Bug’ mashinasi — birlamchi porshenli dvigatel; bunda siqilgan suv bug’ining potensial energiyasi mexanik ishga aylanadi. Uzluksiz ishlaydigan Bugʻ mashinasi loyihasini I. I. Polzunov ishlab chiqqan (1763). Universal dvigatel sifatida 1774—84 yillarda J. Uatt yaratgan. 19-asr oxirigacha sanoat vatransportda yagona dvigatel boʻlgan. Bugʻ mashinasini rivojlantirish ishi fabrika va zavodlar, elektr stansiyalari, parovoz, kema va lokomobillar uchun,qishloq xo’jaligi va mahalliy sanoat ehtiyojlari uchun statsionar Bugʻ mashinasi yaratishga olib keladi. Bug’ mashinasining tortish harakteristikasi yaxshi, ortiqcha bosim va reverslashga moslashuvchan, puxta va oddiy tuzilgan. Quvvati 15 MVt gacha, f. i. k. 20—25% ga yetadi. Kamchiligi iqtisodiy samaradorligi pastligi va quvvati cheklanganligidir - Bug’ mashinasi — birlamchi porshenli dvigatel; bunda siqilgan suv bug’ining potensial energiyasi mexanik ishga aylanadi. Uzluksiz ishlaydigan Bugʻ mashinasi loyihasini I. I. Polzunov ishlab chiqqan (1763). Universal dvigatel sifatida 1774—84 yillarda J. Uatt yaratgan. 19-asr oxirigacha sanoat vatransportda yagona dvigatel boʻlgan. Bugʻ mashinasini rivojlantirish ishi fabrika va zavodlar, elektr stansiyalari, parovoz, kema va lokomobillar uchun,qishloq xo’jaligi va mahalliy sanoat ehtiyojlari uchun statsionar Bugʻ mashinasi yaratishga olib keladi. Bug’ mashinasining tortish harakteristikasi yaxshi, ortiqcha bosim va reverslashga moslashuvchan, puxta va oddiy tuzilgan. Quvvati 15 MVt gacha, f. i. k. 20—25% ga yetadi. Kamchiligi iqtisodiy samaradorligi pastligi va quvvati cheklanganligidir
-
- XVIII-asrning ikkinchi yarmiga qadar odamlar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asosan suv dvigatellaridan foydalanishar edi. Lekin, suv g‘ildiragidan mexanik harakatni uzoq masofalarga uzatish imkoni bo‘lmaganligidan, barcha fabrikalarni daryo qirg‘oqlariga qurishga majbur bo‘linar edi. Bu har doim ham qulay bo‘lmagan. Bundan tashqari, suv dvigatelining samarali ishlashi uchun, to‘g‘onlar yoki sun'iy havzalar qurish, katta hajmdagi qo‘l mehnati va anchayin qimmatga tushadigan tayyorgarlik ishlari talab qilinar edi. Suv g‘ildiraklarida boshqa kamchiliklar ham yetarlicha bo‘lib, masalan ular kam quvvatli, sozlash murakkab va yil fasllariga bog‘liq holda ishlardi. Asta sekinlik bilan, ko‘p quvvatli, arzon, oson boshqariladigan va inson aralashuvisiz o‘zi ishlay oladigan dvigatelga bo'lgan ehtiyoj ortib bordi. Aynan shunday dvigatel sifatida esa, sanoat uyg‘onishi davri ibtidosida bug‘ dvigateli katta sahnaga chiqdi
Do'stlaringiz bilan baham: |