rovnomalarni  tarqatishga  yordam  berishimni  so’rashdi.  Biz  baland 

devorlar  bilan  o’ralgan  bu  ajratilgan  birikmalarga  uzoq  yo’l  sayohat  qildik.  Bu  juda  tinch  va 

osoyishta, lekin yaxshi saqlanmagan joy edi. Karidorlarda zah hidi anqirdi, shinam xonalar juda 

achinarli ahvolda edi. Sharoitni yaxshilash uchun u yerdagilar o’zlarining qo’lidan kelganlaricha 

g’amxo’rlik qilishardi, lekin sharoit deyarli yo’q, mablag’ esa kam edi. 

Intervyular  davomida,  odamlar  ichidagi  hikoyalarni  bilib  olishga  muvaffaq  bo’ldim. 

Ularning ko’pchiligi ko’chalardan qutqarib olingan yoki oilalari tomonidan tashlab ketilgan edi. 

Men bir qari ayol bilan bo’lgan suhbatni alohida eslayman. U aytdiki, bir necha yil oldin u uysiz 

edi  va  huquq  xodimlari  tomonidan  ko’chadan  “olingan”  edi,  o’sha  paytda  u  bilan  birga 

bo’lmagan oilasidan ajratib olingan ekan. Keyinchalik u qariyalar uyiga olingan edi. Shu sababli 

u  boshqa  hech  qachon  o’z  oilasini  ko’rmabdi.  Keyin  u,  o’z  sharoiti  va  kechinmalarini 

tasvirlashni  boshlab,  hayoitini  davom  ettiribdi.  Hammasi  o’zgaribdi,  ya’niki  u  avvaliga 

gipertaniya va artriddan, bu vaqtdan biroz avvalgacha azoblangan ekan, lekin nihoyat qiyinchilik 

bilan buni boshqara olibdi, chunki bu yerda doimiy tibbiy muolaja va maslahat bor edi. U hatto 


mendan  agar  imkoni  bo’lsa  men  uni  oilasi  bilan  qayta  birlashtira  olishim  mumkinligi  haqida 

so’radi. 

Ro’stgo’y  bo’lish,  qanday  ta’sirli  ekanligini  bilmabman.  Men  uni  oilasi  bilan  qayta 

birlashishga  yordam  berishni  istardim,  ammo  bu  unchalik  oson  emas  edi,  imkoniyatlar 

chegaralab berilardi. Shunday qilib men jimlik saqladim va unga quloq soldim. O’sha hodisadan 

keyin  men  og’riq  va  gipertinosni  uyda  boshqarish,  hom  sarimsoqpiyoz  yeyish  va  mayl  kelgan 

joylarga  issiq  kompres  qilish  kabi  unga  sog’liq  tarafdan  yo’l-yo’riq  berdim.  Men  qila  olgan 

hamma  narsa  shu  edi,  men  faqat  hamshiralik  talabasi  bo’lish  kerakligini  fahmladim.  Keyin  biz 

suhbatimizni davom ettirdik. Sezdimki uning kayfiyati ko’tarilib boryapti, chunki biz allaqachon 

biroz hazil-mutoyiba qilishga ham ulgurgandik. Intervyu tugashidan oldin, u mening ismimni va 

sohamni so’radi.  “Den,  va men Hamshiralikni  egallayapman”, dedim men. Uning o’sha vaqtda 

atgan so’zlarini bugungacha yuragimda saqlayman: “Den, men sen uchun duo qilaman. Sen shu 

sohani bitkazishing uchun duo qilaman.” Shundan keyin, men ko’proq eshitishga va qo’limdan 

kelgancha  men  intervyu  olgan  boshqa  odamlarga  sog’liqqa  oid  yo’l-yo’riqlar  berishga  harakat 

qildim.  O’sha  kuni  men  kimligim  va  nima  qilayotganimning  ahamiyatini  tushundim.  Men 

shunchaki intervyu olayotganim yo’q edi, men chindan qayg’urayotgandim. 

Hamshiralar g’amxo’rlik qilish uchun tayyorlantiriladi va bildimki eshitish va sog’liq yo’l-

yo’riqlari  g’amxo’rlikning  bir  ifodasi.  Men  sohamni  yangi  bir  yorqinlikda  ko’ra  boshladim. 

Angladimki eng muhim savol “sen tugatganingdan keyin qancha oylik olasan?” emas, balki, “bu 

kun  tugaguniga  qadar  necha  odamga  yordam  bera  olasan?”  Bu  tajriba  menga  dars  bo’ldiki  siz 

biron  inson  hayotida  biron  o’zgarish  qilishingiz  uchun  katta  miqdordagi  summa  yoki  katta 

mansablarga  ega  bo’lishga  muhtoj  emassiz.  Jamiki  siz  muhtoj  bo’lgan  narsa  bu  eshitish, 

hamdardlik va asosiy tajribali bilimga ega bo’lish. 

O’sha yozdan keyin, men maktab ishlarida va tashkilotlarga qo’shilishda zo’r berib harakat 

qila  boshladim.  Men  Qizil  Xoch  birlashmamizda  faol  bo’lib  ildim  va  tibbiy  missiyalarga 

qo’shilishni  boshladim.  Hatto  bitkazuvdan  keyin  tadqiqot  va  geriatsiyalarni  ixtisoslashtirishni 

ham rejalashtirdim. Bir kuni orqaga, o’sha qariyalar uyiga qaytishni ham rejalashtirdim, boshqa 

o’qishni  tashkil  qilaman  yoki  hech  bo’lmasa  o’sha  yerda  yashovchilarning  hayotini  yaxshilash 

uchun biron narsa qilaman. Men ularga qarzimni  qaytarmoqchiman, chunki  ularning hikoyalari 

menga  o’zligimni  yaratish  uchun  kuch-quvvat  va  qat’iylik  berdi.  Yo’q,  men  shunchaki 

hamshiralik  talabasi  emasman,  men  —  HAMSHIRALIK  TALABASIMAN.  Va  hechkim  bu 

holatda bu faxrni mendan hechqachon qayta tortib ololmaydi. 

(“International Essay Contest for Young  

People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) 

Tarjima vaqti: Avgust, 2014 

 

Bolalar kategoriyasi, 2-o’rin. 



When I Grow up... (Katta bo’lganimda...) 

Ummul Baneen Sheikh 

(Age 10, Pakistan & Canada < living in Pakistan>) 

Beaconhouse School System Leberty Junior, Lahore 

 

Men hamisha katta bo’lgach kim bo’lishim haqida o’ylanayotgan edim. Ota-onam doktor 



bo’lishni gapirishdi, do’stlarimning barisi uchuvchi bo’lishni istashdi. Lekin men do’stlarimning 

bo’lishni  istashgan  narsani  yoqtirmadim.  Men  nima  qilishni  bilmadim,  toki  bir  kuni  qaror 

qilmagunimcha. 

Men uylarni tozalash va ahlatlarni ko’chaga tashlamaslik haqida ko’p eshitgandim. Onam 

hammavaqt  suvni  behuda  sarflamaslikni  va  ortiqcha  chiroqlarni  o’chirib  qo’yib  elektr 

energiyasini tejashni asrashni aytardi.  Men hammavaqt  onamning aytganlariga quloq  solmadim 

va o’zim istagan hamma narsani qildim. 

Bir  kuni  maktabim  bizning  sinfimizni  shimoliy  Pokistondagi  juda  uzoq  bir  joyga  oldi.  U 

yer  juda  ko’p  odam  yashaydigan  bir  qishloq  edi.  U  yer  juda  gavjum  yer  edi.  Hamma  joyda 


ko’plab  uylarni  ko’rdim.  Lekin  ular  mening  uyim  kabi  emasdi.  Uylar  juda  kichkina,  iflos  va 

qo’lansa  edilar.  Ko’rdimki,  mening  yoshimdagi  bolalar  o’sha  uylarda  elektrsiz,  suvsiz  va 

pishirish uchun gazsiz yashar edilar. 

To’satdan  yig’layotgan  yosh  bolaga  to’qnashganimda,  u  ko’chadan  bu  ko’chaga  yurib 

borardim.  Undan  nima  bo’lganini  so’radim.  Dastlab  u  javob  bermadi,  keyin  baland  ovoz  bilan 

och  ekanligini  va  yeyishga  ovqat  yo’ligini  aytib  yig’ladi.  Men  unga  uyda  tayyorlangan 

sendvichimni berdim va shu tahlit biz do’stlashdik. 

U qishloqning hamma yoqini aylantirdi. Bolaning oti Ali edi. U hamma yerdagi axlatlarni 

otasiga  bilan  yig’ishtirar  ekan.  Uning  tuzuk  kiyimi  yo’qdi.  U  kambag’al  edi  va  hech  qanday 

maktabga  bormagandi.  Mening  yoshimdagi  ko’plab  maktabga  bormagan  bolalarni  ko’rdim. 

O’sha joyda birgina maktab bor edi, ammo ellikdan oshiq bola bir sinfdadi. 

Ali  meni  uyiga  olib  bordi,  juda  kichkina  uyda  elektrsiz  va  ozuqasiz  yashayotgan  oilasini 

ko’rdim.  Ali  va oilasi  uchun juda xafa bo’ldim.  Men hamma narsa uchun Xudodan minnatdor 

bo’ldim va angladimki, men juda yaxshi sharoitda yashayotgandim. 

Men buzuq velosipedlar va uylarni  ko’rdim.  Bari  chiqindilar erkaklar va  yigitlar  yuvinib 

tozalanadigan iflos daryoga tushardi. Qishloq odamlarini kuzatish natijasida o’ta hayratlandim. 

Men  ustozim  oldiga  bordim  va  nimalar  ko’rganim  xususida  suhbatlashdim.  O’zimda  bu 

dunyo  uchun  nimadir  qilish  ilhomini  his  qildim.  Dunyoda  juda  ko’p  qashshoq  qishloqlar 

borligini  bilib,  juda  o’kindim.  Ali  va  uning  do’stlarini  o’ylashim  bilan  yig’lay  boshlardim. 

Ustozim  aytdiki,  biz  atrofimizdagilar  uchun  yordam  bera  oladigan  suv,  elektr,  oziq-ovqat  kabi 

narsalarni  tejashimiz  kerakligini  aytdi,  va  shu  tariqa  barcha  o’zining  odilona  ulushiga  ega 

bo’ladi. 

Nihoyat,  katta  bo’lib,  Pokistonning  bu  xalqiga  yordam  berish  uchun  Prezident  bo’lishga 

qaror  qildim.  Men  o’z  sabog’imni  olgandim,  va  bu  sayohat  meni  qashshoq  odamlarni  asrashga 

va  ularga  yordam  berishga  ilhomlantirgandi.  Ota-onam  va  qo’shnilarimni  o’sha  qishloqqa  olib 

bordim va biz o’sha odamlar uchun qila oladiganimizcha o’zimizda bor narsalarni ularga taqdim 

etdik.  Shuningdek,  qishloqlardagi  xaroba  uylarda  ozuqasiz  yashayotgan  odamlarga  yordam 

berish  borasida  prezidentga  xat  yozdim.  Umid  qilamanki,  Prezident  xatimni  o’qiydi. 

Shuningdek, men Alini uyimga olib keldim va u men bilan maktabga qatnay boshladi. Har doim 

unga qaraganimda, o’zimni juda baxtli his qilaman. 

O’ylashimcha,  barcha  bolalar  qashshoqlarga  yordam  berishi  va  Xudo  ularga  yaxshi 

narsalar ato etgani uchun shukrona keltirishi zarur. 

Bu  mening  ilhombaxsh  hikoyam  edi.  Bu  voqea  menga  yaxshiroq  inson  bo’lishim  uchun 

yordam  bergandi.  Dunyoni  qashshoqlarga  yordam  berish  va  kambag’allar  bilan  boylarni 

do’stlashtirish  orqali  yaxshiroq  joyga  aylantirmoqchiman.  Men  bu  Yerni  va  undagi  odamlarni 

sevaman, shu tariqa uning uchun hamma narsa qilish uchun ishlayman. 

(“International Essay Contest for Young  

People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) 

Tarjima vaqti: 03/03 2017 

 

Bolalar kategoriyasi, 2-o’rin. 



Who understands him Best? (Kim uni yaxshiroq tushunadi?) 

(Original in Japanese) 

 

Ai Ohyama 



(Age 11, Japan) 

Tamazato Kita Elementary School, Omimata, Ibaraki 

 

“Kim uni yaxshiroq tushunadi?” 



Bu, otamning meni o’zgartirgan so’zlari edi. 

Onam  va  men  tez-tez  birga  xarid  uchun  borib  turadigan  yaqinimizdagi  supermarketda 

nogiron  bir  kishi  ishlar  edi.  Uning  oyoqlari  notanish  bir  yo’ldan  yurganda  qayrilib  ketgan  edi. 


Agar u umurtqasini cho’zib yurganida, uning bo’yi ancha uzun bo’lardi, deb o’ylayman, lekin u 

bukik  yelkalari  bilan  engasharkan,  juda  kichik  ko’rinardi.  Amin  emasman,  men  uning  uchun 

afsuslandimmi  yoki  tushkun  sezdimmi  o’zimni,  lekin  ko’p  hollarda,  men  uni  nazardan  chetda 

tutishga tirishdim. Agar men unga duch kelib qolsam, atayin boshqa aylanma yo’ldan ketardim, 

boshqa  kirish  eshigidan  foydalanardim,  yoki  uddaburonlik  bilan  uni  uchratib  qolishdan 

qochardim. Unga to’qnash kelib qolganimda, g’izillab o’sha yerni tark etardim. 

Bir safar, onam xarid qilayotganida, men mashinada kutib o’tirardim. Mashina oynasidan 

tashqariga  qarab  o’tirkanman,  qarasam  u  ko’zim  oldida  turibdi.  Uni  xolisona  kuzatdim.  U  ish 

bilan mashg’ul edi, bir qo’lida supurgi  tutgandi  va taxlanayotgan chiqindiga qarab turgandi.  U 

odatdagidek,  har  bir  yangi  xaridorga  “Irasshaimase!  (Xush  kelibsiz!)”  derdi,  boshi  bilan 

qisqagina ta’zim qilarak. Uni kuzatarkanman, unga achindim. 



Nega bu ishni qilyapti? Bunday qilmasligi kerak. Nega magazin menejari nogiron odamni 

ishlashga  qo’yyapti?  Boshqa  odam  ancha  tezroq  va  ko’proq  ishlagan  bo’lardi.  Uni  ishlashga 

majbur  qilmayaptimikinlar.  Xayolan,  hamma farazlarni  tasavvur qildim. Kechki  ovqatda,  o’sha 

kuni nima bo’lganini opamga gapirib berganimda, otam uxlab qolgandi. 

“O’sha kishini kim  yaxshiroq tushunadi deb o’ylaysan? Boshqa bir odam bu ishni undan 

tezroq bajargan bo’lardi, lekin unda nogiron odam ishlash uchun boshqa joy bo’lmasdi, shunga 

qaramay  ishlashni  istaydi.  O’ylaymanki,  magazin  menejeri  uni  yaxshi  tushungani  uchun 

yo’llagan.” 

Men qaraxt edim. Men o’ylagan kimsa shuni anglatardiki, o’sha nogiron kishini haqiqatan 

yaxshiroq  tushunadigan  birovdi.  O’zimcha  taxminlarni  yasash  bilan,  bu  holga  noinsoniy  nazar 

solgandim. Buni anglaganimda, hamma narsani boshqacha ko’ra boshladim. Atrofga diqqat bilan 

razm solarkanman, magazindan chiqindi tashlanadanigan joygacha bo’lgan hamma narsa toza va 

tayinli  edi.  Bu  nogiron  insonlarning  ishlashi  uchundi.  Va  payqadimki,  u  “Irasshaimase!”  deya 

boshini  egar  va  yana  boshini  ko’tarar  ekan,  ko’rardimki,  uning  yuzida  tabassum  bo’lardi. 

Xaridorlar  ham  tabassum  qilishardi.  Men  bu  holimdan  juda  uyaldim,  chunki  unga  nisbatan 

boshqacha nazar bilan boqqan ekanman. 

Odamlar  o’rtasidagi  munosabat,  biz  narsalarga  o’zgacha  nazar  tashlashimiz  bilangina 

o’zgarishi mumkin. Men, qachondir biron bir nogironni ranjitib qo’yishim mumkinligini ertaroq 

payqashim  kerak  edi,  va  nogironlik  hech  qanday  imtiyozsiz  bo’lardi.  Jamiyatimizda  ko’plab 

nogironlar  bor.  Barchaga  birdek  yoqimli  bo’lgan  jamiyat  yaratish  uchun,  o’ylaymanki,  bir-

birimizga  yordamchi  va  iltifotli  bo’lishimiz,  va  jamoatni  tushunish  va    uning  faol  bir  qismi 

bo’lishga tayyor turish, barchamiz uchun juda muhim. 

Yaqinda,  supermarketdaligimda,  yuragimni  sobit  qilgan  holda  o’sha  nogiron  kishiga 

“Salom” berdim. U ajablangandek tuyuldi, keyin katta tabbassum hadya qilarak, salomimga alik 

oldi.  Bu  bor  yo’g’i  bir  necha  soniyani  olgan  odatiy  ko’rishish  edi,  biroq  bu  bilan  o’zimni  juda 

baxtli his qildirdi. Boshqalarga yordam bera oladigan kimsa bo’lishim, va barchasi yaxshi va bir-

biriga tayanch bo’lgan insonlar jamiyatini qurish uchun qo’limdan kelgan barisi qilaman. 

(“International Essay Contest for Young  

People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) 

Tarjima vaqti: 04/03 2017 

 

Yoshlar kategoriyasi, 2-o’rin. 



A real life nightmare that woke up my Consciousnees 

(Meni hushimga keltirgan hayotiy bosinqirash) 

 

Cristina Caraus 



(Age 18, Moldova) 

Theoretical Lyceum, “C. Stere”, Soroca 

 


Mening  ilhomlanbaxsh  hikoyam  qayg’uli  2010-yilning  oktyabr  kunlari  birida,  xolamning 

eri vafot etganligi haqidagi xabar meni uyg’otib yuborganda boshlangan edi. Kutilmagan yurak 

hurujuri uni bizdan olib ketganida, u endigina yigirma sakkiz yoshda edi. 

Bu  oilamiz  uchun  juda  og’ir  davr  edi.  U  oilasida  bola  o’rnida  edi,  uning  o’limidan  ota-

onasi  ruhan  ezildi.  Bundan  tashqari,  u  ikki  bolaning  otasi  ham  edi,  u  vafot  etgach  esa,  xolam 

yolg’iz qoldi, olti yashar o’g’li bilan bir yashar qizchasi uchun, uning o’zidan bo’lak hech kim 

qolmagandi.  Dafn  qilish  marosi  haqiqiy  bosinqirashning  o’zi  edi.  Bunday  inkor  qilib  bo’lmas 

og’ir damlarda xolam bilan oilamizga hamdard bo’lish va yosh otani so’nggi bor ko’rish uchun 

ko’pgina  qarishdoshlar,  tanish-bilishlar,  do’stlar  va  oilamiz  birgalikda  yig’ilishgandi. 

Hammaning ko’zidan bu cho’loq qarash va motamning quyuq soyasi joy olgandi. Havo so’lg’in 

va  ta’ziyali  edi.  Bu  haqiqiy  bosinqirash  edi,  biroq  o’shanda  bu  narsa  meni  dunyoda  yaxshi 

o’zgarishlar  qilishga  ilhomlantirayotgani  va  meni  hushimga  keltirayotganini  hatto  taxmin  ham 

qilmagandim. O’shandagi xayrlashuvlar va og’riqlar tufayli, xuddi butun olam atrofimda to’xtab 

qolgandek tuyuldi, — men atrofimga qaradim va angladimki, barcha og’riqlar xuddi ayzbergning 

cho’qqisining o’zginasi edi. Tushundimki, dafn marosimi tugaydi; bu katta olomon o’z uylariga 

qaytadi,  xolamning  fojeasi  va  o’zlarining  unga  bo’lgan  qayg’urishlari  va  qanchalik 

hamdardliklari  haqida  gaplashishadi.  Biroz vaqt  o’tgach esa, bu narsa ularning eslaridan chiqib 

ketadi.  Xolam  o’ylamaydi!  Bu  azob  uning  hayotida  o’gir  va  halokatli  iz  qoldiradi.  Ikki  yosh 

farzandini boqish va o’qitish uchun, ularni qo’llab-quvvatlash uchun mablag’i bo’lmagani holda, 

xolam endigina o’ttiz  yoshida beva qoldi. U ruhan ezilgan, jismonan charchagan va moliyaviy 

yo’qsilga aylangandi, chunki u onalik qilar ekan, eri oilaning yagona daromad bilan ta’minchisi 

edi. 

Har  bir  kimsa  bunday  ta’sirli  qiyin  ahvoldan  so’ng  qayta  tiklanish  uchun  juda  kuchli  va 



jasoratli  bo’lishga  majbur.  Uning  jasorati  farzandlarining  adabli  bir  umr  kechirishlarini  ko’rish 

edi,  biroq  uning  asosiy  tayanchi  uning  oilasi  —  biz  edik.  U  buvimning  uyiga  ko’chib  o’tib, 

bolalarini voyaga yetkazish uchun biroz yordam olishi mumkin bo’ldi. Onam va xolalarim unga 

moliyaviy,  va  albatta  ruhan  dalda  berib  turishdi,  qayn  ota-onalari  ham  imkon  boricha  turli  xil 

yordamlarini ayashmadi. Oilasining qo’llab-quvvatlovi va yengilliklari yordamida xolam hayoti 

yana iziga tusha boshladi, uning hayotiga yana quvonch qayta boshladi. Ayni damda uning holati 

barqaror  va  u  ochiq  qalb  va  boshini  tik  tutgan  holda  o’z  hayot  yo’lida  oldinga  ketishga 

chog’langan. 

Men  Ralf  Valdo  Emersonning  so’zlarini  eslayman:  “Yulduzlarni,  zulmatda  ko’rishing 

mumkin,”  bu  gaplar  hozir  mutlaqo  tasdig’i  topdi.  Oilamizdagi  bu  vaziyat  mening  oldimga  bir 

qancha  uyg’oq  savollarni  qo’ydi,  ularga  javoblar  esa  dunyoda  ezgu  o’zgarishlarni  qilishimda 

mening  tumorimga  aylandi.  Men  o’ylardim:  “Agarda  xolamning  yonida  biz  —  uning  oilasi, 

bo’lmaganimizda  nima  bo’lardi?  Agar  tashqaridan  qo’llab-quvvatlanmaganda  nima  bo’lardi?” 

Dunyoda  esa  xuddi  shunday  jiddiy  ahvoldagi  yoki  hatto  bundan  ham  yomonlari  bo’lgan  va 

yolg’iz, hech bir shakldagi tarafdoshlari bo’lmagan ayollar ko’p.  “Ular nima qilishadi? Qanday 

qilib  hayotlaridagi  bu  ayanchli bo’shliqni  zabt  etishadi? Ularni kim qo’llaydi?  Va — umuman 

kimdir  buni  qila  oladimi?”  Miyamda  bu  savollar  tug’ilar  ekan,  mening  bosinqirashim 

uyg’ongandi. Vujudimning va ruhiyatimning har bir hujrasida qattiq chigallikni his qildim. Men 

yechim topishga qaror qildim; men o’zim yechimning bir bo’lagi bo’lishga qaror qildim. 

O’n sakkizga qadam qo’ya boshlaganimda, o’zimning NGO sohamni ochish uchun barcha 

kerakli bo’lgan ma’lumotlarni va qog’ozlarni to’play boshladim, va buning uddasidan chiqdim. 

NGO hozir rasman ochilgan va uning maqsadi o’z hayotida fojeaga uchragan ayollarga yordam 

berish. Tashkilot, bizning yordamimizga muhtoj bo’lgan har bir ayolga tayanch bo’lishni istaydi. 

Ular  psixologik  yordam  olishlari,  shaxsiy  rivojlanish,  rag’batlantirish  trening  va  seminarlarida 

qatnashishi,  o’zlari  bilan  bir  xil  ahvolda  bo’lganlar  bilan  muloqotga  kirishib,  bir-birlarini 

yaxshiroq  tushunishlari  barobarida,  o’zlarining  yolg’iz  emasliklarini  va  ular  qayg’urishi  va 

tayanishi mumkin bo’lgan insonlar ekanliklarini his qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ayollar 

muammosi haqida qayg’urayotgan bir qancha xalqaro yoshlar jamoasi va jamiyatlar bilan, inson 

huquqlari  va  boshqa  ijtimoiy  nashrlar  bilan  tanishdim,  va  umid  qilamanki,  ular  bilan  va 


dunyodagi  barcha  yoshlar  bilan  birgalikda,  dunyoni  o’zgartiruvchi  ezgu  maqsadlarimizni 

tugallaymiz va dunyoni yaxshiroq — yanada farovon, ajib va osoyishta qilamiz. 

(“International Essay Contest for Young  

People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) 

Tarjima vaqti: 04/03 2017 19:39 

 

Yoshlar kategoriyasi, 2-o’rin. 



My story of Inspiration (Mening ilhomlanbaxsh hikoyam) 

 

Behjat Sahar Junaid 



(Age 22, Pakistan) 

 

Oqim  bo’lishi  kutilgan  joyda  sayr  qilardim.  “Hayvonlar”  bo’lsa  kerak  deb  kutilgan 



odamlar  yonida  to’xtadim.  Mana,  mening  o’zim  haqiqatdan  ham  bu  yerda  umuman  bo’lishim 

mumkin  emasdi,  Machar  mustamlakasi  uchun,  e’tirof  etilmagan  jamiyat,  Karachidagi 

jinoyatchilik  beshigi.  Erinchoq  plastik  paketlar  to’dasi  quyun  badbo’y  havoda  uchib  yuribdi, 

insoniyat  yaratgan  olam  har  safar  oqim  bilan  qadam  bosganimda  oyog’im  ostida  dahshatli 

qo’zg’aladi.  To’zg’igan  somon  bu  yo’lning  xol-xol  yonlarini  turtkilaydi,  qiziquvchan  kimsalar 

esa  mening  tantanasiz  bo’rtiq  yuzimga  tikilishadi.  Men  nihoyat  yordam  berishni  istagan 

maktabimni topdim. 

Kiraverish  devorida  kuchli  shamol  oqimi  o’tadigan  katta  oval  teshik,  unga  mato  bilan 

parda  tortilgan  edi.  Bino  o’nta  xona,  kichik  hovli  va  bog’dan  iborat  edi.  Sinfdan  sinfga  oralar 

ekanman, nimaningdir yo’qolganini payqadim — bu yerda o’qituvchi yo’q edi. Bolalar shovqin 

solgancha  hammayoqda  o’ynashardi;  yozuvtaxtalar  (doskalar)  ermak  qilib  chiziladigan 

mashg’ulot yoki to’siq oshish poyasida to’siq sifatida o’ynalar edi. Katta bolalar tartibsiz holda 

hovli  o’yingohi  atrofida  o’tkir  chekimlik  chekishardi.  Ular  o’z  yo’llarini  jinoyat  olamiga  burib 

yuborishga  majbur  bo’lmaslaridan  oldin,  maktabga  kelib,  o’zlarining  tezda  uchib  ketayotgan 

bug’ singari bebosh bolaliklarini tutib qolishga intilayotgandan tuyulardi. 

Nihoyat, oxirgi xonada ayol o’qituvchini topdim. U qo’l telefonida suhbatlashardi, shunga 

kutib turdim. Tuzatgach, unga o’zim haqimda va ish-tajriba to’plash uchun unga o’qish ishlarida 

yordam  berishni  xoxlashim  haqida  gapirib  berdim.  U  menga  masxaraomuz  qaradi,  favqulodda 

takliflarimga  shubha  bilan  boqdi.  Men  haqimda  ko’proq  surishtirgandan  keyin,  xayrli 

takliflarimga  ko’ndi,  har  holda  ular  bu  narsani  chigallashtirmasdi,  u  menga  tasdiqnoma  berib, 

o’zining suyukli go’shasiga qaytdi. 

Men qayerdan boshlashni bilmasdim. Qog’oz qutilarimni, qalamlarimni, o’chirg’ichlarimni 

va  krayonlarimni  olib  kelgandim,  keyin  barcha  bolalarni  jamlab  guruhlarga  ajratdim  va  qog’oz 

qalam tutqazdim. O’quvtaxtaga (doskaga) aylana chizdim va ulardan buni ko’chirishni so’radim. 

Lekin  ularning  qalamni  qanday  qilib  tutishni  bilmasliklarini  ko’rib,  ruhim  tushib  ketdi.  Ular 

qalamni  pichoq  ushlagandek  qattiq  siqishardi.  Balki  shuning  uchun  ular  mayda  narsalarni 

chizishni o’rgana olishmaydi. Har bir bolaning qo’lidan tutib ularni qanday chizish kerakligiga 

o’rgatdim. Birqancha qiyin tashabbuskorlikdan so’ng, asosiy shakllarni chizishni o’rgandik. 

Har  doim  bu  mustamlaka  bolalari  faqat  zo’rovonlik  jihatidan  tabiatan  qobiliyatli  edilar, 

shuning  uchun  ularning  qabul  qilishlarini  ko’rar  ekanman,  yoqimli  hayratga  tushdim. 

Turarjoyning  oilam  va  do’stlarimdan  ayroligiga  qaramay,  o’z  g’ayratimni  bu  maktabga 

to’kishdan  to’xtamadim  va  har  kuni  bolalarga  biron  bir  yangi  narsa  o’rgatar  edim.  Ular  tez 

o’rganishdi  va  tez  orada  ularning  ranglar  mutanosibligi  inobatga  olingan  holda  ajoyib  qilib 

chizgan  rasmlarini  ola  boshladim.  Ayniqsa  ular  orasida  bir  juft  rasm  esda  qolarli  edi.  Ularda 

Machar  mustamlakasini  maftun  bo’lar  darajada  yetarli  tasvirlangan  edi.  Qurib  qolgan  ko’l 

o’rniga,  gullar  o’sib  turgan  yam-yashillikka  boy  qirlarni  tasvirlashgandi.  Ularning  shubhali 

ifodali  yuzlari  o’rniga,  farzandlari  tiniq  suvda  cho’milishar  yoki  baliq  tutishar  ekan,  odamlar 

o’zlarining  yuzlarida  tabassum  qilishardi.  Boshqa  rasmda  esa  bir  umidbaxsh  qo’shiq, 

mustamlakaning    noshud  ko’chalari  va  yo’llaridan  eshitilar  ekan,  intizor  yuzli  bolani 


o’qitayotgan  men  kabi  lampomadali  anchagina  yosh  ayollar  bordi.  Qattiq  bir  zarb  bilan 

angladimki,  bolalar  o’z  uylarini  qanday  bo’lishini  orzu  qilishadi,  mana.  Ular  o’z 

mustamlakalarida  xol-xol  tusga  kirishdi,  va  meni  bu  aksincha  bo’lgan  yerda  qayta 

umidlantirishdi. 

Bolalarning  zehniyati  o’zlarining  yomon  tushunchalaridan  oldin  to’ldirildi.  Agar  ularga 

qurol  berilganida,  ular  buni  o’z-o’zidan  juda  puxta  o’rganib  olishardi.  Shunga  qaramasdan, 

boshlang’ich rejalashtirilmagan, endi esa ularga Alifbo berishga qaror qilgandim. Tez orada esa, 

ingliz  tilini  mohir  egallashdi.  Ularni  sonlar  bilan  tanishtirganimda,  sonlarni  manipulyatsiya 

qilishni  o’rganishdi  va  matematikaning  yosh  ustasiga  aylanishdi.  Hozir  ularni  ko’rib 

turganimdek  ingliz  tilida  va  o’nlilarda  ravon  o’zlashtirishdi,  ularning  intelektual  (aqliy) 

salohiyatlari  shaxsiy  maktablardagi  bolalarniki  bilan  teppa-teng  ekanliklari  borasidagi  faktlar 

bilan faxrlanishda yordam bera olmayman. 

Hech  kimning  tolei  oldindan  belgilanmagan.  Biz  o’z  taqdirimizni  bizga  berilgan 

imkoniyatlar vositasida o’zimiz yaratamiz. Agar jamiyatimizning ma’lum qismi kuchsiz bo’lsa, 

bu  ularning  bu  o’rinda  noshudliklari  tufayli  emas.  Biz  ham  ular  taqdirining  buzilishida  o’z 

rolimizga egamiz. Machar mustamlakasi menga nimani o’rgatdi, odamlarda hamma narsa uchun 

imkoniyat  bor;  ular  sizning  o’rgatganingizchalik  mohirga  aylanadilar.  Ularga  adolatsizlikni 

ko’rsating,  va  ular  guhon  qilish  borasida  chempionga  aylanadilar.  Ularga  savdoning  jilovini 

beringlar,  va  ular  omadli  tijoratning,  biznesning  tamoyillarini  qayta-yozib,  yuksaltib  beradilar. 

Ularni sog’lom bilimlar bilan ma’rifatlantiring, va ular gigiyena borasida o’rnak bo’lishadi. Unga 

ta’lim dastgohlarini bering, va ular insoniyatning buyuk intelektual jasoratlarini taqdim etishadi. 

Va har narsa bo’lishidan oldin, ularga zarur bo’lgan butun  narsalar bu bor-yo’g’i birgina 

fursat — o’z-o’zlarini kashf qilish uchun bo’lgan birgina fursat. 

(“International Essay Contest for Young  

People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) 

Tarjima vaqti: 05/03 2017 19:22 

 

Bolalar kategoriyasi, 3-o’rin. 



A Bridge between Japan and Ghana 

(Yaponiya va Gana o’rtasidagi ko’prik) 

 

Yumiko Tan 



(Age 10, Japan

Ghana Japanese Children’s school, Accra 

 

“Buvingiz Yaponiyada so’g-salomatmidi?” 



Boshqasidan  keyin  maktabda  yana  birov  buni  so’rayotganini  ko’rdim.  2011-yil,  11-mart 

kuni  Buyuk  Tahoku  yerqimirlashi  Yaponi  orollariga  juda  katta  zarba  berdi.  Yerqimizlashida 

ko’plab odamlar o’zlarining hayotlarini, oilalarini, do’stlarini, va suyukli insonlarini yo’qotdi. 

Hakkaydoda  yashagani  tufayli  buvim  hech  qanday  talofat  ko’rmadi.  Biroq,  Ibaragida 

yashaydgian xolam elektrsiz kun ko’rishga majbur bo’ldi. Men Yaponiyadagi odamlar elektrsiz 

yashayotganlariga ishongim kelmasdi. 

Biz Ganada, Afrikada, uzoqda turib nima qilishimiz mumkin? Ganada yaponiyalik odamlar 

yashayotgandi,  ular  bilan  bu  haqda  qattiq  o’ylandik.  Biz  Akkradagi  katta  savdo  majmuasida 

xayriyalar to’plashni boshladik. Ukalarim va men o’z xayriya qutilarimizni tayyorladik. 

Men  mablag’  to’plagan  joyimizda  bosh  bo’lgan  kun  kelganda,  o’zimni  asabiylashgan  his 

qildim.  Har  kuni,  bizga  “Mana  pul,  marhamat.”  deya  murojaat  qilayotgan  odamlarni  ko’rdim. 

Bezovtali hayratlandim: odamlar rostdan ham pul berarmikin? 

Biz  bir  do’konning  kiraverishida  qatorlashib  turdik,  va  baland  ovoz  bilan  o’tib 

ketayotganlarga “Yaponiyaga yordam bering!” deya saslanardik. 



“Ha,  albatta,  biz  Yaponiyaga  yordam  berishimiz  kerak.”  Hayratimki,  odamlar  bizning 

oldimizda  to’xtab  o’tishardi,  va  besh  yashar  ukamning  qutisi  ayniqsa,  ancha  pul  bilan  to’lib 

qolgandi. 

Ganaliklar  rostdan  ham  Yaponiyaga  yordam  berishadi!  Mening  xavotirlarim  yo’q  bo’lib 

ketdi,  va  o’zimni  chinakamga  baxtli  his  qildim.  Men  hammavaqt  o’ylanardimki,  Yaponiya 

Ganaga  yordam  berishi  shart,  deb.  Biroq  o’sha  sinovdan  keyin,  yordam  kerak  bo’lgan  paytda 

Ganaliklar ham Yaponiyaliklarga yordam berishni istashlarini angladim.  “Sen buvingni Ganaga 

olib  kelishing  kerak,”  dedi,  men  haqimda  qayg’urayotgan  o’qituvchim.  Va  bir  do’stim,  “men 

Yaponiga pul jo’natishni istasam, uni kimga berishim kerak?” deya so’radi. 

Yaponiyadagi  yerqimirlashi  aks  ettirilgan  noxush  lavhalar  har  kuni  televideniyada 

namoyish etib borilardi. Yuragim o’rtanardi, TV orqali ahvolni ko’rib turgan do’stlarim bu holga 

ongli ravishda achinishardi. 

Ganada  yaponiyalik olim  Hideyo Noguchi  nomi berilgan tibbiy tekshirishlar instituti bor. 

Institut Ganadan Yaponiyadagi  yerqimirlashidan zarar ko’rgan bolalar uchun shokolad jo’natdi. 

Gana shokolodi juda shirin, shuning uchun ham shokolad ularni xursand qiladi, deb o’ylayman. 

Bu  faqatgina  yeyish  uchun  yuborilgan  narsa  emas,  balki  ruhan  dalda  berish  va  o’z  e’tiborini 

ifoda etish uchun ham yuborilgan shokolad edi. 

Bu  fojeadan  o’rgangan  narsam  shu  ediki,  dunyo  bir  bus-butun  ekan.  Afrika  va  Osiyo 

o’rtasidagi  masofa  olis  bo’lsada,  yangilik  osongina  tarqalib  ketdi.  Odatda,  Yaponiya  Ganaga 

yordam  berib  keladigan  davlatlardan  biri  edi,  lekin  shuni  bilamanki,  Yaponiya  muhtoj  ekan, 

Ganaliklar ham Yaponiyaga jon-jon deb yordam berishga tayyor ekanlar. 

Men  bu  haqda  Yaponiyadagi  insonlarga  aytib  berishni  istardim.  Hatto  o’zlarining 

ovqatlanishiga  qolmagan  taqdirda  ham,  Ganada  Yaponiyaga  pul  jo’natishni  istagan  insonlar 

ko’p. Biz xayriya yig’ib yurgan chog’imizda, tasodifan maktabimizda farrosh bo’lib ishlaydigan 

ayol  duch  kelib  qoldi.  U  ehtiyotkorlik  bilan,  ro’molchasi  o’ramidan  bir  sedi  (taxminan  65  sent 

miqdorda, 1 $ dan ham kam) oldi, va uni xayriya qutisiga tashladi. Ganaliklar haqiqatdan yaxshi 

xalq edi. 

Muhtojlikdagilarga  yordam  berish  ishtiyoqi,  har  bir  insonda  bor  xislat.  Odamlarda  bu 

ishtiyoq o’lmas ekan, dunyo shubhasiz urushlarsiz tinch-osoyishta dunyoga aylanadi. Bu mening 

ushbu sinovlardan o’rgangan sabog’im edi. 

(“International Essay Contest for Young  

People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) 

Tarjima vaqti: 06/03 2017 11:39 

 

Bolalar kategoriyasi, 3-o’rin. 



Coexistence with Nature (Tabiat bilan hamohang borlik) 

(Original in Japanese) 

 

Miho Hiroyama 



(Age 12, Japan) 

Fuji Sacred Heart Junior High School, Shizuoka 

 

“Gibli  studiyasining  qissasi”  nomli  televizion  dasturni  ko’rib,  hayotiy  bir  o’zgarishni 



boshimdan  o’tkazdim.  Dasturda  Minamata  kasalligi  haqidagi  muhokama  qilinar  ekan,  mening 

atrof-muhitga bo’lgan qarashlarim butunlay o’zgarib ketdi. 

Minamata  kasalligi  haqida  ijtimoiy  fanlar  sinfidagi  beshinchi  bosqichda  o’rgangan  edim. 

Minamata  kasalligi  bilan  og’rigan  bemorlarning  suratlarini  ko’rar  ekanman,  boshqacha  bir 

nazarga ega bo’lish kerakligimni tushundim. Yaponiyada Minamata kasalligi borligiga ishonish 

qiyin edi, va yana bu kasallik bobo va buvimlar yoshligida bo’lib o’tgan edi. 

Minamata  kasalligi  atrof-muhit  bilan  bog’liq  kasalliklarda  edi,  u  tanaga  organik  simob 

tushganda qaytalanardi, buning natijasida miya va asab tizimi shikastlanardi. Tana karaxt bo’lib 

qolar va harakatdan to’xtar, og’iz ochish qobiliyati ham to’xtardi. Ko’plab odamalar Minamata 


10 

kasalligidan jabr chekkan, ayniqsa go’daklar, bolalar, balog’atga yetganlar, shuningdek erkaklar 

va ayollar ham. Kasallik manbai Minamatadagi Chisso zavodining oqavasi edi, oqava dengizga 

quyilib,  dengiz  va  okeandagi,  keyinchalik  tutib  iste’mol  qilinadigan,  baliq  va  boshqa  dengiz 

mahsulotlarining  zaharlanishiga olib kelar edi.  Inson hayoti kasallanishidan tashqari,  Minamata 

ko’rfazi  ham  zaharlanmoqda edi.  Shuning uchun, odamlar ko’rfazda boshqa ov qila olmadilar. 

Men  ko’p  minglab  baliqlarning  dengizdan  chiqarilgani  va  bandargohda  qadoqlanmay 

qoldirilganligi tasvirlangan kadrlarni aniq eslayman. 

Bu  Minamata  kasalligi  haqida  bilganlarimning  hammasi,  ammo,  bu  yerda  hikoya  qilish 

uchun ko’p voqealar bor. 

Bir necha yillardan keyin anchagina baliqni, “o’lik dengizi” deb atalgan Minamata ko’rfazi 

suvlarida ko’rish mumkin. Qoyalarda ko’plab yoriqlar topildi. Va ajablanarlisi, dengiz loyqasida 

yangi bakteriya kashf etilgandi. Bu bakteriya simobni tozalash xususiyatiga ega edi.  Boshqacha 

aytganda, bakteriya dengizni tozalash uchun o’zida o’zgartirish (transformatsiya) qilgandi. 

O’zimni  uyg’ongandek  his  qildim.  Ungacha,  insonlar  yer  yuzidagi  hayotning  markazida 

turadi va har bir narsa insonlar tomonidan qat’iy belgilangandir, deb hisoblardim. Hatto o’shanda 

ham,  “tabiatning  marhamati”  deya  izohlagandim  bu  vaziyatni,  tabiatning  mo’jizalariga  hurmat 

va  e’tibor  bilan  qarash  kerakligi  haqidagi  o’ylarga  berilmagandim.  Balki,  inson  tabiatning  bir 

bo’lagi ekani o’rniga, tabiat insonning bir bo’lagi deya hisoblagandirman. 

Lekin  Minamata  kasalligi  haqidagi  bu  faktni  bilgach,  insonga  tabiat  yordamchi  ekanligi 

haqidagi  haqiqatni  idrok  etdim,  va  tabiat  inson  harakatlari  tufayli  yo’q  qilinmoqda  edi.  Inson 

tabiatning  kichik  bo’lagi  ekanligini  his  qildim,  shunday  ekan  o’zimizni  ustun  sanamasligimiz 

kerak.  Yana,  tabiatga  kuchliroq  hurmat  bilan  qarab  yashashimiz,  uning  mo’jizalari  bilan  bilan 

yuzlashib yashashimiz zarurligini tuydim. 

Gibli  studiyasining  ko’rsatuvi  yoqdi,  chunki  u  menga  yuqoridagilar  haqida  bilish  uchun 

imkoniyat  bergandi.  Ularning  ko’rsatuvi  insoniyatni  tabiatga  qarshi  qo’yilgandek  tasvirlagandi, 

biroq  bu  urushdan  tashqari,  ular  tabiat  bilan  hamnafas  bo’lishga  tirishayotgan  odamlarning 

kichik  tashabbuslarini  ham  ko’rsatishgandek  tuyuldi.  O’ylaymanki,  Gibli  studiyasining  bu 

ko’rsatuvi  ko’plab  odamlarni  maftun  etadi,  bolalardan  tortib  o’smirlargacha,  faqatgina 

Yaponiyada  emas,  balki,  butun  dunyo  bo’ylab,  ularning  har  xil  madaniyatdan  ekanligiga 

qaramay  ham,  ular  inson  va  tabiat  o’rtasidagi  bu  yaqinlikni  his  qilishadi,  ularning  bu  narsani 

ongli  ravishda  tushinib  yetmasliklariga  qaramay.  Va  o’ylaymanki,  ular  ko’rsatuvda  namoyish 

etilgan  xabarlardan  ta’sirlanadi.  Shuning  uchun,  Gibli  studiyasining  ko’rsatuvlarini  necha 

martalab  ko’rishimga  qaramay,  hammavaqt  yangi  biron  narsani  kashf  etaman  va  chuqur 

hayajonlanaman, deb o’ylayman. 

Men  hali  matematika,  tabiatshunoslik,  adabiyot  va  san’atni  ko’proq  o’rganishim  kerak, 

shuningdek,  ulkan  bilim  g’amlashni  qattiq  istayman.  Gibli  studiyasi  rejissori  Hayao 

Miyazakining  “Nausicaa  of  the  Valley  of  the  Wind”  kabi  ko’rsatuvlar  orqali,  bizning 

e’tiborimizni,  ilmiy  taraqqiyot  va  tabiat  o’rtasidagi  hamohanglik,  bizning  tabiat  bilan  birga 

mavjud  ekanligimiz  haqidagi  savollarga  qaratadi.  O’zim  esa,  bunday  jarayonlarda  tabiat 

himoyachisi bo’lishni istardim. 

(“International Essay Contest for Young  

People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) 

Tarjima vaqti: 14/03 2017 11:55 

 

Bolalar kategoriyasi, 3-o’rin. 



A Quest for Earth-friendly Development (Zaminla do’stona rivojni izlab) 

(Original in Japanese) 

 

Hina Muzuki 



(Age 12, Japan) 

Matsumoto Shuho Secondary School, Nagano 

 


11 

Ko’klam.  Mening  sevimli  kapalagim  kotsubame  (Callophrys  ferrea)ni  ko’rish  mumkin 



bo’lgan fursat. 

 

Download 256.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling