12-mavzu: Ish haqi va mehnat munosabatlari Reja
Ish haqi to’lashning tizimlari ham mavjud. Haq to’lash shakllarining
Download 299.16 Kb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu Iqtisodiyot
Ish haqi to’lashning tizimlari ham mavjud. Haq to’lash shakllarining
aniq mehnat sharoitini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil etadi. XX asrning 80-yillaridan so’ng mehnatga haq to’lashda vaqtbay ish haqi to’lashga ustunlik berilmoqda. AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda sanoatda band bo’lganlarning 60-70%iga vaqtbay ish haqi to’lanmoqda. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida vaqtbay ish haqini ham, ishbay ish haqining ham barcha korxonalarda mehnat unumdorligini, mahsulot sifatini oshirishga, xom ashyo va materiallarni tejashga va boshqa natijalarni yaxshilashni rag’batlantiruvchi turli xil ish haqi tizimi qo’llanilmoqda. Bugungi kunda turli ko’rinishlarda: oddiy vaqtbay, oddiy ishbay, vaqtbay mukofotli, ishbay mukofotli, nisbiy o’sib boruvchi, akkord va boshqa xil ish haqi tizimi mavjud. Ish haqi darajasi ta’rif sistemasi orqali tartibga solinadi. Ta’rif tizimi yordamida tarmoqlar bo’yicha ular ichida ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solinadi. Ta’rif tizimi ta’rif-malaka ma’lumotnomalarini va ish haqiga har xil koeffitsientlarini o’z ichiga oladi. Respublikamizda ham ta’rif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to’lashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar o’sishi bilan minimal ish haqi darajasi hamda barcha razryadlar ular o’rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi. Masalan, 2021 y 1-apreldan boshlab Respublikamizda nominal ish haqi – 283500 so’m qilib belgilandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling