Internet xizmatini ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlari. Kirish
Download 48.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Internet xizmatini ko\'rsatish. Fuqarolik huquqi oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Provayderlik
- ASOSIY QISM
Internet xizmatini ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlari. KIRISH Hozirgi tez rivojlanayotgan zamonda hayotni mobil internetsiz tasavvur qilish qiyin. Kundalik kichik ehtiyojlarimizdan tortib global internet olamidagi o’zaro munosabatlarimizgacha biz bu qulaylikdan foydalanib kelmoqdamiz. Internet xizmatlarining vujudga kelishida ham aynan shu - foydalanuvchilarga qulaylik yaratish, tez va sifatli xizmat ko’rsatish muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda keng tarqalgan internet xizmatlaridan biri bu – Provayderlik xizmatidir. Insonlar hayotida internetga bo’lgan ehtiyojning o’sishi asosida provayderlik xizmatidan foydalanish salmog’I ham oshib bormoqda. Provayder so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, kompyuterlarni internet tarmogʻiga ulash va axborotlar almashinishni tashkil qilish bilan shugʻullanadigan vositachi tashkilot 1 degan ma’noni bildiradi. Provayderlik xizmatini vositachilik xizmati deyishimiz ham mumkin, chunki provayderlik va vositachilik xizmatlarida mijoz va o’z xizmatini taklif etayotgan tashkilot o’rtasidagi munosabat aynan provayderlik va vositachilik xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Ularning farqi xizmat predmetida bo’lib, bajaradigan ishdagi farq ularni ajratib turadigan jihat hisoblanadi. ASOSIY QISM Povayderlik xizmati shartnoma asosida olib borilib, huquqiy jihatdan teng bo’lgan fuqarolik subyektlari tomonidan tuziladi va taraflar huquq hamda majburiyatga ega bo’lishadi. O’zbekiston qonunchiligida ham bu sohada belgilangan qoidalar mavjud bo’lib, jumladan ; 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Provayder “ Operator (provayder) O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq abonentlarga o‘zi tomonidan ko‘rsatiladigan ma’lumotlar uzatish xizmatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart “ . Bu normadan ko’rinadiki, provayder o’zining shartnoma tuzadigan tomon bilan bo’ladigan munosabatlarda qonun normalariga amal qilgan holda, abonent bilan munosabatda shartnomada belgilangan majburiyatlarni amalga oshirishi kerak. Bundan tashqari provayder tomonidan uning joylashgan manzali, elektron pochta manzili, litsenziya haqidagi ma’lumotlar, xizmat ko’rsatish tartibi va qoidalari, tarif rejasi, xizmatdan foydalanishdagi cheklovlar va boshqa zarur ma’lumotlarni berishi kerak. Mijoz tomonidan shartnomada belgilangan vaqtda to’lovni amalga oshirish, kamchiliklar va nosozliklar haqida darhol xababr berish majburiyatlari mavjud hamda tomonlar kelishadigan bo’lsa qonunda ta’qiqlanmagan boshqa holatlarni ham belgilay oladilar. “Abonent operator (provayder) bilan shartnoma tuzganidan keyin, operator (provayder) ulanish usuliga bog‘liq holda, abonentga ulanish uchun zarur parametrlarni yetkazadi (IP-adres va boshqa adres rekvizitlari), ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida ishlash va foydalanish tartibi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, foydalanuvchining zarur uskunasini (kompyuter, modem, faks) va zarur dasturiy ta’minotni tavsiya qiladi “ 2 . Provayder miozga yengillik yaratish va ish sifatini nazorat qilish maqsadida mijozga qanday bog’lanish, kerakli uskunalar haqida, xizmatni amalga oshirish uchun kerak bo’lgan boshqa parametrlarni beradi. Xorijiy davlar tajribasida, xususan, Fransiya qonunchiligida provayderlik xizmati haqida bir qancha normalar mavjud bo’lib, ularda ham biz kabi mazkur 2 /lex.uz/docs/-4962057#-4964615 soha iste’molchilar huquqlari bilan bog’liq Qonunlarda ( Code de la consommation ) o’z aksini topgan .Masalan ; - Har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs taklif qiladigan onlayn platforma operatori sifatida professional malakaga ega , pullik yoki to'lanmagan, onlayn ommaviy aloqa xizmati orqali : 1° Tarkib, tovarlar yoki kompyuter algoritmlari yordamida tasniflash yoki havola qilish uchinchi shaxslar tomonidan taklif qilingan yoki onlayn joylashtirilgan xizmatlardan foydalanish huquqiga ega. Har qanday onlayn platforma operatori iste'molchini adolatli, aniq ma'lumot bilan ta'minlashi shart va shaffof bo’lishi lozim. 2° U taklif qilayotgan vositachilik xizmatidan foydalanishning umumiy shartlari va shartlari ushbu xizmat ko'rsatiladigan kontent, tovarlar yoki xizmatlarga havola qilish, tasniflash va havolalarni bekor qilishni ta'minlaydi; Fransiya qonunchiligi bu yerda ta’kidlayotgan jihat shuki, fuqarolar onlyn xizmatdan foydalanishda professional, malakali operator ( provayder) lardan foydalanishi huquqi mavjud va bu bizning qonunchiligimizda keltirilmagan bo’lsa ham, huquqning umumiy mazmunidan buni anglash qiyin emas. Shuningdek, fransuzlarda ham bizdagi qonunchilik kabi Iste’molchilarning huquqlari yuqori baholanib, ularni ishonchli va aniq ,shaffof ma’lumotlar bilan ta’minlash provayderlarning majburiyatidir. “Faoliyati tomonidan belgilangan ulanishlar soni chegarasidan oshib ketadigan onlayn platformalar operatorlari uning majburiyatlarini kuchaytirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni ishlab chiqish va iste’molchilarga tarqatish to’grisida xabar beroshlari kerak L. 111-7-moddada qayd etilgan aniqlik, oshkoralik va adolat tamoyillari vakolatli ma'muriy organ yuqorida keltirilgan moddaslarda nazarda tutilgan shartlarda tergov o'tkazishi mumkin “ 3 . Mazkur normada ayon bo’ladiki, xizmat uchun chegaralanish mavjud bo’lib, ammo uning miqdori ko’rsatilmagan. Agarda xizmatda chegaradan chiqib ketadigan bo’lsa, operatorlar tomonidan tegishli choralar ko’rilishi, masalan mazkur content funksiyalarini ko’paytirish, yangi axborot tashuvchini yaratish yoki boshqa abonentlar xavfsizligini ta’minlaydigan choralarni ko’rishlari kerak. Bizning qonunchilikda bu haqida ma’lmot mavjud emas va fikrimizcha bu bizning abonentlarimiz miqdori unchalik yuqori bo’lmasdan, operator belgilagan chegara doirasida ekanligi bo’lishi mumkin. Fransiyada bunday normaning kiritilishi ham jamiyatdagi foydalanuvchilarning oshishi natijasida tizimdagi chegaraning o’zgarishining qonuniy asosi bo’lib xizmat qiladi. Bizningcha hozirda bu normani qonunchiligimizga olib kirish ahamiyatli emas deb o’ylaymiz, biroq bu umuman kerak emas degan ma’noni bildirmaydi. Faqat bu uchun real faktlar zarur deb hisoblaymiz. Yana bir xorijiy davlat misolida provayderlar haqida muhokama qilamiz. Bu davlat Yaponiya. Yaponiya qonunchiligida ham yuqoridagi normalar mavjud bo’lib, biroq Yaponiya qonunlarida provayderning huquqlari yaxshi himoyalangan bo’lib, xususan; “ Provayderning javobgarligini cheklash to'g'risida” gi Qonunda ham uning mazmuni tushuntrilib ketilgan. Unga ko’ra ushbu qonun - ko'rsatilgan Download 48.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling