Adabiyot kunlari”ni o’tkazish bo’yicha tavsiyalar


NIZOMI I. Tadbirning maqsadi


Download 46.63 Kb.
bet5/6
Sana20.10.2023
Hajmi46.63 Kb.
#1711426
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Китобхонлар байрами 7 та тадбир

NIZOMI


I. Tadbirning maqsadi

1.1. O’quvchilar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, ta’lim muassasalaridagi kitobxon o’quvchilarni aniqlash, ularni rag’batlantirish va boshqalarga o’rnak sifatida ko’rsatish.




II. Tanlovni tashkil etish tartibi

2.1. Tanlov har yili bir marta 5-9 sinf o’quvchilari o’rtasida uch bosqichda o’tkaziladi.


1-bosqich: 15 fevraldan – 20 martga qadar – maktab bosqichi;
2-bosqich: 20 aprelga qadar – tuman (shahar) bosqichi;
3-bosqich: 20 mayga qadar – Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar bosqichi.
2.2. Tanlovning 1-bosqichida maktabdagi har bir sinfdan kamida 2 nafardan o’quvchi ishtirok etishi lozim.
2.3. Tanlovning maktab bosqichida 1-o’rinni egallagan o’quvchi 2-bosqichda ishtirok etish huquqini, tuman (shahar) bosqichida 1-o’rinni egallagan o’quvchi esa 3-bosqichda ishtirok etish huquqini qo’lga kiritadi.
2.4. Tanlov bosqichlari mos ravishda maktabda, tuman (shahar)da va hududlarda “Kitobxonlar bayrami” tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan Tashkiliy guruh (qo’mita)lar tomonidan tashkil etiladi.
2.5. Tanlovning 1-bosqichini tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq tashkiliy ishlar (o’tkazish vaqti, joyi, tashkiliy guruh, hakamlar hay’ati tarkibi) maktab direktorining, 2-bosqich tashkiliy ishlari tuman (shahar) XTMFMTTE bo’limlarining, 3-bosqich tashkiliy ishlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
2.6. Tanlovning 1-bosqichi yakuniy natijalari va 2-bosqichda ishtirok etish uchun yuboriladigan (maktabda 1-o’rinni egallagan) o’quvchi haqidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar (hakamlar hay’ati yig’ilishi qarori, g’olib o’quvchi o’qigan kitoblarning mualliflari ko’rsatilgan va o’quvchining ota-onasi (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxs) imzosi bilan tasdiqlangan ro’yxati) 1 aprelga qadar tuman (shahar) XTMFMTTE bo’limlarida tuzilgan Tashkiliy qo’mitaga taqdim etiladi.
2.7. Tanlovning 2-bosqichi yakuniy natijalari va 3-bosqichda ishtirok etish uchun yuboriladigan (tuman (shahar)da 1-o’rinni egallagan) o’quvchi haqidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar (hakamlar hay’ati yig’ilishi qarori, g’olib o’quvchi o’qigan kitoblarning mualliflari ko’rsatilgan va o’quvchining ota-onasi (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxs) imzosi bilan tasdiqlangan ro’yxati) 1 mayga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari qoshida tuzilgan Tashkiliy qo’mitalarga taqdim etiladi.



Download 46.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling