Veb sayt – biror bir sohaga, faoliyatga, voqea va xodisaga bag‘ishlangan INTERNETdagi xizmat turlari: Internet ning axborot resurslari - bu Internetning barcha axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasidir. Ular jumlasiga: - elektron pochta; - WWW ma’lumotlar bazasi; - Usenet telekonferensiya sistemasi va boshqalar kiradi. Bog‘lanish sxemasi Internetning xizmat turiga mos protokol nomidan iborat. Adresning chap qismida mavjud resurslarga murojaat qilish protokolini ko‘rsatuvchi prefikslar yoziladi: 1) http://-WWW resurslari (Hyper Text Transfer Protocol-protokol peresыlki gipertekstov) 2) ftp://- fayllarni saqlovchi FTP serveriga murojaat. Saqlanayotgan fayllar ko‘pincha arxivlangan bo‘ladi. 3) gopher://-WWW dan avval yaratilgan sistema (rasmlar va multimediyasiz). 4) mailto: va news: - elektron pochta adreslari va yangiliklar (sleshsiz yoziladi). 80-yillarda AQSHda birinchi tarmoq egalariga nom berildi: Edu (education) – ta’lim muassasalari; Org (organization)- savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lmagan muassasalar: Gov (government) – xukumat muassasalari; Net (network) – telekommunikatsiya va axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi muassasalar; Int (international) – xalqaro muassasalar; Internet xalqaro maqomga erishgach, unga davlat nomlari qo‘shila boshlandi: -UK Buyuk Britaniya; -Ru Rossiya; -Uz O‘zbekiston -Ua Ukraina va h.k. Kerakli ma’lumotlarni ko‘rishning gipermurojaat deb ataluvchi usul bilan kompyuter tarmoqlarida joylashtirish WWW-World Wide Web-Jaxon axborot tarmog‘i (butun dunyo o‘rgimchak to‘ri-vsemirnaya pautina) deb ataladi. 1993- yildan boshlab WWW Internetning eng ommaviy resurslaridan biriga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |