Investitsion loyihalar mazmuni, mohiyati, tanlovini tashkil etish
Investitsiya loyihasining qaltisliklarini analitik holda quyidagicha jadvalda ham aniq ko‘rsatish mumkin
Download 86.95 Kb.
|
Investitsion loyihalar mazmuni, mohiyati, tanlovini tashkil etis-fayllar.org
Investitsiya loyihasining qaltisliklarini analitik holda quyidagicha jadvalda ham aniq ko‘rsatish mumkin:
Ushbu qaltisliklarni kelib chiqish manbalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: Ma’lumotlarni yetarli darajada emasligi Marketing tadqiqotini malakasiz tashkilot yetkazganligi Raqobatchilarni yetarli darajada baholay olmaganligi Shu mahsulotga talabni pasayib ketishi Fors major qaltisligi Yuqori inflatsiya Ushbu muammolar va qaltisliklarni hal qilishda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish biznes rejada nazarda tutilishi kerak. Barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lish Pul oqimlarini qat’iy nazorat qilish Qisqa muddatli harakat dasturlari. Strategik harakat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish Bozorni muttasil nazorat qilish va o‘rganib borish Qaltisliklarni tarqatish Yuqori aniqlikda maqsad sari harakat qilish Shunday qilib, biznes rejada qaltislikni oldini olish va samarali boshqarish aniq va ishonarli ifodalangan bo‘lishi kerak. Xulosa Bozor prinsiplari va mexanizmlariga asoslangan har qanday davlatning iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlik mamlakatning investitsiya va innovatsiya siyosati hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizmlarga bevosita bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan mamlakatimizda so‘nggi yillarda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini innovatsiya loyihalari asosida rivojlantirish va ularga investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb qilish, shuningdek, investorlar uchun qulay investitsiya muhiti yaratishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Shu o‘rinda, bugungi kunda xususiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ulushini oshirish hisobiga investitsiya siyosatini yuritishda davlat ishtirokini pasaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Vaholanki, jahon miqyosida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish qulay investitsiya muhiti yaratish, ularni mamlakatning strategik tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish va ularga investitsiyalarni jalb qilishni yanada rag‘batlantirish, investitsion va innovatsion faoliyatning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Ma’lumki, mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi va innovatsion rivojlanishiga o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmaydi. Bu xo‘jalik yuritish subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik va tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilganligi, ularni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilganligiga bog‘liq, jumladan: davlatning samarali investitsiya va innovatsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishning metodologik asoslarini ishlab chiqish, shuningdek, ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanish uchun davlat tasarrufida bo‘lgan resurslar bilan bir qatorda xususiy sektorda ham innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash lozim. Jumladan, ularni amalga oshirish va rag‘batlantirish bo‘yicha shaffof mexanizmlarni yaratish va bu asosda aniq ilmiy yo‘nalishlar, dasturlar, loyihalar, fan sohalar va alohida ilmiy muassasalar va xususiy sektorni tanlab olish maqsadga muvofiq; innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun moliyaviy ta’minotning mustahkam va turli xil vositalar hamda manbalaridan samarali foydalanish zarur. Moliyaviy ta’minot sifatida budjet va tijorat bank mablag‘lari, shuningdek, xususiy sektor va donor tashkilotlar moliyaviy manbalari ilmiy-innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishning bevosita va bilvosita shakllarini uyg‘unlashgan holda o‘zida birlashtirishi lozim; investitsiya va innovatsiya jarayonlarini jadallashtirish iqtiso-diyotning real sektorini diversifikatsiya qilish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish va texnologik jihozlash uchun jalb qilingan investitsiyalar rentabelligini oshirishga asos bo‘lishi zarur; investitsion va innovatsion muhit jozibadorligini ta’minlash va uni yanada yuksaltirish yo‘llari bo‘yicha huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqish va ularni davlat, hududlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ko‘lamida amalga oshirishning yagona tizimini yaratish maqsadga muvofiq; investitsion va innovatsion faoliyat samaradorligini baholash bo‘yicha metodologik asoslarini ishlab chiqish hamda hududlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar kesimida reytingni aniqlash va uni doimiy yuritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Shu bilan bir qatorda Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, yerlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holatini yaxshilash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ko’p bor ta’kidlanadi. Bunda investitsion loyihalar orqali tabiiy va moddiy resurslarni tejovchi, mehnat unumdorligi yuqori zamonaviy texnika va texnologiyalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga jalb etish, zamonaviy sug‘orish tizimlari va energiya tejaydigan texnologiyalardan foydalanish, seleksiya ishlarini yanada takomillashtirish, qishloqqa sanoatni olib kirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishni yanada jadallashtirish muhim o‘rin tutadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqoridagi masalalarning ijobiy hal etilishi, milliy iqtisodiyotga yo‘naltirilgan ichki va xorijiy investitsiyalar hajmining ortishiga, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga, pirovardida mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish jismoniy, huquqiy shaxslarni va davlatni, foyda olish maqsadida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa faoliyatlarini qaytadan tiklashga qaratilgan. Bu boradagi asosiy maqsad investitsiya faoliyatini tashkil etib iqtisodiyotni inqirozdan olib chiqish, uni barqarorlashtirish, dunyo bozoriga kirib borish, jahon xo’jalik aloqalarini mustahkamlash va aholi turmush darajasini yaxshilashdir. Umumlashtirilgan holda yakdillik bilan aytish mumkinki yurtimizdagi iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni zamirida “ Inson qadri uchun ! “ ezgu niyyatga qaratilgan . Provardida , kelgusida xalqimizning tinch-farovon hayot kechirishi uchun dasturi amal bolib xizmat qiladi . Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati . O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:O’zbekiston, 2014 y. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-598-son qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi «Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5643-son farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5635-son farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5495-son farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF- 5600-son Farmoni. Ilmiy adabiyotlar , darsliklar , ilmiy maqolalar. A.U.Burxanov, Sh.X.Muminov, X.X.Xudoyqulov. Investitsiya va innovatsiyalar. – T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021. – 462 b. Fozilchayev Sh.Q., Xidirov N.G‘. Investitsiya va lizing asoslari. O‘quv qo‘llanma. –T., Iqtisod-Moliya, 2018. Mustafakulov Sh.I. Investitsion muhit jozibadorligi. Ilmiy-amaliy qo‘llanma. –T.: Baqtriya press, 2017 G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: “Moliya” nashriyoti. 2013. G‘ulomov S., Qosimov G‘., Xolmirzayeva D., Saidaxmedov S. Strategik va innovatsion menejment. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2013. Qishloq xo„jaligi iqtisodiyoti: Darslik / R.X. Ergashev, Sh.Sh. Fayziyeva, S.N. Xamrayeva; – T.: ―Iqtisod-Moliya‖, 2018. – 404 b. Egamberdiyev F.T. Iqtisodiyot nazariyasi. O‗quv qo‗llanma. T.: Iqtisod- moliya, 2014. 380. Mamatov B.S., Xujamkulov D.Yu., Nurbekov O.Sh. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. –T.: Iqtisod- Moliya, 2014. Ergashev R.X. Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti: Darslik. T.: Extremum Press, 2011. 416. Николаева И.П. Инвестисии. Учебник. – М.: Издателско- торговая корпорация «Дашков и К°», 2013. Internet saytlari . www.minfin.ru http://agro.uz/uz/ http://stat.uz/ http://www.mfer.uz http://www.usda_programs http://www.iuf.ru/ http://geliopax.tele-kom.ru http://www.usaidmicro.org http://ab-centre.ru/ http://www.fao.org/ www.lex.uz https://uzse.uz. http://www.pifconsulting.ru. http://www.globfin.ru. http://www.businesswire.com. http://www.sse.com.cn. http://ssrn.com. http://people.stern.nyu.edu. https://csm.gov.uz. https://www.gazeta.uz. https://stat.uz. https://doingbusiness.org http://fayllar.org Download 86.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling