IE versiyalarining tarqalishi (2008-yil, yanvar)[3]
Internet Explorer, hamma versiyalari
|
75.47 %
|
Internet Explorer 4
|
0.01 %
|
Internet Explorer 5.0
|
0.11 %
|
Internet Explorer 5.5
|
0.11 %
|
Internet Explorer 6
|
32.30 %
|
Internet Explorer 7
|
42.93 %
|
Internet Explorer 4.0 1995-yilning sentabr oyida chiqdi va operatsion sistema bilan yanada chuqur aloqaga ega boʻldi. 4.0 DHTML bilan ishlay olar, JavaScript shaxsiy kengaytishiga ega edi. Internet Explorer 4.0 Windows 98 tarkibiga kirgan edi. Internet Explorer 4.0 chiqishi bilan, brauzerlar urushi boshlangan deb hisoblanadi.
Internet Explorer 5.0 1996-yilning 18-martida chiqdi. Internet Explorer birinchi marotaba W3C DOM ayamiyatli qismlari bilan ishlay olardi va shuningdek CSS bilan yaxshiroq ishlay oldi. 5.5 versiyasi 2000-yilnig iyulida chiqdi. Explorer 5.5 Windows ME tarkibiga kirgan edi.
Internet Explorer 6.0 2001-yilning 27-avgustida, Windows XPning chiqishidan bir necha hafta oldin chiqdi. Bu versiyasida DHTML qoʻllanuvi takomillashtirildi.
Internet Explorer 7.0 2006-yilning 18-oktabrida va 26-oktabrda allaqachon 3 milion nusxasi tarqalgan[4].
Opera- Norvegialik Opera Software kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan veb brauzer va internet dasturlari paketi. Opera vebsaytni koʻrish, e-mail yozish va qabul qilish, kontaktlar bilan ishlash, IRC onlayn chat, fayllarni yuklab olish va shu kabi internet bilan bogʻliq barcha vazifalarni bajaradi. Shaxsiy komputerlarda va mobil telefonlarida oʻrnatish uchun ushbu dastur tekin taklif etiladi, lekin boshqa vositalarga oʻrnatish uchun maʼlum bir qiymatda pul toʻlanishi kerak.
Opera Microsoft Windows, Mac OS X, Linux, FreeBSD va Solaris kabi turli shaxsiy komputer operatsion sistemalarida ishlaydi. Ishlatilishining kengligi jihatida bugungi kunda Opera Internet Explorer, Firefox va Safaridan keyingi 4-oʻrinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |