+ qo‘shish( plyus) belgi berilgan so‘zni har bir sahifada albatta qatnashishini bildiradi. Masalan, «+monitor» so‘rovi berilganda, «monitor» so‘zi uchrovchi barcha sahifalar ro‘yxati hosil bo‘ladi. - ayiruv( minus) belgi berilgan so‘zni sahifalarda qatnashish kerak emasligini bildiradi. Masalan, «kompyuter - monitor» so‘rovi berilganda, bir vaqtda «kompyuter» so‘zi uchrovchi ammo «monitor» so‘zi uchramaydigan barcha sahifalar ro‘yxati hosil bo‘ladi. (qo‘shtironoqlar) sahifada qo‘shtirnoqdagi so‘zni uchrashishligini bildiradi. Masalan, «kompyuter monitor» so‘rovi berilganda, sahifalarda qo‘shtirnoqdagi jumla ishtirok etishni anglanadi. Agar jumla qo‘shtirnoqqa olib yozilmasa, u holda alohida yozilgan «kompyuter» va «monitor» so‘zlari ishtirok etuvchi sahifalar ham ro‘yxatga qo‘shiladi. AND (va) so‘zi ikki yoki undan ortiq kerakli so‘z ishtirok etuvchi sahifalarni topishda ishlatiladi. Masalan, «kompyuter» AND «monitor» so‘rovi orqali ham «kompyuter», ham «monitor» so‘zi uchrovchi sahifalar topiladi. OR (yoki) so‘zi ikki yoki undan ortiq kerakli so‘zlardan kamida bittasi ishtirok etuvchi sahifalarni topishda ishlatiladi. Masalan, «kompyuter» OR «monitor» so‘rovi orqali «kompyuter» yoki «monitor» so‘zi uchrovchi sahifalar topiladi.
33-rasm.
Site – Qidirilayotgan ma’lumot faqatgina ko‘rsatilgan saytdan qidiriladi. Masalan: ma’ruzalar matni site:www.ziyonet.uz Yulduzcha (*) orqali harflar, belgilar va sonlardan iborat ketma-ketlikni ko‘rsatishda ishlatiladi. Masalan, «mo*» so‘rovi orqali «monitor», «moda», «Morze» kabi so‘zlar ishtirok etgan sahifalar topiladi. Filetype - qidirilayotgan ma’lumot faqatgina ko‘rsatilgan biror tipdagi fayllardan qidiriladi. Masalan: Informatika filetype:pdf
33-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |