International scientific journal “Interpretation and researches”


Download 473.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana23.04.2023
Hajmi473.43 Kb.
#1382594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
boshlang-ich-sinf-ona-tili-va-o-qish-darslarida-turli-qiziqarli-o-yinlardan-foydalanish

GAPLARNI OXIRIGA YeTKAZISh - bu mashqda o‘quvchi o‘z g‘oyalarini 
ifodalash ustida ishlash, keyinchalik esa uni boshqalar bilan muhokama qilish imkonini 
beradi. Bunda bir jumla yoki so‘z berilib, uni mantiqan oxiriga yetkazish so‘raladi, 
o‘quvchi esa shu jumlalarga mos so‘z tuzadi. 
DAVRA SUHBATI - ta'lim oluvchilar davra stolida o‘tirib, bir- birlarining 
savollariga konvert orqali javob yozadilar yoki suhbatni olib boruvchi boshlovchi orqali 
savol-javobga kirishadilar. 
GURUHDAGI MUNOZARALAR - qoida tariqasida boshqa texnika turlari bilan 
aralash qo‘llaniladigan hammaga ma’lum usulidir. 
a) KATTA GURUHDA MUHOKAMA - bunda butun guruh muayyan mavzuga 
doir bo‘lgan g‘oyalar yoki hodisalarni muhokama qilinadi. Muhokama rejalashtirilgan 
yoki uyushtirilgan mavzular atrofida o‘tkaziladi. 
b) KICHIK GURUHLARDA MUHOKAMA - mazkur o‘quv tadbirida ixtiyoriy 
holatda masalani ko‘tarish, muammoni muhokama qilish, hal etish, ko‘tarilgan 


International scientific journal
“Interpretation and researches” 
Volume 1 issue 3 | ISSN: 2181-4163 | UIF-2023: 8.2 
54 
muammolar yechimini topish va g‘oyalarni baholash uchun yig‘ilgan to‘rt-olti kishi 
ishtirok etadigan davra. 
ROLLI O‘YIN - dramma yoki “qoyilmaqom qilib o‘xshatish". Rollar 
o‘quvchilarga aynan mo'ljallanganligini va ularga "go‘yoki chinakamiga" harakatlanish 
imkonini beradi. 
SO‘ROVNOMALAR O‘TKAZISh - bilimlarni tekshirish va o‘qitish jarayonini 
baholash uchun foydalaniladi. 
BOShQARILAYOTGAN XAYOLOTLAR – o‘qituvchi tayyorlab qo‘ygan 
fantaziyasini o‘qiydi yoki guruhning o‘zi shunday bir hayoliy holatni rivojlantiradi. 
IJODIY MEHNAT - rasm chizish, andozalash, qo'shiq, tarixlar, chizgilar yozish 
va o‘yinlar o‘ylab topishni mujassam etadi. 

Download 473.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling