Introduce yourself Verb “to be”


Download 132.05 Kb.
bet6/9
Sana26.01.2023
Hajmi132.05 Kb.
#1127350
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tillarning oʻzaro munosabatlari va rivojlantirish qonuniyatlari

Terminologiyani tartibga solishda vertikal taʼsir choralarining oʻrni ham muhim. Shu maʼnoda oʻtgan asrning 90 yillarida faoliyat koʻrsatgan Atamaqoʻmning terminologiyani tartibga solishdagi xizmati katta boʻlgan. Hozir tilda barqarorlashgan hokim, hokimiyat, devon, vazir, qoʻmita, tuman, viloyat, muallif, tahririyat, muharrir, mavzu, reja soʻzlari oʻsha davrda qayta faollashtirilgan soʻzlardir. Oʻz navbatida, bunday faollashish shu soʻzlarning avvalgi muqobillari — raykom, apparat, ministr, komitet, rayon, oblast, avtor, redaksiya, redaktor, tema, plan soʻzlarining eskirishiga, nofaol qatlamga oʻtishiga olib kelgan.

  • Terminologiyani tartibga solishda vertikal taʼsir choralarining oʻrni ham muhim. Shu maʼnoda oʻtgan asrning 90 yillarida faoliyat koʻrsatgan Atamaqoʻmning terminologiyani tartibga solishdagi xizmati katta boʻlgan. Hozir tilda barqarorlashgan hokim, hokimiyat, devon, vazir, qoʻmita, tuman, viloyat, muallif, tahririyat, muharrir, mavzu, reja soʻzlari oʻsha davrda qayta faollashtirilgan soʻzlardir. Oʻz navbatida, bunday faollashish shu soʻzlarning avvalgi muqobillari — raykom, apparat, ministr, komitet, rayon, oblast, avtor, redaksiya, redaktor, tema, plan soʻzlarining eskirishiga, nofaol qatlamga oʻtishiga olib kelgan.
  • Globallashuv davri oʻzbek tili terminologiyasini tartibga solishda ham vertikal taʼsir choralariga ehtiyoj bor, chunki oʻzbek tili terminologiyasida muqobili boʻlgani holda oʻrinsiz oʻzlashgan, sohaviy leksikaga qabul qilingan chet soʻzlar yigʻilib qolgan. Masalan, yaqin yillarda kompetensiya soʻzi paydo boʻldi. Ingliz tilida “competence”, rus tilida “kompetensiya” shaklidagi bu soʻz asli “mahorat”, “qobiliyat”, umuman esa “layoqat” maʼnosini bildiradi. Oʻzbek tilida bu olinmani layoqat soʻzi toʻla almashtira oladi. Kompetensiya soʻzi olinayotganda oʻzbek tilining ichki imkoniyati eʼtiborga olinmagan. Natijada notoʻgʻri oʻzlashma asosida kompetentlik, kompetensiyaviy singari terminlar ham yasalgan. Agar chet soʻzga bu qadar oʻchlik boʻlmaganda, “kompetensiya” layoqat, «kompetentnost» layoqatlilik deb kalkalangan va kompetensiyaviy tarzidagi gʻalati yasalma “bino boʻlmas” edi.

Download 132.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling