Investitsion muhit jozibadorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlili


Download 26.91 Kb.
bet1/3
Sana21.10.2023
Hajmi26.91 Kb.
#1714237
  1   2   3
Bog'liq
INVESTITSION MUHIT JOZIBADORLIGIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI OMILLAR TAHLILI


INVESTITSION MUHIT JOZIBADORLIGIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI OMILLAR TAHLILI



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida “iqtisodiy o‘sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish orqali erishiladi”[1] deb ta’kidlab o‘tgan edi. Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy resurslar unumdorligi va tejamkorligini oshirish, qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, iqtisodiyotni texnik-texnologik jihatdan yangilash orqali modernizatsiya qilish, investitsion jarayonlarni raqobatbardosh yuqori texnologik bilimlar iqtisodiyotiga yo‘naltirish asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlarni yanada chuqurlashtirish maqsadga muvofiq.
Xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish uchun zaruriy shart- sharoitlar yaratilishi muhimdir, u, qachonki, qaysi mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjud (ijobiy) bo‘lsagina o‘sha davlat iqtisodiyotiga qo‘yilishi mumkin[3. B. 320].
Ilmiy adabiyotlarda investitsion muhit terminiga juda ko‘p tushunchalar berilgan. Jumladan, Glagoleva va Beloguralarning fikricha, “mamlakat yoki mintaqaning investitsion muhiti moliyaviy qo‘yilmalar jozibadorligi ma’lum darajasini belgilovchi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda davlatni huquqiy sharoitlari tavsifini birgalikda umumlashtirilganidir”[3. B.15].
Investitsion muhit to‘g‘risidagi ilmiy qarashlarni umumlashtirgan xolda, bu tushunchani ma’lum investitsion jarayonlarni amalga oshishi va rivojlanishini belgilaydigan turli omillar yig‘indisi sifatida ifodalanganligini ko‘rish mumkin.
Shunday qilib, investitsion muhit–bu u yoki bu xo‘jalik tizimini investitsiyalashni imkoniyatlari va jozibadorligini oldindan belgilab beruvchi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,huquqiy, madaniy, tarixiy, moliya, boshqaruv va boshqa shart–sharoitlarni umumlashgan tavsifidir.
O‘zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib borayotgani investitsiya muhitining qulayligidan dalolat beradi. Bunday investitsiya holati iqtisodiy o‘sish texnologik darajasini tezkor o‘zgartirish imkoniyatini berib kelmoqda. Ko‘plab ekspertlarning fikrlariga qaraganda, o‘sish sur’atlarini yanada oshirib borish taqozo etilmoqda. Investitsiyalarning bunday o‘sish sur’atlari investorlar uchun qulay muhit yaratilganligi, investitsiya dinamikasi va tarkibiga ta’sir ko‘rsatadigan jami iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, siyosiy va ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Xususan, investitsiyalar importining oshib borayotganligi ham bundan dalolat berib turibdi. Ijobiy investitsiya muhitini yaratish vazifasini hal qilgan holda iqtisodiyotning globallashuvi jahonda mavjud investitsiya resurslaridan foydalanishni kengaytirgan holda shu orqali investitsiya retsipiyentlari o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirishini ko‘zda tutish muhim. Mos ravishda, agar biz tashqaridan qo‘yilmalar hajmini oshirishni xohlasak, ular uchun raqobatchilardan ko‘ra yaxshiroq sharoitlarga ega bo‘lishimiz kerak. Bunda nafaqat xorijiy, balki milliy investitsiya resurslari ham ko‘zda tutilmoqdaki, ularning chet elga «oqib ketishi» ular uchun o‘z mamlakatida yaratilgan muhit unchalik qulaymasligini ko‘rsatadi. Mintaqalar investitsiya muhitining mazmuni quyidagilar hisoblanadi:

  • ob’ektiv omillar;

  • iqtisodiyotning turli darajalari bo‘yicha investitsiya muhitini tabaqalashtirish;

  • milliy iqtisodiyot investitsiya muhitining mintaqalar investitsiya muhitlari majmuiga olib kelmasligi (sinergizm xossasi);

  • mintaqa iqtisodiy tizimiga investitsiya muhitini kiritish;

  • ma’lum sharoitlar oqibati sifatida turli risklarning vujudga kelishi.







Download 26.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling