Internet tarixi. Internet tushunchasi. Internet tarmog‘ining tuzilishi
Download 288 Kb.
|
Kunga ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O’ZBEKISTONDA INTERNETNING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI VA UNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI TAHLILI”
- FOYDALANILGAN A DABIYOTLAR RO’YXATI
INTERNET TARMOG‘INING TUZILISHI. Internet o‘z - o‘zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan: texnik; dasturiy; axborot. Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Internet tarmog‘ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar. Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi axborot makoni bo‘lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir. Internetga bog‘lanish. Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi. TELEFON LINIYASI ORQALI INTERNETGA ULANISH. Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugatgandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi. Telefon liniyasi orqali «CHaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘lanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi. Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish. Internet tarmog‘iga nafaqat kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. Internet tarmog‘iga simsiz ulanish kompyuter orqali yoki mobil telefonning o‘zida amalga oshiriladi. Agar kompyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak bo‘lsa, u holda kompyuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil telefon apparati zarur. Agar mobil telefonning o‘zida turib Internetga bog‘lanish yoki undan foydalanish kerak bo‘lsa, u holda Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi mobil operatorning mijozi bo‘lishingiz va unda GPRS xizmati yoqilgan bo‘lishi talab qilinadi. Mobil aloqa vositalari yordamida Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi internetdan simsiz foydalanish imkonini beradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlarni va ma’lumotlarni uzatish uchun GPRS transport xizmatidan foydalaniladi. Modem tushunchasi va uning vazifasi. Modem modulyator-demodulyator so‘zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishdan iborat. Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar bo‘ylab uzatishni ta’minlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon tarmog‘i orqali bog‘lanish mumkin. Bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil etadi. Modem ichki va tashqi turlarga bo‘linadi va har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.
Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari. Internet tarog‘inig vazifasi internet tarmog‘i abonetlariga veb-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini ko‘rsatish. Internet tarmog‘idan axborotlarni almashish, masofaviy ta’lim olish, konferensiyalar o‘tkazish, veb-saytlarni tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot o‘rnatish va shu kabi maqsadlarida foydalaniladi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI INTERNET TARMOG‘INING RIVOJLANISHI. O‘zbekiston Respublikasida internet rivoji bevosita mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘lanadi. U o‘zida zamonaviy davlat va aholi turmush tarziga xos barcha bosqichlarni aks ettiradi. O‘zbekistonda Internet rivojini quyidagi asosiy davrlarga bo‘lish mumkin: 1990-yillar boshi. UUCP ma’lumotlar uzatish tizimida elektron pochta orqali ma’lumot almashish imkoni paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilar analog modemlar yordamida Moskvaga yoki boshqa shaharlararo qo‘ng‘iroqni amalga oshira boshladilar. Ma’lumotlar uzatish tezligi 1200-2400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan. 1992-1995 yillarda UUCP mahalliy provayderi faoliyatini boshlagan. U tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar tezligi 9600-14400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan. Shundan so‘ng BCC (Biznes Aloqalar Markazi), CCC va PERDCA (Silk.org) provayderlari tashkil etilgan. SONET elektron tijorat tarmoqlariga ulanish boshlangan. FidoNet matnli ma’lumotlarni jo‘natish global tarmog‘i ishga tushdi. Relcom – ilk elektron pochta tarmog‘i ishga tushdi. Ma’lumot uzatish tezligi 9600 dan 14400 bodgacha bo‘lgan analog modemlar orqali Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati tug‘ildi. Mazkur xizmatlar Naytov, BCC hamda Silknet (PERDCA) provayderlari tomonidan ko‘rsatilgan. 1995 yil 29 aprelda «UZ»domeniga asos solindi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ma’lumotlarini banklararo uzatish tarmog‘iga asos solindi. 1996 yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning O‘zbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etildi. Keyinchalik bu UzNet nomi bilan tanilgan. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini boshladi. 1997-1999 yillar. Internetning misli ko‘rilmagan rivojlanish davri. Har bir provayder xalqaro Internet tarmog‘ida o‘zining mustaqil kanaliga ega bo‘ldi. Ba’zi birlarida Moskvaga qadar modemlari, boshqalarida asinxron sputnik kanallari mavjud bo‘lgan. O‘zbekistonning ilmiy-ta’lim tarmog‘i UzSciNet faoliyatini boshladi. Yangi internet provayderlari tashkil etildi. Internetdan bir soat foydalanish bahosi 600 so‘m (shu davrda Markaziy bank kursi bo‘yicha bu o‘rtacha 4 dollarga teng mablag‘) bo‘lgan. Muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha texnologiyalar analogdan raqamli shaklga o‘ta boshladi. Naytov hamda UzNet provayderlari faqatgina yuridik shaxslar uchun raqamli modemlar orqali Internet xizmatlarini ko‘rsata boshladi. Internetdan foydalanish tariflarini trafikka binoan belgilash amaliyoti boshlandi. Internet tarmog‘i orqali ovozli aloqa o‘rnatish tajribasi qo‘llandi. Sarkor Telecom provayderi Radio Ethernet simsiz tarmoq texnologiyasini joriy qildi. Trans-Osiyo-Yevropa (TAYe) optik aloqa ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanila boshlandi. 1999 yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №52-son qarori imzolandi. Qarorga muvofiq xalqaro ma’lumotlar uzatish, shuningdek Internet tarmog‘iga ulanish O‘zAAA dan xalqaro tarmoqqa chiqishga huquq beruvchi litsenziyani olib, O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib belgilandi. “Iskra” hukumat aloqa tarmog‘i va boshqa bir qator ma’lumotlar uzatish vositalari orqali xalqaro tarmoqqa chiqish to‘xtatildi. UzNet uskunalari, tarmog‘i va xodimlar UZPAK boshqaruviga o‘tkazildi. Barcha provayderlarga tarmoqlarini UZPAK tarmog‘iga birlashtirish tavsiya qilindi. Provayderlar faoliyatining quyidagi jadvali ommalashtirildi: barcha trafik shaxsiy yoki sotib olingan kanallar orqali o‘tkazilgan, UzPAK kanalidan (odatda bu 33600 bod (bit/s)li analog modem bo‘lgan) zahira sifatida foydalanilgan. O‘sha mahalda UzPAK xizmatlari narxi boshqa provayderlarnikidan yuqori bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, asinxron aloqa foydalanuvchilari soni o‘sib borgan. 1999-2000 yillar. BMTning O‘zbekistonda Internet tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihasi – UZB/99/016 (UzSciNet) ish boshladi. Bu gal O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshida akademik tarmoq yaratish bo‘yicha ish boshlandi. Internet bozorida qator o‘zining mustaqil (asosan sun’iy yo‘ldosh) kanallariga ega bo‘lgan provayderlar faoliyati kuzatildi. Ilk Cisco tarmoq akademiyasi ishga tushdi. 2001-2002 yillar. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 8,5 Mbit/s. dan 18 Mbit/s.gacha oshdi. Sarkor Telekom ilk marotaba TAYe orqali China Telecomga ulandi. DialUp xizmatlari uchun narxlarning keskin pasayishi kuzatildi. “Naytov Internet” biznesi Buzton kompaniyasiga o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni markazlashtirishdan chiqarish to‘g‘risida”gi 352-son qarori imzolandi. Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarorida qayd etilgan, O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib bekor qilindi. Provayderlar hali ham xalqaro aloqaga ulanishni «O‘zbektelekom» AK orqali amalga oshirishlari zarur edi. 2003-2005 yillarda. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 32 Mbit/s dan 143,1 Mbit/s gacha oshdi. DSL orqali Internet tarmog‘iga ulanish ham jismoniy, ham yuridik shaxslar o‘rtasida keng ommalashdi. Provayderlar hududlarda ham Internetga ulanish bo‘yicha xizmatlarni kengaytira boshlashdi. Internet tezligi 64 Kbit/sek.dan 1 Mbit/s.gacha oshdi. Oylik abonent to‘lovi orqali DialUp orqali ulanganlarga oylik cheksiz tariflar joriy qilindi. Provayderlar Callback xizmatini joriy qilishdi. O‘zbekiston mobil aloqa bozorida Rossiyaning Vmpelkom (Bilayn), MTS, Telia Sonera kompaniyalari faoliyatini boshladi. Telekommunikatsiya bozorida IP telefoniya (Platinum connect, 2Oxygen, Buzton) kompaniyalari paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali – www.gov.uz tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 6 oktyabrdagi 221-son qaroriga muvofiq, davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining faoliyat ko‘rsatishini va uni rivojlantirishni ta’minlash «O‘zbektelekom» AK zimmasiga yuklatildi. UZINFOCOM markazi esa O‘zbekistonning yuqori darajali domeni(ccTLD.uz)ga administratorlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. UZ milliy domenini ro‘yxatga oluvchi 6 ta registrator (Tomas, BCC, Sarkor Telecom, Global Study, TV-Inform i Arsenal-D) faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston AT Assotsiatsiyasi, ZiyoNet axborot ta’lim tarmog‘i, kompyuter xurujlariga tezkor choralar ko‘ruvchi «UZ-CERT» xizmati, Milliy axborot-qidiruv tizimi WWW.UZ ga asos solindi. 2006-2009 yillar. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 1125 Mbit/s.gacha oshdi. Birinchi elektron raqamli imzoni ro‘yxatga olish markazi ochildi. Kompaniyalar GPRS, 3G, Wi-MAX texnologiyalari asosida simsiz Internet xizmatlarini ko‘rsatishni boshladilar. Internet foydalanuvchilari soni 2 milliondan oshib, mobil aloqa foydalanuvchilari 10 millionga yetdi. Simus kompaniyasi «UZ» domenining milliy registratoriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Krizisga qarshi dasturga kiritilgan qo‘shimcha infratuzilma ob’ektlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1073-son qarori asosida 2009 yilgacha aloqa va telekommunikatsiya ob’ektlarini, xususan milliy va hududiy ma’lumotlar almashish tarmoqlarini rivojlantirishning qo‘shimcha choralari belgilab olindi. Mobil aloqa operatori «MTS – O‘zbekistan» mamlakat hududida 4G (4-avlod) mobil tarmog‘ini qurish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘ldi. 2010-2011 yillar. Foydalanuvchilar soni 7,378 mln.ga yoki aholi miqdoriga nisbatan 24 % ga tedi. Bundan mobil Internetdan foydalanuvchilar 4,119 mln.ni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ko‘pchilik Internetdan foydalanishda mobil aloqani ma’qul ko‘radi. 2010 yilda O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 3,2 millionga oshib, 2002 yil bilan solishtirganda o‘sish 23,8 %ni tashkil qiladi. O‘zbekistonning barcha hududlarida Internet foydalanuvchilari soni muntazam oshib bormoqda va mamlakat aholisining 24 %i xalqaro tarmoqdan foydalanadi. 2010 yil so‘ngida Internetdan foydalanuvchi davlat organlari soni 7643 taga yetdi. UZINFOCOM markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2010 yilda «.UZ» milliy domenidan ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar miqdori 11 mingtaga yetgan. 2010 yilda TAS-IX da trafik hajmi 615025,32 GBaytga yetib, 2009 yilga nisbatan 314,8% ga oshgan. “O’ZBEKISTONDA INTERNETNING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI VA UNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI TAHLILI”Jahon bozorining bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga innovatsiyalar joriy etilishi, shuningdek ulardan samarali foydalanilishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirishda, iqtisodiyotning turli sohalarida tovarlar va xizmatlarning yangi turlarini yaratish hamda mavjudlarini kengaytirishda yordam bermoqda. Telekommunitsiya xizmatlari Internet tushunchasi bilan borgan sari uzviy bog’lanib bormoqda va undan foydalanish mumkinligi odamlar orasida axborot va bilimlarni yanada ko’proq almashish jarayoniga ko’maklashayapti. Bu esa, bilimlarga asoslangan jamiyat shakllanishiga olib kelmoqda. Demak, telekommunikatsiya xizmatlari, xususan Internet tarmog’ining yanada rivojlanishi O’zbekiston jahon ijtimoiy-iqtisodiy hamjamiyatiga yanada muvaffaqiyatliroq kirib borishiga va aholining turmush darajasi yaxshilanishiga yordam beradi. O’zbekistonda mazkur soxani qanday rivojlanayotganligini aks ettirish maqsadida O’zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, BMT Taraqqiyot Dasturining “O’zbekistonni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda O’zbekiston Respublikasi G’ukumatiga ko’maklashish” (ICTP) loyihasi, shuningdek «UNICON.UZ» ilmiy-texnikaviy va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan “O’zbekistonda Internetning bugungi kundagi holati va uning rivojlanish istiqbollari tahlili” hisoboti tayyorlandi. O’zbekistonda Internet taraqqiy etishining joriy xolatiga, asosiy omillari va rivojlanish istiqbollariga doir sifat va miqdor ko’rsatkichlarini ekspertiza yo’li bilan baholashdan iboratdir. Axborot-tahliliy hisoboti O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining rasmiy statistika axborotini tahlil qilish, shuningdek tartibga soluvchi organlar rahbarlari bilan suhbatlar natijalari, professional bozor ishtirokchilarining Internet tarmog’idagi joriy ahvol va uning rivojlanish istiqbollari to’g’risidagi fikrlari asosida tayyorlandi. Internet tarmog’iga kirish xizmatlari bozori rivojlanishida ijobiy tendensiya mavjudligi bir qancha ko’rsatkichlarga ko’ra qayd etilgan. Bular, xususan: foydalanuvchilar miqdori ko’payganligi, yangi xizmatlar joriy etilayotgani, milliy axborot resurslari rivojlanayotgani, Internet tarmog’iga kirish narxlari pasayganligidir. Internet tarmog’iga keng polosali kirish yo’lidan foydalanuvchi abonentlar ulushi 2 baravardan ortiq ko’paygani va hozirgi kunda ular 69 mingdan ziyod abonentni tashkil etayotganligi ta’kidlangan. So’rovda ishtirok etgan aksariyat provayderlarning (73%) fikriga ko’ra, Internet resursi rivojlanishidagi ustuvor yo’nalish ilmiy va o’quv ma’lumotlarni ko’paytirishga qaratilishi lozim. H’isobotda shuningdek soxa mutaxassislarining mavjud kamchiliklar haqidagi fikrlari umumlashtirilgan hamda bu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar taklif qilingan. O’zbekiston Respublikasi davlat va xususiy korxonalaridan 40ga yaqin vakillari ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. “O’zbekistonda Internetning bugungi kundagi holati va uning rivojlanish istiqbollari tahlili” axborot-tahliliy hisobotining elektron versiyasi yaqin vaqt ichida www.ictp.uz saytidan joylashtiriladi. INTERNET HALQARO KOMPYUTER TARMOG'I... Internet axborot almashish standart qoidalar asosida amalgam oshiriladi . Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP –TRASMISSION CONTROL PROTOKOL / INTERNET PROTOKOL) dep ataladi. Kompyuterlarni axborotlarni telefon orqali yubora olishga imkon beruvchi modem deb ataluchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo’ldilar. 1992-1993-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli, tasvirli va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) dep nomlangan. Internet deganda ko’pchilik WWWni tushunadi. Aslida WWW Internetni bir qismi bo’lib, xalqaro o’rgimchak to’ri ma’nosini anglatadi. WWW multimedia (rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo’lgani uchun foydalanuvchilar e’tiborini juda tez qozondi. WWWning yaratilishiga 1989-yil SHvetsariyadagi Yevropa Yadrovi Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo’ldi. Bu loyihaning asosiy maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda WWW Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo’lib qoldi. WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Web-sahifalarda joylashadi. Web sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko’rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o’z navbatida, reklama, tijorat, ta’lim va boshqa ko’pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar berdi. Masalan juda ko’p kinostudiyalar o’z maxsulotlarini reklma qilish uchun Web sahifalar yaratishadi. Mazkur Web-sahifalard, asosan, yangi filmlar haqidagi ma’lumotlar bilan birga, shu filmlardan 1-2 daqiqali parchalaraks ettiriladi. WWW yaratilgunga qadar bunday faqat kinoteatrlar yoki televidenie orqaligina mumkin edi. Kinoteatr va televideniye orqali namoyishlar belgilangan vaqtga bog’liq bo’lsa, WWW dan hoxlagan kishi xohlagan vaqtda yangi kino haqda to’liq ma’lumotga ega bo’lishi mumkin. WWWni ommalashshining yana biromilli gipermatndir. Gipermatn Web-sahifaning biron qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog’liqligini ko’rsatuvshi ilova bo’lib, u rasm yoki so’ bo’lishi mumkin. Gipermatn yordamida Web-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa web sahifaga tez va oson o’tish mumkin. Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegshli va mazmuniga ko’ra o’zaro bog’langan bir nechta Web-sahifalar majmui Web-sayt deyiladi. Web saytni kitobga, Web-sahifani esa kitobni sahifasiga o’xshatish mumkin. Web-saytdagi Web-sahifalar o’zaro giprmatn yordamida bog’lanadi. Web-saytlari ham, Web-sahifalari ham Web-server deb ataluvchi internetga ulangan maxsus kompuyuterlarda saqlanadi va o’z adresiga ega bo’ladi. Bu adres URL deb ataladi. URL hamisha http:// yozuvidan boshlanadi. So’ngra web –sahifa joylashgan tarmoq (provayder) adresi (masalan,WWW.uzsci.net), keyin web-sahifa nomi (masalan, rtm) yoziladi. Shunday qilib, misolda keltirilgan web-sahifaning Internetdagi adresi http:// www.uzsci.net rtm ko’rinishidabo’ladi. Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular Web-brouzerlar (Brovser) deb ataladi. Brovser inglizcha so’z bo’lib, ko’rishni ta;minlash, ko’rsatish ma’nosini anglatadi. Birinchi Web-brouzer 1990-yil CERN (yevropaYadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan yaratildi. Hozirgi kungacha juda kop Web-brouzerlar yaratilgan. Mosaic Opera, Adwiper, Netgape Navicator, Netscape Communicator, Migrosoft Internet Ezplorer va power Brovser shular jumlasidandir. Shulardan eng ko’p foydalaniladigan Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturi asosida brouzerlarda vazifalari foydalaniladigan Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturi asosida brouzerlarda vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz. Web-brouzerlarning asosiy vazifalariquyidagilardan iborat: · Web-sahifalarni xotiraga yuklash va ko’rish. · Web-sahifani diskka yozib qo’yish(saqlash). · WWWdagi adresi bo’yicha Web-sahifani chaqirish. Internet tarmog’dagi web-sahifani ochish uchun Internet Explorerning adreslar satriga kerakli web-sahifa adresini yozib, Uskunalar panelidagi < Web-sahifalari bo’ylab harakatlanish, ya’ni oldingi yoki keyingi ochilgan web-sahifaga o’tish mumkin. Web-sahifaning hajmiga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi mumkin. Web-sahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekranda asta-sekin ko’rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi < Internet xalqaro tarmog’i bilan ozirgi paytlarda keng tarqalgan kiberfazo, virtual borliq kabi tushunchalar ham bevosita bog’langan. Mazkur tushunchalarning muhim xususiyati shundan iboratki, ularga biror fan tushunchalari yordamida aniq bir ta’rif berish mumkin emas. Ular badiiy obraz bo’lib, ilmiy tushuncha hisoblanmaydi.
Jahon bozorining bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga innovatsiyalar joriy etilishi, shuningdek ulardan samarali foydalanilishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirishda, iqtisodiyotning turli sohalarida tovarlar va xizmatlarning yangi turlarini yaratish hamda mavjudlarini kengaytirishda yordam bermoqda. Internet tarmog’iga kirish xizmatlari bozori rivojlanishida ijobiy tendensiya mavjudligi bir qancha ko’rsatkichlarga ko’ra qayd etilgan. Bular, xususan: foydalanuvchilar miqdori ko’payganligi, yangi xizmatlar joriy etilayotgani, milliy axborot resurslari rivojlanayotgani,Internet tarmog’iga kirish narxlari pasayganligidir. Hisobotda, jumladan, keyingi bir yil ichida Internet tarmog’iga keng polosali kirish yo’lidan foydalanuvchi abonentlar ulushi 2 baravardan ortiq ko’paygani va hozirgi kunda ular 69 mingdan ziyod abonentni tashkil etayotganligi ta’kidlangan. So’rovda ishtirok etgan aksariyat provayderlarning (73%) fikriga ko’ra, Internet resursi rivojlanishidagi ustuvor yo’nalish ilmiy va o’quv ma’lumotlarni ko’paytirishga qaratilishi lozim. H’isobotda shuningdek soxa mutaxassislarining mavjud kamchiliklar haqidagi fikrlari umumlashtirilgan hamda bu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar taklif qilingan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:Karimov I.A. O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat. “O‘zbekiston”, 1992 Karimov I.A. Islohotlarni amalga oshirishda qat’iyatli bo‘laylik. “O‘zbekiston”, 1996 «Iqtisodiy informatika» S.S.G‘ulomov va boshqalar S.S.G‘ulomovning umumiy taxriri ostida.-T.: «SHarq», 1999.- 546 b “Axborot tizimlari va texnologiyalari”: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik//Mualliflar jamoasi: S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullaev va boshk./; S.S.G‘ulomovning umumiy taxriri ostida.-T.: «SHarq», 2000.- 592 b. Simonovich S.V. i drugie. Obщaya Informatika. Uchebnoe posobie. – M.: Izdatelstvo «ASTPress», 2001 Simonovich S.V. i drugie. Spetsialnaya Informatika. Uchebnoe posobie. – M.: Izdatelstvo «ASTPress», 2001 Simonovich S.V. i drugie. Internet – laboratoriya mastera/ M, Izdatelstvo «ASTPress», 2000 V.A. Informatika. Uchebnik dlya VUZ-ov – M.: «Vыsshaya shkola», 1999 Ostreykovskiy Download 288 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling