Intervyu bu – muxbirning biror mashhur shaxs bilan ma'lum bir masala bo'yicha savol-javobidir Informatsiya so`zi qanday ma’noni anglatadi?


Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar


Download 0.91 Mb.
bet23/38
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662203
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Bog'liq
Akademik All (Omadlarini bersin!!!)

Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1-Topshiriq. Matnni o‘qing
Kitob - tafakkur ko‘zgusi
O‘zbek xalq adabiyotining tarbiya usullarida alohida ta’kidlanishicha, kitob-insonning eng yaqin do‘sti va maslaxatchisi, aql qayrog‘I va bilim manbaidir. Kitob – fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai. Kitob – nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas. Xalq kitobni ana shunday deb tushunadi. Darvoqe, xalq o‘rtasida kitobga, u diniymi, dunyoviymi – baribir, ma’naviy tafakkur, xazinalar maskani, odob-axloq go‘shasi – kutubxonaga hurmat – e’tibor beqiyos. Ha, xalq qadim zamonlardan boshlab kitobni hayot darsligi, mo‘jiza, axloq – odob dasturi deb biladi.
Kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Buning isboti uchun xalqimizning merosidan, kundalik hayotidan, og‘zaki ijodi asarlaridan hamda an’anaviy tarbiya usullaridan juda ko‘plab misollar keltirish mumkin. Darhaqiqat, O‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o‘zbek xalqi yaratgan betakror moddiy va madaniy boyliklarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ular orasida, M. Gorkiy ta’biri bilan aytganda, “…baxt va qudratli istiqbol yo‘lida odamzod yaratgan, ehtimol, eng murakkab va mo‘jizalar ichidagi eng buyuk mo‘jiza” bo‘lgan kitobning o‘ziga xos faxrli orinni egallab kelganini ko‘ramiz. Xalqimiz ilm va fan, adabiyot va san’atga oid nodir qo‘lyozma – kitoblari bilan, haqli ravishda faxrlanadi. Dunyoning qaysi bir mashhur kutubxonasida bo‘lmang, xalqimizning ulug‘ allomalari – tafakkur xazinasini yaratgan donishmandlarning qo‘lyozmalarini ko‘rish mumkin.
О'tmish zamonlardan tortib shu kungacha ota-bobolarimiz kitobning g‘oyatda mashaqqatli mehnat evaziga dunyoga kelishini yaxshi anglab, uning oyoq osti bo‘lishiga, hatto biron-bir varag‘ining ham bekorga nes-nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaganlar. Kitobga muhabbat, uni oqishga ishtiyoq, undan bahramand bo‘lish istagi kishilarga tinchlik bermagan.
Naql qiladilar: o‘tgan zamonda bir humkdor vaziru ulamolarini chaqirib, “Dunyoda eng zo‘r, kerakli, hamma narsadan xabardor qiluvchi nima?” deb savol beribdi. Kishilar u deyishibdi, bu deyishibdi; birovi dunyoda eng zo‘r narsa –qilich desa, ikkinchisi eng keraklisi non, debdi. Hamma narsadan xabar beruvchi narsa “Oynai jahon”deyuvchilar ham topilibdi.

  • Uch kun muhlat beraman,-debdi podsho hech kimning javobi yoqmaganligidan darg‘azab bo‘lib.

Qo‘shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashayotganligidan vazirning xabari bor ekan. Vazir: “Podshohning savollariga shu donishmanddan boshqa hech bir kishi javob topa olmaydi”,-deb o‘ylabdi-da, uni izlab topib podshohning oldiga olib kelibdi.
Podshohning birinchi savoliga “Kitob!”-deb hech ham ikkilanmay dadil javob beribdi donishmand.-Chunki kitob bilim beradi. Dunyodagi eng qudratli narsa esa-bilimdir. Bilimli esa yengilmasdir.
- Savolingizga to‘g‘ri javob topdi,-deyishibdi a’yonlari xursand bo‘lishib.
- Dunyoda eng kerakli narsa nima?
- Kitob!–debdi donishmand hech ikkilanmay.
- Kitob?!-ajablanibdi hukmdor.
- Ha, dunyoda eng kerakli narsa kitob,-takrorlabdi so‘zini donishmand.–Inson uchun hayotda ikki narsa eng mo‘tabar va aziz. Bu non bilan kitob. Shu boisdan ham non qanchalik mo‘tabar sanalsa, kitob ham shunchalik aziz. Non rizq-ro‘z, dasturxon ko‘rki, hayot barakasi. O‘tmishdan hikoya qiluvchi-tarix, bugunni aks ettiruvchi ko‘zgu, ertangi kunni aytib beruvchi mo‘jiza esa kitobdir. Poklanish, iymon butunligi, ruhiy boylik ham kitobdandir. Kitob insonning maslahatgo‘yi, doimiy hamrohidir. “Kitob ko‘rmagan odam nodondir, kitob kirmagan uy qorong‘u zimistondir”,-deydi donishmandlar.
- Shohanshoh, donishmand bu savolingizga ham to‘g‘ri javob qildi,-deyishibdi saroy ahli.
- Suvu-quruqlikdagi hamma joylar, dunyodagi ezgu elatlar haqida xabar beruvchi ham seningcha kitobmi?–achchiqlanibdi hukmdor.
- Ha, kitob,-dadil javob beribdi donishmand.–Dunyoni shundoqqina ko‘z oldingizga keltirib qo‘yadigan ham, hech ko‘rmagan va bir umr ko‘rolmaydigan kishilar hamda jo‘ylar bilan tanishtiradigan ham shu kitobdir. Mana meni olib ko‘ring. Men tug‘ilib o‘sgan qishlog‘imdan boshqa hech bir joyda bo‘lmaganman. Ammo Marvdan-Mashriqqacha, Yamandan –Yasargacha yaxshi bilaman, desam maqtanmagan bo‘laman. Yer yuzida jamiki odamzod bor-ularning hayoti, odatlari, rasm-rusumlaridan ozmi-ko‘pmi xabardorman. Bunga ana shu kitob orqali erishganman. Qur’oni karim, hadisi sharifning mo‘jizasini aytmay qo‘ya qolaylik.
Podsho: “Saroyimda qolib bosh maslahatgo‘yim bo‘l”,-deb qanchalik yalinmasin, donishmand ko‘nmabdi, undan olgan oltinlarga esa bozordan kitob xarid qilib, qishlog‘iga qaytibdi…
Mo‘jizalar olami bo‘lgan kitobni ulug‘lovchi, uning qadr-qimmatiga yetishni ta’kidlovchi bunday afsonalar xalq o‘rtasida ko‘p. Ular xalq an’anaviy pandnomasining eng zarrin sahifalarini tashkil etadi. Xalq kitob haqida naql-rivoyatlargina emas, qanchadan-qancha maqollar, aforizmlar, topishmoqlar, hikmatlar ham yaratganki, bu kishilarning kitobga, ilm-fanga azaldan chanqoqligini ifodalaydi:
Qatra yig‘ilib daryo bo‘lur, kitob o‘qib dono bo‘lur.
Kiyim ustingni bezaydi, kitob-aqlingni.
Kitob-ko‘zgu, unda olamni ko‘rasan.
Oltin yer tagidan kavlab olinadi, bilim kitobdan.
Kitobsiz uy - quyoshsiz kun.
a)Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.
2. Kitob haqida yana qanday maqol va hikmatli so‘zlarni bilasiz?
b)Klaster usulidan foydalanib kitobning xususiyatlarini ochib bering.


KITOB



аqlli










Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling