Intervyu bu – muxbirning biror mashhur shaxs bilan ma'lum bir masala bo'yicha savol-javobidir Informatsiya so`zi qanday ma’noni anglatadi?


Maqola ustida ishlashning asosiy bosqichlari


Download 0.91 Mb.
bet34/38
Sana20.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1033917
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Akademik All (Omadlarini bersin!!!)

Maqola ustida ishlashning asosiy bosqichlari

  • 1. Mavzuning belgilanishi, uning tahlili, reja/tezislarning tuzilishi.
    2. Reja/tezislar asosida maqolaning birinchi varianti ustida ishlash
    3. Ishning yakunlanishi, matn tahlili, takomillashtirish, tuzatish.

  • Maqola yozishga kirishishdan oldin quyidagi savollarga javob bering:
    - materialdan qanday xulosa chiqarish kerak?
    - ish mazmuni nimadan iborat bo’ladi?
    - maqola nima uchun yoziladi?
    Agar Siz o’z maqolangiz yakunini «ko’rib turgan bo’lsangiz», unda ish puxta bo’lishi kerak.



  • Maqolaning tuzilishi

  • I. Kirish qismi

    Mavzuning
    asoslanishi +
    mavzuning
    dolzarbligi +
    asosiy tezis

    • Qo’yilgan mavzuning retrospektiv tahlili.
    • Mavzuni bugungi kun pozisiyalaridan ko’rib chiqish zarurligining asoslanishi.
    • Mavzu asosiy tushunchalarining izohlanishi.
    Mavzuni bayon qilish bilan bog’liq xatolar bayoni va hokazo

  • II. Asosiy qism

    Dalillar+
    ilgari surilgan
    tezisni tasdiqlaydigan
    faktlar

    • induksiyadan foydalanish: aniqdan umumlashtirishga;
    • deduksiyadan foydalanish: umumiydan batafsil ko’rib chiqishga.

  • III. Yakunlovchi qism

    Ilgari surilgan
    tezisni tasdiqlaydigan yoki
    inkor qiladigan xulosalar

    • asosiy fikrning tezislar shaklida bayon qilinishi;
    • xulosalar;
    • muammoning davomiyligini ko’rsatish

  • Matnni rasmiylashtirishdagi xarakterli nuqsonlar
    1. Mavzudan chetga chiqish, uni boshqasi bilan almashlash.
    2. Haddan ortiq hajmli kirish qismi,aniq xulosalar yo’qligi.
    3. Fikrni bayon qilishdagi muayyan bosqichlarni ko’rsatadigan xatboshilarni ajrata bilmaslik.
    4. Materialni bayon qilishning uzunligi va haddan ortiq ko’pso’zlilik.
    5. Har xil nutqiy va uslubiy xatolar.


    Topshiriq.

    • Ilmiy asarlar to’plamida maqola shaklida berilgan materialni o’qing. Nuqsonlarini toping. Quyidagi savollarga javob berib, matnni tuzating:
      - mazmun mavzuga muvofiqmi?
      - maqolaning asosiy tezisi nimadan iborat va ishning hamma qismlari unga bo’ysundirilganmi?
      - maqolaning qismlari bir-biriga nisbatan proporsionalmi?
      - mantiqlikning buzilishlari yo’qmi?
      - ish ilmiy uslub talablariga javob beradimi?
      - nutqiy xatolar bormi?
      - ishning umumiy saviyaligi qanday?



    Download 0.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling