Internet кайдномалари


NAZARIY KISM. Macromedia Flash dasturi va uning imkoniyatlari


Download 87.5 Kb.
bet2/5
Sana04.04.2023
Hajmi87.5 Kb.
#1323306
1   2   3   4   5
Bog'liq
Flash

NAZARIY KISM.
Macromedia Flash dasturi va uning imkoniyatlari.



Flash texnologiyasiga kirish
Flash texnologiyasi yana boshqacha aytganda interaktiv vebanimatsiya texnologiyasi Macromedia kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va u o`zida axborotni mul’timediali tasvirlash va etkazishning ko`plab qulay va kuchli imkoniyatlarini mujassamlashtiradi.Flash dasturlarining asosiy asbobi sifatida vektorli grafikadan foydalanish mul’timediyaning harakat ovoz, interaktiv ob`ektlar kabi barcha elementlarning omborini o`zida mujassamlashtirishga olib keladi. Shu bilan birga hosil bo`ladigan dasturlar hajmi minimal va ish natijasi ekranning nuqtalari soni va imkoniyatlariga boғliq emas. Bu esa internet loyihalariga qo`yiladigan talablarga ziddir.
YAqinda dunyo yuzini ko`rgan Flash vebdizaynerlar orasida tezda juda mashhur bo`ldi. Flash saytlarga dinamika qo`shadi ,ko`proq ovoz va grafik ob`ektlar bilan ishlash imkoniyatlarini beradi.Flash- sahifalarini ko`rish uchun kerakli barcha dasturlar erkin tarqatiladi (fakemase).Sahifa yaratish uchun ishlatiladigan dasturlar shartli –bepul hisoblanadi(sharemore) va Macromedia usullaridan foydalanish uchun 30 kun ruxsat beradi.Flash ning asosiy ustunligi Shundaki,chiroyli animatsiyali, dinamik interaktiv sahifalarni yaratishda ularning hajmini eng minimal qiladi.Bu vektor grafigining hamda axborotni qisishni algoritmlarini ishlatishning ijobiy mahsulidir.
Ishchi zona xajmini sozlash.

Sichqonchaning o`ng tugmasini ishchi sohaga keltirib bosing va hosil bo`lgan menyudan Movie Properties bo`limini tanlang.Bu erda klipni o`ynatishda kadrlar chastotasini ko`rsatish lozim(Quiek Tome uchun standart sekundiga 12 kadr), ishchi sohaning piksellardagi o`lchamlarini ,fon rangi,gorizontal va vertikal chizғichlarning o`lchov birliklarini kiritish lozim. Barcha o`zgartirishlardan so`ng sozlangan nastroykani Save Default tugmasi yordamida saqlab qoling.


Ishchi muhitni sozlash.

Ishchi muhitni sozlash menyuning View va Window punktlarida


mujassamlashgan.
View menyusining punktlari quyidagilar:

  • View-fil’mdagi kadrlararo o`tish

  • Goto-fil’mdagi kadrlararo o`tish

  • Zoom in-ishchi soxani kattalashtirish

  • Zoom out-ishchi soxani kichiklashtirish

  • Magnificatio-kichiklashtirish va kattalashtirishni boshqarish.

  • Fast-barcha ob`ektlar bo`yalgan hamda siliklash o`chirilgan.

  • Antialias-chiziqlarni silliqlash rejimi.

  • Antilias text- ob`ektlarni Shu jumladan matnlarni ham silliqlash.

  • Timeline-xronometrik chizғichni o`chirish.

  • Work Area-tasvirni kadrdan tashqari joylashishi

  • Rulers-ishchi soxaning chetlarida chizғichlarni ifodalash.

  • Grid-ishchi soxada to`rni boshqarish

  • Guiders-boshlovchini boshqarish

  • Hide Edges-qirralarni yashirish

  • Hide Panels-asboblar panelini yashirish

Window menyusining punktlari quyidagilar:

  • New window-yangi ishchi soxali oyna ochish.

  • Toolbars-interfeys panelini sozlash

  • Tools-asboblar panelini ko`rsatish yoki

  • Panels- interfeys panellarini boshqarish

  • Panel sets-interfeys panellari kutubxonasiga

  • Save Panel Layout-yaratilgan panel iterfeysini saqlash

  • Close All Panels-barcha panellarni yashirish

  • Actions- Actions Script panellarini yuklash

  • Movie Explorer-fil’mni tashkil etish oynasi

  • Output- fil’mni qayta ishlash natijalari oynasi

  • Debugger- otladchik

  • Library- Flash fil’m ob`ektlari kutubxonasi

  • Common Libraries- ichki ob`ekt kutubxonasi

  • Generator Objekts-ob`ektlar generatori

  • Cascade-panellarning joylaShuvi

  • Tile- panellarni oynaga mos tekislash.

Oddiy Flash fil’mini yaratish.
Shunday qilib barcha sozlashlar bajarildi. endi birinchi Flash fil’mini yaratishni boshlasak ham bo`laveradi.Bu fil’mni qanchalik ko`rkam, chiroyli bo`lishi ko`p jihatdan sizning dizaynerlik qobiliyatingizga boғliq. Tajribali o`quvchi Macromedia Flash asboblarining panelini tez tuShunib oladi , Shuning uchun darhol oddiy Flash-rolik yaratishga o`tamiz. Rossiyalik ishlab chiqaruvchilar orasida “bosgin - qaragin - xulosa chiqargin” printsipi keng tarqalgan.Biz ham Shu oltin qoidaga bo`ysunamiz.
Demak kirishamiz.Sayt tashkil qilishning birinchi qadami kompozitsiyadir.Buning personal saytimiz uchun mul’timedia zastavka qilishimizni hisobga olgan holda ekran markaziga logotip, pastki chetlarining interaktiv element va ishchi soxa atrofida yordamchi muhitni yaratamiz.Logotip o`rnida oldindan tayyorlab qo`yilgan JPG formatidagi fotosurat va Gif formatidagi animatsiyadan foydalaniladi. HTML saxifamizning fon rangi qoraligini xisobga olgan xolda Flash –rolikning fon rangidan kelib chiqishini ta`minlash zarur. Buni grandlend asbobi yordamida bajarish mumkin.
Avval asbobni tanlab ishchi soxa markazida oval chizamiz. CHapdan va o`ngdan 20 piksel qoldirib (Fille color asbobi yordamida) ovalni qizil rangga bo`yaymiz. Aling asbobi yordamida hosil qilingan tasvirni markazlashtiramiz. So`ngra yaratilgan ovalni sichqoncha tugmasi bilan belgilab olamiz, FILL inspektorida FILL optsiyasini tanlaymiz, bo`yash tipi RADIOL GRADIENT ni tanlaymiz. Rangli gamma hamda gradientli o`tish to`yimliligini o`zgartirib ovalni gradientli bo`yaymiz.
Shunday qilib, biz zastavka uchun fon tayyorladik. endi bularning barchasini alohida faylga yozib qo`yish lozim. Shuni esda saqlash lozimki, bo`yalgan soha hamda oval konturi bu har xil ob`ektlardir. Shuning uchun darhol ularni guruhlaymiz (modify group). Bizning zastavkamiz saqlanayotgan paytda uning kengaytmasi SWF bo`ladi. Zastavka fonini yaratgandan so`ng ushbu fonni alohida qatlamda saqlaganingiz ma`qul. Shu operatsiya ustida ozgina atroflicha fikr yuritaylik. Qatlamlarning bir-biriga munosabati,harakati,rangining o`zgarishikuchli mul’timediali dasturlar yaratishga imkon beradi.Flash dasturining ustunliklaridan biri ham Shudir. Qatlamlar bilan ishlash uchun xronometrik chizғich asboblardan foydalaniladi.Biz yaratgan fon qatlamini FON deb nomlaymiz. Buning uchun qatlam nomiga 2 marta sichqoncha bilan chertamiz.
Qatlam bilan ishlashda quyidagilarni bajarish mumkin:

  1. noma`lum rejim – ko`z piktogrammasiga 2ta sichqonchani chertamiz.

  2. tahrirlashni yopib qo`yish-qulf piktogrammasiga 2 marta.

  3. konturli-kvadrat piktogrammasiga 2 marta chertish.

Tahrirlanayotgan qatlam qalam piktogrammasi bilan belgilanadi.
Fonli qalam tayyor.Endi rolik necha sekund davom etishini o`ylash zarur.Logotip uchun 5 sek davom etishi maqsadga muvofiq.Sekundiga 10 ta kadr kerakligini aniqlab olamiz.Shu 50 ta kadr davomida fon rasmi ko`rinib turishi lozim.Buning uchun FON fon qatlamidagi 50 kadrni belgilab unga sichqonchaning o`ng tugmasini bosamiz va Insert Blank Key Frame bo`limini tanlaymiz, Shunda 1 dan 50 kadrga qadar fon ism bilan to`ladi. Ushbu rasm faqat birinchi kadrda saqlanadi,qolganlari faqat ssilkalar bo`ladi. Bu Flash- fil’m hajmini keskin qisqartiradi. Fon qatlamini yaratish nihoyasiga etadi. Natijani ko`rmoqchi bo`lsak bosh menyudan Control-Test Movie buyruғini tanlaymiz.
Keyingi qatlamni yaratamiz. Ushbu qatlam tarkibida Logotipning o`zi bo`ladi. Bu erda o`z ijodiy mahoratimizni namoyish etishimizga to`ғri keladi. Men misol uchun aylana chizib ichiga romb joylashtirdim va uning ham markaziga o`zimning didimga mos foto rasm qo`ydim. Grafik ob`ektlarni qo`yish bir necha usullari mavjud.Ko`pchilik hollarda File-Import punkti ishlatiladi, Shundan so`ngra import uchun kerakli ob`ektni tanlash dialogli (muloqot) oynasi hosil bo`ladi. Logo qatlamida barcha ob`ektlarni hosil qilgandan so`ng, matn(tekst)kiritishimiz ham mumkin.Tekst optsiyalari Character panelida amalga oshiriladi. Matn optsiyalarini o`zgartirish MS Word panelidan unchalik farq qilmaydi.Matn yaratish asbobini tanlab logotipingiz nomini kiriting.Shuning bilan logotip uchun grafik tavsiyalar yaratish bosqichi nihoyasiga etadi.Endi ularni markazlashtirish,guruhlash qoldi xolos.Guruhlaganimizdan so`ng ozgina animatsiya qo`shamiz,masalan,logotipning minimal o`lchamdan o`z o`lchamiga o`zgartirishini qilib ko`raylik. Buning uchun qatlamni boshqarish panelidan logotipni keyingi freymlarga nusxalaymiz. Boshlanғich kadr bizga berilgach, ushbu kadrga sichqonchani o`ng tugmasini bosib Create Motion Tween bo`limini tanlaymiz so`ngra eng so`nggi kadrga o`tamiz, sichqoncha o`ng tugmasini bosib Create Key Frame bo`limini tanlaymiz. Birinchi kadrdagi ko`rinishni o`zgartiramiz. Animatsiya birinchi kadrdan so`nggi kadrgacha keltirishning o`zgarishini tasvirlaydi.
Aimatsiya tayyor. Agar siz animatsiyaning tsikl tarkibida takrorlanishini istasangiz,hech qanday o`zgartirish kiritmasangiz ham bo`laveradi.Lekin animatsiya bir martadan ortiq takrorlanmasligini istasangiz, u holda oxirgi kadrga Stop buyruғini kiritishimiz lozim . Buning uchun oxirgi kadrga 2marta sichqonchaning chap tugmasini bosing.Action Script vizual dasturlash tilining muhiti bo`lgan Frame Actions oynasi hosil bo`ladi. Oynaning chap qismiga Stop buyruғini kiriting. Ushbu buyruq avtomatik ravishda o`ng oynada hosil bo`ladi.Shundan so`ng Frame Actions oynasini yopsangiz ham bo`ladi.Actions Script tili ham oddiy emas , sal murakkabroq hisoblanadi.Xuddi dasturlash tillari singari .Endi yaratilgan Flash fil’mini Test Move dan o`tkazish qoldi xolos .
Quyida sizga fizika kursidan ma`lum bo`lgan ba`zi bir jarayonlarni Flash dasturi yordamida tayyorlashni keltirib o`tamiz.

Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling