Internet xizmatini ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlari. Kirish


Download 48.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.10.2023
Hajmi48.83 Kb.
#1690732
  1   2   3
Bog'liq
Internet xizmatini ko\'rsatish. Fuqarolik huquqi oraliq



Internet xizmatini ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha taraflarning huquq 
va majburiyatlari.
KIRISH 
Hozirgi tez rivojlanayotgan zamonda hayotni mobil internetsiz tasavvur 
qilish qiyin. Kundalik kichik ehtiyojlarimizdan tortib global internet olamidagi 
o’zaro munosabatlarimizgacha biz bu qulaylikdan foydalanib kelmoqdamiz.
Internet xizmatlarining vujudga kelishida ham aynan shu - foydalanuvchilarga 
qulaylik yaratish, tez va sifatli xizmat ko’rsatish muhim omil bo’lib xizmat 
qilmoqda. Mamlakatimizda keng tarqalgan internet xizmatlaridan biri bu – 
Provayderlik xizmatidir. Insonlar hayotida internetga bo’lgan ehtiyojning o’sishi 
asosida provayderlik xizmatidan foydalanish salmog’I ham oshib bormoqda. 
Provayder so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, 
kompyuterlarni internet 
tarmogʻiga ulash va axborotlar almashinishni tashkil qilish bilan 
shugʻullanadigan vositachi tashkilot 
1
 degan ma’noni bildiradiProvayderlik 
xizmatini vositachilik xizmati deyishimiz ham mumkin, chunki provayderlik va 
vositachilik xizmatlarida mijoz va o’z xizmatini taklif etayotgan tashkilot 
o’rtasidagi munosabat aynan provayderlik va vositachilik xizmatlari orqali amalga 
oshiriladi. Ularning farqi xizmat predmetida bo’lib, bajaradigan ishdagi farq ularni 
ajratib turadigan jihat hisoblanadi. 
ASOSIY QISM 
Povayderlik xizmati shartnoma asosida olib borilib, huquqiy jihatdan teng 
bo’lgan fuqarolik subyektlari tomonidan tuziladi va taraflar huquq hamda 
majburiyatga ega bo’lishadi. O’zbekiston qonunchiligida ham bu sohada 
belgilangan qoidalar mavjud bo’lib, jumladan ; 
1
https://uz.wikipedia.org/wiki/Provayder 


 “ Operator (provayder) O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning 
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq abonentlarga o‘zi 
tomonidan ko‘rsatiladigan ma’lumotlar uzatish xizmatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida 
zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart “ . Bu normadan ko’rinadiki, 
provayder o’zining shartnoma tuzadigan tomon bilan bo’ladigan munosabatlarda 
qonun normalariga amal qilgan holda, abonent bilan munosabatda shartnomada 
belgilangan majburiyatlarni amalga oshirishi kerak. Bundan tashqari provayder 
tomonidan uning joylashgan manzali, elektron pochta manzili, litsenziya haqidagi 
ma’lumotlar, xizmat ko’rsatish tartibi va qoidalari, tarif rejasi, xizmatdan 
foydalanishdagi cheklovlar va boshqa zarur ma’lumotlarni berishi kerak. Mijoz 
tomonidan shartnomada belgilangan vaqtda to’lovni amalga oshirish, kamchiliklar 
va nosozliklar haqida darhol xababr berish majburiyatlari mavjud hamda 
tomonlar kelishadigan bo’lsa qonunda ta’qiqlanmagan boshqa holatlarni ham 
belgilay oladilar.
“Abonent operator (provayder) bilan shartnoma tuzganidan keyin, operator 
(provayder) ulanish usuliga bog‘liq holda, abonentga ulanish uchun zarur 
parametrlarni yetkazadi (IP-adres va boshqa adres rekvizitlari), ma’lumotlar 
uzatish tarmog‘ida ishlash va foydalanish tartibi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, 
foydalanuvchining zarur uskunasini (kompyuter, modem, faks) va zarur dasturiy 
ta’minotni tavsiya qiladi “
2
. Provayder miozga yengillik yaratish va ish sifatini 
nazorat qilish maqsadida mijozga qanday bog’lanish, kerakli uskunalar haqida, 
xizmatni amalga oshirish uchun kerak bo’lgan boshqa parametrlarni beradi.
Xorijiy davlar tajribasida, xususan, Fransiya qonunchiligida provayderlik 
xizmati haqida bir qancha normalar mavjud bo’lib, ularda ham biz kabi mazkur 
2
/lex.uz/docs/-4962057#-4964615 


soha iste’molchilar huquqlari bilan bog’liq Qonunlarda ( Code de la consommation 
) o’z aksini topgan .Masalan ;
- Har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs taklif qiladigan onlayn platforma 
operatori sifatida professional malakaga ega , pullik yoki to'lanmagan, onlayn 
ommaviy aloqa xizmati orqali : 
1° Tarkib, tovarlar yoki kompyuter algoritmlari yordamida tasniflash yoki havola 
qilish uchinchi shaxslar tomonidan taklif qilingan yoki onlayn joylashtirilgan 
xizmatlardan foydalanish huquqiga ega. Har qanday onlayn platforma operatori 
iste'molchini adolatli, aniq ma'lumot bilan ta'minlashi shart va shaffof bo’lishi 
lozim. 
2° U taklif qilayotgan vositachilik xizmatidan foydalanishning umumiy shartlari va 
shartlari ushbu xizmat ko'rsatiladigan kontent, tovarlar yoki xizmatlarga havola 
qilish, tasniflash va havolalarni bekor qilishni ta'minlaydi;
Fransiya qonunchiligi bu yerda ta’kidlayotgan jihat shuki, fuqarolar onlyn 
xizmatdan foydalanishda professional, malakali operator ( provayder) lardan 
foydalanishi huquqi mavjud va bu bizning qonunchiligimizda keltirilmagan bo’lsa 
ham, huquqning umumiy mazmunidan buni anglash qiyin emas. Shuningdek, 
fransuzlarda ham bizdagi qonunchilik kabi Iste’molchilarning huquqlari yuqori 
baholanib, ularni ishonchli va aniq ,shaffof ma’lumotlar bilan ta’minlash 
provayderlarning majburiyatidir. 
“Faoliyati tomonidan belgilangan ulanishlar soni chegarasidan oshib ketadigan 
onlayn platformalar operatorlari uning majburiyatlarini kuchaytirishga qaratilgan 
ilg‘or tajribalarni ishlab chiqish va iste’molchilarga tarqatish to’grisida xabar 
beroshlari kerak 


L. 111-7-moddada qayd etilgan aniqlik, oshkoralik va adolat tamoyillari vakolatli 
ma'muriy organ yuqorida keltirilgan moddaslarda nazarda tutilgan shartlarda 
tergov o'tkazishi mumkin “
3
. Mazkur normada ayon bo’ladiki, xizmat uchun
chegaralanish mavjud bo’lib, ammo uning miqdori ko’rsatilmagan. Agarda 
xizmatda chegaradan chiqib ketadigan bo’lsa, operatorlar tomonidan tegishli 
choralar ko’rilishi, masalan mazkur content funksiyalarini ko’paytirish, yangi 
axborot tashuvchini yaratish yoki boshqa abonentlar xavfsizligini ta’minlaydigan 
choralarni ko’rishlari kerak. Bizning qonunchilikda bu haqida ma’lmot mavjud 
emas va fikrimizcha bu bizning abonentlarimiz miqdori unchalik yuqori 
bo’lmasdan, operator belgilagan chegara doirasida ekanligi bo’lishi mumkin. 
Fransiyada bunday normaning kiritilishi ham jamiyatdagi foydalanuvchilarning 
oshishi natijasida tizimdagi chegaraning o’zgarishining qonuniy asosi bo’lib 
xizmat qiladi. Bizningcha hozirda bu normani qonunchiligimizga olib kirish 
ahamiyatli emas deb o’ylaymiz, biroq bu umuman kerak emas degan ma’noni 
bildirmaydi. Faqat bu uchun real faktlar zarur deb hisoblaymiz. 
Yana bir xorijiy davlat misolida provayderlar haqida muhokama qilamiz. Bu 
davlat Yaponiya. 
Yaponiya qonunchiligida ham yuqoridagi normalar mavjud bo’lib, biroq Yaponiya 
qonunlarida provayderning huquqlari yaxshi himoyalangan bo’lib, xususan; 
“ Provayderning javobgarligini cheklash to'g'risida” gi Qonunda ham uning 
mazmuni tushuntrilib ketilgan. Unga ko’ra ushbu qonun - ko'rsatilgan 

Download 48.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling