Internet va activity-lar (faollik). Android-ilova komponetlari


Download 123.39 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi123.39 Kb.
#1509595
1   2   3
Bog'liq
Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti

Domain Name Server (DNS - domen nomlari serveri) deb ataluvchi komp'yuterlar domen nomlarini sonli manzillarga aylantirib beradi.

  1. elektron pochta manzili at deb ataluvchi va et deb o'qiluvchi @ belgi yordamida ikki qismga bo'linadi. Bu belgi kuchukcha deb ham ataladi. elektron manzilning birinchi qismi (@ dan chap tomonda joylashadi) manzil egasining nomidir. @ belgisining o'ng tomonidagi domen nomi joylashadi. Domen nomi nuqta bilan ajratilgan kamida ikki bo'lakdaniborat bo'ladi. Masalan, tayi.uz, unda tayi server nomi, uz internetning O'zbekistonga tegishli sohasining nomi. Serverning o'zi ham internet sohasi hisoblanadi. Domen nomi uzun bo'lishi ham mumkin. Masalan: downloads.office.microsoft.com. Bu nom internetning tijorat sohasi: somda joylashgan Microsoft kompaniyasi sohasining office dasturlariga bag' ishlangan bo'limining downloads serveriga tegishli. Internetda ikkita turli serverga bir xil domen nomi berib bo'lmaydi.

  2. Elektron xat o'z manziliga etib borishi uchun uning sonli manzili ma'lum bo'lishi kerak. Xatdagi domen nomidan foydalanib, domen nomlari serveri (DNS) unga mos IP manzilini topadi.

  3. Domen nomlari tizimi (Domain Name System) Internetni sohalarga ajratib chiqadi. eng katta sohalar bu internetning biron bir davlat xududiga tegishli qismlaridir. Har bir davlatning o'z domen nomi bor. Bu nom ikki harfdan iborat. Quyida ba'zi davlatlarning domen nomlari keltirilgan. *.uz; *.ru; *.kz. Bu nomlar birinchi darajali nomlar deb ataladi. Undan so'ng ikkinchi, uchinchi va xokazo darajali nomlar keladi.

  4. Bundan tashqari, faoliyat turiga qarab ajratilgan bir necha birinchi darajali domen nomlari bor. .com; .gov; .mil; .net; .edu. Bu domenlardagi komp'yuterlar ixtiyoriy davlatga tegishli bo'lishi mumkin

  1. DNS serverlari

  1. Internetdagi biror resursga ulanish kerak bo'lganda, bu resurs joylashgan manzil xaqiqiy IP manzilga aylantirilishi kerak bo'ladi. Bunda sizning komp 'yuteringiz avval sizga xizmat ko'rsatuvchi internet provayderining mahalliy domen nomlari serveriga murojaat qiladi. Agar bu resurs sizning komp 'yuteringiz joylashgan tarmoqda bo'lsa, resursning IP manzili shu serverdan topiladi va topilgan manzil sizning komp 'yuteringizga jo'natiladi.

  2. Sizning komp'yuteringiz xaqiqiy IP manzilni olgach, bu manzilga murojaat qiladi va kerakli ma'lumotlarni oladi.

  3. Agar so'ralgan resurs mahalliy tarmoqqa tegishli bo'lmasa, domen nomlarining mahalliy serveri bu manzilni topa olmaydi. Bu holda mahalliy server intarnetga murojaat qiladi va domen nomlari serverlarining eng asosiysi (o'zandagisi) InterNIC ga murojaat qiladi. InterNIC qidirilayotgan resurs nomi qaysi domen nomlari serverida saqlanishini aniqlab, bu server manzilini sizning serveringizga jo'natadi.

  4. Sizning serveringiz ko'rsatilgan server bilan bog'lanib, siz qidirayotgan resurs manzilini oladi va uni sizning komp'yuteringizga uzatadi.

  5. Siz internetga ulanganingizda, sizning komp 'yuteringizga IP manzil deb ataluvchi son beriladi. IP manzil ikki xil bo'ladi: statik va dinamik. Statik manzil doimiy bo'lib, har gall internetga ulanilganda sizning komp'yuteringizga shu manzil beriladi. Dinamik manzil o' zgaruvchan bo'lib, har gal internetga ulanganda, u o'zgarib turadi.

  6. Dinamik IP manzil olish uchun sizning komp 'yuteringiz tarmoqqa yoki ISP ga DHCP Discover (DHCP tadqiqotchisi) xabarini jo'natadi. DHCP - Dynamic Host Configuration Protocol, ya'ni Serverning dinamik konfiguratsiyasi protokoli degan ma'noni bildiradi. Bu xabarga sizning komp'yuteringiz haqida identifikatsion ma'lumotlar shujumladan komp'yuter nomi joylashgan bo'ladi.

  7. Bu xabar tarmoq orqali DHCP serveriga etib boradi. DHCP serveri bo'sh IP manzillar ro'yxatidan IP manzil oladi va boshqa komp'yuterlarga bermaslik uchun vaqtinchalik band qilib qo'yadi.

  8. DHCP serveri tarmoqqa DHCP taklifi deb ataluvchi xabarni jo'natadi. Unda sizning komp 'yuteringizga taklif qilinayotgan IP manzil, hamda DHCP serverining ham manzili bo'ladi.

  9. Sizning komp 'yuteringiz DHCP taklifini olgach, band qilingan IP manzilni qabul qilish xaqida serverga DHCP qidiruvini jo'natadi. Bu paytda sizning komp 'yuteringiz hali IP manzilga ega bo'lmaydi. U serverga o'zining roziligini bildiradi.

  10. Agar tarmoqda bir necha DHCP serveri bo'lsa, ularning har biri o'z takliflari bilan chiqadilar. Sizning komp'yuteringiz bu takliflarning faqat bittasini qabul qilib, qolganlarini rad qiladi.

  11. DHCP qidiruvi DHCP serveriga yetgach, server Sizning komp'yuteringizga DHCP paketini yuboradi va ushbu IP manzilining sizning komp'yuteringizga ijaraga beradi. SHundan keyin Sizning komp 'yuteringizning IP manzilga ega bo'ladi va internetga ulanishi mumkin.

  12. Sizga manzil bergan va boshqa DHCP serverlar berilgan IP manzilni bo'sh manzillar ro'yxatidan chiqarib tashlaydi va Sizning komp'yuteringizning IP manzilini ro'yxatga oladi. Sizning komp'yuteringiz Internetdan uzilganda, berilgan IP manzil bekor qilinadi va bu manzil yana bo'sh manzillar ro'yxatiga kiritib qo'yiladi.


  1. Download 123.39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling