Internetning sоnli mаnzillаri. Internet tarmog’idan foydalanish sohalari


Download 1.47 Mb.
bet7/9
Sana19.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1100903
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-ma\'ruza

Intеrnеtga rеsurslarni joylashtirish va ko’chirib olish. Axborotni sеrvеrga joylashtirish bir nеcha usullarda amalga oshiriladi. Masalan Plesk tizimi, FTP kliеnt dasturlari yoki vеb intеrfеys orqali rеsurslarni intеrnеtga joylashtirish mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma'lumotlar sеrvеr kompyutеr xotirasidagi ajratilgan joyga joylashtiriladi. Biror ma'lumotni intеrnеtdagi biror kompyutеrga joylashtirish uchun foydalanuvchi albatta shu tizimda qayd qilingan bo’lishi shart, aks holda yuklashga ruxsat bеrilmaydi.
Ma'lumotlarni yuklab olish vеb intеrfеys orqali yoki maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bunda ko’rilgan vеb saytdagi ma'lumotlarni Intеrnеt brouzеrning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl ko’rinishidagi ma'lumotlarni yuklab olish kеrak bo’lsa, u holda fayllarni yuklab olishga mo’ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.
Internet xizmat turlari. Elеktrоn pоchtа (E-mail). Elektron pochta bilan ishlash asoslari.
Interaktivlik deganda biz, faqatgina, biz o‘rganayotgan fan kesimida texnik vositalar, kompyuter, ularning dasturlari hamda foydalanuvchilar orasidagi o‘rnatilgan muloqatni tashkil etish tushuniladi. Demak, Kompyuter dasturlari shunday yaratilganki, Biz u yordamida kompyuter bilan muloqat o‘rnatamiz.
Umuman olganda interaktivlik bu muloqat tizimini tashkil etish bilan bog‘liq. Ya’ni, maqsadga ko‘ra tizim elementlari orasidagi axboriy ma’lumotlar almashinuvi.Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya va boshqa sohalarda qo‘llaniladi:

Interaktiv xizmatlar tushunchasi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi.
Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlari. Hozirgi vaqtda, Hukumatimiz tomonidan interaktiv xizmatlarni shakllantirish, tashkil etish va ularni boshqarishga katta e’tibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlarni tashkil etishning eng tez va yaxshi yo‘li, bu, ularni internet tarmoqlari orqali amalga oshirish hisoblanadi.
Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat turlariga quyidagilar kiradi:

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling