Adabiyot kunlari”ni o’tkazish bo’yicha tavsiyalar


Download 46.63 Kb.
bet1/6
Sana20.10.2023
Hajmi46.63 Kb.
#1711426
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Китобхонлар байрами 7 та тадбир


“Kitobxonlar bayrami”ni o’tkazish
Nizomiga 1-ilova

Adabiyot kunlari”ni o’tkazish bo’yicha


TAVSIYaLAR

“Adabiyot kunlari” tadbiri har yili fevral oyining birinchi yarmida barcha umumta’lim maktab-larida 5-9-sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladi.


Ta’lim muassasalarida “Adabiyot kunlari” tadbiri maktabda “Kitoblar bayrami” tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan Tashkiliy guruh tomonidan tashkil etiladi.
Tashkiliy guruh ta’lim muassasasida “Adabiyot kunlari” o’tkaziladigan aniq kunlarni belgilaydi, ularni o’tkazish rejasini ishlab chiqadi va maktab jamoasiga e’lon qiladi.
“Adabiyot kunlari” o’quvchilar o’rtasida kamida 3 kunda o’tkaziladigan “Mushoira kechasi”, “G’azalxonlik bellashuvi”, “SHe’rxonlik”, “Donolar bisotidan”, “Bahru-bayt” kabi tadbirlar turkumidan iborat bo’ladi.
Masalan, 9 fevral kuni “Navoiyxonlik”, 14 fevral kuni “Boburxonlik” tadbirlarini o’tkazishni va ularning asarlariga bag’ishlangan sahna ko’rinishlarini tashkil etishni rejalashtirish maqsadga muvofiq.
“Adabiyot kunlari”ning bir kunida maktabga yozuvchi-shoirlarni taklif etish va ular bilan uchrashuvlar tashkil etish, yana bir kuniga sinflar o’rtasida “Nima?, Qaerda?, Qachon?” yoki “Breyn Ring” kabi o’yinlarini tashkil etish mumkin.
“Adabiyot kunlari”da sinflar o’rtasida “Eng yaxshi devoriy gazeta”, “Eng yaxshi insho” tanlovlarini, Zahiriddin Muhammad Bobur yoki Alisher Navoiyning rasmlarini chizish bo’yicha rasmlar tanlovlarini ham o’tkazish mumkin.
“Adabiyot kunlari” tadbirlarida faol ishtirok etgan o’quvchilar va o’qituvchilar maktab ma’muriyatining “Faxriy yorliq”lari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi va ularning ismi-shariflari ertalabki saflanishda ma’naviy rag’batlantirish sifatida maktab jamoasiga e’lon qilinadi. Tashkiliy guruh a’zolari “Adabiyot kunlari”ni o’tkazishga ijodiy yondashgan holda mavzuga oid boshqa turli tadbirlarni ham tashkil etishlari mumkin.
“Kitobxonlar bayrami”ni o’tkazish
Nizomiga 2-ilova

Kitobim - oftobim” nomli kitob haftaligini o’tkazish


TARTIBI

“Kitobim-oftobim” nomli kitob haftaligi maktabda “Kitoblar bayrami” tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan Tashkiliy guruh va boshlang’ich sinflar rahbarlari tomonidan har yili mart oyida 1-4-sinf o’quvchilari o’rtasida tashkil etiladi.


Tashkiliy guruh tomonidan “Kitobim-oftobim” nomli 5 kunlik kitob haftaligini o’tkazish rejasi ishlab chiqiladi va uning aniq kunlari belgilanadi.
Haftalik davomida maktab kutubxonachisi kutubxonada bolalar adabiyotlari ko’rgazmasini tashkil etadi va haftalik davomidagi ertalabki saflanishda sinf rahbarlari bilan birgalikda o’quvchilarni kutubxonadagi mavjud bolalar adabiyotlari bilan tanishtiradi hamda tadbirning mazmun-mohiyati haqida o’qituvchi va o’quvchilar jamoasiga batafsil ma’lumot beradi.
Tegishli boshlang’ich sinf rahbarlari va kutubxonachi tomonidan haftalikning birinchi kuni 1-sinf, ikkinchi kuni 2-sinf, uchinchi kuni 3-sinf, to’r-tinchi kuni 4-sinf o’quvchilari o’rtasida kitobxonlik, kitoblarning bilim egallashdagi ahamiyati, ularni asrab-avaylab o’qish, bolalarga mo’ljallangan kitoblar haqida davra suhbatlari tashkil etiladi.
Haftalikning oxirgi 5-kunida maktabning faollar zalida yakuniy tadbir o’tkaziladi.
Mazkur tadbirda 1-4 sinf rahbarlari tavsiyasiga ko’ra har bir sinfdan tanlab olingan 2-3 nafardan o’quvchilar o’zlari mustaqil ravishda o’qigan ertak, hikoya, masal va boshqalarni so’zlab berish, yodlagan she’rlaridan namunalar aytib berish, kitoblarning ahamiyati to’g’risida bilganlarini so’zlab berish bo’yicha oldindan tuzilgan stsenariy asosida chiqishlar qilishlari tashkil etiladi.
Ushbu tadbirda faollar zaliga 1-4-sinf o’quvchilari, ota-onalar va mahalla faollari taklif etiladi.
Haftalikda faol ishtirok etgan o’quvchilar va ularning sinf rahbarlari maktab ma’muriyatining “Faxriy yorliq”lari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi va ularning ismi-shariflari ertalabki saflanishda ma’naviy rag’batlantirish sifatida barcha maktab o’quvchilariga e’lon qilinadi.
Ushbu tartibga ijodiy yondashgan holda tadbirning maqsad va mazmunidan kelib chiqib, o’zgartirishlar kiritilishi va haftalik davomida boshqa tegishli tadbirlar ham tashkil etilishi mumkin.
“Kitobim-oftobim” nomli kitob haftaligi 1-4 sinf o’quvchilari o’rtasida har yili mart oyida barcha maktablarda o’tkaziladi, bundan tashqari, maktab ma’muriyatining tashabbusi bilan o’quv yilining boshqa davrlarida ham qo’shimcha ravishda tashkil etilishi mumkin.
“Kitobxonlar bayrami”ni o’tkazish
Nizomiga 3-ilova

Kitob taqdimoti” tadbirini o’tkazish



Download 46.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling