TARTIBI
Tadbirni tashkil etish
Tadbir har yili umumta’lim maktablarining 5-9 sinf o’quvchilari o’rtasida sentyabrь-dekabrь oylari davomida o’tkaziladi.
“Kitob taqdimoti” tadbiri maktabda “Kitoblar bayrami” tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan Tashkiliy guruh tomonidan tashkil etiladi.
Har yili 20 sentyabrga qadar kutubxonachi va adabiyot fani (ijtimoiy fanlar) o’qituvchilari tomonidan maktab kutubxonasidagi mavjud adabiyotlardan “Kitob taqdimoti”ni o’tkazish uchun alohida adabiyotlar ro’yxati va ularning qisqacha sharhlari tayyorlanadi va sinf rahbarlariga tarqatiladi.
Adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan asarlarning qisqacha mazmuni bilan tanishib chiqqan 5-9 sinf o’quvchilari sinf rahbarlari yordamida 10 oktyabrga qadar asarlardan birini tanlaydi va 20 noyabrga qadar “Kitob taqdimoti”ga tayyorgarlik ko’radi.
Bunda bitta nomdagi asarni faqat bitta sinf tanlab olishi, ya’ni sinflararo asarlar taqdimoti bir-birini takrorlamasligiga e’tibor qaratish lozim.
Kutubxonachi tomonidan sinflar tanlagan asarlar ro’yxati, sinflarning taqdimot o’tkazish jadvali (21 noyabrdan – 20 dekabrga qadar bo’lgan davr uchun) sinf rahbarlari bilan kelishgan holda tayyorlanadi va maktab direktorining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
Kitob taqdimotlarini baholash mezoni va shartlari
Sinflar tomonidan uyushtiriladigan asar taqdimotlari maktab direktorining buyrug’i bilan tasdiqlangan hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.
Har bir sinfning taqdimot namoyishi 20-25 daqiqadan oshmasligi lozim.
CHiqishlari quyidagicha baholanadi:
Tanlangan asar muallifi hayoti va ijodi haqida ma’lumotga ega bo’lish - 10 ballgacha.
Asarni sahnalashtirish mahorati - 15 ballgacha.
Asar mazmunining dolzarbligi va ochib berilishi, shuningdek, o’quvchilar tarbiyasidagi o’rnining aks ettirilishi - 25 ballgacha.
G’oliblarni taqdirlash
Taqdimotlar yakunlari bo’yicha yuqori ball to’plagan 3 ta sinf (ballariga mos ravishda 1-2-3-o’rin) g’olib deb e’lon qilinadi va “Faxriy yorliq”lar hamda homiylarning esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.
G’olib sinflar va ularning sinf rahbarlari taqdirlash marosimidan tashqari ertalabki saflanishda ham maktab jamoasi oldida yana bir bor e’lon qilinadi.
“Kitobxonlar bayrami”ni o’tkazish
Nizomiga 4-ilova
“Bir farzandga – uch kitob” aktsiyasini o’tkazish bo’yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |