Mavzu: Samarqand iqtisodiy geografik rayoni


Download 90.5 Kb.
bet1/3
Sana06.05.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1435588
  1   2   3
Bog'liq
009.Oylaizlatop




SAMARQAND SHAHAR
64 – UMUMIY O’RTA TA’LIM
MAKTAB GEOGRAFIYA FANI
O’QITUVCHISI XAQBERDIYEVA
SHOXISTA SHOMURODOVNANING
9 – “A” SINFIDA O’TKAZGAN

O’YLA, IZLA, TOP”




TADBIRINING ISHLANMASI

Oyla, izla, top!”


(9-sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan tadbir )




Tadbirning maqsadi: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, ularni bo`sh vaqtlaridan unumli foydalanishga o`rgatish va dunyoqarashlarini kengaytirish.
-ta`limiy maqsad: oldingi sinflarda va 9-sinfda o’tilgan mavzular bo’yicha o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish;
-tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda geografik madaniyatni shakllantirishda davom etish, ularda Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash, darsda qo’shimcha manbalardan foydalanishga o’rgatish;
-rivojlantiruvchi: o’quvchilarda topqirlik, ziyraklik, amaliy ishlarni mustaqil bajarish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Dars turi: bilimlarni mustahkamlovchi
Dars uslubi: noan`anaviy
Dars jihozi: Mavzuga oid xaritalar, tarqatma materiallar, qo’shimcha qo’llanmalar, boshqotirmalar, globus.
Darsning borishi:
-tashkiliy qism: davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga jalb etish;
-asosiy qism: sinf o’quvchilarini guruhlarga ajratish va guruhlarni nomlash.


Tadbirning shartlari:
1.”Aql charxi”.
2.”Maqollarni davom ettiring”.
3.”Ortiqchasini top!” o’yini.
4.Boshqotirma.
5.”Kim chaqqon” o’yini.

1.”Aql charxi” shartlariga ko`ra, har bir guruhga o`tilgan mavzular yuzasidan o`ntadan savol beriladi.


1-guruhga savollar:

1. ”Podsholik qiladi, lekin idora qilmaydi” iborasi qaysi davlatlar uchun xos? (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Svetsiya, Daniya va boshqalar).


2. Biologik resurslar deb nimaga aytiladi? (O’simlik va hayvonlar).
3. Yevropadagi ikkiga ajralgan mamlakatni ayting. (Chexoslovakiya).
4.O`zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilmalarini ayting.(Shahar, shaharcha, qishloq,ovul).
5. AQSH qaysi materikda joylashgan? (Shimoliy Amerika).
6. Eng katta orol – (Grenlandiya).
7. Dunyodagi eng chuqur ko`l – (Baykal).
8. Yer sharidagi eng yirik dengiz – (Sargasso).
9. Yer sharidagi eng uzun g`or – (Flint-Mamont).
10. Eng katta suv hayvoni – (Kit).

Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling