International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3
International Islamic Academy of Uzbekistan
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
abu-rayxon-beruniyning-asor-al-boqiya-asariga-diniy-psixologik-yondashuv
International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022 Google Scholar indexed Scientific-Theoretical and Practical Issues of Psychology of Religion in Uzbekistan DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-276-279 277 May 21 https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference Beruniy esa ana shunday buyuk allomalardan biri, jahon tan olgan qomusiy olim sanaladi. Beruniy yashagan X asrning oxirgi choragi XI asrning birinchi yarmi yaqin va Oʻrta Sharq xalqlarining madaniy va siyosiy hayotidagi muhim bir davr edi. U IX asr oxiridan boshlanib, deyarli to XIII asr boshlarigacha davom etgan boʻlib, bir vaqtlar arab xalifaligi tarkibiga kirgan mamlakatlarda yuksak madaniy taraqqiyot va katta siyosiy oʻzgarishlar yuz bergan. Bu taraqqiyot va oʻzgarishlar shu qadar keskin hamda olamshumul ediki, uni, hatto islomning ilk asrlardagi rivojlanishi bilan ham solishtirib boʻlmas edi. XIX asrda yashagan shveysariyalik sharqshunos va tarixchi Adam Mes bu davrni har tomonlama tahlil qilib, “Musulmon Renessansi” davri deb atadi. Abu Rayhon Beruniy ana shu “Musulmon Renessansi” ning faol qatnashchilaridan va uni shakllantiruvchilaridan biri edi. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” («Osor al-Boqiya») asari arab tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan boʻlib, «Osor al- boqiya»da izohlar yangidan ishlanib, koʻrib chiqilib, oʻrganilib, ularda tarixiy masalalar, aniq fanlarga oid muammolar keng yoritildi. Kitobda, qadimgi xalqlarning, xususan vatanimiz hududidagi sugʻdlar, xorazmliklar va undan tashqari musulmonlar, xristianlar, yahudiylarning etnik kelib chiqishi, yashash tarzi, psixologiyasi, urf- odatlari, bayramlari, turli mamlakatlarda hukm surgan podshohlar, imperator sulolalari haqida qimmatli maʼlumotlar keltirilgan. “Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qoʻlga kiritadi”, - deb yozadi. Beruniy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim deydi, yaʻni jamoani idora etuvchi adolatli, dono boʻlishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan koʻra bilishi, boshqalarga gʻamxoʻr boʻla oladigan fel- atvorga ega boʻlishi xalqi baxt va saodatga erishuvi uchun ularni baxtli-saodatli qila oladigan jamoa rahbari boʻlishi kerak deydi. Maʼlumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi boʻlgan yurtimiz zaminidan, oʻrta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning maʼnaviy mulki hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniyning mazkur asaridagi keltirilgan xalqlar madaniyati , psixologiyasi o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, o‘sha davrda yashagan xalqlarning dunyoqarashi, xalq ongini va xalqnig ruhiy mohiyatini o‘rganish, ruhiyat qonunlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini va toifalanishlarini tushuntirib berganlar. Tajriba usulida o‘rganib bo‘lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini xalqlar psixologiyasi o‘rganadi, chunki undagi o‘rganish usullari o‘ziga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling