9-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan i-yarim yillik uchun test savollari


Download 215 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi215 Kb.
#139072
Bog'liq
8-9-sinf-huquq-va-iqtisod-test(1)


9-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test savollari.

1.Tadbirkorlik faoliyati natijasida qanday ko’rinishda daromad olinadi ?

A) foiz;


B) renta;

D) ish haqi

E) foyda.

2.Sherikchilik asosida tuzilgan firmaning foydasi :

A)ta’sischilar o’rtasida teng miqdorda taqsimlanadi;

B)nizom jamg’armasiga qo’shilgan ulushga mutanosib ravishda taqsimlanadi ;

D)faqat firmani kengaytirishga sarflanadi ;

E)ta’sis shartnomasida ko’rsatilgankelishuv asosida taqsimlanadi.

3.Firmaning moliyaviy mablag’ manbalari quydagilar :

A) sof foyda ;

B) amortizatsiya ajratmasi ;

D) nizom jamg’armasi ;

E) yuqorida keltirilgan manbalarning barchasi bo’lishi mumkin.

4.Oddiy aksiya egasi firmani boshqarishda …

A) umuman qatnashmaydi ;

B) umumiy majilisda qatnashish orqali qatnashishi mumkin;

D) qatnashish shart ;

E)aksiya paketiGA ega bo’lgan taqdirda gina qatnashish mumkin .

5.Aksiyadorlar jamiyatining yalpi daromadi 5 milion so’mni, umumiy xarajadi 3 milion so’mni, soliqlar miqdori 1 milion so’mni va dividentlar 500 ming so’mni tashklil qildi. Uning sof foydasi qancha ?


  1. 4 million so’m ;

  2. 2 million so’m ;

D) 3 million so’m ;

E) 1 million so’m ;



6. Firma yil davomida 5000000 so’m xarajat qilib ,1250000 so’m sof foyda oldi. Firmaning yillik faoliyatining samaradorligini toping .

A) 125% foiz ;

B) 50% foiz ;

D) 25% foiz ;

E) 150 %foiz ;

7.Aksiyadorlik jamiyatining yillik foydasini oshirishi,qaysi aksiya qiymatini oshishiga olib kelishi mumkin ?

A) oddiy aksiyaning ;

B)i mtiyozli aksiyaning ;

D) ham oddiy, ham imtiyozli aksiyaning ;

E) hech qaysi qimmatli qog’ozning.

8Quydagi xususiyatlarning qaysi biri mas’uliyati cheklangan firmaga taaluqli emas ?

A) nizom jamg’armasiga katta mablag’ni jalb etish imkoniyati ;

B) ta’sischilarning qisman mulkiy javobgarligi;

D)t a’sischilarning firma boshqaruviga qatnashishininh shart emasligi;

E) ta’sischilarningto’la mulkiy javobgarligi.

9. Tadbirkor qanday xususiyatga ega bo’lishi lozim ?
10. Menejer qanday vazifalarni bajaradi ?
11.Menejment deganda qaysi vazifani bajarish ko’zda tutiladi ?

A) biror faoliyatni rejalashtirish va tashkil qilish ;

B) biror faoliyatga rahbarlik qilish ;

D) biror faoliyatni nazorat qilish;

E) yuqoridagilarni barchasi.

12.Marketing tadqiqot qaysi bosqichdan boshlanadi ?

A) mahsulotni reklama qilish;

B) maxsulotni narxlash;

D) mahsulotni o’rganish;

E) mahsulotni sotish.

13.Marketing faoliyatidan ko’zlanga maqsad nima ?

A) foysani ko’paytirish;

B) iste’molchilar ehtiyojini qondirish ;

D) iste’molchilar ehtiyojini aniqlash;

E) yuqoridagilarning barchasi .

14.Tovarni donalab yoki kichik hajmda sotish narxi qanday nomlanadi ?

A) tannarx;

B) chakana narx;

D) ulgurji narx;

E) yuqoridagilarni barchasi

15) Tovarni ishlab chiqarish narxi 500 so’m bo’lib, iste’molchiga yetguncha 2 ta ulgurji va 1 ta chakana savdo firmasida o’tdi.agar har biro lib sotuvchi tovarning xarid narxiga 20 % ustama narx qo’ygan bo’lsa , tovarning oxirgi chakana narxi necha so’mni tashkil qiladi ?

A) 864 so’m ;

B) 800 so’m ;

D) 1036 so’m ;

E) 720 so’m ;

16. Tovarni tan narxi nima ?

A) chakana do’konning sotuv narxi;

B) I shlab chiqaruvchi korxonaning narxi;

D) ulgurji savdo firmasining sotuv narxi ;

E) tovarning bozor narxi .

17.Firmada ko’proq nimalar boshqarilishi talab qilinadi ?

A) mehnat jamoasi tarkibi;

B) moliyaviy mablag’;

D) xomashyo zaxirasi ;

E) yuqoridagilarni barchasi .

18.Qaysi javobda faqat ishlab chiqarish vositalari keltirilgan ?

A) ko’mir, dastgoh, bino, televizor;

B) yuk mashinasi, asbob- uskuna, inshoot;

D) mebel, ko’mir, elektr energiyasi ;

E) benzin, daryo suvi , hovli.

19. Atrof muxitni himoya qilishni kim o’z zimmasiga olgan ?
20. Tovar ishlab chiqaruvchi korxona tomonida sotish narxi qanday nomlanadi ?

9-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test javoblari .
I-variant.
1.E

2.E

3.E

4.B

5.E

6.D

7.A

8.E

9. Tadbirkor quydagi xususuyatlarga ega bo’lishi lozim : foyda olishga intilish,mulkva mablag’ni ishga solishi, erkin iqtisodiy faoliyat yuritishi, tashabbuskor, raqobatda ishtirok tishi, qonunlarga rioya qilishi, mehnat sevar g’ayratchan bo’lishi lozim.

10 Menejer maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurutuvchi yoki boshqaruvchi .

9-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test javoblari .
II-variant.

1.E

2.D

3.E

4.B

5.E

6.B

7.E

8.B

9.Iqtisod va ekalogoya orasidagi ziddiyatni yumshatish va atrof- muhitni muhofazasi davlat zimmasiga yuklatilgan.

10.Ishlab chiqarish narxi .

9-sinf iqtisodiy bilim asoslari fanida II-yarim yillik uchun test savollari .
I-variant.

1.Transferd to’lovlari davlat tomonidan qaysi sohalarda yo’naltiriladi ?


  1. ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarish uchun ;

  2. kam ta’minlangan oilalarni qo’llab quvatlash uchun ;

D) raqobatni qo’llab quvatlash uchun ;

E) TAdbirkorlikni qo’llab quvatlash uchun .



2.Har qanday davlat iqtisodiyoti oldida qanday maqsadlar turadi ?

A) iqtisodiy erkinlik ;

B) iqtisodiy samaradorlik;

D) iqtisodiy tenglik va xavfsizlik;

E) yuqoridagilarni barchasi .

3.Bozorni nochorligi deganda nima tushuniladi ?

A) barcha ijtimoiy ne’matlarni yarata olmaslik;

B) infilatsiyaga qarshi kurasha olmaslik ;

D) monopoliyaga qarshi kurasha olmaslik;

E) yuqoridagilarning barchasi .

4.Davlat budjetining xarajat qismi;

A) daromad qismiga teng bo’ladi;

B) saromad qismidan kichik bo’ladi ;

D) daromad qismidan katta bo’ladi;

E) daromad qismidan katta ham, kichik ham, teng ham bo’lishi mumkin .



5.Egri soliq nimadan olinadi ?

A) daromaddan ;

B) mulkdan ;

D) yerdan;

E) tovardan ;

6. Davlat budjetining daromad qismi manbalarga nima kirmaydi ?

A) transfert to’lovlari ;

B) davlat mulkini sotishdan tushgan mablag’lar;

D) davlatga tegishli qimmatli qog’ozlardan tushgan dividendlar ;

E) soliqlar.

7. Quydagilarning qaysi biri to’g’ri soliq turiga kirmaydi ?

A) yer solig’i ;

B) daromad solig’i;

D) mulk solig’i ;

E) qo’shimcha qiymat solig’i ;

8. Quydagi vazifalarni qaysi biri faqat markaziy bankka tegishli ?

A) pul emissiyasi ;

B) kredit foiz stavkasini tartibga solish ;

D) davlat xarajatlarini qisqartirish ;

E) chet el valutalarini sotib olish va sotish .

9. Davlatning budjet – soliq siyosatiga nimalar kiradi ?
10. Aksiz soliqlari nimalardan olinadi ?

II-yarim yillik

II- variant.

1.Ijtimoiy tovarlar - bu…

A) bir kishining foydalanishi bilan boshqalarning foydalanish imkoni kamaymaydi;

B) tovarlarni iste’mol qilishni, Tovar uchun haq to’laganlarning iste’mol qilishi bilan chegaralab bo’lmaydigan tovar;

D) A va B tasdiqlar to’g’ri;

E) faqat davlat tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar.

2.Quydagilarning qaysi biri ijtimoiy Tovar bo’la olmaydi ?

A) shaxar yong’indan saqlash xizmati;

B) shaxarni seldan saqlash xizmati;

D) xonadonlarni yoritish ;

E) ko’chalarni yoritish.

3.Soliqlar stavkasini oshirish nimalarga misol bo’la oladi ?

A) kredit-budjet siyosatiga ;

B) budjet-soliqlar siyosatiga;

D) pul- kredit siyosatiga ;

E) pul-moliyaviy siyosatga.

4) Quydagi choralarning qaysisi budjet-soliq siyosatiga tegishli emas ?

A) bank foydasiga solinadigan soliqlar stavkasining o’zgartirilishi ;

B) Markaziy bank tomonidan bank zaxira normalarining o’zgartirilishi ;

D) yangi ishlab chiqarishga sarmoya kiritayotgan korxonalar uchun soliq imtiyozlarining berilishi

E) kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy to’lovlarning ko’paytirilishi.

5.Davlatning iqtisodiy vazifalariga nimalar kiradi ?

A) lamiyatning huquqiy va iqtisodiy vazifalarini saqlash;

B) raqobatni qo’llab- quvatlash va iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

D) daromad va boylikni taqsimlash va qo’shimcha tashqi ta’sirlarni tartibga solish;

E) yuqoridagilarning barchasi.

6.To’g’ri jumlani toping. Davlat budjeti….

A) kamomadli bo’lishi mumkin;

B) faqat rivojlangan davlatda kamomad bo’lmaydi;

D) kamomadli bo’lishi davlat iqtisodiyoti uchun xavfli hisoblanadi;

E) kamomadi budjed daromadi hisobidan qoplanadi.

7.Quydagilardan qaysi biri davlatning bozor noqobilligini oqibatlarining oldini olish vazifasiga kirmaydi ?

A) bozorning monopollashishiga qarshi kurashishi;

B) ijtimoiy tovarlar vaxizmatlar yaratish;

D) daromad va mulkni soliqqa tortish ;

E) qo’shimcha tashqi ta’sirlarni tartibga solish va nazorat qilish.

8.Davlatni daromad va boylikni taqsimlash vazifasi qaysi tadbirlar orqali amalga oshiriladi ?

A) kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish ;

B) ko’p daromadli fuqarolarning daromadidan mos soliq undirish;

D) talabalarga stipendiya berish ;

E) yuqoridagilarning barchasi.

9. Pul emissiyasi haqida tushuncha bering .
10. Banklarining eng asosiy vazifasi nimalardan iborat ?

9-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test javoblari .
I-variant

1.B

2.E

3.E

4.E

5.E

6.A

7.D

8.B

9. Davlatning budjetsoliq siyosatiga narxlar barqarorligi, tola bandlilik,va iqtisodiy osishga qaratilgan soliqqa tortish va davlat budjetini muvofiqlashtirish chora - tadbirlari kiradi.

10. Aksiz soliqlar :

Alkagolli mahsulotlar, Tamaki mahsulotlari , spirtli ichimliklar, Oltin kumushdan tayyorlangan buyumlar.


9-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test javoblari .
II-variant

1.D

2.D

3.B

4.B

5.E

6.A

7.D

8.E

9. Davlat tomonidan muomalaga pul chiqarish .

10. Banklarning eng asosiy vazifasiomonatlarni saqlash va qarz berish bolib,bu mamlakat iqtisodiyotida muhim rol oynaydi.

8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test savollari.

I-variant.

1.Ehtiyojlar bu…

A) kundalik ehtiyoj mollari do’konida sotiladigan barcha tovarlar ;

B) kishilarning Tovar va xizmatlarga ega bo’lish xohishi ;

D) insonning muayyam sharoitda yashashi va kamol topishi uchun zarur bo’lgan narsalarga muhtojligi;

E) qondirishning imkoni bo’lmagan inson orzu –istaklari.

2.Cheklanganlik muammosi qaysi vaziyatda to’g’riroq ifodalangan ?

A) Har qanday mamlakat iqtisodiyotida har doim nimadit yetishmaydi;

B) Hamma vaqat insonning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun resruslar yetarli bo’lavermaydi;

D) Biror resrus qanchalik kam bo’lsa, u shuncha tanqis bo’ladi;

E) “ Ro’zg’or - g’or”, deganlaridek, oilada har doim nimadir yetishmaydi.

3.Qaysi guruhda keltirilgan misollar faqat ma’naviy ehtiyojlarga tegishli ?

A) Daftar, non, kitob, televizor, xat yozish;

B) Muzqaymoq, kompyuter, ta’lim olish, sport;

D) Ta’lim olish, musiqa eshitish, kasb hunar o’rganish, oyoq kiymi ;

E) Til o’rganish, kitob o’qish, rasm chizish, musiqa eshitish ;

4.Qaysi guruhda keltirilgan misollar faqat ijtimoiy ehtiyojga tegishli ?

A) Yo’l, jamoat transporti, maktab, kiyim kechak, qo’l soati ;

B) Mudofaa sog’liqni saqlash tizimi, telefon tarmog’i , kutubxona, muzey ;

D) Tarixiy yodgorliklar, kassalxona, xususiy do’kon, metro, velosiped ;

E) Qo’riqxona, daryo, istiroxat bog’i , soliq xizmati, shaxsiy avtomobil ;

5.Fermer dalasiga 40 t, sholi eksa 80 t hosil olishi mumkin. Bir tonna bug’doyning muqobil qiymati…

A) aniqlash mumkin emas, chunki qancha bug’doy yoki sholi ekkani noma’lum ;

B) 0,5 tonna sholiga teng ;

D) 4 tonna sholiga teng ;

E) 2 tonna sholiga teng.

6.Ishlab chiqarish omillari-bu…

A) mehnat unumdorligi va samaradorligi ;

B) mehnat taqsimoti va iqtisoslashuv ;

D) faqat bino, inshootlar , asbob- uskuna va dastgohlar ;

E) tabiiy resruslar, mehnat omili, capital va tadbirkorlik omillari.



7.Quydagi guruhlarning qaysi birida ishlab chiqarish resruslarining har uchalasidan misol keltirilgan ?

A) Dala, traktor, paxta ;

B) Ofis, menenjer, boshliq ;

D) Neft, zavod, ishchi ;

E) Kompyuter, dasturchi, printer.

8.Har qanday tizim oldida turgan asosiy muammo  bu…

A) ishlab chiqarish ;

B) cheklanganlik ;

D) iste’mol;

E) taqsimot.

9. Iqtisodiyot nima ?
10. An’ana iqtisod nima ?

8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test savollari.

I-yarim yillik.

II- variant.
1.Odatda, ayirboshlash …

A) bir tomon uchun manfaatli, ikkinchi tomon uchun esa manfaatsiz bo’ladi ;

B) har ikkala tomon uchun ham manfaatli bo’ladi ;

D) qanday Tovar almashinayotganiga qarab har ikkala tomon uchun ham manfaatli bo’ladi;

E) qanday tovarlar almashinayotganiga qarab har ikkala tomon uchun ham manfaatsiz bo’ladi.

2.Quydagi vaziyatlardan qaysi birida pul muamala vazifasini bajaryapti ?

A) Ishchiga maosh belgilandi ;

B) Naqd pulga tovar sotib olindi;

D) Elektr energiyasini narxi oshdi;

E) AQSH dollarining so’mdagi qiymati aniqlandi.

3.Bzor - bu …

A) sotuvchi va xaridor uchrashadigan joy;

B) Tovar va xizmatla ayirboshlash joyi ;

D) ishlab chiqarishni iste’mol bilan bog’laydigan vosita;

E) no’to’g’ri javob yo’q.

4.Tovarning narxi bu …

A) xaridorning Tovar uchun to’lamoqchi bo’lgan pul miqdori ;

B) tovarning ishlab chiqarish uchun sarflagan jami xarajat miqdori ;

D) tovarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish uchun sarflangan jami pul miqdori ;

E) bir birlik Tovar qiymatining puldagi ifodasi .

5.Anvar magnitafonni 200 000 so’mga sotib, uning 150 000 so’mini omonat bankiga qo’ydi va qolgan puliga tufli sotib oldi. Bu vaziyatlarda pul qanday vazifalarni bajaradi ?

A) O’lchov va jamg’arish vositasi ;

B) Muomala va o’lchov vositasi ;

D) Muomala va jamg’arish vositasi ;

E) O’lchov , jamg’arish va muomala vositasi.

6.Iste’mol tovarlari qanday maqsadda ishlatiladi ?

A) Dastgoh ishlab chiqarish ;

B) Boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish va qayta ishlash ;.

D) Aholi va uy xo’jaliklari ehtiyojlarini qondirish ;

E) qishloq xo’jaligi maxsulotlarini yetishtirish .

7.Ishlab chiqarish vositalari nima uchun xizmat qiladi ?

A) Ishlab chiqarish dastgohlarini ta’mirlash ;

B) Korxona xomashyoga ishliv berib , mahsulot ishlab chiqarish ;

D) Bozorda sotish uchun .

E) Ishlab chiqarishni xomashyo bilan ta’minlash.



8. Bozorda …

A) hamma vaqt sotuvchining mavqeyi xaridorga nisbattan baland bo’ladi ;

B) hamma vaqt xaridorni mavqeyi sotuvchinikiga qaraganda baland bo’ladi ;

D) hamma vaqt sotuvchi va xaridorni mavqeyi baravar bo’ladi ;

E) sotuvchining xaridorga nisbatan mavqeyini aniqlab bo’lmaydi.

9. Aksiya qaysi bozorda sotiladi ?
10. Pul qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak ?

8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test javoblari.
I-variant.

1.D

2.B

3.E

4.B

5.E

6.E

7.D

8.B

9. Iqtisodiyot insonning hayot kechirishi uchun zarur ne’matlarni yaratishga qaratilgan xo’jalik yurutish tizimi

10. An’anaviy iqtisodiyot bu- iqtisodiyotning asosiy savollariga, jamiyatdagi an’analarga asoslanib javob beradigan iqtisod tizimi .

8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test javoblari.
II-variant

1.B

2.B

3.E

4.E

5.E

6.D

7.B

8.B

9.Moliya bozorida sotiladi

10. Qulay va ixcham , pishiq va barqaror, soxtalashtirish qiyin bo’lishi lozim.

8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test savollari.

I-variant.
1.Notog’risini toping. Iste’molchilar daromad manbalariga nimalar kiradi ?

A) Stipendiya, nafaqa ;

B) Sug’urta, jamg’arma ;

D) Ish haqi, dividend ;

E) Renta, foiz .

2.Quydagi holatlarning qaysi birida mulk shakli o’zgaryapti ?

A) Chol o’g’liga hovlini meros qilib qoldiryapti ;

B) Davlat tashkiliti bolalar uyiga kompyuter sovg’a qildi ;

D) Fermer sigirini bozorga olib chiqib sotdi ;

E) Olg’irovning dang’illama hovlisi musodara qilinib, o’quvchilar saroyiga aylantirildi.

3. Mulkka to’la egalik qilish deganda nimani tushunasiz ?

A) Uni sovg’a qilish ;

B) Uni sotish yoki ayirboshlash ;

D) Undan o’z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish ;

E) Yuqoridagilarning barchasi.

4. Qaysi gurushdagi daromadlar faqat moddiy boylikdan foydalanish evaziga ortiriladi ?

A) Ijara, nafaqa, dividend ;

B) Renta, foiz, maosh .

D) Foyda, nafaqa, dividend ;

E) Renta, dividend, foiz ;

5.Oila budjetida …

A) kamomad bo’lmasligi kerak ;

B) faqat oilaviy chiqimlar keltirilgan bo’ladi ;

D) faqat oilaviy daromadlar keltirilgan bo’ladi ;

E) oilaning ma’lum davrga rejalashtirilgan daromad manbalari va xarajatlari keltirilgan bo’ladi ;

6. To’g’ri jumlani toping.

A) Mamlakatimizdagi daryolar, ko’llar, suv zaxiralari mulk xisoblanmaydi;

B) Osmon, yulduzlar, quyosh mulk hisoblanmaydi ;

D) Tabiiy boyliklar davlatga tegishli emas ;

E) Siz o’qiyotgan maktab, yo’llar ,daraxtlar, favorralarning egasi yo’q.

7. Mehnat resruslaridan qaysi ko’rinishdagi daromad keltiradi ?

A) Renta ;

B) Foiz ;

D) Ish haqqi ;

E) Foyda ;

8. Quydagi daromad turlarining qaysi davlat tomonidan yordam tariqasida beriladi ?

A) Mukofot ;

B) Ishsizlik nafaqasi ;

D) Dividend ;

E) Stipendiya ;

9. Mulkni sug’urta qilishdan maqsad nima ?

10. Iste’molchilar Tovar haqida qanday ma’lumot olish huquqiga egalar ?


II- yarim yillik.

II- variant.
1. Bozorda benzin narxi 3 marta oshsa u holda avtomobillar narxi …

A) oshadi ;

B) oshish ham, oshmasligi ham mumkin ;

D) o’zgarmaydi ;

E) pasayadi .

2.Tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan resruslar narxi o’zgarganda …

A) taklif miqdori o’zgaradi ;

B) talab miqdori o’zgaradi ;

D) tovarga bo’lgan talab o’zgaradi ;

E) tovar taklifi o’zgaradi .

3.Tovarga bo’lgan talab va taklifning bir vaqta kamayishi nimaga olib keladi ?

A) Muvozanat narxining pasayishiga ;

B) Muvozanat narxining oshishiga ;

D) Muvozanat miqdorining ko’payishiga ;

E) Muvozanat narxining ham, muvozanat miqdorining kamayishiga .

4.Tovarning narxi oshganda …

A) taklif miqdori ko’payadi ;

B) taklif miqdori kamayadi ;

D) taklif ko’payadi ;

E) taklif kamayadi .

5.Agar tovarning narxi oshsa , …

A) uning o’rnini bosuvchi tovarga talab oshadi ;

B) uning o’rnini bosuvchi tovarga talab pasayadi ;

D) uni to’ldiruvchi tovarga talab oshadi ;

E) uni to’ldiruvchi tovarga talab pasayadi.

6. Quydagi omillarning qaysi biri talabga ta’sir etmaydi ?

A) Tovarni iste’mol qiluvchi aholi sonining o’zgarishi ;

B) Iste’molchilar daromadlarining o’garishi ;

D) Bozorda tovarning ko’p miqdorda keltirilishi ;

E) Tovar narxi oshishishining kutilishi .

7. Muzqaymoqqa bo’lgan talab chizig’i chap tomonga sijishi qaysi omil ta’sirida sodir bo’lishi mumkin ?

A) Aholi daromadining o’sishi ;

B) Muzqaymoq narxining pasayishi ;

D) Muzqaymoq taklifining kamayishi ;

E) Qish faslining kelishi ;

8. Taklif miqdori  bu muayyan vaqt davomida …

A) xaridorning ma’lum vaqtda sotib olishlari mumkin bo’lgan tovar miqdori ;

B) sotuvchilarning ishlab chiqarishimumkin bo’lgan tovar miqdori ;

D) sotuvchilarning ma’lum vaqta sotishlari mumkin bo’lgan Tovar miqdori ;

E) sotuvchilar tomonidan keltirilgan jami tovarlar miqdori .

9. Tovar narxi oshganda …
10. To’yingan bozor deb qanday bozorga aytiladi ?


8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test javoblari

I-variant.
1.B

2.E

3.E

4.E

5.E

6.B

7.D

8.B

9.Baxtsiz hodisa tufayli mulkka moddiy zarar yetkazilsa uning o’rnini qoplash

10. Tovarni foydalanish qoidasi haqida, tovarni foydalanish bo’yicha kafolat majburiyatlari haqida, Tovar tayyorlangansana va uning saqlash qoidalari haqida.


8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test javoblari
II-variant
1.E

2.E

3.E

4.A

5.A

6.D

7.E

8.D

9. Talab miqdori kamayadi.

10.tovar talab miqdoridan yuqori bo’lgan bozor.

8-sinf O’zbekiston Davlati va Huquqi asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test savollari.



I-variant.

1.Jamiyat - bu …

A) jamlangan odamlar jamoasi ;

B) muayyan hududdda yashovchi kishilarning ma’lim tarzda tashkil topgan jamoasi ;

D) majbur qilish kuchiga ega bo’lgan tashkilot ;

E) muayyan vakolatlarga ega bo’lgan shaxslardan iborat odamlar jamoasi .

2.Murakkab itifoqdosh davlatning tuzilishi shakli va belgilarini ko’rsating :

A) Unitar davlat. Yagona konstitutsiya va qonunchiliktizimi, yagona armiya ;

B) Konfediratsiya. Muayyan biror bir davlatlar bir maqsad uchun birlashadilar.

D) Federativ Ittifoq konstitutsiyasining mavjudligi, umumiy hududning mavjudligi ;

E) Ittifoq. A’zolari o’z konstitutsiyasiga va qonunchilik tizimiga, ijro hokimyatiga ega .

3.Quydagilaridan qaysi biri davlatning ichki funksiyasiga kiradi ?

A) soliqlar ijro etish ;

B) bojxona nazorati ;

D) xalqaro munosabat ;

E) mudofaa.

4. Javoblar orasidan davlatning paydo bo’lishiga ega muhim o’rin tutgan omilni aniqlang :

A) ilm- fan rivoji ;

B) qabilalar o’rtasidagi urushlar ;

D) ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkning paydo bo’lishi ;

E) odamlarda ortiqcha vaqt yuzaga kelishi bilan din, san’at va madaniyatning paydo bo’lishi .

5.Ta’rifni yakunlang : “Davlat -bu …”

A) Jamiyat a’zolarining birgalikdagi faoliyatidir :

B) siyosiy hokimyatni amalgam ishirish vositasidir ;

D) jamiyat tarkibiy qismi bo’lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi tashkilotdir ;

E) B va D

6. Javoblar orasidan davlatningo’ziga xos belgilarini to’laroq keltirilgan qatorni toping .

A) ommaviy hokimyat, ma’muriy –hududiy tuzilish, huquqning mavjud bo’lishi ;

B) mustaqillik, huquqning mavjud bo’lishi , moliyaviy nazorat ;

D) ma’muriy hududiy tuzilish, soliqlar, bojxona nazorati ;

E) ommaviy hokimyat, soliqlar, bojxona nazorati, mudofaa va xavfsizlik.

7.Davlat boshlig’i umurbod hokimyatni amalgam oshiradigan davlat … deb ataladi.

A) Parlament respublika ;

B) Monarxiya ;

D) Unitar davlat ;

E) Quldorlik davlati ;

8.Javoblar orasidan ma’muriy – hududiy birliklar keltirilgan qatorni topinng :

A) respublika, monarxiya ;

B) mahalla, ovul, qishloq, xonadon ;

D) konsullik , elchxona ;

E) viloyat, shahar, tuman, qishloq .

9. Siyosiy tartibotga ko’ra davlatlat qanday turlarga bo’linadi ?

10. O’zbekiston davlatining tashqi funksiyalari haqida tushuncha being :

8-sinf Ozbekiston Davlati va Huquqi asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test savollari. I-yarim yillik

II- variant.
1.Quydagi hujjatlardan O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonunini aniqlang .

A) Konsitutsiya.

B) prizident qarori ;

D) Hukumat qarori ;

E) Oliy Majlis qonuni .

2. Davlatni huquqqa bo’lgan munosabatiga qarab … turlarga ajratish mumkin .

A) etatik, qonuniy va huquqiy ;

B) huquqiy, fuqarolik va etatik ;

D) etatik, huquqiy va oraliq ;

E) fuqarolik, etatik va oraliq .

3. Huquqiy davlatda davlat boshqaruvi … tayanadi .

A) qonun chiqaruvchi hokimiyatning boshqa hokimyatlarga nisbattan ustunligiga ;

B) huquqiy ustuvorlikka ;

D) sud hokimiyatining ustunligiga ;

E) ijro etuvchi hokimyat vakolatlarining ustuvorligiga.

4.Konstitutsiya huquqiy normalar tizimida …

A) barcha qonunlarni tartibga solish turadi ;

B) davlat siyosatining asosiy yo’nalishini belgilaydi ;

D) oilaviy yuridik kuchga egadir .

E) A) va B) javoblar to’g’ri .

5.”Jamiyat” tushunchasi “Fuqarolik jamiyati” tushunchasi …

A) dan farq qiladi ;

B) ning tarkibiy qismidir ;

D) ni to’ldiradi ;

E) bilan bir xildir .

6.Fuqarolik jamiyati … belgisidir.

A) fuqarolarning huquqi davlat huquqidan yuqoriligi ;

B) yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish ;

D) iqtisodiyotda fuqarolar manfaatining ustuvorligi ;

E) fuqarolarning sud hokimiyati oldida bir xil huqqa egaligi .

7. Fuqarolig jamiyatida … bo’lishi lozim .

A) davlat jamiyat nazoratida ;

B) jamiyat davlat nazoratida ;

D) fuqarolar davlat nazoratida ;

E) fuqarolar sud nazoratida .

8.Fuqarolik jamiyatida asosiy andaza va hal qiluvchi bo’g’in … .

A) siyosiy partiyalardir ;

B) fuqarolardir ;

D) davlatdir ;

E) oiladir.

9.Fuqarolik jamiyati nima ?

10.Davlatning huquqqa bo’lgan munosabatiga qarab qanday turlarga ajratish mumkin ?

8-sinf O’zbekiston Davlati va Huquqi asoslari fanidan

I-yarim yillik uchun test javoblari.

I-variant.

1.B

2.D

3.A

4.D

5.B

6.E

7.B

8.E

9. Demokratik nodemokratik.

10.Tashqi iqtisodiy aloqalar, mamlakat mudofasi, diplomatic aloqalar .

8-sinf Ozbekiston Davlati va Huquqi asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test javoblari.

II-variant
1A.

2.A

3.B

4.E

5.A

6.A

7.A

8.E

9.Komil fuqarolardan, ya’ni uzviy bog’liqlik bo’lgan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir .

10. Etatik, Huquqiy davlat

8-sinf O’zbekiston Davlati va Huquqi asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test savollari.
I-variant
1.O’zbekiston suverentiteti (mustaqilligi) ning asosiy hujjati bu …

A) O’zbekiston Respublikasining “Mustaqillik Deklaratsiyasi “ ;

B) “O’zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi to’g’risida”gi Qonuni ;

D) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ;

E) O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.

2.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni …

A) 24-mart ;

B) 20-iyun ;

D) 31-avgust ;

E) 8- dekabr .

3) O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakolatining taqsimlashi quydagicha amalgam oshiriladi :

A) Oliy Majlis deputatlari o’rtasida ;

B) Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar o’rtasida ;

D) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatlari o’rtasida ;

E) Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati o’rtasida .

4.O”zbekiston Respublikasi Prizidenti …

A) davlat boshlig’idir ;

B) davlat va ijro etuvchi hokimyat boshlig’idir ;

D) qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimyat boshlig’idir ;

E) qonun chiqaruvchi , ijro etuvchi va sud hokimiyati boshlig’idir .

5. Quydagilardan vakillik idoralarini ko’rsating .

A) Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati ;

B) vazirlik va davlat qo’mitalari , mahalliy hokimiyatlar ;

D) Oliy sud va umumiy sudlar ;

E) Vazirlar Mahkamasi , Prizident devoni .

6.Davlat organlarini tashkil qilishda fuqarolarning ishtirok etish darajasi, bu  …

A) davlatning boshqaruv shaklidir ;

B) davlatning siyosiy tartibotidir ;

D) demokratiya rivojlanishning darajasidir ;

E) davlat aparati rivojlanganlik darajasidir .

7.Bevosita demokratiya qanday amalgam oshiriladi ?

A) parlamentni saylash orqali ;

B) prizidentni saylash orqali ;

D) referendum orqali ;

E) miting va namoyishlar orqali.

8.Davlat organlari (idoralari) deganda nimalar tushuniladi ?

A) davlatning tashqi va ichki funksiyalarini amalgam oshiruvchi tuzilma ;

B) davlatning majbur qiluvchi aparati  sud, militsiya, armiya ;

D) davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi , ijro etuvchi va sud hokimyati tizimi ;

E) milliy xavfsizlik idoralari .

9.Senat raisi qanday nomlanadi ?

10. Oliy Majlisning quyi palatasi qanday nomlanadi ?

8-sinf O’zbekiston Davlati va Huquqi asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test savollari. II-yarim yillik



II-variant.
1.Faqat huquqqa taalluqli belgi qaysi ?

A) Shartnoma asosida fuqorolar tomonidan yaratiladi ;

B) marosim va an’analarni tartibga soladi ;

D) hamma uchun majburiy bo’ladi ;

E) odob – axloq qoidalari, milliy qadryatlarni mujasamlashtiradi .

2.Huquqiy normalar qanday normalar kiradi ?

A) ijtimoiy ;

B) texnikaviy ;

D) tabiiy ;

E) rasmiy .

3. Huquqiy normala bilan tartibga solinadigan munosabatlar …

A) huquqiy munosabatlardir ;

B) qonuniy munosabatlardir ;

D) axloqiy munosabatlardir ;

E) davlatlararo munosabatlardir.

4. Javoblar orasidan huquq sohalari to’g’ri keltirilgan qatorni toping :

A) ta’lim olish huquqi , yashash huquqi ;

B) jinoyat huquqi, ijtimoiy huquq ;

D) tabiatdan foydalanish huquqi, siyosiy huquq ;

E) mehnat huquqi, fuqorolik huquqi .

5.Axloq qanday tushuncha va qachon vujudga kelgan ?

A) Axloq  jamoa a’zolari tomonidan rioya qilinishi shart bo’lgan yurish turish turish qoidalari xisoblanib, milliy qadryatlarga ososlanadi ;

B) Axloq  jamoa a’zolarining yurish turish qoidalari bo’lib, davlat tomonidan o’rnatiladi ;

D) Axloq  odob qoidalari bo’lib, huquqiy davlat sharoitida keladi ;

E) Axloq  kishilarning majburiy xulq –atvor qoidalari hisoblanib, davlat apparati tarkibida paydo bo’lgan .

6. Axloq normalarining tushunchalarining aniqlang .

A) Yaxshilik, vijdon, qonun, norma ;

B) baxt, burch, davlat ,qonun ,jinoyat va jazo ;

D) yaxshilik, vijdon ,baxt , burch, adolat, sevgi ;

E) ) yaxshilik, adolat, qonun, jazo ;

7. Huquq bu - …

A) davlat tomonidan o’rnatiladi, qo’riqlanadi, barcha uchun majburiydir ;

B) davlatning yordamida o’z o’zidan shakllanadi ;

D) ijtimoiy munosabatlarning keng doirasi ( sevgi, do’stlik,mehr-muruvat ) ;

E) milliy qadryatlarga asoslangan, davlat tomonidan o’rnatilgan, barcha uchun majburiy xulq atvor qoidalari ;

8.Huquqning asosiy funksiyalari nimalardan iborat ?

A) Huquqiy jamiyatda huquqiy normalar yaratish huquqning asosiy funksiyasi ;

B) Huquqiy jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, u yoki bu subyektlarni faol xulqini ta’minlash ;

D) xuquq tarbiyaviy funksiyasini hamda muhofaza qilish funksiyasini bajaradi ;

E) B va D javoblar to’g’ri .

9. Sanksiya nima ?
10. Huquqiy norma nima ?


8-sinf Ozbekiston Davlati va Huquqi asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test javoblari.
I-variant.
1.D

2.E

3.D

4.A

5.B

6.D

7.E

8.D

9. Spiker

10. Qonunchilik palatasi deb nomlanadi

8-sinf O’zbekiston Davlati va Huquqi asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test javoblari



II-variant
1.E

2.A

3.D

4.E

5.A

6.D

7.A

8.D

9. Sanksiya – lotin tilidan olingan bo’lib majburiy chora degan ma’noni bildiradi

10. Davlat tomonidan belgilangan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq – atvor qoidasi.

9-sinf O’zbekiston Konstitutsiyaviy Huquq asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test savollari.

I-variant



1.Konstitutsiya - bu …

A) davlatning asosiy qonunlaridan biri ;

B) davlatning boshqa qonunlari ustidan oily kuchga ega bo’lgan oily qonundir ;

C) davlat tuzilishining huquqiy nidizidir ;

D) davlat qonunlari to’plamidir ;

E) to’g’ri javoblar a va c



2.Konstitutsiyaga muvofiq davlat tizimining nomi :

A) O’zbekiston demokratik respublikasi ;

B) Mustaqil demokratik respublikasi ;

C) O’zbekiston Respublikasi ;

D) O’zbekiston ;

E) to’g’ri javoblar c va d



3.”Konstitutsiya” so’zi grekchadan tarjima ailinganda quydagi ma’noni anglatadi ;

A) qonun

B) davlat qonuni

C) davlatning doimiy qonuni ;

D) nizom, qoidalar ;

E) to’g’ri javoblar b va c.



4.Hozirgi konstitutsiyaning bosh maqsadi nima ?

A) ko’pchilik hukumronligini mustahkamlab qo’yish ;

B) barcha ijtimoiy guruhlar irodasining ifodalovchisi bo’lish ;

C) umuminsoniy qadryatlarni mustahkamlab qo’yish ;

D) mamlakat tub aholisi irodasining ifodalovchisi bo’lish ;

E) to’g’ri javoblar b va c.



5.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan ?

A) 1992-yil 8- dekabr ;

B) 1992-yil 17- oktabr ;

C) 1993-yil 7- yanvar ;

D) 1991-yil 1- sentabr ;

E) 1991-yil 31- avgust .



6. O’zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tizimi qaysi prinsipga asoslanadi ?

A) Xalq deputatlari Kengashlarining yalpi hukumronligi ;

B) Hokimyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo’linishi ;

C) qonun chiqaruvchi hokimiyatning ustunlugu ;

D) to’g’ri javob a ;

E) hamma javoblar to’g’ri .



7.Hozirgi Konstitutsiya qancha bo’lim, bob va moddalardan iborat ?

A) muqaddima , 7 bo’lim,6 bob, 128 modda ;

B) muqaddima, 6 bo’lim ,26 bob, 128 modda ;

C) muqaddima, 5 bo’lim, 24 bob, 128 modda ;

D) muqaddima, 9 bo’lim, 126 modda ;

E) muqaddima, 9 bo’lim, 128 modda .



8. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosoy prinsiplari qanday ?

A) davlat suvereniteti ;

B) tashqi siyosat ;

C) xalq hokimyatchiligi ;

D) konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ;

E) hamma javoblar to’g’i .



9.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tamal g’oyasini ayting :
10. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining yagona manbayi ?
I-yarim yillik

II- variant.

1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining II bo’limi qaysi muammoga bag’ishlangan ?

A) insonning asosiy huquq va erkinliklari ;

B) inson va fuqaro huquq hamda erkinliklari kafolatlanriga ;

C) Fuqarolarning burchlariga

D) jamiyat va shaxslarning o’zaro munosabatlariga

E) to’g’ri javoblar, a , b, c,



2 Vijdon erkinligi  fuqarolarning quyidagi huquqidir:

A) istalgan dinga mansub bo’lish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik ;

B) istalgan mavfkuraga ishonish yoki hech qanday mavfkuraga ishonmaslik ;

C) ish va yashash joyini tanlash erkinligi ;

D) e’tiqod va xohish – istaklarga muvofiq ish tutish ;

E) hamma javoblar to’g’ri .



3.O’zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgandir,bu narsa quyidagini anglatadi

A) davlatning bu tashkilotlar faoliyatiga aralashmasligini ;

B) diniy tashkilotlar davlatning vazifasini bajarmaydilar ;

C) davlat ularga qandaydir vazifani yuklamaydi, ularning faoliyatiga aralashmaydi ;

D) davlatda diniy tashkilotlar taqiqlangan ;

E) hamma javoblar to’g’ri .



4.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha fuqorolar uchun mehnat qilish burchi belgilanganmi?

A) yo’q, belgilanmagan ;

B) ha, “ishlamagan-tishlamaydi “ prinsipi asosida ;

C) ha, barcha mehnatga layoqatli shaxslarga nisbattan belgilangan ;

D) to’g’ri javoblar a va b ;

E) to’g’ri javob yo’q .



5. Kim fuqarolarning konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlab qo’yilga huquq va erkinliklarni taminlaydi ?

A) Prezident ;

B) Oliy Majlis ;

C) huquqni muhofaza qiluvchi organlar ;

D) davlat ;

E) sud ;


6. Kim O’zbekiston fuqarolari huquq va erkinliklari kafili sifatida ish ko’radi ?

A) Prezident ;

B) Oliy Majlis ;

C) Oliy sud ;

D) hokimiyat ;

E) Vazirlar Mahkamasi .



7. Konstitutsiyaga muvofiq Respublikada fikrlash erkinligi cheklanganmi ?

A) yo’q ;

B) ha, hukumat organlarini tanqit qilish taqiqlangan ;

C) ha, agar bu davlat siridan iborat bo’lsa ;

D) to’g’ri javoblar a va c ;

E) hamma javoblar to’g’ri .



8. Jinoyat javobgarlik qaysi yoshdan boshlanadi ?

A) 18 yoshdan ;

B) 21 yoshdan ;

C) 16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 13 yoshdan ;

D) 13 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 12 yoshdan ;

E) 14 yoshdan .



9. Fuqarolik nima ?

10. Apatridlar - bu :


9-sinf Ozbekiston Konstitutsiyaviy Huquq asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test javoblari.

I-variant

1.B

2.E

3.D

4.E

5.A

6.B

7.B

8.E

9. Xalq-hokimiyatning yagona manbayidir .

10. Xalq

9-sinf Ozbekiston Konstitutsiyaviy Huquq asoslari fanidan I-yarim yillik uchun test javoblari.
II-variant.
1.E

2.A

3.C

4.C

5.D

6.A

7.C

8.C

9.Shaxsning davlat bilan barqaror huquqiy aloqalari .

10. Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar.

9-sinf Ozbekiston Konstitutsiyaviy Huquq asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test savollari.

I-variant

1.Vazirlar mahkamasi faoliyatiga kim rahbarlik qiladi ?

A) Prezident ;

B) Oliy Majlis ;

C) Bosh vazir ;

D) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat maxsus komisiyya ;

E) Prezident va Oliy Majlis ayni vaqtda.



2.O’zbekiston Respublikasi Prexidenti xalq deputati bo’la oladimi ?

A) yo’q, bo’la olmaydi ;

B) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti egallab turgan lavozimiga ko’ra Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatidir ;

C) bo’la oladi, agar xalq deputati etib saylansa ;

D) to’g’ri javoblar a va c ;

E) hamma javoblar to’g’ri .



3.Xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatiga kim rahbarlik qiladi ?

A) Oliy Majlis Kengashi ;

B) Vazirlar Mahkamasi ;

C) hokim ;

D) Oliy Majlis Raisi ;

E) Vazirlar Mahkamasi .



4.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimi qachon ta’sis etilgan ?

A) 1991-yilda ;

B) 1992-yilda ;

C) 1990-yilda ;

D) 19930yilda ;

E) 1989-yilda .



5.Shaharchalar, qishloqlar va mahallalarda fuqarolar yig’ini o’zini o’zi boshqarish organidir, degan ta’kid to’g’rimi ?

A) ha ;


B) qisman ;

C) yo’q ;

D) vaziyatga bog’liq holda ;

E) to’g’ri javoblar b va d .



6.Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasining diplomatic vakillarini tayinlaydi va lavozimidan bo’shatadi, degan ta’kid to’g’rimi ?

A) ha ;


B) yo’q ;

C) Prezident bilan birga ;

D) yo’q, bu Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining huquqidir ;

E) to’g’ri javoblar a va c.



7.Oliy Majlisda qaysi organlar va mansabdor shaxslarga qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi ?

A) O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga ;

B) Adliya vazirligiga ;

C) Bosh prokurorga ;

D) prizident va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga ;

E) to’g’ri javoblar c va d .



8. I.A Karimov qachon birinchi marta qachon Prezident etib saylangan ?

A) 1991-yil 31-avgust ;

B) 1991-yil 1-sentabr ;

C) 1991-yil 25-avgust ;

D) 1991-yil 29-dekabr ;

E) 1992- yil 31-dekabr



9. Davlatning vazifasi nima ?

10. Aybdorlik kim tomonidan belgilanadi ?

9-sinf O’zbekiston Konstitutsiyaviy Huquq asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test savollari.

II-variant
1.Prezident qancha muddatga saylanadi ?

A) 5 yilga ; B) 3 yilga ; C) 7 yilga ;

D) 10 yilga ;

E) 4 yilga .



2.Qaysi hokimiya organi O’zbekiston Respublikasi chegaralarini o’zgartirishga haqli ?

A) ma’muriy komissiya ;

B) Prezident ;

C) viloyat hududiy komissiyasi ;

D) Oliy Majlis ;

E) o’z hududi chegarasida hokim .



3. Ommaviy axborot ustidan senzuraga yo’l qo’yiladimi ?

A) ha ;


B) yo’q ;

C) qisman ;

D) ha, Prezident siyosatiga dog’ tushuruvchi materiallar e’lon qilingan hollarda ;

E) ha, hamma holarda .



4.Fuqarolar davlatni boshqarishda qay tarzda ishtirok eta oladilar ?

A) o’zini o’zi boshqarish orqali;

B) referendumda ishtirok etish orqali ;

C) mitinglar, namoyishlar orqali ;

D) o’z vakillarini davlat hokimmiyati organlariga saylash orqali ;

E) to’g’ri javoblar a ba d



5.Oliy Majlisning nechta palatasi bor ?

A) bitta ;

B) ikkita ;

C) uchta ;

D) to’rtta ;

E) beshta .



6. O’zbekiston Respublikasi fuqarosi necha yoshdan Prezident etib saylanishi mumkin ?

A) 25 yoshdan ;

B) 30 yoshdan ;

C) 35 yoshdan ;

D) yoshda cheklov yoq ;

E) 18 yoshdan .



7.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining vakolatlari qaysi hollarda to’xtashi mumkin ?

A) o’z vakolatlaridan voz kechganda ;

B) deputat vakolatlariga mos kelmaydigan lavozimni egallaganda ;

C) tijorat faoliyatini amalgam oshirganda ;

D) fuqarolini yo’qotganda ;

E) to’g’ri javob a, b va d .



8.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tarkibi qancha deputatdan iborat ?

A) 150 nafar ;

B) 170 nafar ;

C) 250 nafar ;

D) 270 nafar ;

E) 125 nafar .



9.O’zbekiston tarkibida nechta viloyat bor ?
10. Yangi viloyat tashkil qilishga kim haqli ?
9-sinf O’zbekiston Konstitutsiyaviy Huquq asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test javoblari.

I-variant
1.C

2.A

3.C

4.C

5.A

6.C

7.C

8.D

9. har bir insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash.

10. Faqat sud tomonidan belgilanadi.


9-sinf Ozbekiston Konstitutsiyaviy Huquq asoslari fanidan II-yarim yillik uchun test javoblari.
I-variant
1.C

2.D

3.B

4.E

5.B

6.C

7.D

8.A

9. 12 ta

10. Oliy Majlis.
Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling