Internetning rivojlanish tarixi


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana25.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1123058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
amaliy topshiriq

Savol va topshiriqlar 
1. Internet deganda nimani tushunasiz? 
2. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz? 
3. World Wide Web haqida nimalarni bilasiz? 
4. Web-sahifa va gipermatn haqida so’zlab bering. 


13 
5. Internetdagi Web-sahifalar qayerda saqlanadi? 
 
INTERNETDA ISHLASHNI TAMINLOVCHI DASTURLAR 
Web-brauzerlar 
Siz awalgi sinflarda bir necha amaliy dasturlar bilan tanishdingiz. Masalan, Word — 
matn, Paint — grafik ko’rinishdagi axborotlar bilan ishlashga, Kalkulyator esa 
hisob-kitob ishlarini bajarishga mo’ljallangan dasturlar edi. Xuddi shunday, 
Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab 
chiqilgan. Ular web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so’z 
bo’lib, ko’rishni to’minlash, ko^rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Web-brauzer 
1990-yil CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Ii 
tomonidan ishlab chiqilgan. 
Hozirgi kungacha juda ko’p Web-brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, 
AdWiper, Netscape Navigator, Netscape Communicator, Microsoft Internet 
Explorer va Power Browser shular jumlasidandir. Shulardan eng ko’p 
foydalaniladigani Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. 
Microsoft firmasining Internet Explorer dasturini Windows operatsion sistemasi 
tarkibiga kiritganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo’ldi. Shuning 
uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning imkoniyatlari 
bilan tanishamiz. 
Internet Explorer dasturl interfeysi 
Internet Explorer dasturi quyidagi usullarda ishga tushiriladi: 
Masalalar panelidagi piktogrammasi yordamida; 
Windows ish stolidagi fayl belgisi yordamida; 


14 
Quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi: 
пуск – программы – Internet Explorer 
Internet Explorer dasturida ishni tugallash uchun X piktogrammasini yoki fayl 
menyusining 3aKpbiTb - ya'ni yopish buyrug’ini tanlash yoki |Alt]+[F4] klavishalarini 
birga bosish yetarli. 
Internet Explorer kompyuterga yuklanganda quyidagi ko’ri-nishdagi oyna 
ochiladi: 
Sarlavha satrida dastur (Microsoft Internet Explorer) hamda joriy hujjat nomi 
aks etib turadi. 
Menyular satri quyidagi menyulardan iborat: 
Har bir menyu ma'lum amallarni bajarishga mo’ljallangan buyruq va 
ko’rsatmalar majmuyidan iborat. Ularning asosiylarini ko’rib chiqamiz. 


15 
Fayl menyusi orqali asosan Web-sahifani ochish (kompyuter xotirasiga 
yuklash), uni o’z nomi yoki boshqa nom bilan saqlab qo’yish, Web-sahifani 
qog’ozga chop etish, dasturdan chiqish ishlari amalga oshiriladi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling