Internetga oid o’zlashma terminlar tadqiqi


Download 15.84 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi15.84 Kb.
#1448691
Bog'liq
taqriz xulosa


70230101-Lingvistika (Ingliz tili) mutaxassisligi II-bosqich magistri Azamova Gulsanam Afzal qizining “ Internetga oid o’zlashma terminlar tadqiqi “ mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar


XULOSASI
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi internetga oid o’zlashma terminlarni tadqiq qilishga bag’ishlangan bo’lib, mazkur tadqiqot bugungi dunyo tilshunosligi oldiga qo’ygan dolzarb vazifalardan biri ekanligini davr talab etmoqda.
Dissertatsiyaning kirish qismi mavzuning dolzarbligi va zarurati, muammoning o’rganilganlik darajasi, asosiy maqsadi va vazifalari, tadqiqot obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati va tadbiqi singari komponentlardan tashkil topgan.
Mazkur ishda ko’rsatilganidek, internetga oid o’zlashma terminlar tadqiqiga doir ishlar butun dunyo hamjamiyatida va shu bilan birga bizning yurtimizda ham qator tadqiqotlar olib borishga sabab bo’lgan. Ushbu haqida ishning kirish qismida yetarlicha ma’lumot berib o’tilgan. Shuningdek, tadqiqot metodlari ham kompleks xarakterga ega. Dissertatsiya g’oya va tarkibiy jihatdan bir butunlik- yaxlitlikka ega. U tuzilishiga ko’ra kirish, uchta asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Boblar o’z o’rnida fasllarga bo’lingan.
Tadqiqotning I bobi “Termin va terminalogiyaning tilshunoslikdagi ahamiyati” deb nomlanib, ikki fasldan tashkil topgan. Birinchi bob fasllarida termin va terminalogiyaga oid umumiy mulohazalar, Terminlarning til leksik qatlamiga kirib kelish tarixi va ahamiyati hamda shu sohada amalga oshirilgan jahon, rus va o’zbek tilshunoslarining ilmiy ishlari o’rganilib, ularga nazariy manba sifatida tayanilgani haqida fikrlar bayon etilgan.
Tadqiqotning II bobi Internetga oid terminlar va ularning ijtimoiy hayotga ta’siri” deb nomlanib, ikki fasldan iborat. Bobning birinchi faslida internetga oid o’zlashma terminlarning tilda o’zlashishi va ularning nutqqa ta’siri ochib berilgan. Ikkinchi faslda Internetga oid o’zlashma terminlarning o’zlashish vositalari va manbalari keng yoritilgan va misollar bilan boyitilgan.
Dissertatsiyaning III- bobi esa “ Tilda internetga oid terminlarning o’zlashishi va ahamiyati” deb nomlanib, uch fasldan tashkil topgan. Bobning birinchi faslida internetga oid terminlarning til leksik qatlamini boyitishdagi ahamiyati ochib berilgan. Ikkinchi faslda internetga oid o’zlashma terminlarning o’zlashish usullari haqida yoritilgan. Bobning uchinchi faslida esa internetga oid o’zlashma terminlarning tarkibiy tasnifi haqida fikr yuritilganligi bilan xarakterlanadi.
Dissertatsiya ishida yutuq qatorida ayrim kamchiliklar ham kuzatildi. Ushbu kamchiliklar garchi tadqiqotning umumiy saviyasiga putur yetkazmasa-da, tuzatishni va e’tibordan chetda qolmaslikni talab qiladi. Ishning ayrim sahifalarida ishoraviy, imloviy va uslubiy xatolar kuzatilganligi; bir nechta ma’lumotlar aynan qaysi manba asosida berilganligi yoritilmagan. Ishning amaliy qismi misollar bilan yanada boyitilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarga qaramasdan, mazkur dissertatsiya ishi o’ziga xos qator ijobiy jihatlarga ega. Ishdagi tasnif va xulosalar keng materiallar, oldingi ilmiy ishlarga tayanib qilinganligi tufayli yanada ishonchli va e’tiborga egadir. Dissertant mavzuni yoritishda ancha mehnat qilganligi yaqqol namoyon bo’lgan. U mavzuga aloqador qator ilmiy manbalarni yaxshilab o’rganib, o’zigacha bildirilgan fikr va mulohazalarni umumlashtirilishiga harakat qilgan.
Boblar bo’yicha xulosalar berib, ishning oxirida keltirilgan barcha lingvistik adabiyotlarga tayanib, xulosalar yasagan. Xulosalar nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ishni o’qib chiqib, dissertant haqiqatdan ish ustida ishlagan degan xulosaga kelindi. Ish mustaqil bajarilgan bo’lib, uni himoyaga tavsiya etaman.


Ilmiy rahbar: f.f.f.d.(PhD), dotsent D.I.Xodjayeva
Download 15.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling