Internet menga nima berdi-yu, nimalardan ayirdi?
Download 342.95 Kb. Pdf ko'rish
|
Sharapova Rayhon Insho
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agar kompyuter, telefon kabi vositalar bo`lmaganida, men ham dunyoga sog`lom odam kabi o`tkir ko`zlar orqali boqqan bo`lar edim, balki…
- “Illat
Internet menga nima berdi-yu, nimalardan ayirdi?
Bugungi kunda hayotni Internetsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Har kuni dunyoning turli burchaklarida sodir bo`layotgan yangiliklar va turli xil xabarlarni bizga beminnat yetkazib turgan va buning uchun bizdan faqatgina e’tibor talab qilayotgan Internet O`zbekistonga kirib kelganiga 22 yildan oshdi. Yangi ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda Internetdan foydalanuvchilar soni 3 milliardga yetgan. O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining ma’lumotiga ko`ra, hozirgi kunda mamlakatimizda Internet foydalanuvchilari soni 20 milliondan ortiqni tashkil qiladi. Ma’lumot uchun, Internet – katta va kichik kompyuter tarmoqlarini o`zaro
makondan qat’iy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar o`zaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Internet standart internet protokoli (IP) orqali ma’lumot almashinuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq to`plamidir. Endi esa, bevosita asosiy mavzu haqida to`xtaladigan bo`lsak, Internet menga nima berdi-yu, nimalardan mahrum qildi? Avvalo, har daqiqada dunyoda diqqatga sazovor voqealar sodir b o`layotgan hozirgi zamonda yangiliklardan birinchilardan bo`lib Internet orqali xabar topamiz. Birgina misol qilib bugungi kunda butun dunyoni zir titratgan koronavirus pandemiyasini keltirib o`tishimiz mumkin. Ushbu ko`rinmas dushman keltirayotgan xavf-xatar ko`rsatkichlari har soniyada o`zgarib bormoqda. Yangilanayotgan statistika-yu, ijtimoiy hayotimiz bilan bog`liq taqiq va ruxsatlardan yaqin do`stimizga aylanib ulgurgan ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari voqif etib turibdi. Yana qo`shimcha sifatida, talaba va o`quvchi yoshlarning onlayn ilm olishida “butun jahon o`rgimchak to`ri” najot bo`layotganini eslatib o`tish darkor. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalarga obuna bo`lgan
holda, istalgan chet tilini, pazandachilik sir-asrorlari-yu go`zallik bo`yicha tavsiyalarni xuddi men kabi o`rganayotgan yoshlar ham talaygina topiladi. Bizning huquqshunoslik fanida ham Internetning o`rni beqiyosdir. Arizachi o`z arizasini Internet tufayli uzoq masofadan ham bildirishi mumkin. Umuman olganda, to`g`ri foydalanilsa, Internet juda foydali deb o`ylaymiz. Bu esa bizga qulayliklar yaratadi. Internetning asosiy yutug`i shundaki, u axborot tashuvchisi hisoblanadi. Axborot esa hozirgi globallashuv davrida neft, gaz, oltin va shu kabi qimmatbaho tabiiy boyliklardan yuqoriroq baholanadi. Axborotga ega bo`lgan odam hamma narsaga ega bo`ladi. Biroq borgan sari Internet o`z zimmasiga yuklatilgan vazifani emas, aksincha, undan hech kim kutmagan narsalarni bajarmoqda. Shunday bo`lsa-da, shaxsan men yoshligim turli gadjetlar-u Internetsiz o`tganidan mamnunman. Bugun tasodifan qarshingizdan 5-6 yoshlardagi bolakay chiqib qolsa, uning jajji barmoqchalaridagi bahaybat smartfonni ko`rish biz uchun odatiy holga aylanib ulgurdi. Boshqa hech qachon ortga qaytib kelmaydigan inson umri bahorini qandaydir qurilmalarga tikilib o`tkazish – juda achinarli. Bu davrda ko`chalarda qiy-chuvlashib, bir-biri bilan quvlashib, talashib o`ynagandagi zavqni qandaydir bir qurilmalar qayerdan ham bersin?! Internetning salbiy
jihatlari haqida
gapiradigan bo`lsak, unda mentalitetimizga to`g`ri kelmaydigan axloqsiz kino va kliplar, qo`shiqlar, har xil vaqtni behudaga sariflaydigan ijtimoiy tarmoqlar mavjud. Bu narsalar esa ko`ngilni xira qiladi. Kompyuter, telefon va shunga o`xshash turli kommunikatsiya vositalari qarshisida uzoq o`tirish insonning jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’sir tug`diradi. Bunday holatlar oqibatida inson kam harakat qilib, natijada, bu omil turli xastaliklar sababchisi bo`lib qoladi. Ammo bu haqda ko`pchiligimiz unutib qo`yganmiz. Ushbu insonlar qatoriga o`zimni ham kiritishim mumkin. Ya’ni kichik paytimda boshlangan ko`rish qobiliyatimning tushishi, mana, necha yildirki, haligacha pasayishda davom etmoqda. Shuning uchun, bu davrlarni ming nadomatlar bilan esga olaman. Agar kompyuter, telefon kabi vositalar bo`lmaganida, men ham dunyoga sog`lom odam kabi o`tkir ko`zlar orqali boqqan bo`lar edim, balki… “Butun jahon o`rgimchak to`ri”ning yana bir salbiy jihati yoshlarda o`qish va bilim olishga yengiltaklik bilan munosabatda bo`lishning avj olishidir. Buning isboti sifatida shuni keltirib o`tishimiz mumkinki, Internetdan tayyor dars ishlanmalari, turli mavzularga javoblarni osongina topish hisobiga dars topshiriqlarini mustaqil bajarmaslik holatlari uchrab turibdi. Birgina “Google” do`stimizni yordamga chaqirsak bas! Ana senga tayyor uy vazifasi! Ortiqcha ovoragarchilik, bosh qotirishga ne hojat?.. Kompyuter va turli ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyatlarimiz tugamaydi va u kengayib borgani uchun Internetga haddan tashqari bog`lanib, real dunyodan uzilib qolmoqdamiz (shaxsan men ham). Yoshlarning soatlab “ekranni siypalash” bilan o`tkazishi o`zi qilishi kerak bo`lgan vazifalardan chalg`ishiga olib kelmoqda. Hozirda Internetdan dunyoning barcha soha vakillari unumli foydalanmoqda. Siyosatshunoslardan tortib,
o`qituvchilargacha, ishchilardan tortib, jurnalistlargacha. Jurnalistika sohasida dunyoning u chekkasida turgan muxbir istalgan ma’lumotni istalgan paytda dunyoning bu chekkasiga jo`natishi mumkin. O`qituvchilar esa o`z o`quvchilariga mavzuga oid qaynoq ma’lumotlarni yetkazishi mumkin. Dunyoning gigant kompaniyalari ishlarining bari Internet orqali yurgiziladi. Bunga misol qilib, “Alibaba” korporatsiyasini olishimiz mumkin. Internet hozirda eng tez rivojlanayotgan OAV lardan biri bo`lib, yaqin kelajakda televediniye, radio va gazetalarning ham o`rnini bosishi kutilmoqda. Internet umumiy va u hech kimga tegishli emas. Mana shu narsa uni boshqarib bo`lmasligini anglatadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hozirda Internet juda ko`p sohalarda odamlar ishlarini yengilashtirmoqda va bundan foydalanish odamlarga vaqtni tejashda va har xil qog`ozbozliklardan qutilishga yordam bermoqda. To`g`ri, Internetning salbiy jihatlarini ham inkor eta olmaymiz. U istalgan daqiqada o`z ta’sirini ko`rsatishi mumkin. Ammo “butun dunyo o`rgimchak to`ri” dan yaxshilik maqsadida foydalanilsa, undagi salbiylik o`z-o`zidan bartaraf etiladi. Zero, “Illat izlaganga illatdir dunyo, hikmat izlaganga hikmatdir dunyo”. Bizning fikrimizcha, internetdan foydalanish odamning o`ziga bog`liq. Undan kerakli maqsadlarda foydalanishimiz lozim, albatta. Shundagina insonning o`z qo`li bilan yaratgan narsalari unga qarshi qurol bo`lib emas, jamiyat rivoji, uning manfaatlari yo`lida xizmat qiladi. Download 342.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling