International Essay Contest for Young People 2011 Award Winning Essays
Download 256.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Translates from English into Uzbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pride in Profession
- When I Grow up...
- Who understands him Best
- A real life nightmare that woke up my Consciousnees
- My story of Inspiration
- A Bridge between Japan and Ghana
- Coexistence with Nature
- A Quest for Earth-friendly Development
1 Translates from English into Uzbek by Murod Bekmanov
kitobidan tarjimalar Bolalar kategoriyasi, 1-o’rin. Plant for Planet (Kurrazi zamin uchun ek) Aurora Sarker (Age 14, Bangladesh) Holy Cross Girl’s High School, Dhaka
Bu yorug’ kuz kuni edi. Bir gala qushlar chug’urlashardi. Quyosh oltin aylanadek qizdirardi. Lekin na ovoz na manzara menga ta’sir qilardi. Men bolaligimning eng yaqin hamrohining shavqatsiz boltaning har bir zarbidan qulayotgan manzarasini kuzatgancha derazam oldida ma’nisiz qarash bilan turardim. Uyim yonida “Krishnachura” daraxti bor edi. Men har yili o’satoygan bu daraxtni ko’rib o’sdim. U mening yotog’imdan ko’rinib turardi. Shunday qilib tongda uyg’oniyotganimda eng birinchi narsa daraxtni ko’rish edi. Qachonki men uxlashga yotganimda uning hamma yog’i qop- qorong’u bo’lardi. Shunda ham men uni ko’rish uchun derazamdan hech bo’lmasa bir marta qarab qoyardim. Men unga hatto zimiston qorong’ulikdayam tikilib qarashni sevardim, chunki men uning shu yerda ekanligini bilardim. Men uning baland shoxlari yerni o’payotganini ko’rdim. Ko’z o’ngimda u yuzi bilan yerga yiqildi. Daraxt xuddi boshqa birovlarga tegishlidek, men soqov tomoshabindek edim. Abadiy boshliqning yaratilishi, daraxt bir soat ichida chopib tashlandi. Bu faqat o’sha joydagi boshliqqina emas, yer yuzidan bir hayotning yo’q bo’lishi edi. Singlim o’z belanchagida tinchgina uxlayotgan xonamga qaradim. Xuddi uningdek daraxtning ham o’z hayoti bor edi, tirik mavjudot sifatida u bir soat oldingina ham bor edi. Nimadir bo’lib gangib qoldim, avvalo bir fikr miyamga keldi. Kuchli og’riq his qildim, faqatgina menga qattiq zarba bo’lgan Krishnachura uchun emas. Men inson mavjudotining diqqatsiz tabiati haqidagi o’yga cho’mgandim. Katta bir fikr miyamda paydo bo’ldi. Agar biz diqqatimizni bugun yeyishga qaratsak va erta haqida o’ylamasak, bu bizning intihomizning boshlanishi bo’lmaydimi? Biroz foyda olishimiz uchun atrof-muhitdan foydalanishimiz to’g’ri. Biroq, bu xudbin holatlarning bajarilishi bir kuni butun sayyorani yo’q bo’lishga yetaklaydi. Yaratilishi uchun million yillar ketgan sayyoramiz shunday yakunga loyiqmi? Bu fikrlar sezilarli darajada fikrlash doiramni o’zgartirdi. Avvallari men muammolar haqida o’qishga va o’ylashga o’rganib qolganimda, bu muammolarning paydo bo’lishida mening qo’lim yo’q va shuningdek, buning uchun biron narsa qilishga menda yetarlicha salohiyat yo’q, deya o’zimni faqat yupatardim. Lekin o’sha hodisadan keyin men o’zgacha o’ylay boshladim, chunki men birinchi marta muammoni his qildim. Men mayda qadamlar tashlashni, kichik narsalar qilishni boshladim. Men o’zimni ona yerning qizidek his qildim, nima qilib bo’lsa ham onamni asrash mening burjim edi. Men o’z ishlarimni bog’imiz va tomimizga kichik daraxtlar va o’simliklar ekish bilan boshladim. Do’stlarimga tug’ilgan kun sovg’asi sifatida video o’yinlar o’rniga o’simliklar berishni boshladim. Men fikrlarimni atrofimdagi har bir odam bilan o’rtoqlashdim. Men ularga biron bir o’simlikni tarbiyalash va uni o’stirish zavqi abadiy xursandchilik ekanligini aytdim. Asta-sekin ular ham ayni o’ylashni va his qilishni boshlashdi. Biz qila olishimiz mumkin bo’lgan barcha kichik ishlarning hammasini qildik. Biz chizmachilik darsi o’qituvchimiz ko’magida maktabimizda qo’shma sinf san’at musobaqasini uyushtirdik. Musobaqa mavzusi “Sizning orzuingizdagi bog” edi. 2 Barchamiz birga ishlaganimiz tufayli o’sha kichik qadamlar atrofimizdagi muhit uchun ahamiyatli o’zgarishlarni keltirdi. Kundan kunga mahallamiz bolalari va boshqa sinfdoshlarimiz bizni ko’rib ilhomlanishadigan bo’lishdi. Biz tez-tez kengashib turdik va atrof-muhit uchun nima qila olishimiz haqida munozara qildik. Tishimizni yuvish davomida jo’mrakni ochmaslikka qaror qildik. Oramizdagilardan biri faqat lazzatlanish uchun juda ko’p chiqindi ovqatlarni yeyishga o’rganib qolgandi. U aytdi, buni boshqa qilishni istamas ekan. Hammamiz maktabga maktab avtobusi yoki boshqa jamoat transportida bora boshladik. Foydalanmayotgan paytimizda chiroq, ventilator, kompyuter kabilarni o’chirib qo’yish orqali elektr energiyasini tejashga harakat qildik. Men bazi shavqatsiz odamlar qo’lida bir do’stimni yo’qotdim, lekin men o’sha o’g’riqni va’daga o’zgartirdim. Qila olishim mumkin bo’lgan har qanday yo’l bilan sayyoramni asrashga ahd qildim. Avvalroq mening yoqtirgan rangim moviy edi, lekin endi u yashil. Men qushlar va hayvonlar erkin yashaydigan, ifloslanishlardan holi yam-yashil sayyorani orzu qilaman. Yashil o’simliklar butun dunyo bo’ylab!, — men o’zimga shunday deyman: “Kurrazi zamin uchun ek!” (“International Essay Contest for Young People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) Tarjima vaqti: 24/08 2014 14:31
Yoshlar kategoriyasi, 1-o’rin. Pride in Profession (Kasb faxri) Dan Erwin C. Bagaparo (Age 20, The Philippines) University of Santo Tomas, Malabon
Filippinda hamshiralik talabasi bo’lish juda qiyin. Siz o’qishni tugatgach, cheklangan ish o’rinlari uchun raqobatdagi boshqa minglab hamshiralarning biri bo’lishingiz haqidagi o’y bilan hisoblashishga majbursiz. Ko’pchilik hamshiralikni bitkazuvchi talabalar oqibatda qisman yoki butunlay ishsiz bo’lishadi. Afsuski, bu noqo’llab-quvvatlovlarga sabab bo’ldi. Har safar odamlar mening kursimni so’rashadi va men Hamshiralik deyman, ular boshlarini chayqashadi. Ko’pchilik allaqachon kasbim borasida ustimdan kulishni boshlashgan. Bir safar, do’stlarimning kinoya qilib aytayotgan gaplarni eshitdim, “Sen 4 yil tayyorlanasan, va nima? Tagingga suv quymasang bo’ldi ishqilib?” Menga aytilgan bu qarshiliklarni inobatga olishga majburman. Men o’zimni arzimas odam sifatida ko’rdim. Men maktabga ilhomlantirilmagan holda keldim va maktab ishlarida zo’r berib harakat qilish jonimga tegmadi. “Nihoyat, sen haqiqiy hamshiralik talabasisan,” dedi ular menga. To men eng noodatiy joyda ilhom kashf qilgan uchinchi yilimdagi yozgacha bunday emasdi. O’tgan aprelda, do’stlarimdan birozi meni dissertatsiyalariga yordam berishga taklif qildi. Do’stlarimning o’qishi keksalarning yolg’izliklari haqida edi. Ular qariyalar uyida yashayotgan odamlarga so’rovnomalarni tarqatishga yordam berishimni so’rashdi. Biz baland devorlar bilan o’ralgan bu ajratilgan birikmalarga uzoq yo’l sayohat qildik. Bu juda tinch va osoyishta, lekin yaxshi saqlanmagan joy edi. Karidorlarda zah hidi anqirdi, shinam xonalar juda achinarli ahvolda edi. Sharoitni yaxshilash uchun u yerdagilar o’zlarining qo’lidan kelganlaricha g’amxo’rlik qilishardi, lekin sharoit deyarli yo’q, mablag’ esa kam edi. Intervyular davomida, odamlar ichidagi hikoyalarni bilib olishga muvaffaq bo’ldim. Ularning ko’pchiligi ko’chalardan qutqarib olingan yoki oilalari tomonidan tashlab ketilgan edi. Men bir qari ayol bilan bo’lgan suhbatni alohida eslayman. U aytdiki, bir necha yil oldin u uysiz edi va huquq xodimlari tomonidan ko’chadan “olingan” edi, o’sha paytda u bilan birga bo’lmagan oilasidan ajratib olingan ekan. Keyinchalik u qariyalar uyiga olingan edi. Shu sababli u boshqa hech qachon o’z oilasini ko’rmabdi. Keyin u, o’z sharoiti va kechinmalarini tasvirlashni boshlab, hayoitini davom ettiribdi. Hammasi o’zgaribdi, ya’niki u avvaliga gipertaniya va artriddan, bu vaqtdan biroz avvalgacha azoblangan ekan, lekin nihoyat qiyinchilik bilan buni boshqara olibdi, chunki bu yerda doimiy tibbiy muolaja va maslahat bor edi. U hatto
3 mendan agar imkoni bo’lsa men uni oilasi bilan qayta birlashtira olishim mumkinligi haqida so’radi. Ro’stgo’y bo’lish, qanday ta’sirli ekanligini bilmabman. Men uni oilasi bilan qayta birlashishga yordam berishni istardim, ammo bu unchalik oson emas edi, imkoniyatlar chegaralab berilardi. Shunday qilib men jimlik saqladim va unga quloq soldim. O’sha hodisadan keyin men og’riq va gipertinosni uyda boshqarish, hom sarimsoqpiyoz yeyish va mayl kelgan joylarga issiq kompres qilish kabi unga sog’liq tarafdan yo’l-yo’riq berdim. Men qila olgan hamma narsa shu edi, men faqat hamshiralik talabasi bo’lish kerakligini fahmladim. Keyin biz suhbatimizni davom ettirdik. Sezdimki uning kayfiyati ko’tarilib boryapti, chunki biz allaqachon biroz hazil-mutoyiba qilishga ham ulgurgandik. Intervyu tugashidan oldin, u mening ismimni va sohamni so’radi. “Den, va men Hamshiralikni egallayapman”, dedim men. Uning o’sha vaqtda atgan so’zlarini bugungacha yuragimda saqlayman: “Den, men sen uchun duo qilaman. Sen shu sohani bitkazishing uchun duo qilaman.” Shundan keyin, men ko’proq eshitishga va qo’limdan kelgancha men intervyu olgan boshqa odamlarga sog’liqqa oid yo’l-yo’riqlar berishga harakat qildim. O’sha kuni men kimligim va nima qilayotganimning ahamiyatini tushundim. Men shunchaki intervyu olayotganim yo’q edi, men chindan qayg’urayotgandim. Hamshiralar g’amxo’rlik qilish uchun tayyorlantiriladi va bildimki eshitish va sog’liq yo’l- yo’riqlari g’amxo’rlikning bir ifodasi. Men sohamni yangi bir yorqinlikda ko’ra boshladim. Angladimki eng muhim savol “sen tugatganingdan keyin qancha oylik olasan?” emas, balki, “bu kun tugaguniga qadar necha odamga yordam bera olasan?” Bu tajriba menga dars bo’ldiki siz biron inson hayotida biron o’zgarish qilishingiz uchun katta miqdordagi summa yoki katta mansablarga ega bo’lishga muhtoj emassiz. Jamiki siz muhtoj bo’lgan narsa bu eshitish, hamdardlik va asosiy tajribali bilimga ega bo’lish. O’sha yozdan keyin, men maktab ishlarida va tashkilotlarga qo’shilishda zo’r berib harakat qila boshladim. Men Qizil Xoch birlashmamizda faol bo’lib ildim va tibbiy missiyalarga qo’shilishni boshladim. Hatto bitkazuvdan keyin tadqiqot va geriatsiyalarni ixtisoslashtirishni ham rejalashtirdim. Bir kuni orqaga, o’sha qariyalar uyiga qaytishni ham rejalashtirdim, boshqa o’qishni tashkil qilaman yoki hech bo’lmasa o’sha yerda yashovchilarning hayotini yaxshilash uchun biron narsa qilaman. Men ularga qarzimni qaytarmoqchiman, chunki ularning hikoyalari menga o’zligimni yaratish uchun kuch-quvvat va qat’iylik berdi. Yo’q, men shunchaki hamshiralik talabasi emasman, men — HAMSHIRALIK TALABASIMAN. Va hechkim bu holatda bu faxrni mendan hechqachon qayta tortib ololmaydi. (“International Essay Contest for Young People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) Tarjima vaqti: Avgust, 2014
Bolalar kategoriyasi, 2-o’rin. When I Grow up... (Katta bo’lganimda...) Ummul Baneen Sheikh (Age 10, Pakistan & Canada < living in Pakistan>) Beaconhouse School System Leberty Junior, Lahore
Men hamisha katta bo’lgach kim bo’lishim haqida o’ylanayotgan edim. Ota-onam doktor bo’lishni gapirishdi, do’stlarimning barisi uchuvchi bo’lishni istashdi. Lekin men do’stlarimning bo’lishni istashgan narsani yoqtirmadim. Men nima qilishni bilmadim, toki bir kuni qaror qilmagunimcha. Men uylarni tozalash va ahlatlarni ko’chaga tashlamaslik haqida ko’p eshitgandim. Onam hammavaqt suvni behuda sarflamaslikni va ortiqcha chiroqlarni o’chirib qo’yib elektr energiyasini tejashni asrashni aytardi. Men hammavaqt onamning aytganlariga quloq solmadim va o’zim istagan hamma narsani qildim. Bir kuni maktabim bizning sinfimizni shimoliy Pokistondagi juda uzoq bir joyga oldi. U yer juda ko’p odam yashaydigan bir qishloq edi. U yer juda gavjum yer edi. Hamma joyda
4 ko’plab uylarni ko’rdim. Lekin ular mening uyim kabi emasdi. Uylar juda kichkina, iflos va qo’lansa edilar. Ko’rdimki, mening yoshimdagi bolalar o’sha uylarda elektrsiz, suvsiz va pishirish uchun gazsiz yashar edilar. To’satdan yig’layotgan yosh bolaga to’qnashganimda, u ko’chadan bu ko’chaga yurib borardim. Undan nima bo’lganini so’radim. Dastlab u javob bermadi, keyin baland ovoz bilan och ekanligini va yeyishga ovqat yo’ligini aytib yig’ladi. Men unga uyda tayyorlangan sendvichimni berdim va shu tahlit biz do’stlashdik. U qishloqning hamma yoqini aylantirdi. Bolaning oti Ali edi. U hamma yerdagi axlatlarni otasiga bilan yig’ishtirar ekan. Uning tuzuk kiyimi yo’qdi. U kambag’al edi va hech qanday maktabga bormagandi. Mening yoshimdagi ko’plab maktabga bormagan bolalarni ko’rdim. O’sha joyda birgina maktab bor edi, ammo ellikdan oshiq bola bir sinfdadi. Ali meni uyiga olib bordi, juda kichkina uyda elektrsiz va ozuqasiz yashayotgan oilasini ko’rdim. Ali va oilasi uchun juda xafa bo’ldim. Men hamma narsa uchun Xudodan minnatdor bo’ldim va angladimki, men juda yaxshi sharoitda yashayotgandim. Men buzuq velosipedlar va uylarni ko’rdim. Bari chiqindilar erkaklar va yigitlar yuvinib tozalanadigan iflos daryoga tushardi. Qishloq odamlarini kuzatish natijasida o’ta hayratlandim. Men ustozim oldiga bordim va nimalar ko’rganim xususida suhbatlashdim. O’zimda bu dunyo uchun nimadir qilish ilhomini his qildim. Dunyoda juda ko’p qashshoq qishloqlar borligini bilib, juda o’kindim. Ali va uning do’stlarini o’ylashim bilan yig’lay boshlardim. Ustozim aytdiki, biz atrofimizdagilar uchun yordam bera oladigan suv, elektr, oziq-ovqat kabi narsalarni tejashimiz kerakligini aytdi, va shu tariqa barcha o’zining odilona ulushiga ega bo’ladi. Nihoyat, katta bo’lib, Pokistonning bu xalqiga yordam berish uchun Prezident bo’lishga qaror qildim. Men o’z sabog’imni olgandim, va bu sayohat meni qashshoq odamlarni asrashga va ularga yordam berishga ilhomlantirgandi. Ota-onam va qo’shnilarimni o’sha qishloqqa olib bordim va biz o’sha odamlar uchun qila oladiganimizcha o’zimizda bor narsalarni ularga taqdim etdik. Shuningdek, qishloqlardagi xaroba uylarda ozuqasiz yashayotgan odamlarga yordam berish borasida prezidentga xat yozdim. Umid qilamanki, Prezident xatimni o’qiydi. Shuningdek, men Alini uyimga olib keldim va u men bilan maktabga qatnay boshladi. Har doim unga qaraganimda, o’zimni juda baxtli his qilaman. O’ylashimcha, barcha bolalar qashshoqlarga yordam berishi va Xudo ularga yaxshi narsalar ato etgani uchun shukrona keltirishi zarur. Bu mening ilhombaxsh hikoyam edi. Bu voqea menga yaxshiroq inson bo’lishim uchun yordam bergandi. Dunyoni qashshoqlarga yordam berish va kambag’allar bilan boylarni do’stlashtirish orqali yaxshiroq joyga aylantirmoqchiman. Men bu Yerni va undagi odamlarni sevaman, shu tariqa uning uchun hamma narsa qilish uchun ishlayman. (“International Essay Contest for Young People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) Tarjima vaqti: 03/03 2017
Bolalar kategoriyasi, 2-o’rin. Who understands him Best? (Kim uni yaxshiroq tushunadi?) (Original in Japanese)
Ai Ohyama (Age 11, Japan) Tamazato Kita Elementary School, Omimata, Ibaraki
“Kim uni yaxshiroq tushunadi?” Bu, otamning meni o’zgartirgan so’zlari edi. Onam va men tez-tez birga xarid uchun borib turadigan yaqinimizdagi supermarketda nogiron bir kishi ishlar edi. Uning oyoqlari notanish bir yo’ldan yurganda qayrilib ketgan edi.
5 Agar u umurtqasini cho’zib yurganida, uning bo’yi ancha uzun bo’lardi, deb o’ylayman, lekin u bukik yelkalari bilan engasharkan, juda kichik ko’rinardi. Amin emasman, men uning uchun afsuslandimmi yoki tushkun sezdimmi o’zimni, lekin ko’p hollarda, men uni nazardan chetda tutishga tirishdim. Agar men unga duch kelib qolsam, atayin boshqa aylanma yo’ldan ketardim, boshqa kirish eshigidan foydalanardim, yoki uddaburonlik bilan uni uchratib qolishdan qochardim. Unga to’qnash kelib qolganimda, g’izillab o’sha yerni tark etardim. Bir safar, onam xarid qilayotganida, men mashinada kutib o’tirardim. Mashina oynasidan tashqariga qarab o’tirkanman, qarasam u ko’zim oldida turibdi. Uni xolisona kuzatdim. U ish bilan mashg’ul edi, bir qo’lida supurgi tutgandi va taxlanayotgan chiqindiga qarab turgandi. U odatdagidek, har bir yangi xaridorga “Irasshaimase! (Xush kelibsiz!)” derdi, boshi bilan qisqagina ta’zim qilarak. Uni kuzatarkanman, unga achindim. Nega bu ishni qilyapti? Bunday qilmasligi kerak. Nega magazin menejari nogiron odamni ishlashga qo’yyapti? Boshqa odam ancha tezroq va ko’proq ishlagan bo’lardi. Uni ishlashga majbur qilmayaptimikinlar. Xayolan, hamma farazlarni tasavvur qildim. Kechki ovqatda, o’sha kuni nima bo’lganini opamga gapirib berganimda, otam uxlab qolgandi. “O’sha kishini kim yaxshiroq tushunadi deb o’ylaysan? Boshqa bir odam bu ishni undan tezroq bajargan bo’lardi, lekin unda nogiron odam ishlash uchun boshqa joy bo’lmasdi, shunga qaramay ishlashni istaydi. O’ylaymanki, magazin menejeri uni yaxshi tushungani uchun yo’llagan.” Men qaraxt edim. Men o’ylagan kimsa shuni anglatardiki, o’sha nogiron kishini haqiqatan yaxshiroq tushunadigan birovdi. O’zimcha taxminlarni yasash bilan, bu holga noinsoniy nazar solgandim. Buni anglaganimda, hamma narsani boshqacha ko’ra boshladim. Atrofga diqqat bilan razm solarkanman, magazindan chiqindi tashlanadanigan joygacha bo’lgan hamma narsa toza va tayinli edi. Bu nogiron insonlarning ishlashi uchundi. Va payqadimki, u “Irasshaimase!” deya boshini egar va yana boshini ko’tarar ekan, ko’rardimki, uning yuzida tabassum bo’lardi. Xaridorlar ham tabassum qilishardi. Men bu holimdan juda uyaldim, chunki unga nisbatan boshqacha nazar bilan boqqan ekanman. Odamlar o’rtasidagi munosabat, biz narsalarga o’zgacha nazar tashlashimiz bilangina o’zgarishi mumkin. Men, qachondir biron bir nogironni ranjitib qo’yishim mumkinligini ertaroq payqashim kerak edi, va nogironlik hech qanday imtiyozsiz bo’lardi. Jamiyatimizda ko’plab nogironlar bor. Barchaga birdek yoqimli bo’lgan jamiyat yaratish uchun, o’ylaymanki, bir- birimizga yordamchi va iltifotli bo’lishimiz, va jamoatni tushunish va uning faol bir qismi bo’lishga tayyor turish, barchamiz uchun juda muhim. Yaqinda, supermarketdaligimda, yuragimni sobit qilgan holda o’sha nogiron kishiga “Salom” berdim. U ajablangandek tuyuldi, keyin katta tabbassum hadya qilarak, salomimga alik oldi. Bu bor yo’g’i bir necha soniyani olgan odatiy ko’rishish edi, biroq bu bilan o’zimni juda baxtli his qildirdi. Boshqalarga yordam bera oladigan kimsa bo’lishim, va barchasi yaxshi va bir- biriga tayanch bo’lgan insonlar jamiyatini qurish uchun qo’limdan kelgan barisi qilaman. (“International Essay Contest for Young People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) Tarjima vaqti: 04/03 2017
Yoshlar kategoriyasi, 2-o’rin. A real life nightmare that woke up my Consciousnees (Meni hushimga keltirgan hayotiy bosinqirash)
Cristina Caraus (Age 18, Moldova) Theoretical Lyceum, “C. Stere”, Soroca
6 Mening ilhomlanbaxsh hikoyam qayg’uli 2010-yilning oktyabr kunlari birida, xolamning eri vafot etganligi haqidagi xabar meni uyg’otib yuborganda boshlangan edi. Kutilmagan yurak hurujuri uni bizdan olib ketganida, u endigina yigirma sakkiz yoshda edi. Bu oilamiz uchun juda og’ir davr edi. U oilasida bola o’rnida edi, uning o’limidan ota- onasi ruhan ezildi. Bundan tashqari, u ikki bolaning otasi ham edi, u vafot etgach esa, xolam yolg’iz qoldi, olti yashar o’g’li bilan bir yashar qizchasi uchun, uning o’zidan bo’lak hech kim qolmagandi. Dafn qilish marosi haqiqiy bosinqirashning o’zi edi. Bunday inkor qilib bo’lmas og’ir damlarda xolam bilan oilamizga hamdard bo’lish va yosh otani so’nggi bor ko’rish uchun ko’pgina qarishdoshlar, tanish-bilishlar, do’stlar va oilamiz birgalikda yig’ilishgandi. Hammaning ko’zidan bu cho’loq qarash va motamning quyuq soyasi joy olgandi. Havo so’lg’in va ta’ziyali edi. Bu haqiqiy bosinqirash edi, biroq o’shanda bu narsa meni dunyoda yaxshi o’zgarishlar qilishga ilhomlantirayotgani va meni hushimga keltirayotganini hatto taxmin ham qilmagandim. O’shandagi xayrlashuvlar va og’riqlar tufayli, xuddi butun olam atrofimda to’xtab qolgandek tuyuldi, — men atrofimga qaradim va angladimki, barcha og’riqlar xuddi ayzbergning cho’qqisining o’zginasi edi. Tushundimki, dafn marosimi tugaydi; bu katta olomon o’z uylariga qaytadi, xolamning fojeasi va o’zlarining unga bo’lgan qayg’urishlari va qanchalik hamdardliklari haqida gaplashishadi. Biroz vaqt o’tgach esa, bu narsa ularning eslaridan chiqib ketadi. Xolam o’ylamaydi! Bu azob uning hayotida o’gir va halokatli iz qoldiradi. Ikki yosh farzandini boqish va o’qitish uchun, ularni qo’llab-quvvatlash uchun mablag’i bo’lmagani holda, xolam endigina o’ttiz yoshida beva qoldi. U ruhan ezilgan, jismonan charchagan va moliyaviy yo’qsilga aylangandi, chunki u onalik qilar ekan, eri oilaning yagona daromad bilan ta’minchisi edi. Har bir kimsa bunday ta’sirli qiyin ahvoldan so’ng qayta tiklanish uchun juda kuchli va jasoratli bo’lishga majbur. Uning jasorati farzandlarining adabli bir umr kechirishlarini ko’rish edi, biroq uning asosiy tayanchi uning oilasi — biz edik. U buvimning uyiga ko’chib o’tib, bolalarini voyaga yetkazish uchun biroz yordam olishi mumkin bo’ldi. Onam va xolalarim unga moliyaviy, va albatta ruhan dalda berib turishdi, qayn ota-onalari ham imkon boricha turli xil yordamlarini ayashmadi. Oilasining qo’llab-quvvatlovi va yengilliklari yordamida xolam hayoti yana iziga tusha boshladi, uning hayotiga yana quvonch qayta boshladi. Ayni damda uning holati barqaror va u ochiq qalb va boshini tik tutgan holda o’z hayot yo’lida oldinga ketishga chog’langan. Men Ralf Valdo Emersonning so’zlarini eslayman: “Yulduzlarni, zulmatda ko’rishing mumkin,” bu gaplar hozir mutlaqo tasdig’i topdi. Oilamizdagi bu vaziyat mening oldimga bir qancha uyg’oq savollarni qo’ydi, ularga javoblar esa dunyoda ezgu o’zgarishlarni qilishimda mening tumorimga aylandi. Men o’ylardim: “Agarda xolamning yonida biz — uning oilasi, bo’lmaganimizda nima bo’lardi? Agar tashqaridan qo’llab-quvvatlanmaganda nima bo’lardi?” Dunyoda esa xuddi shunday jiddiy ahvoldagi yoki hatto bundan ham yomonlari bo’lgan va yolg’iz, hech bir shakldagi tarafdoshlari bo’lmagan ayollar ko’p. “Ular nima qilishadi? Qanday qilib hayotlaridagi bu ayanchli bo’shliqni zabt etishadi? Ularni kim qo’llaydi? Va — umuman kimdir buni qila oladimi?” Miyamda bu savollar tug’ilar ekan, mening bosinqirashim uyg’ongandi. Vujudimning va ruhiyatimning har bir hujrasida qattiq chigallikni his qildim. Men yechim topishga qaror qildim; men o’zim yechimning bir bo’lagi bo’lishga qaror qildim. O’n sakkizga qadam qo’ya boshlaganimda, o’zimning NGO sohamni ochish uchun barcha kerakli bo’lgan ma’lumotlarni va qog’ozlarni to’play boshladim, va buning uddasidan chiqdim. NGO hozir rasman ochilgan va uning maqsadi o’z hayotida fojeaga uchragan ayollarga yordam berish. Tashkilot, bizning yordamimizga muhtoj bo’lgan har bir ayolga tayanch bo’lishni istaydi. Ular psixologik yordam olishlari, shaxsiy rivojlanish, rag’batlantirish trening va seminarlarida qatnashishi, o’zlari bilan bir xil ahvolda bo’lganlar bilan muloqotga kirishib, bir-birlarini yaxshiroq tushunishlari barobarida, o’zlarining yolg’iz emasliklarini va ular qayg’urishi va tayanishi mumkin bo’lgan insonlar ekanliklarini his qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ayollar muammosi haqida qayg’urayotgan bir qancha xalqaro yoshlar jamoasi va jamiyatlar bilan, inson huquqlari va boshqa ijtimoiy nashrlar bilan tanishdim, va umid qilamanki, ular bilan va
7 dunyodagi barcha yoshlar bilan birgalikda, dunyoni o’zgartiruvchi ezgu maqsadlarimizni tugallaymiz va dunyoni yaxshiroq — yanada farovon, ajib va osoyishta qilamiz. (“International Essay Contest for Young People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) Tarjima vaqti: 04/03 2017 19:39
Yoshlar kategoriyasi, 2-o’rin. My story of Inspiration (Mening ilhomlanbaxsh hikoyam)
Behjat Sahar Junaid (Age 22, Pakistan)
Oqim bo’lishi kutilgan joyda sayr qilardim. “Hayvonlar” bo’lsa kerak deb kutilgan odamlar yonida to’xtadim. Mana, mening o’zim haqiqatdan ham bu yerda umuman bo’lishim mumkin emasdi, Machar mustamlakasi uchun, e’tirof etilmagan jamiyat, Karachidagi jinoyatchilik beshigi. Erinchoq plastik paketlar to’dasi quyun badbo’y havoda uchib yuribdi, insoniyat yaratgan olam har safar oqim bilan qadam bosganimda oyog’im ostida dahshatli qo’zg’aladi. To’zg’igan somon bu yo’lning xol-xol yonlarini turtkilaydi, qiziquvchan kimsalar esa mening tantanasiz bo’rtiq yuzimga tikilishadi. Men nihoyat yordam berishni istagan maktabimni topdim. Kiraverish devorida kuchli shamol oqimi o’tadigan katta oval teshik, unga mato bilan parda tortilgan edi. Bino o’nta xona, kichik hovli va bog’dan iborat edi. Sinfdan sinfga oralar ekanman, nimaningdir yo’qolganini payqadim — bu yerda o’qituvchi yo’q edi. Bolalar shovqin solgancha hammayoqda o’ynashardi; yozuvtaxtalar (doskalar) ermak qilib chiziladigan mashg’ulot yoki to’siq oshish poyasida to’siq sifatida o’ynalar edi. Katta bolalar tartibsiz holda hovli o’yingohi atrofida o’tkir chekimlik chekishardi. Ular o’z yo’llarini jinoyat olamiga burib yuborishga majbur bo’lmaslaridan oldin, maktabga kelib, o’zlarining tezda uchib ketayotgan bug’ singari bebosh bolaliklarini tutib qolishga intilayotgandan tuyulardi. Nihoyat, oxirgi xonada ayol o’qituvchini topdim. U qo’l telefonida suhbatlashardi, shunga kutib turdim. Tuzatgach, unga o’zim haqimda va ish-tajriba to’plash uchun unga o’qish ishlarida yordam berishni xoxlashim haqida gapirib berdim. U menga masxaraomuz qaradi, favqulodda takliflarimga shubha bilan boqdi. Men haqimda ko’proq surishtirgandan keyin, xayrli takliflarimga ko’ndi, har holda ular bu narsani chigallashtirmasdi, u menga tasdiqnoma berib, o’zining suyukli go’shasiga qaytdi. Men qayerdan boshlashni bilmasdim. Qog’oz qutilarimni, qalamlarimni, o’chirg’ichlarimni va krayonlarimni olib kelgandim, keyin barcha bolalarni jamlab guruhlarga ajratdim va qog’oz qalam tutqazdim. O’quvtaxtaga (doskaga) aylana chizdim va ulardan buni ko’chirishni so’radim. Lekin ularning qalamni qanday qilib tutishni bilmasliklarini ko’rib, ruhim tushib ketdi. Ular qalamni pichoq ushlagandek qattiq siqishardi. Balki shuning uchun ular mayda narsalarni chizishni o’rgana olishmaydi. Har bir bolaning qo’lidan tutib ularni qanday chizish kerakligiga o’rgatdim. Birqancha qiyin tashabbuskorlikdan so’ng, asosiy shakllarni chizishni o’rgandik. Har doim bu mustamlaka bolalari faqat zo’rovonlik jihatidan tabiatan qobiliyatli edilar, shuning uchun ularning qabul qilishlarini ko’rar ekanman, yoqimli hayratga tushdim. Turarjoyning oilam va do’stlarimdan ayroligiga qaramay, o’z g’ayratimni bu maktabga to’kishdan to’xtamadim va har kuni bolalarga biron bir yangi narsa o’rgatar edim. Ular tez o’rganishdi va tez orada ularning ranglar mutanosibligi inobatga olingan holda ajoyib qilib chizgan rasmlarini ola boshladim. Ayniqsa ular orasida bir juft rasm esda qolarli edi. Ularda Machar mustamlakasini maftun bo’lar darajada yetarli tasvirlangan edi. Qurib qolgan ko’l o’rniga, gullar o’sib turgan yam-yashillikka boy qirlarni tasvirlashgandi. Ularning shubhali ifodali yuzlari o’rniga, farzandlari tiniq suvda cho’milishar yoki baliq tutishar ekan, odamlar o’zlarining yuzlarida tabassum qilishardi. Boshqa rasmda esa bir umidbaxsh qo’shiq, mustamlakaning noshud ko’chalari va yo’llaridan eshitilar ekan, intizor yuzli bolani
8 o’qitayotgan men kabi lampomadali anchagina yosh ayollar bordi. Qattiq bir zarb bilan angladimki, bolalar o’z uylarini qanday bo’lishini orzu qilishadi, mana. Ular o’z mustamlakalarida xol-xol tusga kirishdi, va meni bu aksincha bo’lgan yerda qayta umidlantirishdi. Bolalarning zehniyati o’zlarining yomon tushunchalaridan oldin to’ldirildi. Agar ularga qurol berilganida, ular buni o’z-o’zidan juda puxta o’rganib olishardi. Shunga qaramasdan, boshlang’ich rejalashtirilmagan, endi esa ularga Alifbo berishga qaror qilgandim. Tez orada esa, ingliz tilini mohir egallashdi. Ularni sonlar bilan tanishtirganimda, sonlarni manipulyatsiya qilishni o’rganishdi va matematikaning yosh ustasiga aylanishdi. Hozir ularni ko’rib turganimdek ingliz tilida va o’nlilarda ravon o’zlashtirishdi, ularning intelektual (aqliy) salohiyatlari shaxsiy maktablardagi bolalarniki bilan teppa-teng ekanliklari borasidagi faktlar bilan faxrlanishda yordam bera olmayman. Hech kimning tolei oldindan belgilanmagan. Biz o’z taqdirimizni bizga berilgan imkoniyatlar vositasida o’zimiz yaratamiz. Agar jamiyatimizning ma’lum qismi kuchsiz bo’lsa, bu ularning bu o’rinda noshudliklari tufayli emas. Biz ham ular taqdirining buzilishida o’z rolimizga egamiz. Machar mustamlakasi menga nimani o’rgatdi, odamlarda hamma narsa uchun imkoniyat bor; ular sizning o’rgatganingizchalik mohirga aylanadilar. Ularga adolatsizlikni ko’rsating, va ular guhon qilish borasida chempionga aylanadilar. Ularga savdoning jilovini beringlar, va ular omadli tijoratning, biznesning tamoyillarini qayta-yozib, yuksaltib beradilar. Ularni sog’lom bilimlar bilan ma’rifatlantiring, va ular gigiyena borasida o’rnak bo’lishadi. Unga ta’lim dastgohlarini bering, va ular insoniyatning buyuk intelektual jasoratlarini taqdim etishadi. Va har narsa bo’lishidan oldin, ularga zarur bo’lgan butun narsalar bu bor-yo’g’i birgina fursat — o’z-o’zlarini kashf qilish uchun bo’lgan birgina fursat. (“International Essay Contest for Young People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) Tarjima vaqti: 05/03 2017 19:22
Bolalar kategoriyasi, 3-o’rin. A Bridge between Japan and Ghana (Yaponiya va Gana o’rtasidagi ko’prik)
Yumiko Tan (Age 10, Japan Ghana Japanese Children’s school, Accra
“Buvingiz Yaponiyada so’g-salomatmidi?” Boshqasidan keyin maktabda yana birov buni so’rayotganini ko’rdim. 2011-yil, 11-mart kuni Buyuk Tahoku yerqimirlashi Yaponi orollariga juda katta zarba berdi. Yerqimizlashida ko’plab odamlar o’zlarining hayotlarini, oilalarini, do’stlarini, va suyukli insonlarini yo’qotdi. Hakkaydoda yashagani tufayli buvim hech qanday talofat ko’rmadi. Biroq, Ibaragida yashaydgian xolam elektrsiz kun ko’rishga majbur bo’ldi. Men Yaponiyadagi odamlar elektrsiz yashayotganlariga ishongim kelmasdi. Biz Ganada, Afrikada, uzoqda turib nima qilishimiz mumkin? Ganada yaponiyalik odamlar yashayotgandi, ular bilan bu haqda qattiq o’ylandik. Biz Akkradagi katta savdo majmuasida xayriyalar to’plashni boshladik. Ukalarim va men o’z xayriya qutilarimizni tayyorladik. Men mablag’ to’plagan joyimizda bosh bo’lgan kun kelganda, o’zimni asabiylashgan his qildim. Har kuni, bizga “Mana pul, marhamat.” deya murojaat qilayotgan odamlarni ko’rdim. Bezovtali hayratlandim: odamlar rostdan ham pul berarmikin? Biz bir do’konning kiraverishida qatorlashib turdik, va baland ovoz bilan o’tib ketayotganlarga “Yaponiyaga yordam bering!” deya saslanardik. 9 “Ha, albatta, biz Yaponiyaga yordam berishimiz kerak.” Hayratimki, odamlar bizning oldimizda to’xtab o’tishardi, va besh yashar ukamning qutisi ayniqsa, ancha pul bilan to’lib qolgandi. Ganaliklar rostdan ham Yaponiyaga yordam berishadi! Mening xavotirlarim yo’q bo’lib ketdi, va o’zimni chinakamga baxtli his qildim. Men hammavaqt o’ylanardimki, Yaponiya Ganaga yordam berishi shart, deb. Biroq o’sha sinovdan keyin, yordam kerak bo’lgan paytda Ganaliklar ham Yaponiyaliklarga yordam berishni istashlarini angladim. “Sen buvingni Ganaga olib kelishing kerak,” dedi, men haqimda qayg’urayotgan o’qituvchim. Va bir do’stim, “men Yaponiga pul jo’natishni istasam, uni kimga berishim kerak?” deya so’radi. Yaponiyadagi yerqimirlashi aks ettirilgan noxush lavhalar har kuni televideniyada namoyish etib borilardi. Yuragim o’rtanardi, TV orqali ahvolni ko’rib turgan do’stlarim bu holga ongli ravishda achinishardi. Ganada yaponiyalik olim Hideyo Noguchi nomi berilgan tibbiy tekshirishlar instituti bor. Institut Ganadan Yaponiyadagi yerqimirlashidan zarar ko’rgan bolalar uchun shokolad jo’natdi. Gana shokolodi juda shirin, shuning uchun ham shokolad ularni xursand qiladi, deb o’ylayman. Bu faqatgina yeyish uchun yuborilgan narsa emas, balki ruhan dalda berish va o’z e’tiborini ifoda etish uchun ham yuborilgan shokolad edi. Bu fojeadan o’rgangan narsam shu ediki, dunyo bir bus-butun ekan. Afrika va Osiyo o’rtasidagi masofa olis bo’lsada, yangilik osongina tarqalib ketdi. Odatda, Yaponiya Ganaga yordam berib keladigan davlatlardan biri edi, lekin shuni bilamanki, Yaponiya muhtoj ekan, Ganaliklar ham Yaponiyaga jon-jon deb yordam berishga tayyor ekanlar. Men bu haqda Yaponiyadagi insonlarga aytib berishni istardim. Hatto o’zlarining ovqatlanishiga qolmagan taqdirda ham, Ganada Yaponiyaga pul jo’natishni istagan insonlar ko’p. Biz xayriya yig’ib yurgan chog’imizda, tasodifan maktabimizda farrosh bo’lib ishlaydigan ayol duch kelib qoldi. U ehtiyotkorlik bilan, ro’molchasi o’ramidan bir sedi (taxminan 65 sent miqdorda, 1 $ dan ham kam) oldi, va uni xayriya qutisiga tashladi. Ganaliklar haqiqatdan yaxshi xalq edi. Muhtojlikdagilarga yordam berish ishtiyoqi, har bir insonda bor xislat. Odamlarda bu ishtiyoq o’lmas ekan, dunyo shubhasiz urushlarsiz tinch-osoyishta dunyoga aylanadi. Bu mening ushbu sinovlardan o’rgangan sabog’im edi. (“International Essay Contest for Young People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) Tarjima vaqti: 06/03 2017 11:39
Bolalar kategoriyasi, 3-o’rin. Coexistence with Nature (Tabiat bilan hamohang borlik) (Original in Japanese)
Miho Hiroyama (Age 12, Japan) Fuji Sacred Heart Junior High School, Shizuoka
“Gibli studiyasining qissasi” nomli televizion dasturni ko’rib, hayotiy bir o’zgarishni boshimdan o’tkazdim. Dasturda Minamata kasalligi haqidagi muhokama qilinar ekan, mening atrof-muhitga bo’lgan qarashlarim butunlay o’zgarib ketdi. Minamata kasalligi haqida ijtimoiy fanlar sinfidagi beshinchi bosqichda o’rgangan edim. Minamata kasalligi bilan og’rigan bemorlarning suratlarini ko’rar ekanman, boshqacha bir nazarga ega bo’lish kerakligimni tushundim. Yaponiyada Minamata kasalligi borligiga ishonish qiyin edi, va yana bu kasallik bobo va buvimlar yoshligida bo’lib o’tgan edi. Minamata kasalligi atrof-muhit bilan bog’liq kasalliklarda edi, u tanaga organik simob tushganda qaytalanardi, buning natijasida miya va asab tizimi shikastlanardi. Tana karaxt bo’lib qolar va harakatdan to’xtar, og’iz ochish qobiliyati ham to’xtardi. Ko’plab odamalar Minamata
10 kasalligidan jabr chekkan, ayniqsa go’daklar, bolalar, balog’atga yetganlar, shuningdek erkaklar va ayollar ham. Kasallik manbai Minamatadagi Chisso zavodining oqavasi edi, oqava dengizga quyilib, dengiz va okeandagi, keyinchalik tutib iste’mol qilinadigan, baliq va boshqa dengiz mahsulotlarining zaharlanishiga olib kelar edi. Inson hayoti kasallanishidan tashqari, Minamata ko’rfazi ham zaharlanmoqda edi. Shuning uchun, odamlar ko’rfazda boshqa ov qila olmadilar. Men ko’p minglab baliqlarning dengizdan chiqarilgani va bandargohda qadoqlanmay qoldirilganligi tasvirlangan kadrlarni aniq eslayman. Bu Minamata kasalligi haqida bilganlarimning hammasi, ammo, bu yerda hikoya qilish uchun ko’p voqealar bor. Bir necha yillardan keyin anchagina baliqni, “o’lik dengizi” deb atalgan Minamata ko’rfazi suvlarida ko’rish mumkin. Qoyalarda ko’plab yoriqlar topildi. Va ajablanarlisi, dengiz loyqasida yangi bakteriya kashf etilgandi. Bu bakteriya simobni tozalash xususiyatiga ega edi. Boshqacha aytganda, bakteriya dengizni tozalash uchun o’zida o’zgartirish (transformatsiya) qilgandi. O’zimni uyg’ongandek his qildim. Ungacha, insonlar yer yuzidagi hayotning markazida turadi va har bir narsa insonlar tomonidan qat’iy belgilangandir, deb hisoblardim. Hatto o’shanda ham, “tabiatning marhamati” deya izohlagandim bu vaziyatni, tabiatning mo’jizalariga hurmat va e’tibor bilan qarash kerakligi haqidagi o’ylarga berilmagandim. Balki, inson tabiatning bir bo’lagi ekani o’rniga, tabiat insonning bir bo’lagi deya hisoblagandirman. Lekin Minamata kasalligi haqidagi bu faktni bilgach, insonga tabiat yordamchi ekanligi haqidagi haqiqatni idrok etdim, va tabiat inson harakatlari tufayli yo’q qilinmoqda edi. Inson tabiatning kichik bo’lagi ekanligini his qildim, shunday ekan o’zimizni ustun sanamasligimiz kerak. Yana, tabiatga kuchliroq hurmat bilan qarab yashashimiz, uning mo’jizalari bilan bilan yuzlashib yashashimiz zarurligini tuydim. Gibli studiyasining ko’rsatuvi yoqdi, chunki u menga yuqoridagilar haqida bilish uchun imkoniyat bergandi. Ularning ko’rsatuvi insoniyatni tabiatga qarshi qo’yilgandek tasvirlagandi, biroq bu urushdan tashqari, ular tabiat bilan hamnafas bo’lishga tirishayotgan odamlarning kichik tashabbuslarini ham ko’rsatishgandek tuyuldi. O’ylaymanki, Gibli studiyasining bu ko’rsatuvi ko’plab odamlarni maftun etadi, bolalardan tortib o’smirlargacha, faqatgina Yaponiyada emas, balki, butun dunyo bo’ylab, ularning har xil madaniyatdan ekanligiga qaramay ham, ular inson va tabiat o’rtasidagi bu yaqinlikni his qilishadi, ularning bu narsani ongli ravishda tushinib yetmasliklariga qaramay. Va o’ylaymanki, ular ko’rsatuvda namoyish etilgan xabarlardan ta’sirlanadi. Shuning uchun, Gibli studiyasining ko’rsatuvlarini necha martalab ko’rishimga qaramay, hammavaqt yangi biron narsani kashf etaman va chuqur hayajonlanaman, deb o’ylayman. Men hali matematika, tabiatshunoslik, adabiyot va san’atni ko’proq o’rganishim kerak, shuningdek, ulkan bilim g’amlashni qattiq istayman. Gibli studiyasi rejissori Hayao Miyazakining “Nausicaa of the Valley of the Wind” kabi ko’rsatuvlar orqali, bizning e’tiborimizni, ilmiy taraqqiyot va tabiat o’rtasidagi hamohanglik, bizning tabiat bilan birga mavjud ekanligimiz haqidagi savollarga qaratadi. O’zim esa, bunday jarayonlarda tabiat himoyachisi bo’lishni istardim. (“International Essay Contest for Young People 2011 Award Winning Essays” kitobidan) Tarjima vaqti: 14/03 2017 11:55
Bolalar kategoriyasi, 3-o’rin. A Quest for Earth-friendly Development (Zaminla do’stona rivojni izlab) (Original in Japanese)
Hina Muzuki (Age 12, Japan) Matsumoto Shuho Secondary School, Nagano
11 Ko’klam. Mening sevimli kapalagim kotsubame (Callophrys ferrea)ni ko’rish mumkin bo’lgan fursat. Download 256.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling