Investitsion salohiyati
Download 38.88 Kb.
|
1 2
Bog'liqnamangan viloyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari va imkoniyatlari. Mintaqaning uzoq muddatli rivojlanishi.
Tadbirkorlik salohiyati
Namangan viloyatida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning o’ziga hos xususiyatlaridan biri bu sanoat tarmoqlari hisoblanadi. Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi (umumiy hajmga nisbatan % da)
2010-2021 yillarda YaHM tarkibida kichik biznes va tadbirkorlikning ulushi 76—73.5 ni tashkil etmoqda va bunda qurilishning hissasi sezilarli. Viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari va imkoniyatlari. Mintaqaning uzoq muddatli rivojlanishi. Viloyat asosan kasanachilikga va bog’dorchilikka ixtisoslashgan bo’lib bu sohalar viloyat rivojlaninsh istiqbolli yo’nalishlari bo’lib hisoblanadi. Masalan, charm sohasini olsak — tadbirkor 100-200 xonadonni xom-ashyo bilan ta’minlaydi, buyurtma beradi va qayta ishlangan mahsulotni o‘zi yana sotib oladi. Yoki chorvani oladigan bo‘lsak — yirik tadbirkor kredit oladi va bir qancha xonadonga sog‘in sigir yetkazib beradi. Ular yetishtirgan sut yana tadbirkor tomonidan sotib olinadi va qayta ishlanadi. Bu tizim xuddi klaster-kooperatsiya singari ish yuritadi. Namanganda qurilish sohasida ko‘plab qazilma boyliklar mavjud. Ammo hammasidan ham foydalanilmaydi. Investitsiya va tashqi savdo vazirligi viloyatda va yurtimizda qanday qurilish mahsulotlariga ehtiyoj kuchli ekani va nimalar import qilinayotganini aniqlab oldi. Shundan kelib chiqib amalga oshiriladigan loyihalar belgilab berilgan. Raqamlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak — 234 ta loyiha uchun jami 438 milliard so‘m sarflanadi. Natijada 6900 ta ish o‘rni yaratiladi. Namanganning yana bir jihati — issiqxonalar mavjud, ammo bog‘lar ko‘proq. Shu soha nisbatan yaxshiroq rivojlangan. Ayni vaqtda viloyatda 16 100 gektar bog‘ bor, biroq shundan 3 300 gektari eskirgan, samarasizdir. Mana shu bog‘lar qayta tashkil etiladi va qo‘shimcha 1 200 gektar adirlikdagi yerlar o‘zlashtirilib, tomchilab sug‘orish tizimi joriy etiladi. Bu o‘rinda shunchaki bog‘ yaratilmaydi, balki meva-sabzavotni quritish va qayta ishlash bo‘yicha eksport-klaster tashkil etiladi. Keying o’rinda esa xududda kichik biznes va tadbirkorlik yaxshi rivojlangan bo’lib Shu sababli investitsiya kompleksidagi uchta bank — Asaka bank, Milliy bank va O‘zsanoatqurilishbank bilan hamkorlikda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha xizmatlar paketi taqdim etiladi. O‘sish nuqtalaridan yana biri trikotaj sohasi hisoblanadi. Namanganda bu soha juda yaxshi rivojlangan. Lekin endi bularning barchasini brendlashtirishga ehtiyoj mavjud. Bu borada ikkita yo‘l bor — milliy brendni rivojlantirish yoki dunyo brendlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Ayni vaqtda xorijiy kompaniyalar bilan ish olib borayotgan mahalliy tadbirkorlar va «Iftixor» hamda «Ideal» kabi milliy brendlar mavjud. Mana shu milliy brendlarni rivojlantirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish mumkin.Namangan viloyatida loyihalarni amalga oshirish uchun xorijda yashayotgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan vatandoshlar salohiyati va tajribasidan faol foydalaniladi - bu yoʻnalishda 247 mln dollarlik 17 ta loyiha amalga oshiriladi. Jami 2020-2021-yillarda Namangan viloyatida barcha investitsiya dasturlarini amalga oshirish va iqtisodiy rivojlanishning yuqorida qayd etilgan “drayverlari”ni ishga solish orqali umumiy qiymati 13,1 trln soʻmlik 2148 loyiha amalga oshirilib, 55 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi. Download 38.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling