Internet saytlari boshqaruvining zamonaviy koʻrinishlari va uning oʻziga xosliklari
Download 17.99 Kb.
|
Internet saytlari boshqaruvining zamonaviy koʻrinishlari va uning oʻziga xosliklari.
Internet saytlari boshqaruvining zamonaviy koʻrinishlari va uning oʻziga xosliklari. Zamonaviy hayotni qidiruv tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn xizmatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Internet marketingi bu tovar va xizmatlarni onlayn targ'ib qilishdir. Odatda, uning yakuniy maqsadi mahsulotixizmatni sotish yoki kompaniyaning xabardorligini oshirishdir. Uning klassik marketingdan asosiy farqi bu veb-analitikadan obunachining butun sayohatini kuzatish uchun foydalanish qobiliyatidir: birinchi o'zaro ta'sirdan to mahsulot yoki xizmatni sotishgacha. Bundan tashqari, onlayn marketing har bir alohida faydalanuvchini maqsadli ravishda yo'naltirishga imkon beradi. Shuning uchun ham bugun bu formatdagi xizmatlarning istemolchilari ko'p. Shu nuqtai nazardan internet sayti tahririyatlarida iqtisodiy boshqaruv mablag'lari doiraviy aylanishiga erishish, saytning daromad va harajatlarini hisoblash, marketing xizmatini uyushtirish, foyda olishni ta'minlashni ko'zda tutadi. Ijodiy boshqaruv xodimlami vazifalarni taqsimlab, ijodiy jarayonni tashkil etish, moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantirish, ijodiy jamoani harakatga keltirishdan iborat bo'ladi. Tashkiliy-texnik boshqaruv esaishlab chiqarishni tashkil qilish, o'zaro aloqalarni o'matish, boshqarishning aniq uslubini tanlab, qaror qabul qilishda aniq tizimda ishlashni nazarda tutadi. Sayt boshqaruvidagi asosiy narsa sayt yuzidir. Ko'p odamlar, mahsulot sotib olishdan yoki xizmatga buyurtma berishdan oldin, tovar haqida to'liqroq taassurot qoldirish uchun saytlardagi sharhlar va fotosuratlarni qidirishadi. Har qanday saytning faol bo'lishi ishonchni oshiradi. Auditoriya uchun qiziqarli va foydali tarkibning shakllantirilishi esa doimiy kuzatuvchilar jamoasiga ega bo'lishda qo'l keladi. Albatta, bu format ommabop, ammo raqobat ham kuchli. Faqat chiroyli veb sayt yaratish, so'nggi yangiliklarni ulashish, shov-shuvli habarlarni muntazam yangilash, uni tovar bilan to'ldirishning o'zi yetarli emas. Shuning uchun internet saytlari kontent marketingiga alohida e'tibor qaratishi kerak. O'zbekistonda media maydonida ham bugun o'z o'rniga ega internet saytlari soni ko'paymoqda. Misol: “Daryo” internet-nashri boshqaruvini tahlil qilsak. «Daryo» internet-nashri 2013 yil yanvaridan beri faoliyat ko'rsatadi. Muassisning to'liq nomi "Simple networking solutions" mas'uliyati cheklangan jamiyat. Daryo.uz sayti oʻzida quyidagi kontentlami birlashtiradi: Mahalliy; Dunyo; Texnologiyalar; Madaniyat; Avto; Sport; Foto; Nashr faoliyati faqat o'zbek tilida, lotin hamda krill yozuvida olib boriladi. Saytdan foydalanganda eng yuqori qismidan oʻzingiz uchun qulay yozuv funksiyasini tanlaysiz. Sayt "muqovasi"da kunlik ob-havo maʼlumotlari va valyutalar kursi haqidagi maʼlumotlar ham o'rin olgan. Yana bir qulaylik sayt orqali siz Samsung va Iphone telemarkalarining dasturlarini yuklab olishingiz mumkin. Sayt dizayni ma'lumotlarni tashrif buyuruvchilar tomonidan qabul qilinishida katta rol o'ynaydi. Veb-sayt yaratishda, saytda mavjud foydali ma'lumotlarga qaramay, chalkash navigatsiya, xilma-xillik va noto'g'ri tanlangan ranglar foydalanuvchilarni chetlashtirishi mumkin. Biz tahlil qilayotgan sayt dizaynida esa ko'zni toliqtiradigan ranglar jilosi yo'q, aniq va tushunarli tipdaligi e'tiborni tortadi. Tahririyat jamoasining asosiy vazifasi auditoriyaning ma'lum bir maʼlumotga bo'lgan ehtiyojini qondirishdan iboratdir. Internet-nashriyoti o'z ijodiy faoliyatini nafaqat sayt platformasida, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham olib bormoqda: Telegram Jurnalist tayyorlagan materialning media makonda ommalashishida ham ba'zi jihatlarga e'tibor qaratish kerak. Har qanday mavzu haqida maqola tayyorlayotganda uni haqiqiy mutaxassis tilidan tayyorlash lozim. Shunda o'quvchi uning gapiga ishonadi. Tashkilotlar taqdim etgan ma'lumotlargi imkon darajasida chalg'ish kerak emas, balki uni tahlil qilish, o'rganish, asl vaziyatni yoritish uchun harakat qilish kerak. Har qanday mavzuda muallifning o'z fikri bo'lishi shart. Qahramon kim bo'lishidan qati nazar. vaziyatni jurnalist boshqarishi lozim. Buning uchun ayni mavzu bo'yicha bilimga ega bo'lishi, maqola tayyorlashdan avval izlanishi, manbalar bilan ishlashi kerak. Har bir mavzuga xolis baho bera oladigan o'z ekpertlari bo'lgan jurnalist favqulodda holatlarda ham o'qishimli, tahliliy maqola tayyorlay oladi. Jurnalist xolis bo'lishi kerak, xolislik raqamlar, faktlar va fikrlar xilma-xilligida ekanini unutmasligi lozim. Download 17.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling