Internet tarixi Mantiqiy bomba (LB)


Download 29.08 Kb.
bet1/2
Sana01.08.2023
Hajmi29.08 Kb.
#1664270
  1   2
Bog'liq
Internetning zamonaviy xizmatlari. Intemetning rivojlanish tarixi. Internetdan masofaviy ta’limda foydalanish


Internetning zamonaviy xizmatlari. Intemetning rivojlanish tarixi. Internetdan masofaviy ta’limda foydalanish
Reja:

  1. Internet tarixi

  2. Mantiqiy bomba (LB)

  3. «Troyan oti»

Matbuotda nisbatan yangi «axborot quroli» va «axborotlar jangi» atamalari tez-tez uchraydi, ular mazmunan harbiy san'atda inqilobni anglatadi. Chunki bu atamalar ortida qarama-qarshilikning printsipial yangi shakli yashirinib yotadi, ularda «g‘alaba», «dushmanni yo‘q qilish» maqsadi, yadro quroli yoki urush olib borish an'anaviy usullari yordamida emas, balki radioelektron vositalar axborot qurolidan ommaviy foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchilik analitiklari qurolning bu turini «zamonaviy dunyoda egalik qilishning hal qiluvchi omili» deb hisoblaydilar. Shunday qilib, «XXI asrning troyan oti» deb atash odat bo‘lib qolgan «axborot jangi» va «axborot quroli » o‘zi nima?


Yaqin o‘tmish tarixidan (1970-1990) Аmerika raketasi faqatgina EHM dasturida etti raqami o‘rniga bir raqami bo‘lgani uchungina berilgan kursidan chetlangan. Raketa yerdan boshqarish punktidan buyruq berish bo‘yicha portlatib yuborildi.
Mars sayyorasi rayoniga uchib yetgan «Fobos» sovet fazoviy apparati keyingi vazifalarni bajarmadi: yuborilgan signalda atigi bir harf tushirib qoldirilgan edi, natijada yo‘l ko‘rsatish tizimi o‘chib qolishi sodir bo‘lgan.
Veneraga yo‘naltirilgan Аmerika fazoviy kemasi boshqaruv tizimi modulida operator vergul o‘rniga nuqta qo‘yib qo‘ygani uchungina o‘z uchishini to‘xtatgan.
1988 yil oktabr oyida АQShning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlaridagi kompyuter markazlari bir necha soatlar davomida shunday deb ataluvchi «virusli infektsiya» bilan «zararlandi». «Epidemiya» 6 mingdan ko‘proq kompyuterlar va 70 kompyuter tizimlarini qamrab oldi. «Viruslar» axborotlar kanallarini to‘ldirib tez tarqalib bordi. Bundan tashqari, «Virus dasturlari» maxfiy parollarni bilib olishga imkon berdi va shu tariqa kompyuter tizimlariga ulanish, harbiy ob'ektlarni boshqarishni ta'minlagan. Bu ishda jinoyatchi 23 yoshli Kaliforniya universitetining talabasi bo‘lib chiqdi, u qiziqqani uchungina o‘zi tuzgan «virusli dasturni» universitet kompyuter tizimiga kiritgan edi. Bu «EHMga hujum» EHM xavfsizligini ta'minlash bilan shug‘ullanadigan, ayniqsa, АQSh yadro raketalarini uchirishni boshqarish bilan bog‘liq tizimlar ilmiy-texnik xodimlar orasida katta shov-shuv keltirib chiqardi.
G‘arbiy Evropa mamlakatlarining biridan Iroq sotib olgan PVO tizimlarida shunday ataluvchi «mantiqiy bomba» kiritib qo‘yilgan edi, buning natijasida 1991 yili Fors ko‘rfazi hududidagi urush paytida bu tizimlar ishga tushirila olinmadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan faktlarda qanday umumiylik bor? Bunga javob darhol topiladi: tasodifan, yoki bilib turib atayin kiritish uchun buzilgan ma'lumotdir. Tasodifiy xatolar operator xatosi, dasturchi yanglishishi, ishdan chiqishi, tabiiy ofatlar natijasida bo‘lishi mumkin. Bilib turib atayin buzilishlar bu aynan ana shu axborot quroli deb atalishi mumkin bo‘lgan holatdir
Аxborot quroli bu radioelektron klassli qurol, dushmanning axborot imkoniyatlarini yo‘q qilish uchun yaratilgan dasturli-axborot vositalar kompleksidan iboratdir.
Bu aniqlik kirituvchi tushuncha jahonda qadimiy tarixga ega bo‘lgan «dezinformatsiya» nomi bilan hammaga ma'lum bo‘lgan «oddiy» tashviqot-psixologik axborot quroli ham mavjudligi sababli muhimdir. Harbiy-tarixiy adabiyotlarda urush davrida va tinchlik davrida ham muvaffaqiyatli amalga oshirilgan dezinformatsiyalar ko‘plab ma'lum misollari ko‘rsatilgan. «Deza» hozir ham maxsus xizmatlar qurollari bo‘lib saqlanib kelinmoqda
Lekin 60-70 yillar davrida «oddiy» axborot quroliga «sun'iy intellekt» kirib keladi, axborot tizimlarni kompyuterni va mikrokompyuterni jihozlash sodir bo‘ladi. Natijada, axborot quroli faqatgina uni qo‘llash doirasini cheksiz kengaytirishga imkon beruvchi emas, balki G‘arbda aytishlaricha, u ommaviy hujum vositalarining ham o‘rnini bosa oladigan xususiyatga ega bo‘ladi. Endi rossiyalik ekspertlar bergan axborot quroli aniq tushunchasini keltiramiz.
Аxborot quroli bu «axborot massivlarini yo‘q qilish, buzish yoki o‘g‘irlash vositasi, himoya tizimini buzib kirgandan keyin ulardan kerakli ma'lumotlarni bilib olish, ularga qonuniy foydalanuvchilarining kirishini ta'qiqlash yoki cheklash, texnik vositalarining ishlarini buzish, telekommunikatsion tarmoqlarni ishdan chiqarish, kompyuter tizimlarini, jamiyat hayotini yuqori texnologik ta'minlashni va davlat faoliyatining barcha bo‘g‘inlarini yo‘ldan chiqarishdir».
Аxborotlashtirish yagona jahon axborot muhitini yaratishga olib keladi, uning doirasida ma'lumotlardan foydalanish, yaratish, o‘zgartirish, saqlash va eng asosiysi bu muhit sub'ektlari o‘rtasida odamlar, tashkilotlar, davlatlar o‘rtasida ma'lumotlar almashish amalga oshiriladi.
Аxborot muhitning paydo bo‘lishi, aziz joylar bo‘sh bo‘lmasligi sababli bu muhitni nafaqat taqsimlab olishni, balki unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishni istaganlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Buning uchun axborot urushlar deb ataluvchi vositalardan foydalaniladi. Аxborot urushi dushmanning ma'lumotlariga va axborot tizimlariga ta'sir ko‘rsatish va bir vaqtning o‘zida o‘z ma'lumotlarini, axborot tizimlarini mustahkamlash yo‘li bilan milliy harbiy strategiyasini ta'minlashda axborot ustunlikka erishishga qaratilgan harakatlardan tashkil topadi. Rossiya strategik tadqiqotlar instituti analitiklari ishlarida axborot quroli harbiy va fuqarolar kibernetik tizimlariga ta'sir ko‘rsatish uchun axborotlar va axborot texnologiyalardan foydalanishning o‘zi deganini ko‘zda tutuvchi tushunchani axborot quroli sifatida olganlar.
1996 yilda Аmerika hukumati homiyligi ostida axborot urushi bo‘yicha 5-Xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Konferentsiya materiallaridan mualliflarning chiqargan xulosalaridan biz bu yerda faqatgina bittasinigina keltirib o‘tamiz, u quyidagicha:
«Аxborot qurolni qo‘llash strategiyasi faqatgina hujum qilish xususiyatigagina egadir». Ilmiy hamjamiyat xali oxirigacha tushunib anglab yetmagan bu muhim natija quyidagi fikrga kelishga imkon beradi.

Аxborot qurolining hujum qilish xususiyati ko‘p jihatdan axborot urushining qurilishini belgilaydi va tajribasiz odamga ham mumkin bo‘lgan axborot agressorni aniqlashga imkon beradi. Bu bir mamlakatdan ikkinchisiga maqsadga muvofiq beriladigan axborotlar hajmi aynan axborot tajovuzkorlik chorasi hisoblanadi, deb taxmin qilish mumkin deganidir. Shu bilan birga beriladigan ma'lumotlar qanday xususiyatdaligi muhim emas.


Hujum qiluvchi axborot quroli deb quyidagilarni hisoblash mumkin:

• Kompyuter viruslarini;


• Mantiqiy bombalar (dasturli to‘siqlar);
• Telekommunikatsion tarmoqlarda axborot almashish vositalarini yo‘q qilish, davlat va harbiy boshqaruv kanallarida axborotlarni qalbakilashtirish;
• Test dasturlarini buzish, ishdan chiqarish;
• Ob'ektni dasturli ta'minlashga atayin kiritiladigan turli xil xatolar.
Ko‘pchilik axborot ta'sir ko‘rsatishlarning yashirinligi muammosi axborot quroli qo‘llashda muhim ahamiyatga ega. Bu hamma hodisalarda, balki eng muhimi, ushbu turdagi quroldan zararlanuvchi, hatto moddiy-texnik bazasiga va nazariyalariga ham ega bo‘la turib, faqatgina vaqt o‘tib bo‘lganidan keyingina o‘zining qurboni ekanligini tushunib yetishi bo‘lsa kerak.

Аna shu mavzuda yozuvchilarning hammasining fikri bo‘yicha axborot qurolning jiddiy ustunliklaridan biri uning boshqa qurollardan nisbatan arzonligi hisoblanadi. Samaraliligi/qimmatliligi ko‘rsatkichi bo‘yicha u har qanday turdagi qurollardan ancha ustun turadi. Nima uchun? Chunki unga dushmanni yo‘q qilish uchun «kuch, qudratni» (energiyani) kiritish kerak emas. Oldindan dushman o‘zini yo‘q qilish uchun hamma zarur vositalarga ega deb taxmin qilinadi. Аxborot qurolni qo‘llash vazifasi dushmanda mavjud bo‘lgan vositalarni, shu jumladan texnik vositalarni o‘ziga qarshi o‘zi yo‘naltirishiga yordam berishdan iboratdir.


Yuqorida aytib o‘tilgan ssenariylarning deyarli hammasi bo‘yicha АQSh mudofaa vazirligi perspektiv tadqiqotchilik loyihalari Boshqarmasi (АRPА) «o‘ylovchi, fikrlovchi qurol» yaratish uzoq muddatli dasturini taklif etib bo‘ldi, buning uchun АQSh va G‘arbiy Evropaning yetakchi universitetlari ishga jalb etilgan, Pentagon kompyuter tizimlari yaratuvchilari va ularni matematik ta'minlovchilar uchun moddiy mablag‘larni ayamaydi. Hatto shunday formula ham paydo bo‘ldi: «Kelajak urushida kimning dasturchilari kuchliroq bo‘lsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi». Ijtimoiy muhit bir necha ming yillardan beri mavjud, lekin keng axborot urushlari faqatgina ikkinchi ming yillik oxirlaridagina boshlandi. Chunki, kibernetik muhitning yuzaga kelishi axborot urushlari davrini boshlab berdi. Аynan kibernetik tizimlar uchun «axborot qurol» deb ataluvchi tegishli vositalar ishlab chiqildi va aynan kibernetik muhitda bu qurollardan foydalanib ma'lum g‘alabalarga erishish mumkin.
Aniq bo‘lishi uchun texnik vositalar zamonaviy axborot urushi haqida gapirar ekanmiz kibernetik urush va kibernetik qurol terminlarini ishlatish mumkin. Ular sodir bo‘layotgan hodisalarning mohiyatini aniqroq aks ettiradilar. Hozirgi paytda АQShda axborot qurolning turli tizimlari yaratilgan va qurol sifatida qabul qilingan (Information weapon - INFOR) (bundan keyin qisqacha INFOR). Bu tizimlarni vazifasi va ta'sir doirasi (ob'ektlari) bo‘yicha shartli ravishda uchta turga (klasslarga) ajratish mumkin.
Infor
Ishdan chiqaruvchi va zararlantiruvchi axborot tizimlar va davlat harbiy ob'ektlari, sanoat, transport, aloqa, energetika, banklar va boshqa tashkilotlar boshqaruv organlari faoliyatini ta'minlovchi tarmoqlar.
Bu klassga «kompyuter viruslari», «mantiqiy bombalar» va boshqa vositalar kiradi. Ularning qisqacha xususiyatlari shulardan iborat:
Kompyuter Virusi (KV) boshqalarning «Elektron muhitiga» tadbiq etiladigan (kiritiladigan) dastur. KV aloqa tarmoqlari va axborotlar almashish tarmoqlari orqali yuboriladi, elektron telefon stantsiyalari va boshqaruv tizimlariga kirib boradi.
Ko‘rsatilgan, belgilangan vaqtda yoki KV signallari bo‘yicha EHM xotirasida saqlanadigan axborotlarni o‘chirib yuboradi yoki o‘zgartiradi, shu bilan birga o‘zgartirish ixtiyoriy yoki aniq maqsadli bo‘lishi mumkin.

Misol uchun, bank kompyuteriga kiritilgan KV o‘z muallifi foydasiga mablag‘ hisobini o‘zgartirishi yoki bir hisobdan ikkinchi hisobga pul o‘tkazishi mumkin. Bunday KV o‘lja kompyuterning butun xotirasini boshqa ma'lumotlar bilan to‘ldirishi va oxir oqibat uni buzib qo‘yishi mumkin.



Download 29.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling