Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar


Download 1.43 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#245361
Bog'liq
INTERNETDA ISHLASHNI TA


INTERNETDA ISHLASHNI TA’MINLOVCHI DASTURLAR

Internet haqida hamma eshitgan va hamma unda ishlashni xohlaydi. Ma’lumki, Internet axborotni uzoq masofalarga daqiqalar ichida uzatish imkonini beradi. Shuning uchun bu darsda Internetning kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi haqida ma’lumot beriladi.

Web-brauzerlar

Web-brauzerlar Siz avvalgi sinflarda bir nechta amaliy dasturlar bilan tanishdingiz. Masalan,



Word – matn,

Paint – grafik ko‘rinishdagi axborotlar bilan ishlashga,

Kalkulyator esa hisob­kitob ishlarini bajarishga mo‘ljallangan dasturlar edi.

Xuddi shunday, Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so‘z bo‘lib, ko‘rishni ta’minlash, ko‘rsatish ma’nosini anglatadi. Birinchi Web­brauzer 1990­yilda CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, nomi World Wide Web bo‘lgan.



Hozirgi kungacha juda ko‘p Web­brauzerlar ishlab chiqarilgan. Opera, Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir. Shulardan eng mashhurlari quyidagilar:

Microsoft firmasining Internet Explorer dasturining Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritilganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.



Web­brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• Web­sahifalarni xotiraga yuklash va ko‘rsatish;

• Web­sahifani diskka yozib qo‘yish (saqlash);

• WWWdagi manzili bo‘yicha Web­sahifani chaqirish.



Internet Explorer dasturi interfeysi.

Internet Explorer dasturi Пуск menyusi tarkibidagi Windows ish stoli yoki Masalalar paneliga joylashtirilgan yorlig‘i orqali ishga tushiriladi.



Internet Explorer dasturida ishni tugallash uchun Х piktogrammasini yoki fayl menyusining «Закрыть» – ya’ni yopish buyrug‘ini tanlash yoki «Alt + F4» klavishlarini birga bosish yetarli. Internet Explorer kompyuterga yuklanganda quyidagi ko‘rinishdagi oyna ochiladi:



Internet Explorer dasturining menyular satri.

Microsoft Internet Explorer dasturida 6 ta menyular mavjud bo’lib ular ham ma’lum bir vazifalarni bajaradi. Ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

  • Fayl menyusi (Файл) orqali, asosan, Web­sahifani ochish (kompyuter xotirasiga yuklash), uni o‘z nomi yoki boshqa nom bilan saqlab qo‘yish, Web­sahifani qog‘ozga chop etish, dasturdan chiqish ishlari amalga oshiriladi.

  • Tahrir menyusi (Правка) yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish, izlash kabi amallarni bajarish mumkin.

  • Ko‘rinish menyusi (Вид) tarkibiga, asosan, dasturning ekrandagi ko‘rinishiga ta’sir etuvchi (uskunalar paneli, manzillar satri, holat satrini ekrandan olib qo‘yish yoki joyiga qaytarib qo‘yish, shrift o‘lchami va kodlash usulini o‘zgartirish) amallar kiradi.

  • (Избранное)

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling