1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish shakllari


Download 44.13 Kb.
bet1/8
Sana10.11.2023
Hajmi44.13 Kb.
#1764996
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish shakllari-fayllar.org


1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish shakllari

3-variant


1.Ish haqining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish shakllari

Tayanch iboralar: ish haqi, vaqtbay ish haqi,ishbay ish haqi, nominal va real ish haqi, tarif tizimi, tarif-malaka maʼlumotnomalari, tarif setkasi, tarif stavkasi


2. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
Tayanch iboralar: bozor mexanizmi, xususiy mulk, pul muomalasi,tadbirkorlik, erkinlik, raqobat, manfaat, ragʼbat.
3. Talab tushunchasi va uning miqdoriga taʼsir qiluvchi omillar. Talab qonuni
Tayanch iboralar: ehtiyoj, xarid qobiliyati, bozor talabi, narx, daromad, isteʼmolchi soni, teskari bogʼliqlik
1. , ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog`liqlikni ta’minlashdan iboratdir.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi- bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati. O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog`liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g`ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.
Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to’lanadigan ish haqi miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko’rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq to’lashda ishchining belgilab qo’yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha pul to’lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo’llaniladigan mehnatga haq to’lash farqlanadi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar ham ko’rsatiladi. Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffistientlari ham bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffistienti hamma vaqt birga teng bo’ladi).
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og`ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo’shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo’yicha farqlantirilgan) professional mahorat uchun belgilanadi.
2. Bozor iqtisodiyoti – bu mukammal ishlab chiqarish omillariga ega bo’lgan, tovar-pul munosabatlariga asoslangan, aniq ijtimoiy mo’ljali bor, bozor signallariga binoan va pul vositasida bajarilib turuvchi iqtisodiyotdir. Bozor tizimi xilma-xil mulkchilikka asoslanadi, ammo xususiy mulkchilik ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari jamoa va davlat mulki ham amal qiladi.
Bozor – bu xaridorlar bilan sotuvchilar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bog`laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi uni sotish uchun, xaridor esa uni olish uchun chiqadi. Sotuvchilar – bu tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo’jaliklari, yakka tarzda ishlab chiqaruvchi kishilardir. Xaridorlar esa jamiki iste’molchilar, ya’ni xonadonlar, resurslarni olib ishlatuvchi firmalar, davlat idoralari va yakka tartibda ishlab chiqaruvchilar bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi – iqtisodiy plyuralizm hisoblanadi, ya’ni mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tuman bo’lishidir. Turli shakllardagi mulklar erkin, yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi. Turli mulklar muvozanatda bo’lib, ayrim mulk shaklining hukmronligiga yo’l berilmaydi Bozor iqtisodiyotida, uning iqtisodiy mexanizmida raqobat asosiy o’rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining xususiy, o’zgalarnikidan alohidalashgan manfaatini bildiradi, lekin bu manfaat yo’lida kurash qoidalariga rioya qilish
shart hisoblanadi. Bozor regulyatorlari – bozordagi o’zgarishni ishlab chiqarishga etkazib, uning bozorga moslashuvini ta’minlovchi vositalardir. Albatta, ular ma’muriy emas, balki iqtisodiydir. Ulardan eng muhimi bozor narxidir. Narx oshib, tovarlar jadal sotilsa, foyda ko’payadi, ular ko’proq ishlab chiqariladi. Tovarla narxi pasayib, ular yaxshi o’tmasa, ishlab chiqarishni qisqartirish yoki undan tamomila voz kechish kerak bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari bizning oldingi bayon qilgan tahlillarimizdan va fikrlarimizdan ma’lumdir. Bu tahlillardan uchtasi ayniqsa e’tiborga loyiq.
  1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg`unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo’llashni taqozo etadi.


  2. 2) Erkinlik – bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ko’plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg`unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir


3) Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporastiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki xo’jasizlik, susqashlik, beg`amlik har qanday xo’jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.


Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud:
- atrof muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;

Download 44.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling