12-mavzu: Ish haqi va mehnat munosabatlari Reja


Download 299.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana22.04.2023
Hajmi299.16 Kb.
#1379838
1   2   3   4
Bog'liq
13-mavzu Iqtisodiyot

va 
kasaba 
uyushmalarining roli. 
Mehnat munosabati. Ishga yollash bo'yicha korxona ma'muriyati va ishchilar 
o'rtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. 
Ko'pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh 
masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini 
yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog'liq masalalar hisoblanadi. 
Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo'ladi. 
Xozirgi bozor iqtisodiyoti davrida ko'pchilik bozorlarda ishchilar o'zlarining 
ish kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo'lib 《sotadi》. Kasaba 
uyushmalari nisbatan ko'p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va 
kasaba uyushmalarining asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iboratdir. 
Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo'llar bilan erishishi mumkin. 
1. Ishchi kuchiga bo'lgan talabni oshirish. Ya'ni mehnatga bo'lgan talabni 
kengaytirish - bunda ish haqi stavkasi ham, ishchi o'rinlari soni ham ortadi, 
natijada: 
-ishlab chiqariladigan mahsulotni oshirish. 
-mehnat unumdorligini oshirish. 
-ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish 
omillarini baholarini o'zgartirish imkoniga ega bo'ladi. 
2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish - bu yo'l bilan ish haqi stavkasini oshirish 
mumkin. 
3. Kasbni malakali litsenziyalash. Bunda kasaba uyushmalari korxona 
ma'muriyatiga - shu ishga ishchining ta'lim darajasi, mutaxassislik bo'yicha ish 
staji, imtixon natijasi talabga javob bergan taqdirda ishga qabul qilishga ta'sir 
ko'satadi. Masalan, yangi o'qituvchi, shu fan bo'yicha sinov ochiq darsini o'tib 
berishi kerak. 
Hozirgi zamon mehnat munosabatlarida davlat ham o'z qonun doiralari bilan 
ishtirok etadi, buni mahalla misolida ko'rishimiz mumkin va boshqalar. 
-kam ta'minlangan oilalarga yordam; 


-ishsizlik bo'yicha nafaqa; 
-har xil (yolg'iz ona, nogiron, .....) ijtimoiy to'lovlar; 
-pensiya ta'minoti va boshqalar orqali aholining ijtimoiy - iqtisodiy axvolini 
barqarorlashuviga ma'lum bir darajada ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan: mehnat 
yarmarkalarini tashkil qilish orqali, davlat tomonidan ishchilarni o'qitish va qayta 
tayyorlashning davat tizimi. 
Xulosa qilganimizda mehnat munosabatlari ya'ni mehnat shartnomalari 
avvalo, ish haqi stavkasi, me'yoridan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam 
olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog'liqni saqlashga ajratmalar 
hamda baholarning o'zgarishini hisobga olib, iste'molchilik savati qiymatini 
tartibga solish, kabi paketlarni o'z ichiga oladi. 
Kasaba uyushmalarining ta'siri bilan tibbiyotga rentgen aparatida ishlovchi, 
qishloq xo'jaligida akkumlyatorni ishga tushirish va zaryadkalashda ishlovchi, yer 
osti shaxtalarida ishlovchi, cho'llarni birinchi bor o'zlashtirishdagi ishtirokchilar
ekologik notoza hududlarda ishlovchilarga imtiyozli ish haqlari to'lanadi. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Ish haqi ta'rifini aytib bering? 
2. Nominal ish haqi nima? 
3. Real ish haqi nima? 
4. Vaqtbay ish haqi nima? 
5. Ishbay ish haqi nima? 
6. Ish haqi tizimi? 
7. Ta'rif tizimi orqali amalga oshiriladigan ishlarni ko'rsating. 
8. Ish haqini oshirishda kasaba uyushmalari qanday ishlarni amalga oshiradi? 
9. Aholi iste'molchilik savatini to'ldirishda davlat qanday vazifalarni amalga 
oshiradi? 

Download 299.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling