12-mavzu: Ish haqi va mehnat munosabatlari
Reja:
1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni.
2. Ish haqini tashkil etish shakllari va tuzilishlari.
3. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining
roli.
Tayanch so’z va iboralar
Ish haqi,
ish haqi fondi, ish haqidagi nazariyalar,
ish haqining miqdori, ish
haqining darajasi, nominal ish haqi, real ish haqi, vaqtbay ish haqi, ishbay ish haqi,
ish haqi tarif tizimi, tarif stavka, ish haqini oshirishda kasaba uyushmalarining roli.
1) Ish haqining iqtisodiy mazmuni.
Jamiyatda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishda boshqa omillar qatori ishchi
kuchi – mehnati qatnashadi. Ishchi kuchi mehnati jamiyat rivojlanishida hal
qiluvchi rol o’ynaydi, ya’ni mehnatsiz xech narsa yaratilmaydi.
Inson ishlab chiqarishda o’z mehnati bilan ish kuchini, ya’ni o’zining aqliy va
jismoniy qobiliyatini, energiyasini sarflaydi.
Inson sarflagan mehnat qobiliyatini qayta tiklash
uchun u ishlab chiqarilgan
mahsulotdan o’z ulushiga ega bo’lishi kerak. Bu yaratilgan maxsulot va daromad
taqsimlanishi jarayonida o’z ulushini oladi bu esa ish haqi ko’rinishida bo’ladi.
Ish haqi – ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va
unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan pul shaklida oladigan ulushi.
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zarur mahsulot bilan bog’liq
bo’lib, uning asosiy qismini tashkil etadi.
Ish haqi - ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini
yaxshilash, o’z
qobiliyatini tiklash, o’ziga o’rinbosarlar tayyorlash, ta’minlashni
ifodalaydi.
Ishchi kuchini takror hosil qilishda
ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda,
divident, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor.
Ish haqining mazmunini to’laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi
tushunchalarini bilishimiz zarur.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda
ish haqi olishi emas balki
unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu
sababli nominal va real ish haqi sarflanadi.