Introduksiya (lotincha: introductio — joriy qilish), oʻsimliklar introduksiyasi


Download 39.74 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.01.2023
Hajmi39.74 Kb.
#1127802
Bog'liq
Introduksiya - Vikipediya



Introduksiya
Introduksiya (lotincha: introductio — joriy
qilish), oʻsimliklar introduksiyasi — turli
oʻsimliklar turlari va navlarini oʻz tabiiy
arealidan ilgari uchramagan hududlarga
koʻchirish (jalb etish). „Introduksiya“
tushunchasi 19-asrning 2-yarmidan
buyon qoʻllanib kelinmoqda. Oʻsimliklar
introduksiyasi nazariyasini shveysariyalik
botanik Augustin Pyramus de Candolle
1855-yilda asoslab bergan. Nikolay
Bu maqolada ichki havolalar juda kam.
Ko‘proq o‘rganish


Vavilov oʻzi yaratgan madaniy
oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari
nazariyasi asosida 1920-yilda
introduksiyaning ilmiy asoslarini ishlab
chiqdi.
Hozir deyarli barcha qitʼalarda
yetishtirilayotgan madaniy oʻsimliklarning
koʻpchiligi turli geografik oʻlkalardan
tarqalgan, „koʻchirib keltirilgan“
oʻsimliklar hisoblanadi. 16—17-asrlarda
Amerikadan Yevropaga makkajoʻxori,
kartoshka, kungaboqar, pomidor, tamaki
va boshqa tarqalgan boʻlsa, 17-asrdan
boshlab Shimoliy Amerikada Yevropadan
keltirilgan olxoʻri, olma, nok, kashtan va
boshqa oʻstirildi, Avstraliyada


makkajoʻxori, qovoq, zaytun, uzum,
sitruslar paydo boʻldi. Oʻsimliklar tabiiy
arealdan yangi hududlarga introduksiya
qilinganda turlar (navlar)ning
hayotchanligi va introduksiyaning
maqsadi boʻlgan qimmatli xoʻjalik
belgilarining yaxshilanishi yuz beradi:
meva (urugʻ) hosildorligi koʻtariladi,
fitomassa koʻpayadi, muhitning turli
omillariga, kasallik, zararkunandalarga
chidamliligi ortadi va boshqa „Oʻz
markazlari“dan introduksiya etilishi
oʻsimliklar arealini maʼlum doirada
kengaytirdi va bu borada ayrim
oʻsimliklarning birlamchi markazlar bilan
boʻlgan aloqasi uziladi. Mas, yer
yongʻoqning vatani — Shimoliy Argentina,


biroq hozir yer yongʻoq eng koʻp
ekvatorial Afrikada yetishtiriladi.
Kartoshkaning vatani — Janubiy Amerika
boʻlsa ham, u dunyoning koʻpgina
davlatlarida asosiy oziq mahsuloti
hisoblanadi.
Oʻrta Osiyo ham koʻpgina madaniy
oʻsimliklarning kelib chiqish markazi
hisoblanadi va bu yerda ularning xilmaxil
shakllari uchraydi. Shu bilan bir qatorda,
19-asrda va undan avval Oʻrta Osiyoga
aholiga nomaʼlum boʻlgan oʻsimliklar
keltirilgan, ular iqlimlashtirilib, asosiy
ekinlarga aylangan. Oʻrta Osiyoda, shu
jumladan, Oʻzbekistonda introduksiya
natijasida kartoshka, pomidor, shirin


qalampir, baqlajon, karam, ayrim koʻkat
va ziravorlar, yer yongʻoq, hurmo, limon,
unabi kabi sabzavotlar, poliz ekinlari,
meva turlari tarqaldi.
Oʻsimliklar introduksiyasi uchun
materiallar yigʻish maqsadlarida madaniy
oʻsimliklarning birlamchi va ikkilamchi
kelib chiqishi markazlariga ilmiy
ekspeditsiyalar uyushtiriladi (mas,
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi
instituti gʻoʻzaning yovvoyi turlarini yigʻish
boʻyicha akademik A. Abdullayev
boshchiligida 1975-yilda Meksika, 1984-
yilda Peru, 1989—90 yillarda Shri Lanka,
Hindiston, Xitoy, 1997-yilda Avstraliyaga


ilmiy ekspeditsiyalar yuborgan). Botanika
va seleksiya muassasalarida oʻsimliklar
introduksiyasi va soʻngra ularni
iqlimlashtirish ishlari olib boriladi.
20-asrning 30-yillarida Oʻzbekistonda
tashkil etilgan ilmiy tashkilotlar ilmiy reja
asosida jahon madaniy va yovvoyi
oʻsimliklarining xilma-xil turlarini yigish,
introduksiya ishlarini boshladilar. Hozirgi
Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik,
Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va
urugʻchiligi, Genetika va oʻsimliklar
eksperimental biologiyasi, Botanika ilmiy
tadqiqot institutlari va Botanika bogʻida
introduksiyalangan va mahalliy navlar


asosida turli ekinlarning kolleksiyalari
tashkil etilgan.
Jahon mamlakatlari oʻrtasida ilmiy
hamkorlik kengaygan sharoitlarda
introduksiyaning vazifasi oʻsimliklarni
ilmiy asosda yangi oʻlkalarga jalb etish va
mavjud ekinlar nav tarkibini zamonaviy
sanoat navlari bilan boyitishdan iborat.
Hojiyev, Fayzulla. OʻzME. Birinchi jild.
Toshkent, 2000.
Vavilov N. Introduksiya, Proisxojdeniye
i geografii kulturnix rasteniy, L., 1978.
Belolipov introduksiya V., Introduksiya
travyanistix rasteniy prirodnoy flori
Adabiyotlar

Download 39.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling