- Faraz qilaylikki, Otabek Kumushga pinhona maktub yo'llamoqchi. Ular orasida aloqa boshlanguncha o'zlarining yagona maxfiy kalit nusxalarini bir-birlariga berib, maktubni faqat shifrlangan shaklda yuborishga kelishib qo'ygan edilar. Otabek Kumushga M maktubini yozib, uni K kaliti bilan shifrlaydi. Natijada M maktubi shifrlangan matn C ga aylanadi. So'ngra Otabek shifrlangan maktubni elektron pochta orqali Kumushga jo'natadi. Kumush shifrlangan maktub C ni qabul qilib olgach uni o'zidagi maxfiy kalit bilan uning shifrini ochib Otabek yozgan M maktubiga aylantirib uni o'qiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |