Inversiya kuchlari. Deformatsiya. Guk qonuni. Ishqalanish kuchi tabiatda va texnikada ishqalanish hodisasining ahamiyati
Download 0.97 Mb.
|
Guk qonuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Deformatsiya
Inversiya (lot. unversio — oʻrnini almashtirish) (tilshunoslikda) — gap boʻlaklari odatdagi tartibining oʻzgarishi. Tilda ikki xil vazifa bajaradi: semantik va asemantik. Semantik vazifasi gapning biror boʻlagini alohida taʼkidlash yoʻli bilan nutqqa emotsional-ekspressiv ruh baxsh etishda (mas, Bu chol shu ahvolda qayoqqa boradi? — Shu ahvolda qayoqqa boradi bu chol?!), asemantik vazifasi esa surok, ran (ayniqsa, roman va german tillarida), sheʼriyatda kompozitsiya, ritm, vazn, qofiya hosil qilishda na-moyon boʻladi (mas, ketdimi u?; ilk bor rozilik soʻrashim mening). I., faqat uslubiy emas, balki sintaktik-uslubiy (sintaktikpoetik) hodisadir. U jonli soʻzlashuv tilida, badiiy adabiyotda, ayniqsa, sheʼriyatda koʻp uch-raydi.
Deformatsiya (lotincha: deformatio — buzilish) (Mehanik kuchlanish): 1) fizikada — tashqi kuch, temperatura, elektr va magnit maydonlari taʼsirida jism shakli va oʻlchamlarining oʻzgarishi. Elastik va plastik xillari bor. Chuqurroq o'rganilganda cho'zilish-siqilish, buralish, egilish va siljish turlariga bo'linadi. Jismga tasir qiluvchi kuchlarning turiga qarab deformatsiya turlarini kuzatish mumkin. Tashki kuch taʼsiri toʻxtagandan keyin deformatsiya yoʻqolsa (jism oʻz holiga qaytsa) elastik deformatsiya, saqlansa (jism oʻz holiga qaytmasa) plastik deformatsiya yuz beradi. Elastiklik va plastiklik nazariyasida qattiq jism deformatsiyasiga oid harakat va kuchlanish oʻrganiladi. Elastik deformatsiyalanuvchi qattiq jism yoʻq, har qanday qattiq jism tashqi kuch taʼsirida plastik deformatsiyalanadi. Plastik deformatsiya temperatura, tashki kuch va deformatsiya tezligiga bogʻliq. Tashqi kuch maʼlum vaqt davomida bir xil taʼsir qilib tursa, deformatsiya vaqt oʻtgan sari oʻzgara boradi; bu hodisaga yoyiluvchanlik deyiladi. Temperatura koʻtarilishi bilan yoyiluvchanlik ortadi. Tashki kuch ortib borgandagi deformatsiya aktiv (faol), tashki kuch kamayib borgandagi deformatsiya passiv (sust) deformatsiya deyiladi. Deformatsiyaning choʻzilish, siqilish, egilish, buralish xillari mavjud. Mutlaq deformatsiyaning jism boshlangʻich oʻlchami (shakli)ga nisbati nisbiy deformatsiya deyiladi. Deformatsiya qonunlari materiallar qarshiligi, puxtaligi, inshootlar mustahkamligi va h.k.ni hisoblashda tatbiq qilinadi; 2) geologiyada — tektonik harakatlar natijasida tog jinslarining shakli va hajmi oʻzgarishi. Deformatsiyaga uchragan tog jinslarining tarkibi baʼ-zan butunlay oʻzgarib ketadi. Ishqalanish — bu qattiq sirtlarning, suyuqlik qatlamlarining va material elementlarining bir-biriga nisbatan siljishining nisbiy harakatiga qarshilik koʻrsatadigan kuch. Ishqalanishning bir necha turlari mavjud: Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling