Intranet asoslari


SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR


Download 1.06 Mb.
bet8/24
Sana09.01.2022
Hajmi1.06 Mb.
#268304
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Axborot xavfsizligi muammosi

SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR

  • Aloqa kanali himoyalanmagan bo'lgani uchun bu maktub Homidning qo'liga tushishi ham mumkin. Lekin, Homidda Kumush va Otabeklarning maxfiy kaliti bo'lmagani uchun u xatning mazmunini bilaolmaydi va xatni o'zgartirib qo'yaolmaydi. Homidning qo'lidan maktubni yo'q qilib yuborishgina keladi xolos. Homid maktub mazmunini bilmay turib Otabek nomidan shifrlanmagan yoki biror kalit bilan shifrlangan maktub jo'natsa ham, buning qalbaki ekanligi Kumushga darhol oshkor bo'ladi. Chunki, xat shifrlanmay kelsa, bu pinhona xat almashish haqidagi ularning kelishuviga zid bo'lib chiqadi. Agar xat Homiddagi boshqa kalit bilan shifrlanib kelsa, uni Kumush o'zidagi va Otabekdagi maxfiy kalit nusxasi bilan ocha olmaydi va bu bilan xatning Otabekdan emasligini bilib oladi.
  • Shifrlash algoritmi odatda barcha uchun oshkora bo'ladi. Bunday tizimning xavfsizligi asosan maxfiy kalitning himoya xossalariga bog'liq.
  • Simmetrik kriptotizimdan foydalanib elektron yozishmalar boshlash uchun avvalo maxfiy kalitni yoki parolni ikki aloqa ishtirokchisidan biri ikkinchisiga maxfiy holda yetkazishi kerak . Maxfiy kalitni yetkazish uchun maxfiy aloqa kanali(shaxsan uchrashish, himoyalangan aloqa kanali va sh.o'.) kerak . SHunday qilib yopiq davra hosil bo'ladi: maxfiy kalitni topshirish uchun maxfiy kanal kerak, maxfiy kanalni hosil qilish uchun maxfiy kalit kerak. Maxfiy kalit tez-tez o'zgartirib turilsa(aslida, harbir yozishmaga alohida maxfiy kalit ishlatilganda eng yuqori maxfiylikka erishiladi) bu muammo doimo ko'ndalang bo'laveradi.
  • Shifrlash va shifr ochish kalitlari o'zaro funktsional bog'langan bo'lib ulardan biri asosida ikkinchisi amaliy jihatdan(mavjud hisoblash vositalari taraqqiyoti darajasida) hisoblab topilishi mumkin bo'lmagan va ulardan biri faqat bitta aloqa ishtirokchisiga ma'lum bo'lib boshqalardan maxfiy tutiladigan, ikkinchisi esa aloqa ishtirokchilarining hammasiga oshkor bo'lgan kriptotizim nosimmetrik(sinonimlari: oshkora kalitli, ikki kalitli) kriptotizim deb ataladi.
  • - -
  • - -

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling