International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3


International Islamic Academy of Uzbekistan


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana14.05.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1458183
1   2   3   4
Bog'liq
abu-rayxon-beruniyning-asor-al-boqiya-asariga-diniy-psixologik-yondashuv

International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-276-279 
 
 
 
 
 
278
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
xosdir va shuni bu buyuk mutafakkirimiz madaniy mahsullardan hisoblangan til, 
afsonalar, odatlar, san’at asarlari, inson tafakkurining murakkab tomonlarini, ruhiy 
jarayonlarini e‘tirofli ochib beradi.
Abu Rayhon Beruniy xalqlar birlashmasini madaniy-siyosiy markazlariga va 
iqlim belgilariga qarab guruhladi, aholining xayot tarzini e‘tiqodlarida aks etgan 
ruhiyat olamini meros qilib qoldirib ketgan. Diniy tasavvur, diniy talimotlar rivojida 
diniy-axloqiy ustunligi, inson hulqi, manfaatlarining diniy g‘oyalarda yetakchi 
mavzuga aylanishi, ichki manaviy kamolot, Allohga yaqinlashuvga ma’naviy-ruhiy 
yuksalish yordamida muyassar bo‘lish haqida va kamolotga erishishdan avval o‘zini 
hirs-havaslardan shunday tozalash lozimki, bunga xulq-axloqni faqat so‘zdagina 
emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so‘ng xato 
va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo‘lini tushunib olishga boshlovchi nafsini, jonini, 
ruhini tozalash zarurligini barcha asarlarida keltirib o‘tgan. 
Beruniy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali 
bo‘lish, vijdonlilik, kamtarlik, koʻpchilik manfaatini yuqori qoʻyish, haqiqat, 
ma‘naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu 
hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma‘rifatli bo‘lishidir. SHuning 
uchun ham Farobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog‘liq holda, tafakkurga 
asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Beruniyning axloqni xulq me‘yorlari 
ifodasi sifatidagina emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham 
talqin etganligini ko‘ramiz. 
Xulosa qilib aytganda, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar” («Osor al-Boqiya») asari, nafaqat ushbu asar balki, barcha asarlari biz 
uchun o‘rni beqiyosdir. Etnopsixologiyaga qo‘shgan ulkan xissalari barcha asarlarida 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Xalqlar psixologiyasining vazifasi xalq ruhi mohiyatini
o‘rganish va ularni hamjihatlikda, sof e‘tiqodda ushlab turish ana shu zamonning 
olim-u fuzalolariga bog‘liq bo‘ladi. Biz esa o‘z zamonasining yetuk namoyondasi 
bo‘lgan Abu Rayhon Beruniyni shu ma‘rifat chiroqlaridanligini baralla ayta olamiz. 
Uning fikricha inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan 
aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muxtoj bo‘ladi. 
Shuningdek, tarbiya jarayoni tajribali pedagog, oʻqituvchi tomonidan tashkil etilishi 
muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni oʻzicha bila olmaydi 
bunga esa ilm kerak. Biz yoshlardan asosiy talab qilinadigan narsa bu shijoat va 
mehnatdir. Allomaning inson kamoloti haqidagi ta’limoti inson 
ruhiyati hamda ta'lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga egadir. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling