Investitsion Muhit va Iqtisodiy O’sish. Mundarija: Kirish Asosiy qism


Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish va davlat tomonidan tartibga solish


Download 0.61 Mb.
bet2/2
Sana11.12.2020
Hajmi0.61 Mb.
#164371
1   2
Bog'liq
Investitsion Muhit va Iqtisodiy


3. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish va davlat tomonidan tartibga solish
Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo‘li bilan kreditlar evaziga, muomalaga, qonunchilikda belgilangan holda, qimmatli qog'ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga olib boriladi Davlat mulkini xususiylashtirish tufayli mamlakat miqyosidagi manbalar tarkibida mablaglarning kamayib borishi kuzatilmoqda.

Aksincha, turli mulk egalaritiing mablaglari, yangidan tashkil etilayotgan fondlaming ulushi, chet el investitsiyalarining miqdori ortib boradi. Albatta, bu borada har bir mamlakatning investitsiya siyosati hal qiluvchi rol o'ynaydi. Investitsiya manbalarini tashkil etishda mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, milliy valuta birligini konvertrlanishi, tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, aholi ehtiyojining ishlab chiqarish hisobiga qondirilishi va boshqalar

muhim rol o'ynaydi.

Bozor munosabatlarini rivojlantirish davlat tomonidan olib boriladigan ichki moliya siyosatiga chambarchas bog'liqdir. Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta tacpimlash hamda u yoki bu yo'nalishda sarflash va jamg'arish mamlakatda qabul qilingan va amaliyotda faoliyat ko'rsatayotgan taqsimot tizimiga bog'liqdir. Qonunchilikni rivojlanishi, adolatli qonunlar qabul qilinishi va ularni hayotga tatbiq etilishi bozor munosabatlarini rivojlantirishga, tadbirkorlik, ishbilarmonlikni keng ko‘lamda tarqalishiga qaratilsa, investitsiya manbalari tarkibida davlat mablag'lari kamayishi hisobiga boshqa mulkdorlar mablaglari o‘sib boradi Ishlab chiqarish munosabatlarini to‘g‘ri yolga qo'yish va davlatning samarali moliya siyosatini ymitish alohida ahamiyatga egadir. Xorijiy kapitalni kirib kehsh darajasi ustun darajada mamlatoni ohb borayotgan moliya .siyosatiga bog'liqdir.

Olish iqtisodiyotida investitsiya manbalarining mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar quyidagi gurahlarga ajratish mumkin:

- investorlami o'z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg'armalari, fuqarolar, huquqiy shaxslaming jamg'armalari va boshqa manbalar);

- investorlami qarzga olgan moliyaviy mablag'lari (zayom obligatsiyalari, bank kreditlari va budjet ajratmalari);

- investorlami jalb qilgan moliyaviy mablag'lari (aksiyalar va boshqa qimmatbaho qog'ozlarni sotishdan tushgan mablag'lar, fuqaro va huquqiy shaxslaming paylari va turli xil badallar hamda turli хil maqsaddagi nodavlat fondlar, mablag'lari);

- davlat budjetioing investitsiya ajratmalari.

Bozor munosabatlari shakllangan sharoitda investitsiya faoliyatmi mohyaiashtirish manbalari tarkibini 3-chiz.mada ko'rish mumkin.


Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari tarkibi

3-chizma



Markazlashgan rejalashtirishning rivojlanishini asosiy usul qihb olinishi ashyolar va pul oqinilari orasidagi mutanosiblikni buzflishiga olib keldi. Oxirgi yillarda esa mollar bilan pul o'rtasidagi nisbatning buzilishi, budjet qoplamalarining o'sib borishi hisobiga bo'ldi.

Baho siyosatini o'z vaqtida tartibga solinmaganligi budjet qoplamalarini talab etilislriga va uning hisobiga korxonalar hamda ahoh daromadlarini tez o'sishiga olib keldi Ma’muriy rejalashtirish dokasida bu daromadlarga nisbatan moddiy boyliklar yetarli bo'hnay qoldi Umumlashtirib aytganda, xalq xo'jaligining nomutanosibligini uchta ko'rsatkich bilan ifodalash mumkin; davlat budjetining kamomadhgi, xo'jalik tashkilotkrini banklar oldida istiqbolsiz qarzkrining paydo bo'hshi hamda ahoh daromadlarining xarajatkrga nisbatan ko'payib borishi Aholi daromadlarining o'sib borish davri ishlab chiqarishni pasayib borishi bkan to'g'ri keladi. Shunday qilib, xalq xo'jaligida ishlab chiqarish bilan bog'lanmagan holda turli xk pul daromadkrining o'sib borishijarayoni yuzaga keldi Banklar, auksionlar, qimmatbaho qog'ozlar bozorining barpo etilishi bu jarayonni yanada tezlashtkdi. Davlat tomonidan olib borilayotgan aholini iqtisodiy muhofaza qilish siyosati esa ushbu jarayonga qo'shimcha bo'ldi. Tadbkkorhkni yo'lga qo'yilishida esa raqobat muhiti tashkil etihnadi, bu esa asosan tadbkkorkr tomonidan mlrd. so'mkb moUyaviy kapitahii hamda noishkb chiqarish mulkni jamg'arishga olib keldi. Inflatsiya asosida jamg'arilgan tijorat kapital ishlab chiqarishga kiritilmadi, bu esao'z navbatidagiperinflatsiyarivojlanishigahamdamutlaqmol kamomadligiga olib keldi.

Investitsiya strategiyasining asosi moliyaviy institutlar faoliyatiniag maqsadi va cheklovlari hisoblanadi Samarali iavestitsiyalami tanlash maqsadiai oldindan aniq shakllantirmasdan hal qilib bo‘lmaydi.

Ushbu holat har qanday iavestitsiya boshqaruvchisi uchun ona muhim hisoblanadi “Qaysi qimmath qog'oz eng foydali?” yoki “Qanday portfel eng samarali?” -degan savollarga javob yo‘q.

Vazifani to‘g‘ri qo'yishni quyidagicha shakllantirish mumkin;

maqsadlardan kelib chiqqan holda, rejali istiqbolda, ushbu tashkilot uchun mijozlar oldidagi majburiyatlar nisbati, qonuniy va boshqa cheklovlarga qarab iavestitsiya qarori yaxshi bo‘ladi. Investitsiya iastitutlarining (iavestitsiya fondi, investitsiya kompaniyalari) strategiyasi, odatda, investitsiya dekJaratsiyasi deb nomlanadigan maxsus hujjat bilan shakJlantiriladi.

Aslida iavestitsiya deklaratsiyasi investitsiya fondining yoki investitsiya kompaniyasi nizom fondiniag bir qismi hisoblanib matbuotda e’lon qilinishi, uni asosiy mazmuni esa aniq tartiblanishi lozim.


4. Qulay investitsion muhit- barqaror iqtisodiy rivojlanishning muhim omilidir

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatda investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratmasdan va xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etmasdan turib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitidagi mamlakatlar jahon iqtisodiy hamjamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalasha olmaydi.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etgan Murajaatnomasida shunday ta’kidlaydi: “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotini barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi”.

Mamlakatimizdagi investitsiya jarayonlarining takomillashib borayotganligini namoyon etuvchi jihat – davlat budjetidan moliyalashtirish tarkibidagi nisbatlarning sezilarli darajada o‘zgarib borayotganligi hisoblanadi. Investitsiya jarayonlariga davlat budjetidan moliyalashtirilgan mablag‘lar dinamikasi shuni ko‘rsatadi-ki, agar 2005 yilda davlat budjetidan moliyalashtirilgan mablag‘larning 36,2 % respublika budjeti, 63,8 % mahalliy budjet hisobiga ta’minlangan bo‘lsa, 2015 yilda bu ko‘rsatkich 17,6 % va 82,4 %ni 2016 yilda 21,8 % va 78,2 %ni, 2017 yilda 23,5 % va 76,5 %ni, 2018 yilda esa bu nisbat tegishli ravishda 32,1 % va 67,9 %ni tashkil etdi.

Bu yuqorida keltirilgan ma’lumotlar investitsiya jarayonlarini moliyalashtirishda mahalliy budjetlarning ishtiroki va roli kengayib borayotganligini ko‘rsatadi.

Agar 2000 yilda korxona va aholi mablag‘lari hisobidan investitsiya jarayonlarini moliyalashtirish barcha investitsiyalarning 39,1 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib 58.2 foizga yetdi, davlat budjetidan moliyalashtirish esa mos ravishda 29,2 foizdan 3.8 foizga pasaydi.

Investitsiyalar iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyotni rivojlantirishni ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda keying yillarda investitsiya jarayonlarining faollashuvi kuzatildi. Masalan, barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar 2005 yilda 3165,2 mlrd.so‘m, 2006 yilda 4041,0 mlrd. so‘m, 2007 yilda 5903,5 mlrd. so‘m, 2008 yilda 9555,9 mlrd. so‘m, 2009 yilda 12531,9 mlrd. so‘m, 2010 yilda esa 15338,7 mlrd. so‘mni, 2015 yilda 40737,3 mlrd.so‘m, 2016 yilda 49476,8 mlrd.so‘m, 2017 yilda 60719,2 mlrd. so‘mni, 2018 yilda esa 107333,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2018 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar 107333,0 milliard so‘mni tashkil qildi (bu 13,3 milliard AQSh dollariga teng bo‘lib, (2017 yilga nisbatan) 18,1 foizga ko‘pdir.

2018 yilda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga kiritilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 31,4 milliard so‘m (dollar ekvivalentida 3,9 mlrd. AQShdoll.) yoki 2017 yilga nisbatan 136,6 foizni tashkil etdi.

Xorijiy investitsiya va kreditlarning jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 29,2 % tashkil qildi.

2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 164 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti ishga tushirildi, 2017 yilda esa 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirildi, bu 2018 yilda qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini berdi. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingan 2018 yilda mamlakatimizda barcha sohalarda innavatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Qabul qilingan 2018 yilgi Davlat dasturini ro‘yobga chiqarishi doirasida 21 trillion so‘m va 1 mlrd. AQSh dollariga teng 76 mingdan loyiha amalga oshirildi va 138 ta yangi korxona ishga tushirildi.

2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berildi. 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 16 % ko‘p investitsiya o‘zlashtirilishi kutilmoqda. 2019 yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard AQSh dollarlik 3000 dan ziyod loyihalar kiritilgan. 2019 yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard AQSh dollari bo‘lgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Joriy yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 320 ta loyiha doirasida 4,2 milliard AQSh dollari o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga 2019 yilda tijorat banklari xorijiy banklarning jami 740 million AQSh dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlarini jalb qilishi ham belgilangan. 2019 yilda 84 ta loyiha doirasida halqaro moliya institutlari va donorlarning 2,7 milliard AQSh dollari mablag‘ini o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini oshirish yo‘nalishida korxonalarning mablag‘lari, O‘z TTJ, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya vakreditlar hisobidan 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlari amalga oshiriladi.

Natijada kelgusi 5 yilda sanoat mahsulotini 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi va ko‘plab yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar o‘zlashtiriladi. Jami xarajatlar uchun 37687,8 milliard so‘m va 8349,3 million AQSh dollari ajratiladi.

Investitsiya sohasida shakllangan ijobiy dinamika iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada mamlakatimizda 1996 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish ta’minlanib, uning sur’atlari, masalan 2017-2018 yillarda o‘rtacha 5 foizdan yuqori bo‘ldi.

Ana shuni e’tiborga olib, hukumatimiz mamlakatda investitsion muhitni shakllantirishga sharoit yaratish va uni ishlashini tezlashtirish, rag‘batlantirish maqsadida bir qator qonunlar ishlab chiqib, ularni hayotga tatbiq qildi.

Shunday qilib, o‘rnatilgan huquqiy asoslar xorijiy hamkorlarning keng investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib, ularning huquqlarini va sarflagan sarmoyasini himoya qiladi.



4-jadval

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb qilingan va to‘g‘ridan-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar xajmini 2000-2018 yillar bo‘yicha

dinamikasi

Yillar

Xorijiy investitsiyalar

To‘g‘ridan-to‘g‘ri

kiritilgan xorijiy

investitsiyalar

2000

727.5

105.2

2001

823.9

95.6

2002

516.5

80.1

2003

602.1

166.1

2004

754.6

333.8

2005

617.1

422.6

2006

895.7

683.8

2013

3000

2200

2014

3124

2340

2015

3248.5

2387.0

2016

3578.1

2479.6

2017

3348,2

2493,3

2018

3885,4

1816,9

O‘zbekistonda investitsiya siyosati islohotlarning bosqichma-bosqichlik tamoyillaridan kelib chiqib, muayyan darajada hududiy sharoitlarni inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, mustaqillikning dastlabki yillarida mintaqalarga xorijiy investitsiyalar umuman jalb qilinmagan. 1995 yildan boshlab, aksariyat viloyatlar iqtisodiy aloqalarida faollik sezila boshladi.

Agar 1994-1995 yillarda chet el investitsiyalarining asosiy qismi O‘zbekistonning 14 ta hududiy birligidan 4 tasiga jalb etilgan bo‘lsa, 1996 yildan boshlab, barcha mintaqalarda ustuvor investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, mazkur vaqt mobaynida chet el investitsiyasi va kreditlarining asosiy qismi Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlariga kiritilgan. Jumladan, oxirgi yillarda xorijiy sarmoyalarning eng ko‘p qismi Sho‘rtan gaz-kimyo majmui hamda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rekonstruksiyasiga va kimyo tolasi zavodiga, Xo‘jaobod yer osti gaz ombori, Angren kaolin zavodi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, shuningdek, «SamKochAvto», «Papfen», «Kosonsoy Tekmen» va boshqa qo‘shma korxonalarga jalb qilindi.

Xorijiy sarmoyalar, birinchi navbatda, tabiiy resurslarga eng boy, nisbatan qulay iqtisodiy sharoit va investitsiya muhitiga ega bo‘lgan, aholini ish bilan ta’minlash va boshqa ijtimoiy muammolar keskinroq turgan mintaqalarga jalb etildi.

Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning boshqa hududlari bilan ishonchli tarzda bog‘lovchi, Qamchiq dovonidan 19,2 kilometr uzunlikdagi yer osti yo‘li orqali yangi Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘i qurildi.

Mazkur temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi bilan mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oluvchi yagona temir yo‘l tizimi to‘liq yaratildi. Birgina 2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard AQSh dollarlik 164 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon IESda 450 MVt quvvatli ikkita bug‘-gaz turbinasi va Angren IESda ko‘mir kukunidan foydalanishga mo‘ljallangan 130-150 MVt energiya bloki qurish, Jizzax viloyatidagi sement zavodi quvvatini kengaytirish, “Indorma Qo‘qon tekstil” xorijiy korxonasi va “Fanteks” MChJda yigiruv ishlarini tashkil etish, “GM O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyatida “T-250” rus mdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil qilish”, shu bilan birga “Sirdaryo viloyatidagi “Guliston Med Texnika” qo‘shma korxonasida steril shiprislar ishlab chiqarish” 2018 yilda qurib bitkazilib ishga tushirilgan.

Markaziy Osiyodagi eng yirik inshootlardan biri bo‘lgan yiliga 8milliard kub tabiiy gaz qazib olish va uni qayta ishlash imkonini beradigan Buxoro viloyatidagi “Qandim gazni qayta ishlash majmuasi” va boshqa loyihalar shular jumlasidandir.


5. O’zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirish borasida ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish yo‘llari
Jahonda xorijiy kapitalni jalb etish bo‘yicha mamlakatlararo keskin kurash ketmoqda. Xorijiy investitsiyalar hajmi, uning sifati va qulay shartlardan foydalanish borasida rivojlangan mamlakatlarda yildan-yilaga investitsion muhit jozibadorligini ta’minlashga xizmat qiladigan innovatsion instrumentlarning turli ko‘rinishlari yaratib kelinmoqda.

Shular qatorida, iqtisodiy rivojlanishi boshqa davlatlarga qaraganda tez sur’atlarda o‘sib borayotgan, tovar va xizmatlari dunyoning barcha o‘lkalarida tarqalgan, bugungi kunda uchta eng ko‘p tarqalgan so‘z – “Made in China”, deya e’tirof etilayotgan, qanchadan qancha iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilgan lekin hali bu tajribalardan to‘liq foydalanish masalasiga kelganda namoyon bo‘lmayotgan Xitoyning investitsiyalarni jalb qilish borasidagi yutuqlari va buning omillarini ko‘rib chiqamiz.

Xitoyning tez sur’atlarda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan muhim omillardan biri – investorlar uchun zarur bo‘ladigan, hududlarning imkoniyatlari va salohiyatlarini namoyon etadigan ma’lumotlar bazasini (pasportni) ishlab chiqqanligi va arzon ishchi kuchiga egaligi bilan belgilanadi. Ushbu baza internet-resurs sifatida ochib qo‘yilganligi, Xitoy korxonalari uchun xorijiy investitsiyalarning oqib kelishini va biznes hamkorlikning kuchayishini ta’minladi. Bugungi kunda Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi mavqeini hamda iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda oshishini ta’minlashga xizmat qilgan omil ham, aynan uning ochiqligi, sog‘lom imiji va investitsion jozibadorligidir. Ammo, bugungi kun ekspertlarining fikrlariga ko‘ra, Xitoyning ochiqligi, jahon hamjamiyatiga yuqori sur’atlarda integratsiya bo‘lib, borayotganini mamlakat fuqarolari va chet el jamoatchiligi salbiy holat sifatida har xil qabul qilishmoqda. Bularning hammasi zamonaviy Xitoy to‘g‘risida, u yerda amalga oshirilayotgan jarayonlarni anglamasdan turib chiqarilayotgan xulosalardir desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Zero, Xitoy rahbariyati tomonidan quyidagi jihatlarga ongli tarzda alohida e’tibor qaratilmoqda:

-tashqi dunyo bilan Xitoyning mustahkam aloqasini o‘rnatish;

-tadbirkorlar bilan davlatning birdamligi va ishonchli sherikchiligini ta’minlash;

-jahon hamjamiyati tasavvurida Xitoyning ishonchli hamkor imijini hosil qilish;

-ishlab chiqarishning yuqori mahsuldorligi bilan rivojlanish emas, balki taraqqiyotning innovatsion asosda qurilishini ta’minlash va boshqalar.

Aynan shu jihatlarni inobatga olgan holda, 2004 yildan Xitoy davlati mamlakatning investitsion jozibadorligini yanada oshirish muammosini hal etish bilan faol shug‘ulana boshladi. Oldingi o‘n yilda Xitoy jahon hamjamiyati oldida o‘zining nufuzini va obro‘sini ko‘tarish bo‘yicha ko‘plab tizimli tadbirlarni amalga oshirdi. U bir qancha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar: OTHT-Osiyo-Tinch okeani Hamkorlik Tashkiloti, ShHT-Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish bo‘yicha xitoy-arab, xitoy-afrika hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelmoqda.

Xitoy davlati Butunjahon savdo tashkiloti (JST) a’zo bo‘lishi bilan ko‘plab sohalarda tub islohotlarni amalga oshirdi. Xususan, quyidagi muhim yo‘nalishlarda: turli xildagi tariflarni pasaytirish; iqtisodiyotning yetakchi sohalari, xususan xizmatlar: telekommunikatsiya, sug‘urta, bank, savdo, logistika sohalariga yo‘naltiriladigan investitsiyalarga to‘siq va cheklovlarni olib tashlash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni keltirish mumkin. Ushbu yaratilgan imkoniyat va sharoitlar tufayli nafaqat transmilliy kompaniyalar, balki kichik va o‘rta hajmdagi xorijiy kompaniyalarning Xitoy davlatiga investitsiya kiritish bilan bog‘liq faolligi yanada oshdi.

Shular tufayli Xitoyga kiritilgan TTXI hajmining oshishi yildan-yilga o‘sib bordi. JST a’zo bo‘lishi natijasida 2006 yildan xorijiy bank muassasalari uchun geografik va operatsion cheklovlar olib tashlandi. Buning oqibatida xorijiy banklarning shu’ba muassasalari tashkil etildi va ular tomonidan Xitoyning istalgan hududida rezedentlar uchun yuanda operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq tartiblar o‘rnatildi.

Taqdim etilgan imkoniyatlardan Angliya banki-Standart Chartetered Bank birinchilardan bo‘lib foydalandi hamda boshqa bir qator banklarning: Citigroup (AQSh), HCBCN (Angliya), ABN AMRO (Niderlandiya), Bank of east Asia (Gonkong) va Hang Seng Bank (Gonkong) banklarining kirib kelishini ta’minladi. 2008-2012 yillarda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisoiy inqirozi davrida Xitoy davlati xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini pasaytirmaslik maqsadida “yashil yo‘lak” tizimini amalga oshirdi.

Ushbu tizimdan xorijiy kapitalaga ega bo‘lgan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini rag‘batlantirish masalalari o‘rin olgan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, investorlar uchun “himoya yostig‘i” vazivasini o‘tadi. Amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy-ma’muriy va siyosiy-tashkiliy chora-tadbirlar sabab Xitoy keyingi besh yilda eng yirik savdo-sotiqni amalga oshirayotgan hukmron davlatlardan biriga aylandi. UNTAD tomonidan e’lon qilib kelinayotgan hisobotlarda XXR kapitalning importi va eksporti bo‘yicha lider mamlakat sifatida reytingda kuchli ikkilikdan joy olib kelmoqda. Inqirozdan oldingi davrlarda (2005-2007) Xitoyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar importi o‘rtacha 76,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lib, bu jahondagi umumiy ko‘rsatkichning (TTXI importining) 5,4 foiziga to‘g‘ri kelgan. 2019 yilga kelib esa Xitoy 141 mlrd.dollar TTXI o‘zlashtirdi. (Qarang: 1- rasm).

Agar ushbu statistik ko‘rsatkichlarga Xitoy Xalq Respublikasi uchun “investitsion darvoza” bo‘lgan Gonkong va Singapur davlatlarini qo‘shadigan bo‘lsa, bu farq yanada kamayadi. 2019 yilda Gonkong 68 mlrd dollar qiymat ko‘rinishida TTXI qabul qilgan bo‘lsa, Singapur davlati 92 mlrd. dollar TTXI qabul qildi.

Tadqiqotimizni yanada chuqurlashtirish, uning saviyasini boyitish maqsadida Singapur davlatining tajribasini ham tahlil qilamiz.

Rivojlanish darajasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etgan, o‘zining boy tajribasi va intellektual salohiyatining yuksakligi bo‘yicha dunyo mamlakatlari ichida yuqori o‘rinlarda turadigan, aholisi soni unchalik ham katta bo‘lmagan, ammo kompyuter dasturlarini yaratish, telekommunikatsiya sohasida salmoqli nufuzga ega bo‘lgan, Jahon banki tomonidan e’lon qilingan hisobotlarda jon boshiga YaIM ishlab chiqarish bo‘yicha (xarid quvvati pariteti bo‘yicha) 3-o‘rinda turgan, “Osiyo yo‘lbarslari”, deb nom olganlardan biri bo‘lmish Singapur davlatida ham investitsion muhitni yaxshilash, uning jozibadorligini oshirish yuzasidan boy tajriba to‘plangan.

Quyida keltirilgan 1-rasmdan biz ko‘rishimiz mumkinki, jamg‘arilgan TTXIlar, 2018-2019 yillar uchun 20 ta eng yuqori reytingga ega bo‘lgan mamlakatlar orasida 5-o‘rinni Singapur davlati egalagan bo‘lib, 2019 yilda 92 mlrd. dollar hisobida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar qabul qilgan.

Bu yutuqlarga erishishining asosiy omilini quyidagicha izohlashimiz mumkin: Singnapur davlatining rivojlanish yo‘li, qo‘lga kiritgan “iqtisodiy mo‘jizasi” bilan shug‘ullangan barcha olimlarning fikri bir muhim nuqtaga borib taqaladi. U ham bo‘lsa, Singapurda qulay investitsiya muhitining yaratilganligi. Aynan ushbu holat tufayli investorlar tomonidan bu yangi davlatga ko‘plab loyihalar kiritish amalga oshdi, YaIM hajmi yildan-yilga keskin ortib bordi. Bugungi kunda ham investorlar tomonidan Singapur davlatiga hech ikkilanmasdan kapital mablag‘lar yo‘naltirib kelinmoqda. U yerdagi investitsion muhit jozibadorligi donor mamlakatlarning doimiy qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

Investitsion muhitning sog‘lomligi, jozibadorligini davlatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks etuvchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali ham baholash mumkin.



Jahon bankining (JB) klassifikatsiyasiga ko‘ra, Singapur davlati eng yuqori daromadga ega bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi. Investitsion iqlimga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkmchlardan bittasi – inflatsiya darajasidir. Inflatsiya darajasi qanchalik past bo‘lsa, investitsion jozibadorlik shunchalik darajada yuqori bo‘ladi. 2005 yilda Singapurda inflatsiya darajasi 0,5 foizni, 2019 yilga kelib esa 0,4 foizni tashkil etdi. Davlatning investitsion muhit jozibadorligiga baho berishda, bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan usullardan biri bu – Doing Business indeksi; Global raqobatbardoshlik indeksidir.



1-rasm. Jamg‘arilgan TTXIlar, 2018-2019 yillar uchun (20 ta eng yuqori reytingga ega bo‘lgan mamlakatlar misolida), mlrd. dollarda
Jahon banki guruhi va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan e’lon qilinib kelinayotgan Doing Business indeksida Singapur 190 mamlakat orasida 2019 yilda 2 o‘rinni qayd etdi. 2008 yildan 2014 yilga qadar Singapur bu indekisda 1 o‘rinni egalab kelgan bo‘lsa, 11 yil mobaynida Singapur o‘rtacha 1,45 o‘rindan past ko‘rsatkichni qayd etmadi.

Olib borilgan izlanishlar va o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Singapurda biznesni ochish va uni yuritish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar va yuqori natijaga erishishda davlat siyosiy tizimining barqarorligi, samarali iqtisodiy siyosat, yuqori investitsion imkoniyatning mavjudligi va infrastrukturaning rivojlanganligi ta’sir ko‘rsatgan.



Global raqobatbardoshlik indeksi 141 ta mamlakat bo‘yicha quyida berilgan sohalar yuzasidan 0 dan 100 ballgacha baholanib, uning o‘rtachasi chiqariladi. Bular quyidagilar: institutlarning sifati, infrastruktura, makroiqtisodiy barqarorlik, sog‘liqni saqlash va boshlang‘ich ta’lim, oliy ta’lim va qayta tayyorlash, tovar va xizmatlar bozorlarining samaradorligi, mehnat bozorining samaradorligi, moliya bozorlarining rivojlanganligi, texnologik taraqqiyot darajasi, ichki bozor ko‘lami, kompaniyalarning raqobatbardoshligi, innovatsion salohiyat bilan bog‘liq ko‘rsatkichlardan iboratdir.



2-rasm. Global raqobatbardoshlik indeksi bo‘yicha eng yuqori reytinga ega bo‘lgan lider-davlatlar, 2019 yil(ball: 0-100 hisobida)
2-rasmdan biz ko‘rishimiz mumkinki, 10 ta eng yuqori reytinga ega bo‘lgan davlatlar ichida Singapur birinchi o‘rinni band etib kelmoqda. Aniq statistika ma’lumotlariga nazar soladigan bo‘lsak, sakkiz yildan buyon Singapur ushbu reytingning yetakchi o‘rinlaridan tushmay kelmoqda.

Mazkur davlat global raqobatbardoshlik indeksining 12 ta ko‘rsatkichidan 4 tasi bo‘yicha 1 o‘rinni ya’ni bular: infrastruktura, sog‘liqni saqlash va boshlang‘ich ta’lim, oliy ta’lim va qayta tayyorlash, tovar va xizmatlar bozorlarining samaradorligi, 3 tasi ya’ni institutlarning sifati, mehnat bozorining samaradorligi, moliya bozorlarining rivojlanganligi bo‘yicha 2-o‘rinni egaladi.

Ushbu natijalarni qayd etishiga mamlakatda oliy ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha davlat tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Yuqorida qayd etilgan tajribalarni o‘rganish asnosida aniq bo‘ldiki, Xitoy va Singapur davlatlarining xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsion muhit jozibadorligini oshirish borasidagi tajribalarini O‘zbekiston sharoitida tatbiq etish, ulardan foydalanish kelajakda mamlakatning bundan-da yuqori sur’atlarda rivojlanishini, aholining daromad manbai ko‘payishini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, ushbu davlatlar kabi O‘zbekistonni ham xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan so‘rovnomalarda faol ishtirok etishi, jahon mamlakatlarining investitsion jozibadorligini ko‘rsatadigan reytinglarning barchasida xususan, “Global raqobatbardoshlik indeksi”, “Global innovatsion indeks” va “Biznes muhiti hafi indeksi”larida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kelajakda investorlarning investitsiyalarni kiritish bo‘yicha qarorlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sababi, xorijiy investor biror bir davlatga investitsiya kiritishdan oldin, o‘sha mamlakatning investitsion muhiti haqida ishonchli ma’lumotga ehtiyoj sezadi. Albatta, eng ishonchli manbalardan biri bu xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan yuritiladigan indekslar hisoblanadi.

Bu indekslardan investorlar o‘zlariga kerakli va ishonchli ma’lumotlarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Shunday ekan, yuqorida nomi keltirilgan indeklarda O‘zbekistonni ishtirokini ta’minlash, O‘zbekistonning investitsion muhitini xorijiy investorlarga namoyon qilishda ijobiy ahamiyatga ega.

Shuningdek, Xitoy va Singapur davlatlari investitsion muhiti jozibadorligini oshirishga imkon bergan navbatdagi omil bu mamlakat hududlari to‘g‘risidagi investorlarga kerakli ma’lumotlarni investitsiya qabul qiladigan davlaning ma’sul tashkilotlari tomonidan rasmiy saytda O‘zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini inobatga olgan holda, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan har bir hududning (viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) investitsion muhit jozibadorligi bo‘yicha “Yillik statistik xarita” e’lon qilib borilishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu xaritadan quyidagi ko‘rsatkichlar joy olishi maqbul hisoblanadi:

➢ hududning rivojlanish salohiyati;

➢ hududning tabiiy-geografik va infrastruktura salohiyati;

➢ fuqarolik indeksi. Bunda aholining ijtimoiy faolligi, boshqaruv samaradorligi, ta’lim olish va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, turli xildagi ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlik, ularning ochiqligi, mahalliy hokimiyatning aholi bilan yaqinligi va hamkorligi bilan bog‘liq bo‘lgan tarkibiy ko‘rsatkichlar qamrab olinadi.

Bundan tashqari, ushbu mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda quyida ikki taklif etilayotgan tadbirni ham O‘zbekiston investitsion muhiti jozibadorligini oshirishga ko‘mak bo‘ladigan omil sifatida amaliyotga tatbiq qilinishi o‘z ijobiy samarasini ko‘rsatadi:

Davlat budjeti xarajatlari va kiritilayotgan investitsiyalarni onlayn tarzda kuzatish imkonini beradigan platforma yaratish lozim;

O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug‘ulanadigan rasmiy muassasalar tomonidan investorlarga byurokratik to‘siqlarni yuzaga kelishini oldini olish va ushbu muassasalar faoliyati shaffofligini ta’minlash maqsadida investorlarning murojaatlari uchun barcha muassasalarni jamuljam qilgan platforma yaratish kerak. Bunda, investor qaysi muassasaga murojaat qilishidan qat’iy nazar, ushbu murojat to‘g‘risida qolgan muassasalar bohabar bo‘lib turish imkonini beradi va bu byurokratiya va korrupsiyani oldini olish imkonini beradi.


Xulosa
Bugungi kunda O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarning investitsion mablag‘larini jalb etish bo‘yicha bir qator masala va muammolarning haligacha ochiq qolayotganligini ta’kidlash lozim bo‘ladi. Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda davom etib kelayotgan past ko‘rsatkichning sabablarini aniqlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi (TIV) O‘zbekistonda ishlash tajribasiga ega xorijiy sarmoyadorlar, biznesmenlar va moliya tashkilotlarining ekspertlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Ular O‘zbekistonga sarmoya oqimini to‘xtatib qo‘yayotgan qator omil va sharoitlarning ba’zilari sifatida quyidagilarni sanab o‘tishgan:

-bank-kredit tizimining takomillashmagani;

-sarmoyadorlar huquqlarining zaif himoyasi va yetarli darajada samarali bo‘lmagan sud tizimi;

-ma’muriy-byurokratik to‘siqlar (ko‘plab xorijiy kompaniyalar o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsat olish tartib-qoidalaridan norozi);

-past investitsiya reytingi.

Yuqorida keltirilgan investitsion muhit jozibadorligini oshirish yo‘lida to‘siq bo‘lib kelayotgan muammo va kamchiliklardan hamda 2011 yildan 2019 yilgacha iqtisodiyotga kiritilgan xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish darajasini tahlil qilib chiqqanimizdan kelib chiqib quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:

Bizning fikrimizcha, investitsiya iqlimi barqarorligini ta’minlash uchun, birinchi navbatda, investitsiya risklari sug‘ug‘rtasini yoki himoyasi tizimini keng rivojlantirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘la ma’noda amal qilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, investitsiya iqlimi barqarorligini, fikrimizcha, davlatning xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan siyosiy munosabati, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi, davlat apparati boshqarmasining ishlash samarasi, davlatning siyosiy barqarorligi, iqtisodiyotning umumiy holati (o‘sishi yoki inqiroz), inflyatsiya darajasi, valyuta kursining barqarorligi, soliq va bojxona imtiyozlari, ishchi kuchlarining qiymati va mexnat resurslarini ishlatilish tartibi, aniq tovar va xizmat turlariga bo‘lgan talab va taklifning mavjudligi, kredit bahosi, qolaversa jamiyat a’zolarining xorijiy kapital va xususiy mulkchilikni shakllanishiga bo‘lgan munosabati, jamiyatning ideologik bilimlari darajasi, ishchi kuchlarining tashkilotchilik va tadbirkorlik qobiliyati kabi omillarni chuqur o‘rganish va tahlil etish asosida ta’minlash mumkin.

O‘zbekistonda qulay investitsiya iqlimi yaratilishi uchun keng harakat qilinmoqda, bu borada xorijiy investorlarga turlicha moliyaviy imtiyozlar va huquqlar berilgan, bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Shuning bilan birgalikda quyidagi tadbirlar, bizning fikrimizcha, investitsiya iqlimini yanada yaxshilash imkoniyatini beradi: so‘mning qadrini ko‘tarish; mulk dahlsizligini ta’minlash, investorlar haq huquqini himoyalashni yanada oshirish, bank foizi stavkalarini barqarorlashtirish; islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini hisobga olgan holda soliq tizimini ilmiy asoslangan holda takomillashtirish; ma’muriy buyruqbozlik holatlariga chek qo‘yish; O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyasi nufuzini va uning likvidliligini oshirish, xorijiy investorlarni ularga jalb eta bilish, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi, bosib o‘tgan yo‘li, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash yo‘lida mamlakatning investitsion muhitni sog‘lomlashtirish borasida qabul qilgan qonunlari, ishlab chiqqan qarorlarini o‘rganish, investitsiyalari kengroq jalb etish bo‘yicha ishlab chiqqan usul va uslublarining kerakli jihatlarini O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish muhim masalalardan hisoblanadi. Zero, to‘plangan tajribalarni mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tatbiq etilishi, tavakkalchilikni pasaytirishga, mavhumlikni oldi olinishiga, yuqori samaradorlikning ta’min etilishiga olib keladi.


Foydalanilgan adabiyotlar.

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2018 yil 29 dekabr № 271-272 (7229-7230) soni

2.http://lex.uz, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

3.https://lex.uz/docs/4664142 (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi).

4.Mustafakulov Sh.I. Investitsion muhit jozibadorligi. Ilmiy-amaliy qo‘llanma. –Toshkent:Baktria press, 2017.-320 b.

5.Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: «Moliya», 2010. – B. 153.

6.G‘ozibekov D.G‘., Nosirov E.I. O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Risola. – T.: «Iqtisod-moliya», 2007. – 92 b.

7. Vahabov A.V., Tadjibaeva D.A., Xajibakiev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: darslik. -T.: Baktria press, 2015. -584 b.

8.UNCTAD,FDI/MNEdatabase(https://unctad.org/en/PublicationsLibrary/wir2020_en.pdf).

9. Lee, K.Y. From Third World to First: The Singapore Story 1965-2000. Sinpapore: Singapore Press Holdings, 2000/

10. Trading Economics.com / World Bank

11. http://www.doingbusiness.org



12. World Economic Forum, the Global Competitiveness Index Report, 2020 yil ma’lumotlari asosida tayyorlangan

1 Шарп У., Александер Г., Беюш Дж. Инвестиции: Пер. с англ. - М.; ИНФРА- М, 1997. - 7 с.

2 G'ozibekov D. G‘. InvestitsiyalamimoliyaLishtirish masalalari. -Т.: Moliya, 2003.

3 ' G'ozibekov D. G‘. Investitsiyalami moliyalashtirish masalalari. -Т.; Moliya,2003.

4 G'ozibekov D. G‘. Investitsiyalarni rnoliyalashtirish masalalari. -Т.: Moliya,2003.

5 Влинские П.Л., Левшец B.H., Смоляк C.A. Оценка эффективности инвестиционных проектов: Теория и практика: Учебное пособие.-3-е изд. -М.: Дело, 2004.

6 http:www.gov.uz .- O’zbekistou Respublikasi hukumat sayti.

7 Кожухар B.M. Практикум оценка инвестиций: Учебное пособие. -М.:, Дашка и К. 2005.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling