Adabiyot kunlari”ni o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
xayriya tadbirini o’tkazish bo’yicha
Download 46.63 Kb.
|
Китобхонлар байрами 7 та тадбир
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” tanlovini o’tkazish
xayriya tadbirini o’tkazish bo’yicha
TAVSIYaLAR Umumta’lim maktablarida o’quvchi-yoshlarning ehtiyojini inobatga olgan holda maktab axborot-kutubxonalarini kitoblar bilan boyitib borish uchun har yili 10 martdan – 10 aprelga qadar bo’lgan muddat ichida bir kunlik “Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” xayriya tadbiri o’tkaziladi. Tadbirga ota-onalar, pedagogik jamoa, o’quvchilar, mahalla faollari, jamoat tashkilotlari va homiylar taklif etiladi. Xayriya tadbirini tuman (shahar)dagi barcha maktablarda bir kunda o’tkazilishi maqsadga muvofiq. Ushbu tadbir o’tkaziladigan aniq vaqt tuman (shahar) XTMFMTTE bo’limlarida “Kitobxonlar bayrami” tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan Tashkiliy qo’mita tomonidan belgilanadi. Tuman (shahar) maktablarida xayriya tadbiri o’tkazilishi, uning maqsadi haqida tuman (shahar)da chop etiladigan mahalliy gazeta (jurnal)larda e’lon (murojaatnoma) berish va tadbirda barcha aholini, tashkilotlarni faol ishtirok etishga taklif etish maqsadga muvofiq. SHuningdek, tuman (shahar) tashkiliy qo’mitalarining alohida homiy tashkilotlarga xayriya tadbiri doirasida maktab kutubxonalarini (yoki tumandagi kutubxona jamg’armasi nochor maktablarning yoxud homiy tashkilotga yaqin atrofda joylashgan maktablarning aniq manzilini ko’rsatgan holda) badiiy kitoblar bilan boyitishga hissa qo’shishini so’rab rasmiy xatlar bilan chiqishi o’zining ijobiy natijalarini berishi mumkin. Xuddi shunday, maktab ma’muriyati ham homiy tashkilotlarga, ota-onalarga, mahalla faollariga xat orqali murojaat qilib, ularni xayriya tadbirida faol ishtirok etishga taklif qilishi samarali bo’ladi. Ta’lim muassasalarida “Maktab – kutubxona – oila – jamoat tashkilotlari” xayriya tadbiri maktabda tuzilgan “Kitobxonlar bayrami” tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan Tashkiliy guruh tomonidan tashkil etiladi. Tadbir kuni kutubxonada, maktab foyesida kitoblar (rasmlar, kollektsiyalar, referatlar va b.) ko’rgazmasini tashkil etish, tadbir nomiga oid turli xil chiroyli bezatilgan plakatlar, e’lonlar osish tadbirning mazmunli o’tishiga xizmat qiladi. Tadbir davomida turli yozuvchi-shoirlar, mehnat faxriylari, mahalla faollari, el-yurt hurmatidagi otaxon-onaxonlar bilan davra suhbatlari ham uyushtirish mumkin. Xayriya tadbiri davomida sovg’a qilingan kitoblar ro’yxati tuziladi. Kitoblar Tashkiliy guruhning xulosasi asosida, o’rnatilgan tartibda maktab kutubxonasiga kirim qilinadi. Milliy mafkuraga to’g’ri kelmaydigan, ma’naviy eskirgan o’quvchilarga tavsiya etilmaydigan adabiyotlar kutubxonaga qabul qilinmaydi. “Kitobxonlar bayrami”ni o’tkazish Nizomiga 6-ilova “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” tanlovini o’tkazish Download 46.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling