Investitsion loyihalar mazmuni, mohiyati, tanlovini tashkil etish
Download 86.95 Kb.
|
Investitsion loyihalar mazmuni, mohiyati, tanlovini tashkil etis-fayllar.org
Investitsion loyihalar mazmuni, mohiyati, tanlovini tashkil etish Mazvu : Investitsion loyihalar mazmuni , mohiyati , tanlovini tashkil etish . Reja : Kirish . Asosiy qism Investitsiya loyihalari to'g’risida tushunchasi . Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholash asoslari . Investitsiya loyihalarida noaniqlik va qaltislik tahlili . Xulosa . Foydalanilgan adabiyotlar . Kirish
Bozor prinsiplari va mexanizmlariga asoslangan har qanday davlatning iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlik mamlakatning investitsiya va innovatsiya siyosati hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizmlarga bevosita bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan mamlakatimizda so‘nggi yillarda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini innovatsiyalar asosida rivojlantirish va ularga investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb qilish, shuningdek, investorlar uchun qulay investitsiya muhiti yaratishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yilga bag‘ishlangan Oliy Majlisga Murojaatnomasida alohida urg‘u berilgan, xususan “... iqtisodiy o‘sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish orqali erishiladi, shuningdek, mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm-fan va innovatsiyalardir” . Shu o‘rinda, bugungi kunda xususiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ulushini oshirish hisobiga investitsiya siyosatini yuritishda davlat ishtirokini pasaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Vaholanki, jahon miqyosida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish qulay investitsiya muhiti yaratish, ularni mamlakatning strategik tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish va ularga investitsiyalarni jalb qilishni yanada rag‘batlantirish, investitsion va innovatsion faoliyatning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Ma’lumki, mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi va innovatsion rivojlanishiga o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmaydi. Bu xo‘jalik yuritish subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik va tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilganligi, ularni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilganligiga bog‘liq, jumladan: davlatning samarali investitsiya va innovatsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishning metodologik asoslarini ishlab chiqish, shuningdek, ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanish uchun davlat tasarrufida bo‘lgan resurslar bilan bir qatorda xususiy sektorda ham innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash lozim. Jumladan, ularni amalga oshirish va rag‘batlantirish bo‘yicha shaffof mexanizmlarni yaratish va bu asosda aniq ilmiy yo‘nalishlar, dasturlar, loyihalar, fan sohalar va alohida ilmiy muassasalar va xususiy sektorni tanlab olish maqsadga muvofiq . Yuqorida keltirilgan jihatlar mamlakatning milliy investitsiya va innovatsiya tizimning tarkibiy qismlari hisoblanib, ularni samarali amalga oshirish investitsion loyihalarni mazmun mohiyatini belgilab beradi. Investitsiya loyihalari to'g’risida tushunchasi Loyiha lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “oldinga qo‘ymoq” degan ma’noni bildiradi. Xorijiy adabiyotlarda loyiha – talab etilayotgan natija va olingan ma’lumotlar asosida ma’lum vazifalarni bajarish uchun qabul qilingan qarorni amalga oshirish usullari. Iqtisodiy adabiyotlarda, investitsiya loyihasi – ma’lum maqsadga erishishni ta’minlash uchun qandaydir harakatlar kompleksini amalga oshirish uchun tuzilgan tadbir, faoliyat, ish hisoblanadi. Agar “loyiha” tushunchasiga iqtisodiy tizimning faoliyati nuqtayi nazaridan qaralsa, uning shakllanishi bo‘yicha uchta jihatni aniqlash mumkin. Birinchidan, kelajakdagi ishning maqsadi aniqlanadi: ishlab chiqarish hajmini oshirish, sifatni yaxshilash, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, xarajatlarni kamaytirish va boshqalar. Ikkinchidan, maqsadga erishish uchun aniq vazifalar belgilanadi. Uchinchidan, qo‘yilgan vazifalarni bajarish yo‘llari aniqlanadi. Maqsad va vazifalarni belgilashda natija iqtisodiy samara olishga qaratilishi kerak. Hatto, yangi noyob texnologiyani joriy etish ham texnologik tajriba emas, balki u korxonani yanada rivojlantirish va bozorda yuqori o‘rinni egallash uchun xizmat qilishi shart. Umumiy olganda “investitsiya loyihasi” tushunchasi belgilangan maqsadni amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish jarayonini, obyektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini, shuningdek, tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida qarash mumkin. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida quyidagicha ta’rif berilgan, ya’ni investitsiya loyihasi – iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan , o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlardir. Investitsiya loyihasi o‘z maqsadi, yo‘nalishi, amal qilish sohasi, muddati va chegarasiga ega bo‘lgan alohida faoliyat turi hisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan to‘liq va mukammal hisob-kitoblarga asoslangan yuridik hujjat hisoblanadi. Yuqoridagilarga asoslanib, investitsiya loyihasini qo‘shimcha daromad olish maqsadida investitsiyalar ishtirokidagi iqtisodiy muammolarni hal qilish dasturi sifatida qarash mumkin. Shuning uchun har qanday loyiha to‘rtta jihat bilan tavsiflanadi: muayyan maqsadlarga aniq e’tibor qaratish, ko‘lami, boshlanishi va tugashi o‘rtasidagi vaqt, cheklangan moliyaviy va boshqa manbalar. Loyihaga sarmoya kiritish va investitsiyalardan daromad olishni boshlash o‘rtasidagi vaqt oralig‘i vaqt fazasi deb nomlanadi. Ayrim adabiyotlarda, loyiha deganda fizik obyektlar, texnologik jarayonlar, ular uchun texnik va tashkiliy hujjatlarni, moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa manbalarni, shuningdek, boshqaruv qarorlari va ularni bajarish choralarini amalga oshirish uchun yaratilgan yoki modernizatsiya qilingan maqsadlar tizimi tushuniladi . Boshqa adabiyotlarda esa, investitsiya loyihasi – bu maqsadlarga erishish (ma’lum natijalarga erishish)ni ta’minlaydigan har qanday harakatlar majmuasini amalga oshirishni o‘z ichiga oladigan biznes, faoliyat, tadbir, ya’ni hujjatlar va faoliyat, sifatida talqin etiladi56 . D.E. Starikovning ta’kidlashicha, investitsiya loyihasi – investitsiyalar hajmi va muddatlarining iqtisodiy maqsadga muvofiqligini asoslash, shu jumladan mamlakat qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan zarur loyiha-smeta hujjatlari va belgilangan tartibda tasdiqlangan standartlar (normalar va qoidalar), shuningdek, investitsiyani amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlarning tavsifi . Rossiyalik boshqa olimlar, investitsiya loyihasini investitsiyalarni jalb qilishni talab etadigan iqtisodiy tadbir yoki tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun reja (dasturi) sifatida qarashadi . Bunday yondashuv investitsiyalash davriga (yil, chorak, oy), shuningdek, qoida tariqasida investitsiyalarning dolzarbligiga (qisqa muddatli va uzoq muddatli) qaratilgan. Shunday qilib, investitsiya loyihasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: amalga oshirish, davomiylik, pul oqimlari, uning maqsadga muvofiqligi va o‘ziga xos xususiyatlarga asoslanishi. “Investitsiya loyihasi” tushunchasi ikki ma’noda foydalaniladi: – ma’lum bir maqsadga erishishni ta’minlaydigan har qanday harakatlar majmuasini amalga oshirishni o‘z ichiga olgan faoliyat, ish sifatida. Bunday holda, “iqtisodiy faoliyat”, “ish”, “loyiha” atamalari birbiriga yaqin bo‘ladi; – har qanday xatti-harakatlarni bajarish yoki bunday harakatlarning tavsifi uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy hujjatlar tizimi sifatida . Har qanday investitsiya loyihasi to‘rtta fazani o‘z ichiga oladi. Birinchi, preinvestitsion faza bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – investitsiyalar konsepsiyasini (biznes g‘oyalar) izlash; – loyihani oldindan tayyorlash; – yakuniy g‘oyani shakllantirish va uning texnik-iqtisodiy va moliyaviy holatini baholash; – loyihani yakuniy ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish. Ikkinchi faza investitsion bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish; – muhandis-texnik loyihalashtirish; – qurilish; – ishlab chiqarish marketingi; – o‘qitish; – foydalanishga topshirish va ishga tushirish. Uchinchi faza operatsion bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – kengaytirish; – innovatsiya; – almashtirish; – reabilitatsiya. To‘rtinchi tugatish fazasi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – ishlab chiqarishni tugatish; – uskunalarni demontaj qilish va ularni yo‘q qilish; – foydalanilmagan aktivlarni sotish. Har bir faza muayyan moliyaviy resurslarni talab qiladi. Ushbu yondashuv investitsiyalarga ehtiyojning tuzilishini va davrlarini aniqlashga imkon beradi. Shunday qilib, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, preinvestitsion faza uchun xarajatlar 3%, rejalashtirish – 5%, loyihalashtirish – 20%, qurilish (foydalanishga topshirish) – 60% va yakuniy bosqich uchun – 12% ni tashkil etadi. Demak, investitsiya loyihasi deganda, g‘oyaning texnik-iqtisodiy asosini, uni amalga oshirish yo‘llari va choralarini, moliyalashtirishning manbalari va bosqichlari, boshqaruvning iqtisodiy samarasi va davlat xavfsizligiga yo‘naltirilgan rasmiylashtirilgan hujjat tushunilishi kerak. Loyiha barcha materiallarni to‘liq o‘rganishni o‘z ichiga oladi: mavjud texnologiyalar, usullar, me’yoriy-huquqiy baza, amalga oshirilayotgan g‘oyaning hayotiy faoliyati va moliyaviy resurslarga ehtiyoj. G‘oyaning murakkabligi va amalga oshirish maqsadi va vositalariga qarab investitsiya loyihalarni quyidagilarga bo‘lish mumkin: – aniq (mahsulot, xizmat, bilim va boshqalar); – mavhum (prognozlar, rejalar, usullar va boshqalar); – joriy (texnologiya, hujjatlar va boshqalar); – yakuniy (foyda, bozorni diversifikatsiya qilish, xarajatlarni kamaytirish, ijtimoiy muammolarni hal qilish va boshqalar). Investitsiya loyihalarni turli mezonlarga ko‘ra ham tasniflash mumkin. Ko‘pincha loyihalar darajasi (kichik, o‘rta va megaloyiha), amalga oshirish muddati (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli), cheklangan manbalar (multiloyiha va monoloyiha), sifat talablari, maqsadi, ishtirokchilar tarkibi va boshqalar bo‘yicha ajratiladi (13.1-rasm). Kichik loyihalar, odatda, oddiy va miqdori jihatdan cheklangan bo‘ladi. Megaloyihalar – bu umumiy maqsad bilan birlashtirilgan o‘zaro bog‘liq loyihalar majmui. Bunday loyihalar uzoq muddatli amalga oshirish, katta miqdordagi moliyaviy xarajatlar va ishchi kuchi talab qilishi bilan tavsiflanadi. Murakkab loyihalar ko‘p kuch, vaqt va xarajatlarni talab qiladigan nostandart vazifalarni hal qilishni o‘z ichiga oladi. Ba’zi loyihalarni amalga oshirishda, bajarilish sifatiga alohida e’tibor beriladi, chunki nafaqat mahsulot sifati, balki obyektning faoliyat xavfsizligi ham bunga bog‘liq bo‘ladi. Bunday loyihalarning qiymati va sifat talablari juda yuqori. Ko‘lami va aniq maqsadini aks ettiruvchi turlariga ko‘ra, investitsiya loyihalari bir nechta guruhlarga bo‘linadi . 1. Ishlab chiqarish investitsiya loyihalari. 2. Ilmiy-texnik investitsiya loyihalari. 3. Tijorat investitsiya loyihalari. 4. Moliyaviy investitsiya loyihalari. 5. Ijtimoiy-iqtisodiy investitsiya loyihalari. 6. Ekologik investitsiya loyihalari.
Download 86.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling