Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Download 0.5 Mb.
bet46/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

Nazorat savollari:
1.Risklarning turlarini ayting?
2.Zarasizlik nuqtasi nima va qanday aniqlanadi?
3.Iqtisodiy va siyosiy jarayenlarning riskga qanday taʼsiri bor?
4.Risk tahlili deganimiz nima?
5.Risklarni sug‘urtalash qanday amalga oshiriladi?
10-mavzu: Investitsiyalarni moliyalashtirishda moliyaviy vositalar.
Reja:


  • Investitsiyalarni moliyalashtirishda moliyaviy vositalar.


Tayanch iboralar; moliya institutlari, moliyaviy resurslar, kimmatbaho metallar, kimmatbaho toshlar, qimmatli qog‘ozlar, oltin, kumush, platina, olmos, Jaxon iktisodi, xalkaro mikyosda, mintakalararo, kontinental, regional, subregional, shtab-kvartira, integrasiyalashuv, assosiasiya, moliyaviy xatar, kitʼalar, xalkaro valyuta tizimi, kafolatlash, hisob-kitoblar.
1. Investitsiyalarni moliyalashtirishda moliyaviy vositalar.
Xozirgi paytda mamlakatimizda xorijiy investorlarni Respublika fond bozoriga jalb kilishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va investitsiya institutlari muntazam ish olib bormokda. Bu uygunlashuv ikki yoklama jarayon bulib, o‘zbek investorlari faoliyatini xorijiy fond bozorlarida tashkil etish uning muxim kismidir. Bugungi kunda jaxon fond bozorining kun sayin globallashuvi, aloka va tyexnologiyalar o‘zaro boglikligi rivojlanishi investorlarni o‘z maxalliy doirasida cheklanib kolmasligiga olib keldi. U endilikda o‘z sarmoyasini foydaliroq joylashtirishga harakat qiladi. Fond bozori samaradorligi yuqori bo‘lgan korxonalarni izlaydi. Biror korxonaning ko‘rsatkichlari pasayishi bilan pullar bozorining yangi korxonalariga oqa boshlaydi. Bu jarayon o‘zluksiz davom etadi. Jahonnnig barcha fond bozorlari shu funksiyani bajaradilar. Zamonaviy kompyuter tyexnologiyalari har bir baquvvat investorga internet orqali yirik fond bozorlari faoliyatida ishtirok etish imkoniyatini yaratmokda. Investor brokerlarni chetlab o‘tgan holda, kam sarf xarajatlar bilan barcha zarur axborotni olishi va aksiyalarni mustakil ravishda o‘zi xarid kilishi va sotishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlar bozori juda yaxshi tashkil etilgan. Ular yuksak tyexnologiyali savdo jarayonini taʼminlay oladigan darajada rivojlangan infratuzilmaga ega. Axborot xizmatlari o‘sishi, bozor haqidagi maʼlumotlar aniqligini ham taʼminlaydi. Bu esa o‘z navbatida, qimmatli qog‘ozlardan foyda olishga intilayotgan yangi-yangi investorlarni bozorga jalb kiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operasiyalarda ishtirok etayotgan har bir malakali mutaxassis, broker, emitent, investor tyexnikaning ilg‘or sohalaridan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘z mijozlari sonini ko‘paytirishga, sifatli yoki o‘z vaqtida axborotlarni etkazib berishda keng imkoniyatlarni ochib bermokda. Moliya bozorining shaxobchasi bo‘lgan Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborotlarni o‘z vaqtida etkazib berish muhim o‘rin tutadi. Bu axborotlar rivojlangan mamlakatlar fond bozorida aksiyalarni, obligasiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq narxlarning o‘zgarishini hech kim oldindan ayta olmaydi. Bu esa operasiyalarda ishtirok etayotgan har bir malakali mutaxassis, broker, emitent, investorlarning daromadiga daromad qo‘shsa, ayrim kompaniyalar iqtisodiy faoliyatining kuchsizligi va maxsulotlari rakobatbardosh emasligini oydinlashtirib kuyadi. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bu rakobatbardosh muxitning yaratilishi bozorning yanada rivojlanishi uchun katta xissa kushadi. Bu tipdagi axborotlarini o‘z vaqtida va sifatli etkazib berish respublikamizdagi fond bozorining rivojlanishi uchun juda muximdir.
Moliya bozorida operasiyalarni amalga oshirish jarayonida zudlik bilan axborotlarni qabul qilish, imkoniyatdan foydalanib investitsiya loyihalarini har xil ehtimoliy xatolari oldini olish, xatarli munosabatlar taʼsir doirasini kamaytirishda «to‘g‘ridan-to‘g‘ri» karor kabul kilish xar doim ham kutilayotgan natijani bermaydi. Yuqorida aytib utilgan munosabatlarni yanada jadallashtirish, vaqtdan unumli foydalanish maksadida, kupgina rivojlangan davlatlarda internet tarmogidan foydalanish yulga kuyilgan.
Internet tarmogi tushunchasi - bizda sayozligi sababli, undan xozirgi kunda iktisodiyotimizning eng muxim jabxalarida foydalanish imkoniyatlari tulik urganib chikilmagan. Bu soxadagi muammolardan biri, malakali kadrlarning etishmasligi bulsa, ikkinchi tomondan yuqorida aytib utganimizdek, bu soxa rivojlanish boskichida. Shuning uchun internet tarmogidan foydalanishda yangi tyexnologik infratuzilmani yaratish lozim. Bu esa quyidagi internet tarmoklarini o‘z ichiga oladi:
-internet –brokerlik xizmati ko‘rsatish tizimi;
-internet-banklarda investitsiyaviy loyihalar ustida qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shugullanuvchi tizim;
-internet-elektron kommunikasiya tizimi;
-xar xil savdo bilan shugullanuvchi tizimlar.
Maʼlumki, daromad bor joyda xatarning bulishi mukarrar. Internet orqali qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo-sotik rivojlanishibrokerlar uchun mijozlar sotuvini kupaytirsa, ikkinchi tomondan, xar ikki tomon uchun ham xatarli munosabatni yuzaga kelishi kutiladi. Moliya bozoridagi operasiyalarda ishtirok yetayotgan xar kanday malakali mutaxassis, broker o‘z mijozlarning ishonchini oklash maksadida internet – treyding tarmogidagi kerakli maʼlumot va axborotlarida unumli foydalanishga xarakat kiladi. Moliya bozorida katnashayotgan investorlar operasiyalar o‘tkazishi jarayonida quyidagilarni amalga oshiradi:
-amalga oshirilayotgan operasiyalarga faol qatnashishni;
-yuzaga kelishi mumkin, ammo ehtimol darajasi past bulgan xato va kamchiliklar darajasini pasaytirishni;
-xizmat ko‘rsatuvchi brokerlar bilan amaliy ish faoliyatini kelishib olishni;
-kerakli axborotlardan unumli foydalanishni;
-investor internet tarmogi bilan mukammal boglangan bulishni.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishda internet - treyding tarmogining ahamiyati juda katta. Lekin, shu bilan birga yuzaga kelishi mumkin bulgan xatarli xolatlar oldini olish ham muximdir. Moliya bozoridagi moliya xatarlarini baholashda, xatar darajasini kamaytirishda internet- treyding muxim o‘rin yegallaydi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling