Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshka axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Jamiyatning hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmog'isiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Kompyuter tarmog'i - bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog'langan kompyuter va terminallar majmuidir.
Tarmoq axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo'lishi mumkin. Axborotni territorial joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin:
1. Global tarmoqlar.
2. Regional (mintaqaviy) tarmoqlar.
3. Lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli qit'alarda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror bir mintaqaga tegishli obonentlarni birlashtiradi. Misol: biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan obonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal tarmoq kichik bir hududda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog'langan bo'ladi. Misol: biror korxona yoki tashkilotga mahallliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |