Internet xizmat turlari web serverlar


Download 24.85 Kb.
bet5/5
Sana23.04.2023
Hajmi24.85 Kb.
#1384134
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAVZU1

WEB SERVERLAR
Web sahifa va web saytlarga xizmat ko`rsatish uchun mezbon kompyuterlar va serverlarda ishlatish uchun server dasturiy ta'minoti kerak bo`ladi. Web saytlar va bu saytlarni yaratish, boshqarish uchun mo`ljallangan dasturiy ta'minot mezbon kompyuterda joylashgan bo`ladi, mezbon kompyuterlar bog`lanish protokollarini boshqaradi. Mezbon kompyuterlar Unix, Windows yoki Macintosh kabi turli operatsion tizim ostida ishlaydilar. Bu operatsion tizimlarning hammasi tarkibiga TCP/IP protokolini qo`llab-quvvatlovchi dasturiy vositalar kiradi.
Server dasturiy ta'minoti serverlarda joylashgan bo`lib, klient kompyuteridagi web brauzer talablariga ko`ra so`ralgan web sahifalarga xizmat ko`rsatadi va boshqa amallarni bajaradi. Server dasturiy ta'minoti TCP/IP bog`lanishlar uchun javob bermaydi. Buni serverdagi operatsion tizim bajaradi. Lekin server dasturiy ta'minoti operatsion tizim yordamida HTTP bog`lanishlar va talablarini qo`lga kiritadi va ularni qayta ishlaydi.
Server dasturiy ta'minotining har xil turlari, masalan ma'lumotlar ombori serveri, FTP serveri, tarmoq serverlari mavjud. Xususan, web server HTTP serverining bir turi bo`lib, uning vazifasiga klient kompyuterlariga HTTP protokoli yordamida turli ma'lumotlarni jo`natish kiradi.
Odatda, klient kompyuteridagi web brauzer serverga HTML xujjatni jo`natish kabi talablarni qo`yadi. Server bunday talablarni olgach, unga javob beradi. Bu javobning boshida uzatish haqida ma'lumot, qolgan qismi HTML fayldan iborat bo`ladi.
Albatta, web serverlar sahifalarni web brauzerga uzatishdan boshqa ishlarni ham qiladi. U web sahifadagi CGI stsenariylarini mos CGI ilovalariga uzatadi. Bu stsenariylar tashqi mini-dasturlarni ishga tushiradi. Zarurat bo`lganda, bu dasturlar ishining natijalarini web server orqaga web brauzerga qaytaradi. Bulardan tashqari, web serverlar tarkibiga konfiguratsiya fayllari va utilitlar kiradi, ular web saytlarni turli usullarda himoya qilish va boshqarish imkonini beradilar.
Web server dasturiy ta'minoti
1) Klient kompyuteri dasturi (brauzer) serverga kerakli ma'lumot haqida talabnoma yuboradi. Bu talabnoma web server tomonidan qayta ishlanadi.
Yagona IP manziliga ega mezbon kompyuterda bir necha turdagi serverlar joylashgan bo`lishi mumkin. Shu sababli bitta kompyuterga joylashgan turli serverlar kompyuterning turli kirish portlaridan foydalanadilar. Kirish portallari 0 dan 65535 gacha raqamlab chiqilgan bo`ladi. Mezbon kompyuterlar IP manzilidan tashqari domen (soha) nomlariga ega. Bu nomlarga mos keladigan IP manzillarni aniqlash uchun DNS (Domain Name System – domen nomlari tizimi) dan foydalaniladi.
2) Brauzer yuborgan talabnomalar zarur hujjatlarning formatini belgilab beradi. Agar web brauzer HTML faylni so`rasa, bu fayl bevosita web brauzerga jo`natiladi.
3) Agar web brauzer boshqa formatdagi, masalan ma'lumotlar omboriga tegishli ma'lumotni so`rasa, bu talabnoma CGI orqali tegishli ilovaga uzatiladi. CGI stsenariyi orqali topilgan yoki qayta ishlangan ma'lumotlar serverga qaytariladi. Server esa ularni brauzerga uzatadi.
4) Odatda har bir server oldindan aniqlangan kirish portidan foydalaniladi. Bu portlarning nomerlari quyidagicha bo`lishi mumkin. (raqamlar 16 lik sanoq sistemasida keltirilgan):
HTTP server – # 80.
FTP server – #21.
Gopher server – #70.
Telnet server – # 23.
Usenet server – # 119.
WAIS server – # 210.
Web sahifa va ma'lumotlar ombori
Butun olam to`rining eng foydali imkoniyatlaridan biri to`rda ma'lumotlarni qidirishdir. Ma'lumotlarni qidirishda web serverlardagi ma'lumotlar omboridan foydalaniladi. Qidiruv saytlariga serverdagi ma'lumotlar omboriga kirish nuqtalari deb qarash mumkin. Bu saytlarda sodda yoki o`ta murakkab qidiruv kriteriylarini yaratib, qidiruvni boshlash mumkin.
Dunyodagi eng katta va eng ko`p foydalaniladigan qidiruv tizimi Yahoo web saytida joylashgan. Uning birinchi sahifasi qidiruv uchun mo`ljallangan darchadir. Siz o`zingiz izlayotgan ma'lumotga oid kalit so`zni kiritasiz va qidiruvni boshlaysiz. Bunga javoban, server o`z ma'lumotlar omboridan bu kalit so`z uchragan barcha saytlar ro`yxatini sizning kompyuteringizga yuboradi.
Tarmoq nafaqat ma'lumotlar omboridan ma'lumot qidiradi. U bunday ma'lumotlar omborlarini yaratadi va ularni ma'lumotlar bilan to`ldirib boradi. Web serverlarda ma'lumotlar ombori bilan ishlash CGI (Common Gateway Interface –umumiy shlyuz interfeysi) orqali amalga oshiriladi. Bu interfeys yordamida sodda yoki o`ta murakkab ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlarini ishlatish va ular bilan ma'lumot almashish mumkin.
1. Butun olam to`rida ma'lumotlar omboridan keng foydalaniladi. Masalan, ulardan kerakli web sahifani qidirib topishda foydalaniladi.
To`rda qidiruv maxsus saytlardan boshlanadi. Bu sayt sahifasida qidiruv qay tarzda va nimani qidirish kerakligiga qarab, kerakli maydonchalarga ma'lumotlar kiritiladi. Bundan tashqari, bu sahifada qidiruv CGI stsenariyini ishlatish uchun HTML kod ham bo`ladi.
Brauzer qidiruv haqidagi ma'lumotni serverga qidiruv satri orqali jo`natadi. qidiruv satrida bu qidiruv uchun mo`ljallangan CGI stsenariyi va u joylashgan papka ko`rsatiladi. Odatda barcha CGI stsenariylar serverning cgi-bin papkasiga joylanadi. qidiruv satrida nima qidirilishi ham ko`rsatiladi. Bu narsa stsenariydan “/” belgisi bilan ajratiladi. qidirilayotgan ob'ekt xossalari bir-biridan “&” belgisi (ampersend deb o`qiladi) bilan ajratiladi. Bo`sh joy o`rniga “+” ishorasidan foydalaniladi.
Masalan, qidiruv ma'lumotlari omboridan ismi-sharifi Aliev Vali bo`lgan va Pop tumanida yashovchi shaxsni qidir stsenariyi yordamida topish uchun quyidagi HTML kod yoziladi.
2. Qidiruv satri web serverga jo`natilgach, undagi ma'lumotlar CGI orqali ma'lumotlar omboriga jo`natiladi.

3. Ma'lumotlar omboridan qidiruv talablariga javob beruvchi yozuvlar ajratib olinadi.


4. Ajratib olingan ma'lumotlarni cgi yangi html sahifa ko`rinishida serverga kiritadi. Server bu sahifani brauzerga jo`natadi.
Web xizmatlari va uning yaqin qarindoshi .NET ko`pchilikka ma'lum bo`lmagan texnologiyalardir.
Ular Internetden shaxsiy yoki tijorat maqsadida foydalanish samaradorligini keskin oshirib yuboradi. Ular turli dasturlar va xizmatlardan masofadan turib foydalanish, turli ma'lumotlarni kompyuteringizning ishchi stoliga avtomatik etkazib berishga xizmat qiladi. Bu texnologiyalar o`ta moslashuvchan bo`lib, ulardan turli
maqsadlarda foydalanish mumkin.
Masalan, bu texnologiyalar asosida minut sayin o`zgarib turadigan obi-havo, bozordagi narx-navo yoki valyuta kursi haqidagi ma'lumotlarni doimiy ravishda olib turish mumkin. Bu texnologiya yordamida tijorat bo`yicha hamkorlarning kompyuter tizimlarini birlashtirish mumkin.
Bu ikki texnologiya oxirgi paytda ko`p muhokama qilinayotganligiga qaramay, uning imkoniyatlarini noto`g`ri tushunayotganlar kam emas. Ular juda murakkab tuyulsada, aslida moduli dasturiy komponentalar bo`lib, internetning maxsus aloqa protokollaridan foydalanadilar. Ular Internetda jimgina inqilob qilayotgan texnologiyalardir, chunki bu texnologiyalardan foydalanish shaxsiy kompyuterning operatsion tizimidan voz kechish imkonini beradi. Narxi bir necha yuz, xatto, yuz ming dollar turadigan dasturni sotib olish o`rniga undan internet orqali kompyuterning web brauzerida bepul foydalanish mumkin.
Web xizmatlari tushunchasiga ko`p narsalarni kiritishsa-da, aslida haqiqiy web xizmatlari faqat bir qator protokollar va texnologiyalardan foydalanadilar. web xizmatlarning negizi XML (Extensible Markup Language – kengayadigan hoshiyalash tili) dir. Bu til yordamida taklif qilinayotgan va qilinadigan xizmatlar tavsiflanadi.
SOAP (Simple Object Access Protocol – ob'ektlar bilan ishlashning sodda protokoli) web xizmatlar bilan bog`lanishning standartidir. Boshqa muhim texnologiyalar WSDL (Web Services Description Language –
Web xizmatlarini tavsiflash tili) and UDDI (Universal Description, Discovery and Integration – universal tavsiflash, yaratish va integratsiyalash)lardir.
1. Web xizmatlari va .NET dasturlar boshqa xizmatlardan brauzer yordamida Internet orqali masofadan turib foydalanish imkonini beradi. Dastlab .NET da yoki web xizmatlar sifatida ishlatiladigan xizmatlar, dasturlar yaratilishi kerak. Web xizmatlar odatda JAVA tilida yoziladi.
.NET da ishlaydigan dasturlar Visual Studio.NET platformasida yaratiladi. Unda dasturlar yaratish uchun turli tillar, masalan, Visual Basic.NET, Visual C#.NET kabi tillardan foydalanish mumkin. Bu xizmatlar va dasturlar yozilgach, ular ilovalar serveriga joylanadi va bu server talablarga ko`ra bu xizmatlarni etkazib beradi. Xizmatlar joylashgan sayt xizmatlar provayderi (etkazib beruvchisi) deyiladi.
2. WSDL (Web Services Descriptions Language –web xizmatlarni tasvirlash tili) xizmatlarni tavsiflash
uchun xizmat qiladi. Tavsiflash paytida bu xizmatning aniq joylashgan o`rni, uni qanday ishga tushirish, u
taklif qiladigan xizmat turi va shunga o`xshash ma'lumotlar aniqlashtiriladi. Xizmatlarni tavsiflovchisi XML tili konstruktsiyalarida yaratiladi.
3. Servis registrlarida taklif qilinayotgan xizmat turlari qayd qilinadi. Xizmat tavsiflovchilari ularni SOAP (Simple Object Access Protocol – ob'ektlarga etishishning soda protokoli) protokoli yordamida servis registrida qayd qiladilar. Servis registrlarida UDDI (Universal Description Discovery and Integration – tavsiflash, yaratish va joriy qilishning universal standarti) deb nomlanuvchi standartlar guruhi yordamida kompaniyalar o`zlari va taklif qilinayotgan xizmatlari xaqida axborotni e'lon qiladilar. Foydalanuvchilar esa kerakli xizmatlarni qidirib topadilar va ishlatadilar.
4. Xizmatga talabgor deb ataluvchi shaxslar va kompaniyalar kerakli xizmatni topish uchun Servis registriga SOAP protokoli orqali murojaat qiladilar.
5. Kerakli xizmat turining tavsiflovchisi topilgach, unda xizmat qaerda joylashganligi va undan qanday foydalanish mumkinligi aniqlashtiriladi.
6. Bu ma'lumotlar asosida xizmatga talabgor xizmatni o`z kompyuterida ishga tushiradi.
MATNNI HOSHIYALASH TILLARI
Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o’rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o’rganishdan boshlanadi: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server.
Web-sahifa – o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida (brauzer) ko’riluvchi xujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma'lumotlar birlashmasi - multimediyali xujjatlar, boshqa xujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.
Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.
Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni klientga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma'lumotlar bazalari va multimediyali ma'lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.
Download 24.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling