Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o`rni va investitsiya faoliyatida kapital qurilish


Download 0.72 Mb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1558656
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliya mustaqil ish6

  • DTPI Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 6MM-20 guruh talabasi Jo'rayev Sirojiddinning Moliya fanidan tayorlagan mustaqil ishi

Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o`rni va investitsiya faoliyatida kapital qurilish

Reja:

  • Investitsiya muhiti unga ta`sir etuvchi omillar va baholash usullari
  • O`zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borish vazifalari
  • Kapital qurilish va kapital qoyilmalar. Qurilishning bosqichlari
  • Qurilishda narxni shakllantirish asoslari. Qurilish obyektining shartnoma narxlari
  • Kapital qo`yilmalar samaradorligini baholash. Kapital qurilishda nazorat ishlariniolib borish

Investitsiya muhiti

mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi. Investitsiya muhiti holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishini talab etadi.

Investitsiyaviy jozibadorlik

mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror-bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsiya riski darajasi nuqtai nazaridan baholanishi. Investitsiyaviy jozibadorlik investitsiya salohiyati va investitsiya riski darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta’sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko’rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqligi hamda jozibadorligi, investitsiya riski darajasini aniqlash mumkin.

Siyosiy omillar


1. Davlatning investitsiyalar, xususan, xorijiy investitsiyalar bo’yicha siyosati
2. Davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi
3. Mamlakatning xalqaro shartnomalarga qo’shilganlik darajasi
4. Mamlakatning xalqaro bitimlarga rioya qilishi
5. Siyosiy ahvolning barqarorligi (siyosiy harakatlar, to’qnashuvlar, qo’shni davlatlarning osoyishtaligi)
6. Siyosiy hokimiyatning maqsadli harakati
7. Davlat apparatining samarali ish yuritishi
8. Ko’p partiyaviylik va siyosiy guruhlarning mavqei
9. Soliq, valyuta, narx, pul-kredit siyosatining investitsiya siyosatiga uyg’unligi
10. Mamlakatdagi ekologik vaziyat va hukumatning ekologik sog’lomlashtirish bo’yicha siyosati ko’lami

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling